Academic research in educational sciences


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 346,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix20.01.2023
ölçüsü346,86 Kb.
#98890
1   2   3   4   5
shaxsga-yo-naltirilgan-ta-limda-pedagogik-klasterning-ahamiyati

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1122-1126 
Academic Research, Uzbekistan 1125 www.ares.uz 
dasturini amalga oshirishning yutuqlari sifatida qayd etish mumkin. Biroq, taʼlim 
metodlarini yangilash borasida ilmiy izlanuvchilar, metodist va amaliyotchi 
oʼqituvchilar hali koʼplab muammolarni hal etishlari lozim. Faol taʼlim metodlari 
ilgʼor xorijiy davlatlar tajribasini oʼrganish va mamlakatimiz taʼlim xususiyatlari 
bilan omuxtalashtirish natijasida keng ommalashayotgan demokratik taʼlim metodlari 
turkumiga kiradi. U taʼlim jarayonining oʼqituvchi va oʼquvchi fikrining oʼzaro 
hurmat qilinishi, oʼquvchilarning oʼzaro munosabatlarida yuqori darajadagi muloqot 
koʼnikmalarining shakllantirilishi bilan ahamiyatlidir. Faol taʼlim metodlarini 
qoʼllash jarayonining xarakterli xususiyati shaxsning axborotlarni oʼzlashtirishdagi 
barcha imkoniyat va malakalar umumiy majmua sifatida qaralishidir. Ushbu oʼrin 
axborotlarni oʼzlashtirish imkoniyatlariga eshitish va koʼrish, tahlil qilish, mantiqiy 
fikrlash, ijodiy mushohada qilish, soʼzlab berish, jismoniy harakatlar bajarish kabilar, 
malakalar sifatida esa loyihalash, harakatlanish, tasavvur qilish, nutq, sezgi organlari 
faoliyati nazarda tutiladi. 
 
XULOSA 
Muammoni hal etishning birinchi yoʼnalishi quyidagicha mazmunga ega: 
Mustaqil-ijodiy fikrlash sifatlarini faollashtirishda boshlangʼich taʼlim muhim oʼrin 
tutadi, chunki xuddi shu davrda shaxs, uning qiziqishlari, moyilliklari shakllanishi 
uchun poydevor yaratila boshlaydi. Jamiyat uchun mustaqil, tanqidiy fikrlaydigan, 
harakat qila oladigan ijodkor shaxslar juda asqotayotgan hozirgi kunda oʼquvchilar 
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish pedagogikaning dolzarb muammosi boʼlib turibdi. 
Oʼquvchilarning ijodiy faoliyati tajribalarini oʼzlashtirishlari uchun taьlim jarayonida 
faol aqliy izlanishni talab qiladigan muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish zarur. 
Ijodiy faoliyat tajribalarini oʼqituvchini tayyor axboroti orqali hosil qilish mumkin 
emas, chunki oʼqituvchi muammolarni oʼzi hal qilsa, oʼquvchilardagi qiziqish, 
muammolarni hal qilishga boʼlgan intilish, soʼnadi, oʼz bilimlarini yangi kutilmagan 
vaziyatlarda qoʼllash imkoniyatidan mahrum boʼladi. Noanʼanaviy taʼlim 
oʼquvchilarni faqat bilim, koʼnikma, malakalar bilan qurollantirishni koʼzda 
tutmasdan, balki darsda vujudga keltiradigan muammoli vaziyatlarni oʼquvchilar 
avval oʼzlashtirgan bilim, koʼnikma, malakalarni kutilmagan vaziyatlarda ijodiy 
qoʼllashlari orqali ijodiy faoliyat tajribalari, oʼquvchilarning mustaqilligi, oʼquv-
bilish motivlarini, mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga, mustaqil izlanish yoʼlini 
oʼzlashtirishga imkon beradigan murakkab jarayondir. Oʼquvchilar mustaqil fikrlash 
koʼnikmalarini shakllantirishi noanʼanaviy taʼlim jarayonida muvaffaqiyat bilan 
qoʼllanib kelayotgan taʼlim printsiplari: ilmiylik, tushunarlilik, sistemalilik, 



Yüklə 346,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə