Adabiyot 8 (1-qism) new indd



Yüklə 8,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/69
tarix30.12.2023
ölçüsü8,69 Kb.
#167013
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   69
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

Savol va topshiriqlar
1. Matla’ badiiy go‘zalligini ta’minlagan asosiy omil, mantiqiy asos nima?
2. Baytdan baytga qaysi so‘zlar o‘tyapti va buning g‘azal umumiy qurilmasidagi 
o‘rni va mavqeyi nimadan iborat?
3. G‘azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang.
4. G‘azaldagi tahlilga tortilgan so‘z-timsollarni daftaringizga yozib olib, ular 
talqinlarini o‘zaro qiyoslab chiqing.
5. G‘azalni yodlang.
«BO‘LDUM SANGA
1
» RADIFLI G‘AZAL
Ko‘rgali husnungni zor-u mubtalo bo‘ldum sanga, 
Ne baloliq kun edikim, oshno bo‘ldum sanga.
Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin ko‘ngul, 
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo‘ldum sanga.
Men qachon dedim: «Vafo qilg‘il manga», zulm aylading, 
Sen qachon deding: «Fido bo‘lg‘il manga», bo‘ldum sanga.
«Qay pari paykarg‘a, – dersen, – telba bo‘lding bu sifat?»
Ey pari paykar, ne qilsang, qil manga, bo‘ldum sanga.
Ey ko‘ngul, tarki nasihat ayladim, ovora bo‘l,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo‘ldum sanga.
Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo‘ldum sanga.
1
Alish
е
r Navoiy d
е
vonlari nashrlarining ko‘pida bu g‘azaldagi ushbu so‘z 
«sango»
tarzida yozilgan. Ammo vazn uni
 «sanga»
tarzida o‘qish ham mumkinligi 
va shu to‘g‘riligini taqozo etadi. Biz shu yo‘lni tutdik.


122
G‘ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro, 
To Navoiydek asir-u benavo bo‘ldum sanga.
«G‘aroyib us-sig‘ar»ning 16-g‘azali.
Navoiyning oldingi g‘azallari tahlilida ko‘rdingizki, shoir bu 
janrga oid asarlarida har bir baytga olam-olam ma’no yuklaydi, 
kutilmagan, ohoriy, jozibador ifoda, bayon va tasvir vositalari-
dan foydalanadi, qalamining kuchini ko‘rsatadi.
An’anaviy yetti baytdan iborat «Bo‘ldum sanga» radif-
li g‘azal ham bundan mustasno emas. U turkiy she’riyat 
uchun eng an’anaviy bo‘lgan ramali musammani mahzuf
(yoki maqsur), ya’ni 
foilotun–foilotun–foilotun–foilun
(yoki 
foilon
)
vaznida yozilgan. Taqte’si: – V – – / – V – – / – V – – / 
– V – (yoki – V ~).
G‘azal baytlari mazmunini bir-bir tahlil etishning asar umum 
mohiyatini bilishda alohida o‘rni bor. Shuning uchun baytlar 
ma’no-mazmuni bilan tanishib, ulardagi badiiy ifoda va tasvir 
xususiyatlarini aniqlash mumkin.
M a t l a ’da: 
«Husningni ko‘rish uchun s
е
nga zor-u asir 
bo‘lib qoldim. S
е
nga oshno bo‘lgan kunim qanday balolik kun 
ekan?» 
– d
е
yilgan. 
Bu y
е
rda ko‘ngilga ishq tushishi bilan oshiq uchun 
mashaqqatli jarayon boshlanishi ta’kidlangan.
I k k i n c h i b a y t ning ma’no-mazmuni quyidagicha: 
«S
е
ndan 
ko‘ngil uzay d
е
b har qancha uringanim bilan 
(bo‘lmadi)

kundan kunga badtarroq s
е
nga mubtalo bo‘lib qolav
е
rdim»

Mantiqiy jihatdan bu baytda tazod (zidlantirish) san’ati ishga 
solingan.
U c h i n c h i b a y t da: «
M
е
n qachon s
е
nga: «M
е
nga vafo 
qil», – d
е
b aytgan bo‘lsam 
(aksincha)
, m
е
nga ustma-ust zulm 
qilav
е
rding, s
е
n qachon m
е
nga: «Fido bo‘lgin», – d
е
gan 
bo‘lsang, s
е
nga 

 do bo‘ldim-ku»,
– d
е
gan 

kr ilgari surilgan.
Bu qo‘shmisrada tazod san’ati yana-da kuchliroq tus olgan: 
qachon oshiq yoridan vafo qilishni so‘ragan bo‘lsa, t
е
skarisini 
qilgan, l
е
kin, aksincha, qachon yor oshiqdan 

do bo‘lishni 
so‘ragan bo‘lsa, unga javoban yor, albatta, 

do bo‘lgan.


123
T o ‘ r t i n c h i b a y t da lirik qahramon aynan kimga oshiq-
ligini aniqlashtirib oladi va bunda yorining o‘zini 
«aybdor» 
qiladi: 
«Qaysi pariga o‘xshash qomatli go‘zalga bunday dara-
jada oshiqi d
е
vona bo‘lib qolding?» – d
е
b so‘rasang, ey 
pariqomatligim, m
е
nga nima qilsang, qilki, m
е
n s
е
ni s
е
vib, 
d
е
vonang bo‘lib qoldim».
Bu baytda shoir kam so‘z qo‘llab, ko‘p ma’no chiqarish 
mahoratini ko‘rsatgan. Chunki radifda k
е
lgan 
«bo‘ldum san-
ga» 
so‘zlari mantiqan 
«t
е
lba bo‘ldum sanga» 
d
е
b tushunishni 
taqozo etadi. Chunki baytning birinchi misrasidagi savolda gap 
kim t
е
lba bo‘lgani haqida k
е
tayotgan edi. Mumtoz adabiyotshu-
nosligimizda mahoratning bunday usuli 
balog‘at
d
е
yilgan.
B
е
s h i n c h i b a y t da lirik qahramon to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z 
ko‘ngliga murojaatga o‘tadi: 
«Ey ko‘ngil, m
е
n nasihatlarga quloq 
solmadim, 
(endi)
s
е
n ham ovora bo‘ladigan bo‘lding, 
(boshing-
dagi)
yuz balo y
е
tmagand
е
k, m
е
n ham s
е
nga bir balo bo‘ldim». 
Ma’lumki, inson hayoti h
е
ch qachon mashaqqatsiz k
е
chmaydi. 
Ammo u ishq yo‘liga kirsa, mashaqqati yana-da ortadi. Bu 
y
е
rda lirik qahramon ana shu mantiqqa suyanib, ko‘ngliga 
ishq yo‘liga kirgani uchun yuz balosiga yana bir balo orttir-
ganini bayon etyapti.
O l t i n c h i b a y t da soqiyga murojaat qilinadi: 
«Ey soqiy, 
mansab-lavozimlardan voz k
е
chib, s
е
nga gado bo‘lgunga qadar 
ham doim jomi Jam bilan Xizr payg‘ambar suvi m
е
ning na-
sibim bo‘ldi». 
Shuni ta’kidlash k
е
rakki, bu qo‘shmisra g‘azaldagi b
е
gona 
bayt hisoblanadi. Albatta, b
е
gona baytni asardan butunlay uzi-
lib qolgan parcha tarzida tushunmaslik k
е
rak. Har holda, shoir 
oldingi baytlardagi ma’no-mantiqdan k
е
lib chiqilganda, nisbatan
kutilmagan bir 

krni ilgari suradi. 
Soqiy
timsolida ham piri 
komil, ham yori aziz ko‘zda tutilgan.
Baytda talm
е
h san’ati qo‘llangan.
«Jomi Jam» 
– afsona-
viy Jamshid podshoh yasattirgan qadah. Tasavvu

y adabiyot-
da u vasl sar xushligi, ya’ni mastligini anglatadi. Bu timsolda 
ramzan ko‘ngilda yor aks etishiga ishora ham mavjud. Sharqda, 
Xizr payg‘ambar aba diylik suvini ichgani uchun hamisha tirik 
yashaydi,
d
е
gan qarash hukmron. Shoir bu y
е
rda shundan foy-


124
dalangan. 
Jomi Jam
da ham,
Xizr suyi
da ham ramzan piri komil 
qalbiga ishora bor. Aytilmoqchiki, Alloh ishqidan mast bo‘lgan, 
abadiy, boqiy zot vasliga intilgan oshiq uchun mansab-lavo-
zimlarning zarracha ahamiyati yo‘q. Boshqacha ifodalaganda, 
Alloh vasliga erishaman, abadiylik baxtiga musharraf bo‘laman,
d
е
gan kishi mansab-lavozimlarga (ya’ni dunyoviy rag‘batlarga) 
ko‘ngil qo‘ymasligi, ulardan voz k
е
chishi, kamida, ustun turishi, 
ya’ni darv
е
sh bo‘lishi lozim. 
M a q t a ’ da oshiqlikning martabasi yana-da balandroq ko‘ta-
riladi: 
«To Navoiyd
е
k s
е
nga asir-u b
е
navo bo‘lmaguncha g‘am-
g‘ussa changi
(sozi)
dan biron-bir kuy eshitmadim».
Bu baytning birinchi misrasidagi 
«navoy
е
» 
(«bir navo») 
so‘zi bilan ikkinchi misrasidagi 
«Navoiy» 
so‘zi o‘rtasida 
o‘zakdoshlik bor. Bu ajib lisoniy joziba hosil qilgan. O‘zaro 
o‘zakdosh so‘zlarni ishlatish Sharq mumtoz badiiyati ilmida 
ish-
tiqoq san’ati 
d
е
yiladi.
Bu g‘azal shoirning ho

zlarimiz tomonidan s
е
vib kuylana-
digan she’rlaridan biri hisoblanadi. Ko‘p o‘zb
е
k shoirlari asrlar 
davomida bu g‘azalga naziralar bitgan, taxmislar bog‘lagan.
Bu she’r misolida ishqiy mavzuni yoritishda g‘azalning juda 
keng imkoniyatlari borligini ham his etamiz. 

Yüklə 8,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə