Adabiyot 8 (1-qism) new indd



Yüklə 8,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/69
tarix30.12.2023
ölçüsü8,69 Kb.
#167013
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   69
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

Savol va topshiriqlar
1. G‘azal hajmi va mavzusi haqida ma’lumot bering.
2. Muhabbat darajasini bildirish uchun nega shoir aynan yor go‘zalligi bel-
gilarini ta’ri

ashni bosh masala qilib qo‘ygan?
3. Asar vazni, qo

yasi va radi

ni tahlil qilib bering.
4. G‘azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang.
5. G‘azalda so‘roqlarning ahamiyati, badiiylik darajasini ko‘tarishdagi hissasini 
tushuntirib bering.
6. Maqta’dan tashqari baytlardagi birinchi misralarda mavjud ichki ohang dosh-
likni misollar asosida tushuntiring.
7. G‘azaldagi qiyoslarning badiiy vazifasini tushuntiring.
8. G‘azalni yodlang.
«KELMADI» RADIFLI G‘AZAL
«Kecha kelgumdur», – debon ul sarvi gulro‘ kelmadi, 
Ko‘zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo‘lida intizor, 
Keldi jon og‘zimg‘a-vu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.
Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot, 
Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘anda qorong‘u kelmadi.
Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor, 
Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.
«Ko‘zlaringdin necha su(v) kelgay?!» – deb o‘lturmang meni, 
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha su(v) kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsa kim qo‘ydi qadam 
Yo‘lg‘akim, avvalqadam ma’shuqe o‘tru kelmadi.
Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin, 
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.
«Badoye’ ul-vasat»ning 608-g‘azali.
G‘azal ishqiy mavzuda, o‘zbek tilidagi she’riyatda eng ko‘p 
ishlatilgan ramali musammani mahzuf (yoki maqsur), ya’ni 


112
«foilo tun – foilotun – foilotun – foilun (yoki foilon)» vaznida 
yozilgan. Taqte’si: – V – – / – V – – / – V – – / – V – 
(yoki – V ~). G‘azaldagi ko‘pchilik misralar ramali musammani 
mahzuf, ya’ni 
«foilotun – foilotun – foilotun – foilun» 
vazniga 
tushsa-da, ikkinchi baytning 
«intizor»
so‘zi bilan tugagan hamda 
to‘rtinchi baytning 
«devonavor» 
so‘zi bilan tugagan birinchi mis-
ralari ramali musammani maqsur, ya’ni 
«foilotun – foilotun – 
foilotun – foilon»
vaznida bitilgan.
G‘azal – an’anaviy yetti baytdan iborat.
Radi

da o‘zbekcha so‘z (
«kelmadi»
) ishlatilgan va qo

yasi-
dagi sakkiz (
gulro‘ – uyqu – badxo‘– qorong‘u – kulgu – su(v) –
o‘tru – qayg‘u
) so‘zdan oltitasi – o‘zbekcha, ikkitasi (
«gulro‘»
va «
bad-
xo‘»
) – tojikcha.
G‘azalda badiiy jihatdan shunday qat’iy bir qoidaga amal 
qilinganki, har bir baytda kamida bir tazod (zidlantirish, qara-
ma-qarshi ma’nolardagi so‘zlarni qo‘llash) san’ati namunasiga 
duch kelamiz. Bu badiiy san’at g‘azalda asosiy ifoda va tasvir 
vositasiga aylangan.
Matla’da lirik qahramon,
kecha
(buni «
kechasi
» deb ham, 
«
kecha
», ya’ni bir kun oldin deb ham tushunish mumkin) «
sar-
vi gulro‘
» (gul yuzli sarv, ya’ni tik qomatli yor) 
kelaman deb, 
kelmadi, shuning uchun tong otgunga qadar ko‘zlarimga uyqu 
kelmadi
, deydi. Shuning o‘zidayoq lirik qahramon holati, u che-
kayotgan iztirob ma’lum qilinadi.
Betoqat oshiq har zamon-har zamon chiqib, ma’shuq yo‘liga 
intizor bo‘ldi, hatto, jon uning og‘ziga keldi-yu, u yomon fe’l-
atvorga ega sho‘x go‘zal kelmadi (ikkinchi bayt). «
Ul sho‘xi 
badxo‘
» deganiga qarab: «
Yor yomon ekan, unda nega oshiq 
uni sevadi?
» – degan 

krga bormaslik kerak. Chunki shoirning 
bu ifodasida o‘ziga xos erkalash ohangi ham bor. Yorning 
«

Yüklə 8,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə