A O’quvchilarni ona tili faniga qiziqtirish b Vatanparvarlik g’oyalarini singdirish


O’qituvchi : Demak Navoiy dostonidagi butunlay boshqa talqinida namoyon bo’ldi . U qanday kishi edi ?



Yüklə 73 Kb.
səhifə6/9
tarix02.05.2023
ölçüsü73 Kb.
#108103
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Zidlov bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gaplar

O’qituvchi : Demak Navoiy dostonidagi butunlay boshqa talqinida namoyon bo’ldi . U qanday kishi edi ?
4 – o’quvchi :
U Farhodni bosh qahramon qilib oldi , bu bilan asar
qurilishini , mazmunini tamomila o’zgartirdi . U chin hoqonining o’g’li - Shaxzoda bo’lsada yaratilgan sharoitlarga , imkoniyatlarga qaramay faqat ilm olishga intildi . Hunar egalladi .
5 – o’quvchi :
Shirinni vasli uchun butun hokimiyatdan , toju taxtdan voz kechdi . Dunyoviy va diniyb ilmlarni , dunyodaki bor hunarlarni qunt bilan o’rgandi .
6 – o’quvchi :
Shu sababli Farhodni mukammal komil inson deya olamiz . Farhod ishq yo’lida jamiki qiyinchiliklarni yengdi , ya’ni nafsni yengdi .
O’qituvchi : Asarda nafs deb nimalar ko’zda tutilgan ?
7 – o’quvchi :
Yemoq , ichmoq , kiymoqlikdan tashqari yana johillik , ilmsizlik , manmanlik , kibru havo , dunyoparastlik , zulm , o’g’rilik , tanballik , ta’ma , baxillik , g’azab umuman inson qalbini , ruhini bulg’aydigan illatlar tushuniladi .
8 – o’quvchi :
Qur’oni karimda ham nafsni yengish haqida bir necha so’zlar bor .
Dostonda Farhod kurashib yengan ajdaho – yu devlar shunchaki qora kuchlar ema balki qahramonning ichki olamidagi shaytoniy hirslardir . Farhod ularni yengib ishqi yo’lidan boradi . Uni shunchalik jasoratga undagan narsa ya’ni quroli - ishq .
9 – o’quvchi : Bu o’rinda ishq - sevgi insoniy mehr ema s, iroda , ilm ibodat oqillik , hokisorlik , mardlik hayo pokizalik , adolat kamtarinlikdir .
O’qituvchi : Xo’sh sizlarning orangizda ham Farhoddek nafsini yenga olgan , ishq yo’lidan borganlar ham topiladimi ?
10 – o’quvchi :
Biz qancha ilm olsak , dunyoni anglasak , ruhimiz kamolotga yetib boradi . Insonlarga yaxshilik qila olamiz .
11- o’quvchi :
O’qib o’rganib , Vatanimiz tinchligi yo’lida bor kuch va imkoniyatlarimizni ayamasligimiz ham nafsni yengish , kamolot sari borishdir .
12- o’quvchi :
Komil inson barcha yomon illatlardan xolos bo’lish bilan birga , jamiki ezgu ishlarni qilishga ham qodir bo’lishi kerak . shu o’rinda biz yosh avlod ham tanlagan kasbimiz hunarimiz orqali jamiyatga foydamiz tegadi deb o’ylayman .
O’qituvchi : Buning uchun siz yoshlikdanoq o’qib , ilm o’rganib , ilmli bo’lishingiz darkor . Davlatimiz siz yoshlarga shuncha imkoniyatlar – o’quv dargohlari , hunar maskanlari , sport klublari , dam olish go’shalari , davolanish muassasalarini yaratib qo’ygan .

Yüklə 73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə