7-mavzu: axloqshunoslik fani va uning vazifalari (2-soat)


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 288,66 Kb.
səhifə2/10
tarix30.12.2023
ölçüsü288,66 Kb.
#165856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Этика

Takrorlash uchun savollar:


1. «Axloqshunoslik» iborasi nimani anglatadi?
2. Odob nima?
3. Xulqning odobdan farqi nimada?
4. Axloqshunoslik qaysi ijtimoiy fanlar bilan yaqindan aloqador?
5. Zamonaviy axloqshunoslik oldida qanday muhim vazifalar mavjud?


Adabiyotlar:

  1. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. – T.: «O'zbekiston», 2008.

  2. Karimov I.A. Asarlar to'plami, 1-15 jj. – T.: «O'zbekiston», 1996-2007.

  3. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch. – T.: «Ma'naviyat», 2008.

  4. Slovar po etike. – Moskva: Politizdat 1989.

  5. Umarov E.U., Zagыrtdinova F.B. Etika. – T.: Cho'lpon nomidagi nashriyot uyi, 2005.

  6. Sher A. Axloqshunoslik: Ma'ruzalar matni. – T., 2000.

  7. O'zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan lavhalar. – T.: «O'zbekiston», 1995.


8-MAVZU: AXLOQIY QARAShLAR TARAQQIYOTINING ASOSIY BOSQIChLARI
(2-soat)


Ma'ruza rejasi:

1. Qadimgi Xindiston va Qadimgi Xitoyda (buddaviylik va daosizmda) axloqiy qarashlar. Konfusiyning axloqiy ta'limoti.


2. Qadimgi Yunon va Qadimgi Rimning mumtoz axloqshunosligi. Sukrot va Aflotunning axloqiy qarashlari. Arastu - axloq falsafasining nazariy asoschisi.
3. Avrupoda axloqshunoslik: Uyg'onish davri (Monten, Makiavelli), Yangi davr (Spinoza, Kant, Gegel, Feyerbax), Eng yangi davr (Nitsshe, Z. Freyd, J.P. Sartr, M.Gandi).


Tayanch iboralar: ezgulik, yovuzlik, fazilat, illat, ruh, ixtiyor erkinligi, adolat, donishmandlik, do'stlik, lazzat, maqsad, vosita, ruh, qalb, manfaat, burch, muhabbat, baxt, vijdon, hayo, uyat, insof, vatan, vatanparvarlik, halollik, g'ayri zo'rovonlik, ruhiy tahlil, ekzistensiya, qo'rquv, tazarru', mavjudlik, jo'mardlik, alo odam,.


Ilm dunyosidagi, har qanday ilmning tarixisiz nazariyasi bo'lmaydi, degan hikmat, ayniqsa, axloqshunoslikka taalluqli. Zero axloqshunoslik tarixi axloqiy tafakkurning vujudga kelishi hamda uning taraqqiyoti qonunlarini o'rganadi, ma'naviy merosning ulkan qismi bo'lmish axloqiy ta'limotlar, hikmatlar, pand-o'gitlarni zamonaviy jamiyat hayotiga tadbiq etish va targ'ib qilish yo'llarini tahlil etadi. Garchand har bir axloqiy konsepsiya ma'lum bir mutafakkir mulohazalari va faoliyatining mevasi bo'lsa-da, u, mohiyatan, muayyan tarixiy davr talablaridan kelib chiqadi. Ayni paytda, turli odob va etiket qonun-qoidalarini o'z ichiga oladigan axloqiy targ'ibot muammolari, axloqiy pand-o'gitlar va me'yorlar talablarini bajarish, axloqiy boshqarish sohasiga kiradi hamda axloqshunoslikning odatda «amaliy axloq» deb ataladigan qismini tashkil etadi.


Amaliy axloqning dastlabki namunalari bundan uch yarim ming yil avval dunyodagi birinchi yozuv bo'lmish mix xatda giltaxtalarga yozilgan maqol va matallardir. Shumer gimnlarida deyarli barcha bosh ma'budlar ezgulik, adolat, haqiqat va yaxshilik tarafdorlari bo'lganlari uchun ham madh etiladi. Chunonchi, quyosh ma'budi Utu axloqiy me'yorlarning bajarilishini maxsus kuzatib turgan, ma'buda Nanshe esa, ba'zi matnlarda haqiqat adolat va shafqat homiysi sifatida tasvirlanadi.
Shumerliklar erishgan ilmiy, badiiy, axloqiy daraja, huquqqa oid yutuqlar bobilliklar axloqiy qarashlari uchun asos bo'ldi. Bobilda shumerliklarnikiga nisbatan badiiy yuksak va mukammal «Gilgamesh» eposi vujudga keldi. Adolat va haqiqatning himoyasini asosiy maqsad qilib olgan Bobil podshosi Xammurapining mashhur Qonunlar majmui esa, qadimgi Shumer qonunlarining tadrijiy rivoji edi. Bu majmuada zaiflarni, yetim-yesir va kambag'allarni adolat tamoyili asosida himoya qilish asosiy maqsad qilib qo'yilgan; Xammurapi unda o'zining kambag'alparvarligi va adolatparvarligi bilan faxrlanadi.

Yüklə 288,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə