7-mavzu: pisa tadqiqotini o‘tkazish va tashkil etish metodikasi reja


O‘quvchilarning bilish faolligini oshirishda xalqaro baxolash tizimini roli



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə4/7
tarix13.06.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#116952
1   2   3   4   5   6   7
7-mavzu

O‘quvchilarning bilish faolligini oshirishda xalqaro baxolash tizimini roli
Ta'lim sifatini baholashga yo’naltirilgan PISA kabi xalqaro tadqiqotlar O’zbekiston ta'lim tizimida ilk marta o’tkazilayotganligi sababli ularni to’g’ri, samarali va ob'ektiv o’tkazish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tabiiy fanlar bo’yicha savodxonlikni baholashning asosiy yondashuvlari
PISA tadqiqotining tabiiy fanlar yo‘nalishi tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlikni baholashga qaratilgan.
Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik deganda, shaxsning faol fuqaro sifatida tabiiy fanlar bilan bog‘liq masalalar va go‘yalarga qiziqishi tushuniladi.
Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxon bo‘lgan shaxs tabiiy fanlar va texnologiyalarga oid muammolarni ilmiy dalillarga asoslangan holda muhokama qilishda ishtirok eta oladi hamda undan quyidagi kompetentsiyalar talab etiladi:
hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish;
ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash;
maʼlumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish.
PISA o‘quvchilarning tabiiy fanlar bo‘yicha baholaydigan bilim va ko‘nikmalari fizika (astronomiya elementlari bilan), biologiya, kimyo, geografiya fanlarini o‘qib-o‘rganish orqali shakllantiriladi.
Yevropa Ittifoqi tomonidan bildirilgan fikrga ko‘ra, agar yoshlar tabiiy fanlar bo‘yicha savodxon bo‘lishmasa, fan va texnologiya bilan bog‘liq bo‘lgan siyosiy hamda etnik muammolarni bartaraf eta olishmaydi. Bundan tashqari, “bu barcha tabiiy fanlar bilan shug‘ullanishi kerak degani emas, balki ular o‘zlarini o‘rab turgan atrof-muhitga dahldor bo‘lgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilishlari hamda mutaxassislar o‘rtasida olib boriladigan ilmiy muzokaralarni tushunishlariga ko‘maklashadi”. Sababi, tabiiy fanlarga asoslangan bilim hamda ko‘nikmalar har bir shaxsning shaxsiy, ijtimoiy va kasbiy faoliyatida asqotadi, fan va texnologiyalar sirini tushunishi esa yoshlarimizning “hayotga tayyor” ekanligini ko‘rsatadi.
1.Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik kompetensiyalari



Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə