7-mavzu: axloqshunoslik fani va uning vazifalari (2-soat)



Yüklə 288,66 Kb.
səhifə3/10
tarix30.12.2023
ölçüsü288,66 Kb.
#165856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Этика

Qadimgi Misrda esa odob-axloq masalalari o'ziga xos pandnomalarda ifoda topgan. Ular orasida «Pxatotep o'gitlari» bizgacha yetib kelgan eng qadimiy pandnoma hisoblanadi. Bundan deyarli ikki yarim ming yil avval beshinchi sulola fir'avni Jadkara Isesidan vazir Pxatotep qariligi tufayli o'rniga o'z o'g'lini tayinlashni iltimos qiladi va o'g'liga atab o'ttiz yetti nasihatdan iborat mazkur pandnomani yozadi. Unda o'sha davr axloqiy qonun-qoidalari, o'zni tutish, muomala odobi singari muammolar ko'tariladi, axloqiy fazilatlar esa hikmatlar va nasihatlar tarzida targ'ib qilinadi. Undagi o'gitlar yuksak badiiyati bilangina emas, balki quldorlik davri talablarini chetlab o'ta olgan umuminsoniy demokratik fikrlar tarzida, haqiqiy donishmandlik va insonparvarlik namunasi sifatida hanuzgacha kishini hayratga soladi: «Qimmatbaho toshdek yashirindir oqilona so'z, holbuki uni don tuyayotgan cho'ridan topish mumkin». Agar nafaqat Qadimgi Misrda, balki undan bir necha ming yil keyingi Qadimgi Yunonda ham qul ezgulikka, donishmandlikka xos bo'lmagan jonzot sanalganini va odam o'rnida ko'rilmaganini hisobga oladigan bo'lsak, Pxatotepning mazkur fikri insoniyat axloqiy tafakkur taraqqiyotida naqadar katta ahamiyatga ega ekanini anglash mumkin.
Qadimgi Sharq axloqshunosligida Qadimgi Hind axloqiy tafakkuri alohida o'ringa ega. U tarixan vedachilik, yoga, jaynizm, buddachilik, «Bxagavadgita» va «Artxashastra» hamda chorvaka-lokayata oqimlaridan tashkil topgan.
Vedachilik axloqshunosligi qadimgi hind jamiyatini to'rt tabaqa - varnaga bo'ladi: brahmanlar (kohinlar), kshatariylar (harbiylar), vayshchilar (dehqonlar, kosiblar), shchudralar (qullar). Mashhur «Manu qonunlari» da yozilishicha, brahmanning mashg'uloti – ta'lim berish, vedani o'rganish, qurbonlik qilish, sadaqa ulashish va tuhfalar olish; kshatariylar fuqarolarni qo'riqlaydilar; vayshchilar chorva, tijorat, sudxo'rlik va dehqonchilik bilan shug'ullanadilar; shchudralar esa, ana shu uch ijtimoiy guruhga xizmat qiladi. «Xotin, o'g'il va qul – uchalasi xususiy mulk egasi hisoblanmaydi, ular kimniki bo'lsa, o'shaning qo'lga kiritgan mulkidir» – deyiladi «Manu qonunlari»da.
Lekin keyingi oqimlarda, yoga, jaynchilik, ayniqsa, buddachilik axloqshunosligida, axloqiy fazilatlar egasi bo'lish insonning zoti ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki uning shaxsiy kamoloti bilan bog'liq, degan fikr ilgari suriladi. Budda ta'limotiga ko'ra, dunyo iztirobga to'la va eng muhim muammo ana shu iztiroblardan qutilishning yo'lini topish. Sidharta Gautama (Budda) to'rt ezgu haqiqatni anglab yetadi hamda uni odamlarga yetkazadi:
1. Bu dunyodagi hayot iztiroblarga to'la.
2. Bu iztiroblarning sabablari bor.
3. Bu iztiroblarga barham berish mumkin.
4. Iztiroblarga barham berishga olib boradigan yo'llar mavjud.
Buddaning to'rtinchi haqiqati, ayniqsa, axloqshunoslik nuqtai nazaridan muhim. U Budda o'tgan va hammaning o'tishi mumkin bo'lgan nirvanaga (ehtiros, nafrat, pushaymon asta-sekinlik bilan so'nib bo'lgandan keyingi holatga) yetishish yo'lidir. U sakkiz fazilatga erishuvdan iborat: 1) to'g'ri qarashlar; 2) to'g'ri jur'at; 3) to'g'ri xatti-harakat; 4) to'g'ri nutq; 5) to'g'ri hayot tarzi; 6) to'g'ri jahd-jadal; 7) fikrni to'g'ri yo'naltirish; 8) diqqatni to'g'ri qaratmoq.

Yüklə 288,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə