A. A. Toshboyev


Fermer xo‘jaligini rivojlantirish yo‘llari



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə7/137
tarix11.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#147025
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   137
O

1.4. Fermer xo‘jaligini rivojlantirish yo‘llari

Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan qishloq xo‘jalik korxonalaridan fermer xo‘jaligi o‘zining ishlab chiqarish salohiyati va olingan iqtisodiy samarasi bilan ajralib turmoqda. Shuning uchun fermer xo‘jaligini rivojlantirishga mamlakat Prezidenti juda katta e’tiborni qaratdi. Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish ishlari, asosan, 4 bosqichda amalga oshirilmoqda.





  1. bosqich. Fermer xo‘jaligini tashkil qilish jarayonining boshlanishi (1998-2001- yillar). II bosqich. Fermer xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha huquqiy me’yoriy hujjatlarning qabul qilinishi (1992-1996- yillar). III bosqich. Fermer xo‘jaliklarini qishloq xo‘jaligida ustuvor xo‘jalik yurituvchi shakl sifatida rivojlanishi (1997-2000- yillar). IV bosqich. Fermer xo‘jaliklarining rivojlantirilishi (2001-yildan boshlab). Bu keyingi davrni o‘z ichiga olib, bu davr fermer xo‘jaliklarini istiqbolda ustuvor rivojlantirish dasturlarining qabul qilinishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda respublika Prezidentining 2003-yil 24-martidagi PF-3226 sonli «Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida» va 2003-yil 27-oktabrida PF-3342 sonli «2004-2006- yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvarda 8 sonli «Qishloq xo‘jalik korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», 2003-yil 30-oktabrida 476 sonli «2004-2006- yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»

-13-


va 2004-yil 24-dekabrda 607 sonli «2005-2007- yillarda fermer xo‘jaliklarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorlari qabul qilindi.

Fermer xo‘jaligini rivojlantirish Konsepsiyasining asosiy vazifalari: qishloqda ijara munosabatlarini rivojlantirish asosida yer maydonlaridan foydalanishni tartibga solish, shuningdek, yer va suv resurslaridan maqsadli foydalanishning chora-tadbirlarini ishlab chiqish; mahsulot yetishtirishda, moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlashda fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy mustaqilligini lizing va servis xizmatlaridan samarali foydalanish; fermer xo‘jaliklariga kredit berish va uning tartibini soddalashtirish; mahsulot yetishtirishni o‘z vaqtida moliyalash va kreditlashni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish; xo‘jalikda mahsulot yetishtirish, uni qayta ishlash, sotish va ijtimoiy infratuzilmani keng ko‘lamda rivojlantirish; fermerlarni o‘qitish va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini tashkil qilish; fermerlarga fan-texnika taraqqiyoti, yangi agrotexnikalar va ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish; istiqbolsiz shirkat xo‘jaliklarini fermer xo‘jaliklariga aylantirishda bo‘shab qoladigan ishchi xodimlarni fermer xo‘jaliklariga joylashtirish tadbirlarini amalga oshirish va undan samarali foydalanishdan iboratdir. Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishda hukumat tomonidan quyidagi imtiyozlar berildi: fermer xo‘jaliklari tashkil etilgan paytdan boshlab, ikki yil muddatga yagona yer solig‘i to‘lashdan ozod etildi; fermer loyiha asosida o‘z hisobidan o‘zlashtirgan yer uchun besh yil davomida yagona yer solig‘i to‘lashdan ozod qilindi: Respublika Muvofiqlashtiruvchi Kengashining ruxsatisiz fermerlar faoliyatini tekshirishga chek qo‘yildi; xorijiy texnologiyalarni olib kirgan dehqon va fermer xo‘jaliklari bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi; yangi tashkil etilgan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklariga eng kam ish haqining 150 barobari, fermer xo‘jaliklariga esa 300 barobari miqdorida boshlang‘ich sarmoyalarni berish yo‘lga qo‘yildi; fermer xo‘jaliklariga lizing asosida texnikalar berila boshlandi; davlat ehtiyoji uchun don va paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga beriladigan avans mablag‘larini oldindan kredit tarzida berilishi yo‘lga qo‘yilmoqda. Uyushma tomonidan tashkil etilgan va qishloq xo‘jalik mahsuloti ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarni tashkil etilgan vaqtdan boshlab, besh yil muddatga daromaddan olinadigan soliqdan ozod etildi.



-14-




Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə