A b d u m a jid m a d r a im o V g a V h a r fu z a IL o V a manbashunoslik


Manbashunoslik va tarix fanining yordamchi sohalari



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/187
tarix27.04.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#107226
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   187
Madraimov A. Manbashunoslik

1.4. Manbashunoslik va tarix fanining yordamchi sohalari
M an b a s h u n o slik tarix fanining bir q a t o r y o rd a m c h i sohalari -
paleografiya, diplomatika, geraldika, sfragistika, epigrafika, numizmatika
metrologiya va xronologiya q o ‘lga kiritgan yutuqlariga tayanadi.
Paleografiya 
(yunon. 
Paleo —
qadimiy, 
grapxo
— yozaman; qadimiy 
yozuv) qadimiy q o ‘lyozma asarlarning qog‘ozi, muqovasi, siyohi, yozuvi 
va yozish usullarini tekshiradi.
Diplomatika 
(yunon. 
Diploma —
ikki buklangan qog'oz; hujjat) rasmiy 
hujjatlarni o ‘rganish va tahlil qilish bilan shug'ullanadi.
Geraldika 
(yunon. 
Gerald
— gerb, belgi, nishon) qadimiy gerblar, 
turli-tum an nishon va belgilar (masalan, qadimgi turkiy qabilalarning 
tamg'alari)ni o'rganadi.
Sfragistika 
(yunon. 
Spragis —
m uhr) qadimiy m uhrlar (podshohlar, 
xonlar, amirlar va qozilar muhrlari) va ularning yozuvlarini tekshiradi.
Epigrafika 
— (yunon. 
Epi
— ustida, tepasida, 
grapxo
— yozuv; biron 
narsa; buyum ustidagi yozuv) tosh, metall buyumlar, yog‘och va boshqa 
qattiq buyum lar ustiga o ‘yib yozilgan qadimgi bitiklarni o ‘rganadi.
Numizmatika 
(lotin. 
Numis
— pul) qadimiy pullarni: ashyosi, shakli, 
vazni, yozuvlari, zarb etilgan joyi va vaqtini tekshiradi.
Metrologiya 
(yunon. 
Metron
— o'lchov, 
logos —
tushuncha, bilim; 
oMchovlar haqida tushuncha) o'tm ishda turli m amlakat va xalqlar orasida 
am alda bo'lgan og'irlik, masofa va sath o ‘lchovlarini o ‘rganadi.
Xronologiya 
(yunon. 
Xronos
— vaqt, 
logos —
tushuncha, bilim) vaqt
9


haqida tushuncha, qadimgi xalqlar orasida va mamlakatlarda amalda bo‘lgan 
yii hisobi v ataqvim ni o'rganuvchi soha. Abu Rayhon Beruniyning “ Osor 
ul-boqiya” ( “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorlikiar” ) nomli asari turli 
taqvimlarni o ‘rganishga bag‘ishlangani uchun Yevropada “Xronologiya” 
nomi bilan mashhur.
Bulardan tashqari manbashunoslik filologiyaning matnshunoslik fani 
bilan yaqindan hamkorlik qiladi, lining tajribasiga asoslanib tadqiqot 
olib boradi."
Ayrim olimlaming fikriga ko‘ra, manbashunoslik hamda arxivshunoslik, 
muzeyshunoslik aynan bir maqsadlarni ko‘zlaydi. Manbalarni o ‘rganish 
jarayonida filologiyaning matnshunoslik ham da germenevtika (yunoncha
— talqin etish) ham m uhim o ‘rin tutadi.

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə