7-mavzu: pisa tadqiqotini o‘tkazish va tashkil etish metodikasi reja



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə6/7
tarix13.06.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#116952
1   2   3   4   5   6   7
7-mavzu

2.Ilmiy bilish turlari
O‘quvchilar o‘zlarining tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik kompetentsiyalarini quyida keltirilgan uch turdagi ilmiy bilishga oid sinov materiallari orqali namoyish etadilar:
fizik sitemalar (fizika va kimyo), tirik sistemalar (biologiya) va Yer va Koinot haqidagi (geografiya, geologiya, astronomiya) fanlarining mazmunini bilish;
ilmiy maʼlumot (bilim)larni olish uchun qo‘llaniladigan turli xil metodlarni, shuningdek, standart tadqiqot jarayonlarini bilishga oid metodologik bilim;
epistemik bilim, yaʼni bizning ilmiy tasavvurlarimiz ilmiy tadqiqot metodlari imkoniyatlarini tushunishimiz natijasiga aylanishi, ularning asoslanishi, shuningdek, faraz, gipoteza va kuzatish kabi tushunchalarning mazmun-mohiyatini bilish.
Tabiiy fanlar mazmuniga oid bilimlar. O‘quvchilar fandagi asosiy g‘oyalar va nazariyalarni, jumladan, koinot tarixi va miqyosini, moddaning zarrachalardan tuzilganligini, evolyutsiya nazariyasi haqida bilimga ega ekanliklari va tushunishlarini nazarda tutadi.
Metodologik bilim. Olimlar tomonidan ilmiy bilimlarni shakllantirish maqsadida qo‘llaniladigan ilmiy tadqiqot metodlari haqida bilish “metodologik bilim” deyiladi.
Metodologik bilim quyidagilarni qamrab oladi:
o‘lchov konsepsiyasi, masalan, miqdor (o‘lchashlar), sifat (kuzatishlar), shkaladan foydalanish, davomli o‘zgaruvchilar;
takroriy va o‘rtachasini aniqlash kabi noaniqliklarni kamaytirish va baholash usullari;
takroriylikni ta’minlash mexanizmlari (ma’lum miqdorni qayta o‘lchashlarda ulardagi farqlarning kamligi) hamda o‘lchovlarning aniqligi;
ma’lumotlarni jadval, grafik, diagramma yordamida abstraksiyalash va ifodalashning umumiy usullari va ulardan o‘rinli foydalanish

3.Kontekstlar
Tabiiy fanlar yo‘nalishidagi PISA topshiriqlari tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlikni baholash vositasi sanaladi.
Kontekst – topshiriqda aks etgan muammoli vaziyat tegishli bo‘lgan mavzu sohasi.
PISA-2015 topshiriqlari quyidagi kontekstlarni o‘z ichiga olgan:
salomatlik;
tabiiy resurslar;
atrof-muhit;
xavf-xatar;

ilm-fan va texnologiya sohasidagi yangi bilimlar.


Kontekstlar uchta darajada bo‘ladi:
shaxsiy;
mahalliy/milliy;
global (umumbashariy).

PISA 2015 kontekstlari





Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə