5-sinf adabiyoti. 1-bob adabiyot so‘z san’ati



Yüklə 2 Mb.
səhifə449/455
tarix17.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#149897
1   ...   445   446   447   448   449   450   451   452   ...   455
5 - 9-SINF ADABIYOT

Nazariy ma’lumot
SHE’RIY ROMAN
A. S. Pushkinning «Yevgeniy Onegin» asari rus adabiyotidagi birinchi she’riy romandir. Pushkin bu asarni yaratishda buyuk ingliz shoiri Bayronning «Don Juan» she’riy romanidan ta’sirlangan. Dastlabki she’riy romanlar jamiyat axloqining buzilishi sababli ma’naviyati nuqsonli, baxti kemtik bo‘lib qolgan iste’dodli shaxslar taqdirini ko‘rsatishga bag‘ishlangan. «Yevgeniy Onegin» romanining bosh qahramoni kelishgan, aqlli, o‘ziga yarasha o‘qimishli, farosatli yigit. Lekin u o‘z axloqini kibor jamiyat talabiga moslashtirishga majbur bo‘lgani uchun hammaga begona. Munofiqlik va yolg‘onni axloq darajasiga ko‘targani uchun ham oliy tabaqa vakillari o‘rtasidagi munosabatlarda samimiylik yo‘q. Samimiylik bo‘lmagan joyda muhabbatga ham o‘rin yo‘q. Shu bois qizning eng munosib umr yo‘ldoshi bo‘lishi mumkinligini yaxshi bilgani holda Yevgeniy Tatyananing sevgisini rad etadi. U o‘zining qizga loyiq emasligini sezadi.
Onegin yengiltak ham, xotinboz ham emas. Lekin kiborlar ko‘ziga shunday ko‘rinish, ular orasida shuhrat orttirish uchun ayollarni yo‘ldan urishga urinadi. Yevgeniy janjalkash, qonxo‘r odam emas, ammo kiborlarda duelga chiqishdan qo‘rqdi degan fikr uyg‘otmaslik uchun, o‘zi istamagani holda sodda shoir yigit Lenskiyni otib o‘ldiradi. Romanda kuchi, g‘ayrati, aqlini sarflashi mumkin bo‘lgan ezgu mo‘ljalning yo‘qligi tufayli qiynalayotgan yigit iztiroblari aks etgan.
She’riy roman ham odatdagi romanlar kabi tafsilotlarni bayon qilishga asoslangan janr bo‘lib, unda epik va lirik xususiyatlar aralash keladi. She’riy ro­manda epik jihatlar: sujetning ko‘ptarmoqli, bayonning xolis ekanida ko‘rinsa, lirik belgilar tasvirga muallifning bemalol aralashuvi, uning o‘z tuyg‘ularini erkin ifoda etaverishida ko‘rinadi. E’tibor qilgan bo‘lsangiz, «Yevgeniy Onegin» asarida qahramon hayotidagi sarguzashtlar bilan birga, asardagi personajlarning xattiharakatiga shoir munosabati ham yaqqol ifoda etilgan.
Keyingi vaqtda o‘zbek adabiyotida ham bir necha she’riy roman yaratildi. Birinchi o‘zbek she’riy romani «Ziyod va Adiba» Mirmuhsin qalamiga mansub edi. Keyinchalik, Muhammad Alining «Boqiy dunyo», H. Sharipovning Bir savol» singari she’riy romanlari dunyoga keldi.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   445   446   447   448   449   450   451   452   ...   455




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə