A. A. Toshboyev


Statistik guruhlash usuli



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə6/137
tarix11.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#147025
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
O

Statistik guruhlash usuli yer fondidan ratsional foydalanish, mahsulot tannarxi, mehnat resurslari, mehnat unumdorligining o‘sishi, texnikalardan ratsioal foydalanish va boshqa ko‘rsatkichlarni o‘rganadi. Bu usul yordamida ko‘rsatkichlarning tarkibi, bir-biriga bog‘liqligi, ko‘p yillik o‘sish darajasi, fermer xo‘jaligini yanada rivojlantirish istiqbollari aniqlanadi.

  • Monografik usul tajriba almashish maqsadida xo‘jaliklarning umumiy va ayrim tarmoqlarining faoliyatini, ishlab chiqarish jarayonlarini, rivojlanish istiqbollarini aniqlab berishdan iborat.




    1. Analitik hisob usuli fermerlar faoliyatini tahlil qilish, fermer xo‘jaliklarining barcha tarmoqlarini rivojlantirish yo‘llarini belgilaydi.

    2. Iqtisodiy matematik usul matematik raqamlardir. Fermer xo‘jaligining barcha ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda matematik raqamlar 3 manbadan olinadi:

    1) biznes-rejadan;


    2) xo‘jalikning yillik hisobotidan;


    3) me’yoriy ma’lumotlar, texnologik karta va ma’lumotnomalardan. Iqtisodiy matematik usul bir qancha bosqichlarga bo‘linadi. Tayyorlash,


    iqtisodiy tahlil, abstrakt raqamlar, ma’lumotlar yig‘ish va uni o‘rganish.



    1. Loyiha konsruktorlik ishlari usuli loyihalashtirilgan obyektlar va jamlab bo‘lmaydigan har xil ko‘rsatkichlarni tahlil qilishdan iborat.

    Yuqoridagi usullar yordamida fermer xo‘jaliklari va investitsiya loyihalari, xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarning ishlab chiqarish faoliyati hamda iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinib, kelgusida rivojlantirish istiqbollari belgilab olinadi.

    Fermer xo‘jaliklari mustaqil subyekt sifatida teng huquqli qishloq xo‘jalik korxonasi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishda o‘z yechimini topmagan ko‘plab masalalar mavjud. Shu maqsadda fermer



    -12-


    xo‘jaliklari boshliqlarining ma’lumoti, mutaxassisligi hamda tadbirkorlik faoliyati tahlil qilinganda, ularning asosiy qismi o‘rta ma’lumotli, turli kasb egalari, tadbirkorlik faoliyatini endi boshlaganlar ekanligi aniqlangan. Shu sababli, fanning fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishdagi ahamiyati, avvalo, fermer xo‘jaliklarini tashkil etishning iqtisodiy, huquqiy ishlab chiqarish asoslarini o‘rganish; hukumat tomonidan qabul qilingan qonun va qarorlar; fermer xo‘jaliklarining xalq xo‘jaligidagi o‘rni va istiqbollari; yer-suv resurslaridan; asosiy fondlardan foydalanish; fermer xo‘jaligini boshqarish va mehnat unumdorligini oshirish; moddiy-texnika resurslari; investitsiya va uni amaliyotga jalb etish; mahsulot ishlab chiqarishning samaradorlik ko‘rsatkichlari, mahsulot yetishtirish agrotexnikasi; infratuzilma va servis xizmatlari ko‘rsatish; tejamkor texnologiyalardan samarali foydalanish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat.



    Yüklə 1,46 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə