5-sinf adabiyoti. 1-bob adabiyot so‘z san’ati



Yüklə 2 Mb.
səhifə447/455
tarix17.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#149897
1   ...   443   444   445   446   447   448   449   450   ...   455
5 - 9-SINF ADABIYOT

SAKKIZINCHI FASL
XIV
...Chayqaladi daf’atan salon,
Shivir-shivir ketar bir mahal...
Beka sari kelar bir juvon,
Orqasida mag‘rur general.
Bu xonim jim, andishali zab,
Istarali, kamsuqum, kamgap.
Ko‘zlarida go‘zal bir hayo,
Hech zafarga unda yo‘q da’vo.
Yo‘qdir biron soxta jilvasi,
Yo‘q taqlidiy biron ifoda,
Bonu tamom sokin va sodda...


XVII
«Nahotki, — deb o‘ylar Onegin,
— Nahot o‘sha? Xuddi o‘zi...
Yo‘q... Olis qishloq bag‘ridan, lekin,
Qandoq keldi?..» Yigit ko‘zi lo‘q
— Qo‘shoynakdan boqar dam-badam.
Yodga solar orazi shu dam
Unutilgan bir qizni elas.
«Bilurmisan, ayt menga, knyaz,
Movut bo‘rkli anov xonim kim

  • Turur ispan elchisi birlan?»

Oneginga qarar u birdan.
Ha, sen ko‘pdan yo‘q eding, do‘stim.
To‘xta, hozir aytaman, inim.
«Kim u, axir?» — Mening xotinim.


XVIII
«Uylandim de! Bilmabman buni!
Qancha bo‘ldi?» — Qariyb ikki yil.
«Kim?» — Larina. — «Tatyanabonu?
Taniysanmi? — «Qo‘shnisiman, bil».
O, yo‘qsa, yur. — Knyaz qo‘zg‘olib,
Qarindoshi, do‘stini olib,
Rafiqasi tomon boshlaydi.
Begoyim bir nigoh tashlaydi...
Yuragiga tushsa ham g‘uluv,
Qolsa hamki zo‘r hayrat ichra,
Hayajonu xijolat ichra,
O‘zgarmaydi zarracha suluv.
O‘sha raftor, fe’l unda hokim,
O‘sha-o‘sha — salomi sokin.


XIX
Xudo haqi, nainki titrab
Qizarmadi, rangi o‘chmadi,
Juvon hatto tishlamadi lab,
Qosh chimirib, hayrat sochmadi.
Tikilsa ham berilib, yohu,
Yo‘q, avvalgi Tatyanadan u
Topolmadi biron nishona.
So‘zlashmoqni istadi, yana
Eplolmadi. So‘radi juvon
Kelganligin qaydan, qachondan,
Balki, dedi, yurtim tomondan?..
Erga horg‘in nigoh tashlabon
Keyin asta bo‘ldi u g‘oyib...
Bu tosh qotib qoldi mung‘ayib.


XX
Nahotki, bu o‘sha Tatyana?..
Dostonimiz boshlarida, o,
Olis, jimjit makonda, ya’ni
Xilvatgina o‘sha bog‘ aro
Xush xulqini ko‘rguzib yigit,
Bergan edi unga pand-o‘git.
Hanuz asrar o‘shal maktubin,
Unda ko‘ngul aytur matlubin,
Rozi — ravon, erkin va ravshan.
O, Bu o‘sha qizchami, ro‘yo?..
Bu sargardon umrida, oyo,
Qilgayamidi dardini pisand?!
Nahot, unga nisbatan shu dam
Ayol shuncha beparvo, o‘ktam?


XXI
Kechar gavjum majlisdan alhol,
O‘yga botib uyga jo‘nar u;
Goh g‘amginu goh go‘zal xayol
Endi sira bermaydi uyqu.
Turgach, bir xat berishar unga:
Qulluq qilib, knyaz N uyga
Taklif etmish oqshom. «O‘ xudo!
Uning uyi... Borgum, borgum, o!»
Hurmat-la tez qaytarur javob.
Nima bo‘ldi? Ko‘rar nechuk tush?
Sovuq, tanbal yuragining, xo‘sh,
Tubida ne g‘imirlar shu tob?
O‘kinchmi bu, puch o‘ymi, hasrat,
Yoki yoshlik dardi — muhabbat?


XXII
Soat sanar Onegin, yonar,
Sabri yetmas kechgacha yana.
Oxir o‘nga bong urar, jo‘nar —
Uchib borar. Mana, ostona.
Kirar titroq tushib yurakka,
Tatyanani uchratar yakka;
So‘ng bir necha lahza yonma-yon
O‘ltirishar. Onegin hamon So‘z topolmas.
O‘ng‘aysiz, qo‘pol, Ma’yus.
Ayol so‘ziga shu tob
Zo‘rg‘a-zo‘rg‘a qaytarar javob.
Ezar uni o‘jar bir xayol.
Yigit tajang boqar begoyim
O‘ltiradi erkin, muloyim.


XXVIII
...O‘zgarmishdir qancha Tatyana!
Nechog‘ topmish o‘z qiyofasin!
Oliy mansab singari yana
Egallamish usullar darsin!
Davraning zo‘r malikasidan.
Bu mo‘tabar, chin bekasidan
Kim topur ul nozik qizchani?
Asir etmish Onegin ani,
Shu yigit deb qaro kechalar
Kelmay turib uyqu xudosi,
Qiz qayg‘urib, yutib nidosin,
Oyga nigoh tikkan nechalar
Va umrini u bilan xushhol
Kechirmoqni aylagan xayol!


XXX
Yosh boladek Yevgeniy, beshak,
Tatyanaga qo‘ymish muhabbat.
Kun va tunni o‘tkazur halak,
Ishq dardida o‘rtanib faqat.
Hech sadoni aqli tinglamas,
U bosh urib eshigiga, bas,
Har kun borur oynavand uyga,
Soya kabi ergashar unga...


XXXI
Tirishmasin har qancha, lekin
Beka uni payqamas aslo.
Qarshi olar uyida erkin,
Bazmda uch so‘z aytur goho.
Ba’zan faqat salom qilar ul,
Ba’zan esa sezmaydir butkul.
...Juvon ko‘rmas, yoxud achinmas,
Oneginning o‘chadir rangi.


XXXII
...Tatyana-chi, hamon beparvo.
Ayol zoti shunaqadir, bas,
Yigit — qaysar, qaytmoq istamas.
Umid qilar, urinar, biroq,
O‘zi betob, sog‘dan dadilroq
Begoyimga xat yozur yoniq.
Garchi kamdir maktubda ma’no,
Befoyda deb o‘ylar-u, ammo,
Ammo ko‘ngil dardiga, aniq
Endi unda qolmadi toqat.
Mana sizga, ayni o‘sha xat.



Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   443   444   445   446   447   448   449   450   ...   455




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə