A b d u m a jid m a d r a im o V g a V h a r fu z a IL o V a manbashunoslik



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/187
tarix27.04.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#107226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187
Madraimov A. Manbashunoslik

1.3.4. Lingvistik manbalar
Lingvistik m anbalar deb tilimizdagi, aniqrog'i uning leksik — so‘z 
boyligi tarkibidagi uzoq o 'tm ish d an qolgan, ijtimoiy-iqtisodiy, m a ’muriy 
va yuridik atamalarga aytiladi. Masalan, xiroj - o 'rta asrlarda aholidan, 
asosan dehqonlardan olinadigan asosiy soliq; darom ad solig'i; ushr — 
daromadning o 'n d a n bir qismini tashkil etgan soliq; zakot - chorva va 
mulkdan kambag'allar uchun yiliga bir m arta olinadigan soliq; suyurg'ol
— shahzodalar va amirlarga toj-u taxt oldida ko'rsatgan katta xizmatlari 
uchun beriladigan yer-suv; tansuqot - kamyob, e ’tiborga rnolik buyum, 
mato; podshohlar, xonlar va nufuzli kishilarga qilinadigan tortiq; cherik
— qo'shin; qorovul - qo'shinning oldi va yon tom onlarida boradigan 
maxsus harbiy bo'linma; xalifa — M uham m ad payg'ambarning o'rinbosari, 
o'rta asrlarda arab m usulm on feodal davlatining boshlig'i; mirishkor -
t o 'g 'r is i - miri shikor, p o d s h o h va x o n larn in g ov qushlari va ov 
hayvonlarini tasarruf etuvchi mansabdor; mirob — suv taqsimoti bilan 
shug'ullanuvchi mansabdor; qozi — shariat asosida ish yurituvchi sudya; 
yorlig' - o'rta asrlarda hu k m d o r tarafidan beriladigan rasmiy hujjat;
7


vaqfnoma — masjid, madrasa, xonaqoh va mozorlarga in ’o m etilgan yer- 
suv haqida tuzilgan maxsus hujjat va boshqa atam alar juda k o ‘p uchraydi. 
Bu va shunga o ‘xshash atamalar, shubhasiz qimmatli tarixiy material 
b o ‘lib, ajdodlarimizning ijtimoiy — siyosiy hayotini o ‘rganishga yordam 
beradi. Ularning kelib chiqishi va etimologiyasini lingvistika fani (lotin. 
Lingua
— til) o ‘rganadi.
1,3.5. Xalq o g ‘zaki adabiyoti
Og'zaki adabiyot madaniyatning eng qadimgi qismi b o ‘lib, uning ildizi 
ibtidoiy ja m o a va ilk feodalizm tu zu m ig a borib taqaladi. O g ‘zaki 
adabiyotning ayrim namunalari qadimgi yunon tarixchilari, shuningdek, 
Tabariy, M as’udiy, Beruniy, Firdavsiy, Ibn al-Asir kabi Sharq olimlarining 
asarlari orqali bizgacha yetib kelgan. Kayumars, Jamshid va Siyovush 
haqidagi afsonalar, Amort va Sparetra, T o ‘maris va Shiroq haqidagi 
qissalar shular jumlasidandir.
U r u g ‘chilik davri tarixini, ayniqsa, patriarxal m u n o s a b a tla r in i 
o'rganishda “A lpomish” , “ G o ‘ro ‘g‘li” kabi dostonlar, shuningdek, xalq 
ertaklari, m arosim q o ‘shiqlari, matal va topishm oqlarning roli ham
benihoyat kattadir. Bu xalq durdonalari turli ijtimoiy tabaqaga mansub 
kishilarning turish-turmushi, m a ’naviy qiyofasi, urf-odati, ayniqsa, uzoq 
0
‘tmishda hukm surgan ijtimoiy munosabatlar haqida qimmatli m a ’lumot 
beradi. Tarixiy manbalarning bu turi bilan folklor fani (nem. 
Folk -
xalq, 
lore —
bilim; donishmandlik, xalq donoligi) shug‘ullanadi.

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə