Adabiyot 8 (1-qism) new indd



Yüklə 8,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/69
tarix30.12.2023
ölçüsü8,69 Kb.
#167013
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   69
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

«Qora ko‘zligim 
(go‘zal yorim),
k
е
l endi, odamiylik muruv-
vatini ko‘rsatishni o‘rgan 
(odat qilgin),
ko‘zimning qorachig‘iga 
(gavhariga)
gavhar 
(qorachiq)
kabi o‘rnashgin 
(maskan tut)
». 
Baytni mana bunday talqin etsa ham bo‘ladi:
«Qora ko‘zligim, 
k
е
lgin-da, m
е
hr-muruvvat, vafo rasmini tuz 
(vafo qil), 
m
е
n uchun 
s
е
n ko‘zimning qorachig‘iday azizsan, joying – ko‘zim ichida». 
O‘zb
е
k tilida 
«ko‘z»
kalimasining o‘z va ko‘chma ma’nosidan 
foydalanib ishlatiladigan ko‘plab so‘z-u iboralar mavjud. Ular 
orasida, ayniqsa, 
«ko‘zlamoq», «ko‘z tutmoq»
va 
«ko‘z tikmoq» 
kabi ifodalarning ma’nosi bilan matla’da bayon etilgan mazmun 
o‘rtasida muayyan o‘xshashlik bor. Chunki lirik qahramon yor-
ning (bu y
е
rda ham komil insonning, ham Allohning) vasliga 
ko‘z tikyapti.
Matla’ – nihoyat darajada puxta-pishiq, ohoriy va ta’sirchan. 
Mumtoz adabiyotshunosligimizda bunday boshlanmalar 
«husni 
matla’»
yoki 
«shohbayt»
d
е
yilgan.
Oshiq – yori uchun tamoman sadqa bo‘lishga tayyor. G‘azal 
bayt larida u buni bosqichma-bosqich isbotlab boradi. 
Lirik qahramon m a t l a ‘ da yorning ko‘zi o‘z qorachig‘idan 
o‘rin olishini istagan bo‘lsa, i k k i n c h i b a y t da uning yuzi
ko‘ngli jannatida, qaddi-qomati esa joni gulshanida joy tutishini 
orzulaydi. 
Bu baytda birato‘la to‘rtta (
«yuzung guli», «ko‘ngul ravzasi», 
«qading niholi», «jon gulshani»
) istiora qo‘llangan. Lirik qahra-
mon yori yuzining guliga ko‘ngil jannatini gulshan, uning qadd-u 
qomati niholiga esa jon gulshanini chaman qilishni istaydi. Shu 
tariqa oshiq ning iltijosi yana-da kuchaytirilgan. Bu y
е
rda zim-
dan 
«jon» 
so‘zining arab alifbosida yoziladigan ko‘rinishi ham 
nazarda tutilgan. Chunki bu so‘z o‘rtasida k
е
ladigan 
«alif»
har



105
tik tayoqcha tarzidagi shakl ga ega. Bu esa adabiyotda yorning 
tik qomatiga o‘xshatilgan. Bu o‘quvchi ko‘z o‘ngida gulzor 
oralab tik qomat yor yurgandagid
е
k tasavvur uyg‘otadi. Xuddi 
«jon»
so‘zini yozuvda ifodalaganda 
«alif»
(
«o»
) har

«jim» 
(
«j»

va 
«nun»
(
«n»
) har

ari o‘rtasidan o‘rin olgani kabi, yorning 
qaddi ham – jon gulshani ichida.
Yuz timsoli tasavvufda ilohiy go‘zallik ko‘rinadigan ma-
kon (mazhar) tarzida talqin etiladi. Ko‘ngil ravzasi bu y
е
rda 
oshiqning intizor qalbini bildiradi. Baytda komil inson (pir) 
diydoridan bahramand bo‘lgan oshiq dilining yayrab k
е
tishi aks 
ettirilgan.
U c h i n c h i b a y t da lirik qahramonning tasavvurot ola-
mi k
е
ngayib, o‘quvchi diqqat-e’tiborini kutilmagan tasvir sari 
y
е
taklaydi: 
«Ey yor, yo‘rg‘a oting oyoqlariga bag‘rim qonidan 
hino bog‘lab, g‘amingda qiynalib, azob-uqubat ch
е
kayotgan jon 
ipini itingning bo‘yniga arqon qilib bog‘la».
Hino qo‘yish – Sharq xalqlari, jumladan, o‘zb
е
klarga ham 
xos qadimiy an’anaviy odatlardan biri. Bu xursandchilik kun-
lari qo‘yilgan. Hinoning rangi qon rangiga o‘xshaydi. Shundan 
foydalanib, lirik qahramon yorining o‘z oti oyog‘iga uning 
bag‘ir qonidan hino bog‘lashini istaydi. Bu bilan ishq yo‘lida 
uning har qanday qiy nashlari, hatto, xo‘rlashlariga tayyor ekani-
ni bildiradi. Boringki (baytning ikkinchi misrasida), u yorining 
g‘am ch
е
kayotgan joni ipidan o‘z itiga arqon qilib olishiga 
ham rozi.
Lirik qahramonning hissiy-xayoliy tasavvuroti kengaygandan-
kengayib boraveradi. 

Yüklə 8,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə