7-mavzu: pisa tadqiqotini o‘tkazish va tashkil etish metodikasi reja



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə7/7
tarix13.06.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#116952
1   2   3   4   5   6   7
7-mavzu

4.Kognitiv darajalar
Har qanday topshiriqning qiyinlik darajasi (kognitiv daraja) – bu uning intellektual jihatdan murakkabligi, ya’ni talab qilinadigan fikrlash jarayonining murakkabligi va topshiriqni bajarish uchun zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalar. Topshiriqlar quyi, o‘rta, yuqori qiyinlik darajalaridan biriga ega bo‘ladi.
Quyi daraja. Bir bosqichli amallarni bajarish, masalan, dalil, atama, qonuniyat va tushunchani yodga olish, jadval yoki grafikdan maʼlumot saqlaydigan yagona nuqtani topish.
O‘rta daraja. Hodisalarni tavsiflash va tushuntirishda tegishli bilimlardan foydalana olish va qo‘llay olish, ikki yoki undan ortiq bosqichli faoliyatni talab qiladigan tegishli amallarni tanlay olish, grafiklar yoki jadvallar ko‘rinishidagi oddiy maʼlumotlar to‘plamini talqin qila olish yoki qo‘llay olish.
Yuqori daraja.Murakkab maʼlumotlarni tahlil qilish, dalillarni umumlashtirish yoki baholash, asoslash, axborotning turli manbalarini inobatga olgan holda muammoni hal qilish rejasini tuzish yoki amallar ketma-ketligini belgilash.

5.Tabiiy fanlar bo’yicha savodxonlikni baholashga qaratilgan topshiriqlarga qo’yilgan asosiy talablar.
Bunday topshiriqlar tabiiy fanlar bo’yicha savodxonlikni tavsiflovchi kompetensiyalarni baholashga qaratilgan hamda real hayotiy vaziyatlarga asoslangan bo’ladi.

PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rishda yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni bilish katta ahamiyatga ega. O‘qituvchilar o‘quvchilarning tabiiy fanlar bo‘yichasavodligini oshirishda fanning nazariy asoslari bo‘lgan g‘oyalar, nazariyalar, qonuniyatlarnigina o‘rgatib qolmasdan, balki tabiiy hodisa va jarayonlarni tadqiq etish, tadqiqot natijalarini talqin etib, xulosalar chiqara olish ko‘nikmalarini ham shakllantirishga e‘tibor qaratishlari zarur.



TALABALARNING O‘ZLASHTIRGAN BILIMLARINI NAZORAT QILISH TOPSHIRIQLARI




  1. Mamlakatimiz xalq ta’limi tizimida xalqaro tadqiqotlarning o‘tkazilishi qanday ahamiyatga ega?

  2. PISA xalqaro tadqiqotining mohiyatini izohlang.

  3. PISA xalqaro tadqiqoti nega aynan 9-sinf bitiruvchilarini qamrab oladi?

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə