7-mavzu: pisa tadqiqotini o‘tkazish va tashkil etish metodikasi reja


Biologiya o‘qitish tizimiga PISA ni tatbiq etishning ilmiy metodik tomonlari



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə3/7
tarix13.06.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#116952
1   2   3   4   5   6   7
7-mavzu

2.Biologiya o‘qitish tizimiga PISA ni tatbiq etishning ilmiy metodik tomonlari.
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo’lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo’lgan yoshlarni ijodiy g’oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning bilim, ko’nikma va malakalarini davlat ta'lim standartlari asosida shakllantirish hamda ilg’or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga egadir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev “Mamlakatimiz o’z taraqqiyotining yangi davriga qadam quygan hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi asosida barcha sohalarda keng ko’lamli o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ana shu islohotlarning muvaffaqiyati, mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib o’rin egallashi avvalo ilm-fan va ta'lim-tarbiya sohasining rivoji bilan, bu borada bizning dunyo miqyosida raqobatdosh bo’la olishimiz bilan uzviy bog’liq...” bejiz aytmagan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi” doirasida O’zbekistonda ta'lim sifatini baholashda yangicha monitoring tizimini xalqaro baholash dasturlari yordamida aniqlash va siyoslashga asoslangan tizim shakllantirilmoqda.
Ta'lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tajribalarni o’rganish, mavjud tizimni har tomonlama siyosiy tahlil qilish, tegishli yo’nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, ta'lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro loyihalarni amalga oshirish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 997-sonli qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi qoshida “Ta'lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi” tashkil etildi.
O’z navbatida, “Ta'lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi”ga ta'lim tizimida o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishidagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish hamda joriy etishga yo’naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish, ta'lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni o’rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish kabi vazifalar yuklatildi.
Shu bilan bir qatorda, Milliy markaz direktori – Xalqaro tadqiqotlarning milliy loyiha menejeri hisoblanib, xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda O’zbekiston Respublikasining vakili sifatida ishtirok etishi belgilab qo’yildi.
Mazkur vazifalarning amaliy ifodasi sifatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi bilan Xalqaro hamkorlik va taraiyot tashkiloti o’rtasida o’quvchilar savodxonligini baholash bo’yicha xalqaro dasturda (Agreement for participation programme for international student assessment - PISA 2021) ishtirok etish to’g’risidagi kelishuvga erishildi.
PISA (Programme for International Student Assessment) – o’quvchilarning savodxonligini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqot dasturi bo’lib, dasturning asosiy maqsadi 15 yoshli o’quvchi yoshlarning qiish, (matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlar bo’yicha savodxonlik darajalarini hamda ijodiy fikrlash ko’nikmalarini turli xil testlar yordamida baholashdan iboratdir. Ushbu loyihalar o’quvchi yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashi, egallagan bilimlarini hayotda qo’llay olish layoqatiga baho berish va keyinchalik bu ko’nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Har uch yilda amalga oshiriladigan PISA dasturi mamlakatlarga ta'lim tizimining yutuq va kamchiliklari yuzasidan o’z vaqtida axborot berish, tegishli dasturlarning ta'sirini tahlil qilish imkoniyatini yaratib, ta'lim siyosati sohasida qarorlar qabul qilishni qo’llab-quvvatlaydi.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə