6- mavzu: ijtimoiy pedagogika asoslari. Reja


Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash



Yüklə 72,44 Kb.
səhifə5/9
tarix28.12.2022
ölçüsü72,44 Kb.
#97994
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6-Mavzu

6.3.Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash. Oila pedagogikasining metodologik asoslari. Oila - pedagogik o`zaro munosabatlar hamda shaxs tarbiyasi va kamolotining sub’ekti sifatida. Oilaviy hayot soxasi tarbiya muxiti sifatida. Oiladagi tarbiyaviy vazifalar. Oila va bolalar, ota-onasiz qolgan bolalar bilan ijtimoiy pedagogik faoliyat.
O`quvchilar tarbiyasida oilaning o`rni
Jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish, inson omilini vujudga keltirish davr talabiga aylandi.
Inson haqida uning mehnati va turmush, ma`naviy taraqiyoti to`g’risida g’amxo`rligi mustaqil O`zbekistonning oliy maqsadidir. Ma`lumki, kishi kamoloti, uning inson sifatida hayotga, ijtimoiy turmush va mehnatga, madaniy va ma`naviy boyliklarga bo`lgan munosabati asosan oilada shakllanadi.
Mustaqil O`zbekistonimiz tomonidan chiqarilgan barcha qaror va yo`l-yo`riq ko`rsatmalarda mehnatkashlar ommasining ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishini ta`minlovchi tavsiyalar berildiki, ular davlatimizning asosi oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy kamolotlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ta’bir joiz bo`lsa, oilalarning kamoloti davlatimizning yuksalishi demakdir.
Xuddi shu ma`noda kelajagimiz bo`lmish yosh avlod tarbiyasi va uning taraqqiyoti davlat ahamiyatiga molik masala hamdir. Ikkinchi tomondan, mustaqil O`zbekistonimiz o`zining milliy taraqiyoti yo`lida oila va oilaviy tarbiyaga bo`lgan ob`yektiv talabi kun sayin oshib bormoqda. O`tmishda qabul qilingan qonun va qoidalardan farqli o’laroq Respublikamiz Oliy Kengashi O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g’risida"gi qonunida oila va oiladagi ta`limga asos soldi (16-modda), ta`lim tizimining yetakchi bo`g’inlaridan biri sifatida e`tirof etildi. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ta`kidlanganidek: "Ota-onalar o`z farzandlarini voyaga etgunga kadar bokish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni boqish, tarbiyalash va o`qitishni ta`minlaydi, bolalarga bag’ishlangan xayriya faoliyatlarini rag’batlantiradi. Layoqatli farzandlar o`z ota-onalari haqida g’amxo`rlik qilishga majburdirlar". Oilaviy tarbiya deganda ota-onalarning o`z hayotlari, turmush tarzlari asosida bola shaxsida ilmiy dunyoqarash asoslari, ma`naviy axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadida tizimli ta`sir ko`rsatish jarayoniga aylanadi. Bunda ijtimoiy va ma`naviy hayot ta`sirida oilaning o`zi ham jiddiy yangilanib borayotganini esdan chiqarmaslik lozim.
Oilalar Respublikamiz shahar va qishloqlarining yagona ijtimoiy-iqtisodiy umumiyligi asosida rivojlanmoqda. Ayni paytda oilaviy hayot va oilaviy tarbiya o`zining milliy hususiyatlariga ham egadir. Bu esa o`z navbatida oilaviy tarbiya metodlari va mazmunining umumiy va xususiy tomonlari rivojida yaqol ko`zga tashlanadi.
Masalaning murakkabligi va qimmatli tomoni shundaki o`qituvchi-tarbiyachi, xalq ta`limi xodimlari, keng jamoatchilik oilaviy taraqqiyot, uning rivojlanish oqibatlarini oldindin bilish, ularning hisobga olgan holda oilaviy tarbiyaning nazariy va amaliy asoslarini pedagogik jihatdan to`g’ri izoxlash va tegishli metodik tavsiyalar berishlari lozim. Ikkinchi tomondan esa, yangi mustaqil davlatimizning kishi shaxsi taraqqiyotiga ko`rsatayotgan pedagogik ta`sirini aniqlash, kelgusida kutiladigan kelajaklarini oldindan chamalab olish ham lozim. Ayniqsa, oila va oilaviy tarbiyaga bo`lgan ehtiyoj va talablarni hisobga olgan holda tarbiya beruvchi boshqa bo`g’inlar bilan munosabatini pedagogik jihatdan aniqlash, oilaviy tarbiya samaradorligini oshiruvchi maqbul yo`llarni tadqiq etish jamiyatimiz oldidagi asosiy vazifalardan biridir. O`zbekiston sharoitida oilaviy tarbiya, uning mazmuni va tashkil etilishi oila va maktabning o`zaro aloqasi, shuningdek, ta`lim-tarbiya muassasalarining ta`sir ko`rsatuvchi o`ziga xos bir qancha ijtimoiy, pedagogik sharoitlari mavjudki, ularni hisobga olishga majburmiz.
Respublikamiz o`zining demografik, etnik milliy, shart-sharoitlari jihatidan ham o`ziga xos hususiyatlarga ega, bu, ayniqsa, aholining zich joylashganligi va intensiv ko`payishi, qishloq va shahar oilalarining ko`p farzandliligidir.
V. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent "O`zbekiston" 1992 yil. 21-bet.
Respublikamizning ma`naviy hayoti va uning o`ziga xos tomonlari muttasil rivojlanmoqda, ularning oilaviy tarbiyaga ta`siri ko`chaymoqda.Shaharlarning ko`payishi, o`sishi, yashash sharoitining yaxshilanishi, madaniy va moddiy tomondan yuksalishi oilalarning yuksalishiga va bolalarning har tomonlama yetuk kishilar bo`lib kamol topishlariga sabab bo`lmoqda, yordam bermoqda. Ko`p bolalilik nisbatan kamayib borayotganiga qaramay, xali ham bu ko`rsatkich o`z kuchini yo`qotgan emas. Pedagogik jihatdan olganda esa ko`p bolalilik oilalarda ota-onalar, bolalar uchun yaqqol namuna bo`lib xizmat qiladilar. Mehnatkash xalqimiz "Bolali uy bozor, bolasiz uy mozor" deb bejiz aytishmagan. O`zbekistonda bir sutkada 1680 dan ortiq o`g’il va qizlarning tug’ilishi fikrimizning guvoxidir.
Xalqimiz o`zidan keyin zurriyot qoldirmaslikni qattiq qoralaydi. Xatto "Erkak nomiga ega bo`lish uchun uch qoidani: Uylanish, farzandli bo`lish va uy qura olish lozim", deyilgan fikr hozir ham qimmatini yo`qotgan emas. Sir emas, Markaziy Osiyo Respublikasida jumladan, O`zbekistonda ham ko`p bolalilikdan 3-4 taga, keyin 1-2 taga o`tish va xatto kam bolali oilalar soni yil sayin ko`paymoqda.
Pedagogik jihatdan yakka bolalilik tarbiyani qiyinlashtiradi. Oilada tug’ilgan yakka farzand kattalarning jonli o`yinchoqlari, sevgi va g’ururlari, erkalari bo`lib voyaga yetadi. Buning qanday salbiy oqibatlarga olib kelishini tahlil qilib ko`raylik.
1. Ijtimoiy va ruhiy nuqtai nazardan bolasizlik yoki kam bolalilik oila mustahkamligini ta`minlaydi. Respublikamizdagi oilaviy ajralishlarning aksariyati yo bolasi yo`q yoki kam bolali oilalarga to`g’ri keladi.
2. Tibbiyot borasidagi tadqiqotlar va antropolog olimlarning ko`rsatishicha hayotimiz va uning qiyinchiliklarini bartaraf eta oladigan bolalar deb oiladagi ikkinchi yoki ikkinchi bola belgilangan. Yakka bola bilan chegaralanish kelajakda defektli odamlarning ko`payishiga olib keladi. Demak pedagogik, ruhshunoslik va tibbiyot fanlari tavsiyasiga ko`ra oilada 3-4 farzand bo`lishi ma`qul hisoblanadi.
A.S.Makarenko ta`kidlaganidek "qat`iy aytish mumkinki, yolg’iz o’g’il yoki qiz tarbiyalash bir nechta bolani tarbiyalashga qaraganda ancha qiyin ish. Xatto, agar moddiy jihatdan bir muncha qiynalgan taqdirda ham yolg’iz bola bilan kifoyalanib qolish yaramaydi".
Agar oilada hamkorlik, o`zaro yordam, bir-biriga ishonch holati mavjud ekan, bunday oilada rostgo’y, samimiy, mehribon, o`rtoqlariga doimo yordam berishga tayyor bo`lgan inson kamol topadi.
Ko`zatishlar shuni ko`rsatmoqdaki, yoshlarda kattalarning xatti-harakatlari, axloqiy fazilatlariga tanqidiy munosabatda bo`lish hissi kuchli bo`ladi. Shu jihatdan qaraganda tinch-totuv yashaydiganlarning oilalaridagi bolalar ham shu oilada mavjud bo`lgan axloqiy hislatlar; xushmuomalalik, odoblilik, kattalarga hurmat, kichiklarga g’amxo`rlik qilish, oila a`zolari o`rtasidagi o`zaro hurmat, ayniqsa ayollarga nisbatan ko`rsatiladigan g’amxo`rlik kabi ijodiy fazilatlardan namuna oladilar, voyaga yetadilar.

Yüklə 72,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə