5-sinf adabiyoti. 1-bob adabiyot so‘z san’ati



Yüklə 2 Mb.
səhifə22/455
tarix17.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#149897
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   455
5 - 9-SINF ADABIYOT

Savol va topshiriqlar
«Uch og‘a-ini botirlar» ertagi qanday ertaklar sirasiga kiradi?

  1. Ota va o‘g‘illarning safar oldidan suhbati mazmunini gapirib bering.

  1. Otaning gapi bo‘yicha hayotda bexavotir, xijolat tortmay baxtli yashash uchun nimalarga amal qilish kerak?

  2. Uch og‘a-ini xatti-harakatini tasvirlang. O‘zidan ko‘ra boshqalar-ning halovatini o‘ylash, fidoyilik ulardan qaysisiga ko‘proq xos?

  3. Kenja botir hikoyasidagi To‘ti va Podshoh o‘rtasidagi kelishuv nima haqida edi?

  4. Xiyonatkor vazir nima maqsadda Podshohni To‘ti olib kelgan mevalarni yemay turishga ko‘ndirdi?

  5. Uch og‘a-inining podshoh ziyofatidagi suhbatini rollarga bo‘lib o‘qing.



«SUSAMBIL» ERTAGI HAQIDA
Qadrli bolalar, avvalgi darslarimizda «Uch og‘a-ini botirlar» ertagi bilan tanishgan, uning betakror badiiy olami, uch og‘a-ini, ularning qahramonliklari, go‘zal xulqi, odobi, aql-farosat egasi ekanliklaridan zavq olgan edik. Ushbu ertak mazmunidan talay kerakli xulosalar chiqardik, ertaklar shunchaki ko‘ngil ochish, ovunish uchun aytilmasligi va to‘qilmasligiga ishonch hosil qildik, ularning mavzu jihatidan hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklar, hajviy ertaklar kabi turlari borligini ham bilib oldik. Bu ertaklar orasida hayvonlar haqidagi ertaklar ham o‘z o‘rniga ega.
Hayvonlar haqidagi ertaklar barcha qiziqib tinglaydigan va o‘qiydigan fantastik hikoyalardir. Ulardagi asosiy mazmun majoziy tarzda tasvirlanadi, asar qahramonlari hayvonlar bo‘lsa-da, voqealar odamlar turmushi kabi kechadi. Hayvonlar haqidagi ertak personajlari - bo‘ri, tulki, sher, turli parranda va hasharotlar xuddi odamlarday harakat qiladilar, gapiradilar. Bunday ertaklarda Tulki — ayyorlik va munofiqlik. Ayiq — go‘l, laqmalik, Bo‘ri — qonxo‘rlik, Chumchuq — chaqimchilik ramzi sifatida xayolimizda muhrlanib qolgan. Agar e’tibor bersangiz. bunday xislatlar hayvonlarda deyarli yo‘q. Bo‘ri, tulki yoki boshqa bir hayvon o‘z o‘ljasini qo‘lga kiritish uchun epchil, chapdast, ziyrak bo‘lishi mumkin, biroq ayyorlik, tilyog‘lamalik, chaqimchilik qila olmaydi. Bu ko‘proq hayvonlar vositasida majoziy mazmun — insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatish uchun o‘ziga xos uslub. Xalqimizda birovning salbiy qilig‘i, muomalasi hamisha ham yuziga aytilmaydi, aniqrog‘i. birovning aybini ko‘rsatib tanbeh berishdan ko‘ra, uni yomon odatlardan ogoh etish, qaytarish millatimizga xos xususiyatdir. Bema’ni xulqli odamni yaxshi yo‘lga boshlash, tarbiyaga muhtoj insonni ezgu ishlarga undashda xuddi shu hayvonlar haqidagi ertaklar, ulardagi majoziy qahramonlar (bo‘ri, tulki, eshak, xo‘roz kabi) qo‘l keladi. «Susambil» ertagi o‘z mazmuni bilan ana shunday asarlardan biridir.
Bu ertak o‘zbek xalq ertaklari orasida o‘zining tili, tasvir jozibasi. mavzusining muhimligi bilan ajralib turadigan asar. Avvalo, ertakda xalqimizning adolat va farovonlik hukm suradigan zamonlar haqidagi orzulari aks etgan. Susambil ertakda Adolat qaror topgan va hamma baxtli yashaydigan afsonaviy yurt timsoli sifatida tasvirlanadi. E’tibor bersangiz, Eshakvoy yo‘lda yo‘ldosh bo‘layotgan har bir jonivorning «Susambil qanday joy?» degan savoliga «Susambil — o‘tning bo‘lig‘i. suvning tinig‘i, unda azob-uqubat yo‘q, maza qilib yurasan», deb javob beradi.
Ikkinchidan, jonivorlarning ko‘zlagan maqsadlariga erishishlarida ularning sabr-toqatli bo‘lganliklari, mashaqqatlarga chidashgani muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Mashaqqatlarga bardosh bergan jonivorlar jannatmakon go‘sha — Susambilga yetib keladilar, shu joyda rohat-farog‘atda umr kechiradilar.
Uchinchidan, jonivorlarning o‘zaro ahilliklari, birdamligi ularning tashqi dushman — bo‘rilar galasi hujumidan qutqaradi. Bo‘rilar podshohi Susambilni tashlab yetti tog‘ning narigi tomoniga qochib ketadi.
Mazkur ertak nihoyatda ravon, xalqchil, shirali tilda berilgan. Ertak boshlanishidayoq kishini o‘ziga jalb etadi. Asar boshlanmasidagi an’anaviy kirish so‘z («Bor ekan-u, yo‘q ekan, och ekan-u, to‘q ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, o‘rdak surnaychi ekan, g‘oz karnaychi ekan»)ni olamizmi, tabiat tasviriga bag‘ishlangan o‘rinlarni olamizmi yoki personajlar — Eshak, Ho‘kiz, Xo‘roz, kalamushlar, bo‘rilarning suhbatidagi dialoglarni olamizmi, barchasida jozibali tasvir, xalqona mutoyibaga boy nutq kishi diqqatini tortadi, o‘quvchi o‘zini voqealar ichida yurgandek his etadi. Yaxshisi, ertakni diqqat bilan o‘qib chiqing. Undan o‘zingiz uchun foydali xulosalar chiqara olishingizga ishonamiz.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   455




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə