Adabiyot 8 (1-qism) new indd



Yüklə 8,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/69
tarix30.12.2023
ölçüsü8,69 Kb.
#167013
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   69
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

Agar, 
deydi u t o ‘ r t i n c h i b a y t da, 
ajralish 


roq»)
tog‘ida tuprog‘im topilsa, uni loy 
(«xamir»)
 
etib, yana qaytadan tog‘da tosh yo‘nuvchi 
(«ko‘hkan»)
qilib yasa.
Bu yerda Odam Atoning loydan yaratilganiga ishora mav-
jud. Shu tariqa shoir Haqqa bo‘lgan ishq azaliy va abadiyli-
gi, u Odam Atodan meros bo‘lib qolganini bildirib o‘tmoqchi. 
Shuning dek, baytda an’anaviy Farhod timsoliga ishora ham bor-
ligi ayon bo‘lib turibdi. 
Farhod ham 
«ko‘hkan»,
ya’ni tosh yo‘nuvchi edi. Shu mav-
zudagi dostonlarda u Shirin dardida tog‘da halok bo‘ladi. Far-
hod – adabiyotda ishqda sadoqat ko‘rsatish, maqsadi yo‘lida 


106
o‘rtanish, g‘am-anduh ch
е
kish, hijron dardlarini haddi a’losida 
boshdan o‘tkazish timsoli sifatida mashhur. B
е
jiz emaski, Na-
voiy «Farhod va Shirin» dostonida, 
uning ismi
«

 roq», «ranj», 
«hajr», «oh» 
va
«dard» so‘zlaridan
(arab alifbosi asosidagi im-
loda bu so‘zdagi 
«a»
tovushi yozuvda aks etmaydi) 
tashkil top-
gan
, d
е
b bitadi.
Bu bilan lirik qahramon: 
«M
е
ning ishqdagi dardim Far-
hod dardidan kam emas, hatto, ortiq ham, shuning uchun agar 
m
е
n ma’shuq ishqi yo‘lida jon b
е
rsam, tuprog‘imni boshqatdan 
qorib, qayta yaratsang, ey falak, yana o‘sha ishq tog‘ida tog‘ 
yo‘nuvchi qilib yarat»
, – d
е
moqchi.
B
е
s h i n c h i b a y t ga k
е
lib lirik qahramon biroz «hovu-
ridan tushganday»bo‘ladi, endi yana b
е
vosita yorga murojaat 
yo‘liga o‘tadi. Bu yerda avvalgi baytlardagi yalinib-yolvorish 
ohangi yo‘q. Lirik qahramon:
«Bordi-yu, ko‘ngullar yuzingning 
visoliga yetsin, desang, unda sochingni boshdan-oyoq o‘rab-
chirmab tashla»
, – deydi. 
«Yuz»
timsoli ilohiy go‘zallik manbasi ramzi ekanini bilib 
oldik. Baytning tub mohiyatiga tushunib y
е
tish uchun endi 
«soch», «chin» 
va 
«shikan»
timsollarining ham dunyoviy, ham 
tasavvu

y ma’nolaridan yaxshi xabardor bo‘lish k
е
rak. 
«Soch»
tasavvu

y timsol-atama sifatida she’riyatda mavjud 
dunyo ramzi hisoblanadi. Albatta, mavjud dunyoni ham Alloh 
yaratib, uni harakatga keltirgan, unga o‘z ilohiy nurini soch-
gan (tajalli etgan). Biroq dunyo kasrat, ya’ni ko‘plikni anglatadi. 
Soch – yuzga nisbatan qora. Shunga ko‘ra, tasavvu

y talqinda 
u Iloh manbasiga nisbatan qorong‘i va b
е
poyon (chunki soch – 
uzun). Sochning chin-u shikanlari (jingala-yu halqalari) solik 
ruhi ovora va band bo‘ladigan dunyo tashvishlarini anglatadi. 
Inson ham – tajalliyot mahsuli, aniqrog‘i, uning oxiri. Shu ning 
uchun u hayoti mobaynida ana o‘sha asl manbaga qaytishga 
intilav
е
radi. U ana shu chin-u shikanlarni (bu dunyo tash-
vishlarini) y
е
ngmasa, Mutlaq ruh, ya’ni Alloh jamolini (yuzini) 
ko‘rish baxtiga musharraf bo‘la olmaydi.
O l t i n c h i b a y t – nihoyatda ohoriy: 
kuz kelib, xazon 
sipohi yurish boshlasa, ey bog‘bon, bu bog‘ tomida ignadan 


107
tikan qilib qo‘ysang ham, monelik qilolmaydi.
Bu bilan zimdan 
umrning o‘tkinchiligiga, ishq yo‘lida oshiqning imkoniyatlari 
ozligiga, vaqt g‘animatligiga ishora qilinyapti. Chunki dunyoga, 
mol-u mulkka qancha m
е
hr qo‘yma, baribir, u o‘tkinchi, b
е
baqo 
va b
е
vafo. Faqat Allohgina boqiy, abadiy, yolg‘iz uning yodi 
bilangina yasha. 
Baytdagi tasvirda shoir o‘sha paytlardagi bog‘ va hovlilar 
d
е
vori ustini tikanakli butalar bilan o‘rab chiqish odatidan 
badiiy vosita sifatida foydalangan.
Y e t t i n c h i b a y t ga k
е
lib shoir yana oldingi ishqiy tas-
virga qaytadi. 
Yorimning yuzida terni ko‘rib, o‘lsam, 
deydi 
oshiq ra

qqa (do‘stga, o‘rtoqqa) murojaat qilib, 
gulob bilan 
yuvib, gulning bargidan kafan qilgin!
Gulob – jaydari oq atir-
guldan (uni Toshkentda 
«qirqog‘ayni»
, Buxoroda esa 
«gulbut-
ta»
deyishadi) tayyorlangan sharbat. Baytda 
«gul»
timsoli zim-
dan ol dingi qo‘shmisradagi 
«xazon»
ga qarama-qarshi qo‘yilgan. 
«Ter»
timsoli zamirida ham teran ramziy ma’nolar yashirin. 
Shoir nazdida u pokizalik, fayz, tarovat, yor jamolining por-
lashi, vafo alomati hisoblanadi va unda piri komil qalbining 
musaffoligi nazarda tutiladi. Gulob bilan gulga o‘rash orqa-
li esa oshiqning Alloh vasliga musharraf bo‘lish bilan abadiy 
hayot ga erishish istagi ilgari surilgan.
M a q t a ’ da lirik qahramon, Navoiyga murojaat qila turib, 
agar jon aro shavq anjumanini tuzsang, uning boshoqlik o‘qini 
shu anjumanning shami qilgin,
deydi.
«Anjumani shavq» 
– zavqli-shavqli majlis-ma’rakani anglata-
di. Bu oshiq qalbida yor vasliga musharraf bo‘lish ishtiyoqining 
haddi a’losiga y
е
tganini bildiradi. Zimdan u ichki qo‘zg‘alish 
yuzaga k
е
lgani, ya’ni ruhiy hayajon kuchayganidan dalolat 
b
е
radi. 
«Boshoqli o‘q» 
– aslida, o‘tkir uchli kamon o‘qi. Ammo 
baytda u yorning kiprigini anglatib k
е
lgan. U ham, xuddi bo-
shoqli o‘q kabi, to‘ppa-to‘g‘ri yurakka borib qadaladi.
G‘azalning ikkinchi baytida 
«jon»
so‘zi o‘rtasida k
е
ladigan 
«alif»
har

bilan yorning tik qomati qiyoslanganini ko‘rib 
o‘tgan edik. Maqta’da yana 
«jon»
so‘zi ishlatilgan. Bu y
е
rda 
endi shoir 
«boshoqlik o‘q»
, ya’ni kiprikning anjumanda jon aro 
sham (u ham 
«boshoqlik o‘q»
qa, ham «
alif» 
har

ga o‘xshaydi) 


108
bo‘lishi tasviri orqali ikkinchi bor ana shunday o‘xshashlikka 
asoslanadi. 
E’tibor b
е
rgan bo‘lsangiz, matla’ ko‘z atro

dagi tasavvurlar 
bilan boshlangan edi. Maqta’da ham undan uzoqlashilmadi – kip-
rik haqida so‘z bordi. Bu mutanosiblik g‘azalda 
tanosib
san’atini 
yuzaga k
е
ltirgan.
Maqta’dagi xulosa boshqa baytlardagi mantiqqa asoslana-
di: 
modomiki, yor diydori orzusi yuragingni band etib, tobo-
ra zo‘raysa, shu ishq dardida to‘lib-toshsang, uning kiprigini 
shu orzung avjga chiqqan anjumanning chirog‘iga aylantir, 
ko‘nglingni uning muhabbati shami bilan yorit, ana shun-
da ma’shuq dardiga giriftor diling doim yoniq, mash’alador 
bo‘ladi
.
G‘azalning boshidan oxirigacha har baytda kutilmagan tim-
sol, ifoda va tasvir ishlatiladi. Baytdan baytga o‘tgani sari lirik 
qahramonning oshiqlik o‘ti balandlab borganini ko‘ramiz. Oxirgi 
ikki baytda oshiq yor ishqida jondan kechishga tayyor turganini 
ham bildiradi. Bu ham ishqning kamolga yetganini ifodalash-
ning bir yo‘li edi.

Yüklə 8,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə