Akbar Zamonov



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə16/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60

A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 3, 5, 6 C) 2, 6

D) barchasi to‘g‘ri

114. Qachondan Yevropadа shоli, grеchiха, tаrvuz, o‘rik vа limоnlаr o‘stirilа bоshlаnаdi?

A) XI-XII asrlardan B) XII-XIII аsrlаrdаn

C) XIV-XV asrlardan D) X-XI asrlardan

115. Qaysi asrdan Yevropadа shаmоl tеgirmоnlаri qurilаdi?

A) XII аsr B) XI asr C) XIII asr D) IX asr

116. Qaysi asrdan yevropaliklаr tоmоnidаn aloqa kаptаrlаri yordаmidа хаtlаrni tаshish qo‘llаnilа bоshlаnаdi?

A) XII аsr B) XI asr C) XIII asr D) IX asr

117. Yevropadа qaysi voqeadan so‘ng hammomlar qurish, hashamatli liboslar kiyish keng urf bo‘ladi?

A) Arab xalifaligi Periney yarim orolini bosib olganidan so‘ng

B) Vizantiya imperiyasi qulaganidan so‘ng

C) salib yurishlaridan so‘ng

D) germanlarning istilolari natijasida

118. Nima uchun Yaqin Sharq aholisi salibchilarga qarshi qo‘zg‘olonlar ko‘targan?

A) qo‘shimchа tarzda аhоlidan soliq olinishi natijasida

B) barcha masjidlarning buzib yuborilishi natijasida

C) erkaklarning majburan harbiy xizmatga olinishi natijasida

D) bolalar va ayollarning qul qilinishi natijasida

119. Nechanchi yilda papa Urban II Fransiyaning janubidagi Klermon shahrida cherkov yig‘ini soborga to‘plangan minglab ruhoniylar, ritsarlar va oddiy xalq vakillari huzurida nutq so‘zlaydi?

A) 1096-yil B) 1095-yil C) 1099-yil

D) 1090-yil

120. Qaysi Rim papasi 1227-1241-yillarda hukmronlik qilgan?

A) Ioann XII B) Grigoriy IX C) Innоkеntiy III

D) Lev IX


IV BOB


1. O‘rta asrlarga oid d’E qal’asi qayerda joylashgan?

A) Burgundiyada B) Normandiyada C) Orleanda

D) Akvitaniyada

2. O‘rta asrlatda Fransiyaning qaysi viloyati “Ingliz tojining marvaridi” deb atalgan?

A) Tuluza B) Shampan C) Normandiya

D) Akvitaniya

3. Nikoh yo‘li bilan mamlakatni birlashtirishga harakat qilgan fransuz qirolini aniqlang.

A) Lyudovik IX B) Filipp II C) Lyudovik VII

D) Lyudovik VI

4. O‘rta asrlarda shaharlarning yuksalishi bilan yangi toifa ...

A) shaharliklar soni ko‘paya boshladi

B) savdogarlar soni oshishiga olib keldi

C) senorlar tabaqasi paydo bo‘ldi

D) vassallar toifasi ko‘payib bordi

5. Fransiyada qachondan qirol hokimiyati kuchaya boshladi?

A) XI asr B) XII asr C) XIII asr D) X asr

6. Fransiyada kimning hukmronligi davrida qirol yerlarida feodal urushlari taqiqlandi?

A) Filipp II B) Lyudovik VII C) Lyudovik IX

D) Filipp IV

7. Quyidagi qaysi hukmdor Yevropada birinchi bo‘lib katolik cherkovidan soliq to‘lashni talab qilgan?

A) Vilgelm I B) Eduard III C) Lyudovik XI

D) Filipp IV

8. Yuz yillik urush boshlanishida Yevropaning qaysi davlati Angliya tarafdori bo‘lgan?

A) Kastiliya B) Portugaliya C) Italiya

D) Shotlandiya

9. “Papalarning Avinon tutquni” davri nechanchi yillarni o‘z ichiga oladi?

A) 1309-1377 y. B) 1302-1789 y.

C) 1307-1379 y. D) 1285-1314 y.

10. Fransiya qiroli Filipp IV ga qarshi chiqqan Rim papasini aniqlang.

A) Bonifatsiy VII B) Ioann XI C) Lev X

D) Bonofatsiy VIII

11. “Tampliyerlar ishi” ni uyushtirgan qirolni aniqlang.

A) Eduard III B) Filipp IV C) Filipp II

D) Lyudovik IX

12. Fransiya qiroli Filipp IV ning hukmronlik yillarini aniqlang?

A) 1285-1314 yillar B) 1306-1327 yillar

C) 1328-1350 yillar D) 1332-1358 yillar

13. “Jakeriya qo‘zg‘oloni” dastlab qayerda boshlandi?

A) Orlean shahrida B) Bove okrugida

C) Janubiy Fransiyada D) Akvitaniya viloyatida

14. 1356-yil Puate yaqinida bo‘lgan jangda qaysi fransuz qiroli asirga tushadi?

A) Ioann B) Filipp C) Karl V D) Karl VI

15. Fransiya General shtatlar chaqirilganidan 56 yil o‘tib ...

A) Puate yaqinida jang bo‘ldi

B) “Jakeriya” qo‘zg‘oloni bo‘ldi

C) Karl V harbiy islohot o‘tkazdi

D) Janna d’Ark asirga olindi

16. Quyidagi janglarning qaysilari “yuz yillik urush” ga taalluqli?

1) Puate jangi; 2) Gastings jangi; 3) Azenkur jangi; 4) Orlean jangi; 5) Kent jangi; 6) Kresi yaqinidagi jang

A) 1, 2, 3 B) 1, 5 C) 1, 3, 4, 6 D) 4, 5

17. Jakeriya qo‘zg‘olonining shiori nima bo‘lgan?

A) Yo vatan, yo sharofatli o‘lim

B) qirq yil qul bo‘lib yashagandan ko‘ra, bir kun ozod bo‘lgan yaxshi

C) Barcha zodagonlarni bitta qo‘ymay qirib tashlash

D) Qullikni tomiri bilan yulib tashlash

18. Jannna d’Ark kim tomonidan asirga tushiriladi?

A) Karl VII B) akvitaniyaliklar C) inglizlar

D) burgundiyaliklar

19. Fransiya qirollarining an’anaviy toj kiyadigan shahrini aniqlang.

A) Orlean B) Parij C) Ruan D) Reyms

20. O‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan “dofin” atamasining mazmunini aniqlang.

A) taxt vorisi B) qirol yordamchisi C) ayg‘oqchi

D) vaqtincha hukmdor

21. Fransiyaning markazlashuvining yakunlanishi qaysi qirol davriga to‘g‘ri keldi?

A) Lyudovik XI B) Karl VII C) Karl VIII

D) Lyudovik IX

22. Gastings jangida kimlar to‘qnashgan?

A) inglizlar va daniyaliklar

B) fransuzlar va inglizlar

C) inglizlar va normandlar

D) norlandlar va vengerlar

23. Vilgelm I davrida Angliya grafliklarga bo‘linib, ularni ... boshqargan.

A) sheriflar B) gersoglar C) graflar D) baronlar

24. Angliyada kimning davrida moliya va harbiy islohot o‘tkazilgan?

A) Vilgelm I B) Genrix II Rechard II

D) Vilgelm II

25. Vilgelm tomonidan aholini ro‘yxatga olinish varag‘i nima sababdan xalq orasida “Dahshatli sud kitobi” nomini oldi?

A) bu tadbir birinchi marta bo‘lganligi uchun xalq qo‘rqib ketgan

B) beriladigan savollarga javob berishdan oldin xalq qasam ichdirilgan

C) ro‘yxatga olish bilan birgalikda, aholiga zulm yetkazilgan

D) bu tadbir qo‘shimcha ko‘plab soliqlarning paydo bo‘lishiga olib kelgan

26. Genrix II islohotiga ko‘ra baronlar harbiy xizmat evaziga ... to‘lar edi.

A) qozon puli solig‘ini B) jon solig‘ini

C) qalqon puli soligini D) hosilning 1/3 ni

27. “Buyuk ozodlik xartiyasi” nechta moddadan iborat bo‘lgan?

A) 63 modda B) 53 modda C) 140 modda

D) 200 modda

28. Angliya parlamenti nechanchi asrda ikki palataga bo‘linadi?

A) XV asr B) XIV asr C) XVI asr D) XIII asr

29. Uot Tayler qo‘zg‘oloni mag‘lubiyatga uchrasa-da ...

A) dehqonlarning mehnat majburiyati yo‘qotiladi

B) qaram dehqonlar ozodlikka chiqishadi

C) qulchilikka barham beriladi

D) feodallarning yerlaridan bir qismi dehqonlarga bo‘lib beriladi

30. Rober de Sorbon kim bo‘lgan?

A) qishloq ruhoniysi B) cherkov o‘qituvchisi

C) qirol maslahatchisi D) qirol xonadoni ruhoniysi

31. Yevropada ilk universitetlar qaysi shaharlarda tashkil topgan?

A) London, Boloniya B) Parij, London

C) Praga, Krakov D) Boloniya, Parij

32. Germaniya imperatori Fridrix II asos solgan universitetni aniqlang.

A) Neapol B) Boloniya C) Krakov

D) Oksford

33. O‘rta asrlarda kollegiya nima?

A) dastlabki universitet talabalari yotoqxonasi

B) universitet talabalari uyushmasi

C) bilim oladigan joy

D) birinchi ilmiy daraja nomi

34. Ma’lumki, universitet shahar ma’muriyati bilan kelishmay qolib, boshqa shaharga ko‘chib ketsa, ma’muriyat ularni uzr so‘rab chaqirib olgan. Bunga sabab nima edi?

A) ilm ahlining ixtirolari shahar hokimiyati uchun muhim bo‘lgan

B) universitet to‘laydigan soliq shahar xazinasiga katta foyda keltirgan

C) o‘z universitetiga ega bo‘lish har bir shahar uchun sharaf bo‘lgan

D) ularning ichida hukumat boshliqlarining farzandlari bo‘lgan

35. Avliyo Mark ibodatxonasi va Dojlar saroyi qaysi shaharda bunyod etilgan?

A) Venetsiya B) Seviliya C) Milan

D) Konstantinopol

36. Rivojlangan o‘rta asrlarda Fransiyada ...

1) aholining chek yerlari dehqon oilasining sotishi yoki in’om etishi mumkin bo‘lgan mulki – allodga aylanadi; 2) qirol o‘z domenida ham to‘la xo‘jayin emasdi; 3) qirol hukmida hisoblangan gersog va graflar xalqni uning nomidan boshqarar, zarur paytda sud qilar va jazolar edi; 4) ko‘pchilik muammolarning yagona yichimi urush bo‘lib qolgan; 5) hukmron toifa vakillarining shaxsiy erkinliklari amalda cheksiz bo‘lgan; 6) mahalliy boshqaruv asosini erkin franklarning yuzlik yig‘inlari tashkil etgan.

A) 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6 C) 1, 3, 5

D) 2, 4, 6

37. Feodal tarqoqlik davrida Fransiyada qirol ...

A) barcha sohalarni o‘z qo‘liga olib, davlatni o‘zining shaxsiy mulki sifatida boshqargan

B) o‘z domenida to‘la xo‘jayin emasdi va uning na qo‘shini va na ishonchli amaldorlari bo‘lgan

C) muhim qonunlar, qarorlar qabul qilish uchun xalq yig‘inlarini chaqirmay qo‘yadi

D) ekinzorlarni va boshqa yerlarni xohlagan kishiga in’om etar, davlat xazinasidagi mablag‘larni ham istagancha sarflardi

38. Domen qanday ma’noni bildiradi?

A) qal’a, qasr B) harbiy xizmat C) uy hovlisi

D) mulk


39. Feodal tarqoqlik davrida Fransiyaning qaysi gersoglarining har biri qirolga nisbatan ko‘proq hudud va aholiga ega edilar?

A) Normandiya, Burgundiya, Bretan, Akvitaniya

B) Anju, Tuluza, Blua

C) Normandiya, Shanpan, Burgundiya

D) Tuluza Flandriya, Akvitaniya, Blua

40. Fransiyaning qaysi hukmdori o‘zining ishonchli yordamchisi, ilgari Sen-Deni monastiri abbati bo‘lgan Sugeriy ko‘magida o‘z domenida tartib o‘rnatishga harakat boshlaydi?

A) Lyudovik IX B) Lyudovik VI C) Filipp IV

D) Lyudovik VII

41. Fransiyaning qaysi hukmdori Burj va Sans shaharlarini o‘z domeniga qo‘shib olib, o‘zboshimcha baronlar qal’alarini buzadi va ularni bo‘ysundiradi?

A) Lyudovik VI B) Lyudovik VII C) Lyudovik IX

D) Filipp II

42. Fransiyada Lyudovik VII qaysi yillarda hukmronlik qilgan?

A) 1226-1270-yillarda B) 1180-1223-yillarda

C) 1108-1137-yillarda D) 1137-1180-yillarda

43. Nimaning natijasida Fransiyada rivojlangan o‘rta asrlarda dehqonlar yetishtirgam mahsulotlarning ma’lum qismini bozorga sotish uchun chiqara boshlaydi?

A) yer egaligining yangi turlari shakllanishi va qo‘riq yerlar o‘zlashtirilishi

B) qishloq xo‘jaligining, hunarmandchilik va savdoning o‘sishi

C) yer egaligi ishlab chiqarish munosabatlarining yuksalishi

D) yangi o‘zlashtirilgan yerlarda dehqonlar qaramligi bekor qilinib, soliqlarning bir qismini pul bilan to‘lanishi

44. Qaysi asrlardan Fransiyada feodallar o‘z yerlarini dehqonlarga merosiy ijaraga bera boshlaydilar?

A) XI-XII asrlardan B) IX-X asrlardan

C) XII-XIII asrlardan D) X-XI asrlardan

45. Lyudovik VI davriga oid bo‘lgan voqealarni qayd eting?

1) qirol mulklariga mamlakat janubidagi Tuluza grafligi qo‘shib olinadi; 2) Burj va Sans shaharlarini o‘z domeniga qo‘shib oladi; 3) qirol o‘zboshimcha baronlar qal’alarini buzib ularni bo‘ysundiradi; 4) o‘g‘lini Akvitaniya gersogining yagona merosxo‘ri Aleonoraga uylantiradi; 5) Fransiyada qirol hokimiyatining kuchayishi boshlanadi; 6) Angliya qiroli Ioann bilan inglizlarning Normandiyadagi mulklari uchun kurash boshlaydi; 7) Sugeriy ko‘magida o‘z domenida tartib o‘rnatishga harakat boshlaydi.

A) 1,2,3,4,5,6,7 B) 1,3,5,7 C) 2,4,6

D) 2,3,4,5,7

46. Qaysi tadbir dehqonning yerga munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartiradi?

A) feodallar o‘z yerlarini dehqonlarga merosiy ijaraga bera boshlashi

B) yer egaligining yangi turlari shakllanishi, yangi yerlarning bosib olinishi

C) yer egaligi va ishlab chiqarish munosabatlarining yuksalishi

D) yangi o‘zlashtirilgan yerlarda dehqonlar qaramligi bekor qilinib, olinadigan daromadning yarmi soliq tariqasida belgilab qo‘yilishi

47. O‘rta asrlarda Fransiyadagi viloyatlar orasida mehnat taqsimotini eslang. Normandiya nimaga ixtisoslashgan edi?

A) vinochilik, zig‘ir tolasi va jundan gazlamalar to‘qishga

B) temir, tuz ishlab chiqarish, ot va qoramol yetishtirishga

C) chorva mollari, teri, qahraboga

D) nafis gazlamalar, sopol idishlar, zeb-ziynat buyumlari, vinoga

48. O‘rta asrlarda Fransiyaning qaysi viloyati vinochilik, zig‘ir tolasi va jundan gazlamalar to‘qishga ixtisoslashgan edi?

A) Shampan va Burgundiya

B) Bretan va Akvitaniya

C) Tuluza va Blua

D) Normandiya va Burgundiya

49. Nima uchun Fransiyada qirol hokimiyatining tarafdorlari kuchli qirol hokimiyati o‘rnatilishidan manfaatdor edilar?

A) chunki kuchli qirol hokimiyati yer egaligi ishlab chiqarish munosabatlarining yuksalishiga olib kelardi

B) chunki kuchli qirol hokimiyati feodal o‘zboshimchaligini cheklab, o‘zlarini graflar, gersoglar tazyiqidan xalos etishiga umid bog‘laganlar

C) chunki kuchli qirol hokimiyati o‘z-o‘zini ta’minlovchi – natural xo‘jalikdan, bozor uchun mahsulot yetishtiruvchi xo‘jalikka o‘tilishni tezlashtirardi

D) chunki kuchli qirol hokimiyati yer egaligining yangi turlari shakllanishiga olib kelishiga umid bog‘laganlar

50. O‘rta asrlarda Fransiyada kimlar markazlashtirish jarayoniga qarshi bo‘ladi?

A) shaharliklar, mayda va o‘rta feodallar

B) yirik diniy va dunyoviy feodallar

C) dehqonlar va hunarmandlar

D) yirik feodallar, savdogarlar va shaharliklar

51. 1202-1214-yillari Fransiyaning qaysi viloyati inglizlardan tortib olinadi?

A) Tuluza B) Shampan C) Burgundiya

D) Normandiya

52. O‘rta asrlarda Fransiyada qirol mulklarining kengayishi qanday umumdavlat boshqaruv tashkilotlari tuzilishi bulan yakunlandi?

A) Domen kengashi, Oliy xo‘jalik kengashi va Moliya boshqarmasi

B) General shtatlar, Vazirlar mahkamasi va Oliy xo‘jalik kengashi

C) Qirol kengashi, Oliy sud va Moliya boshqarmasi

D) Qirol sudi, General shtatlar va Vazirlar mahkamasi

53. Lyudovik IX qaysi yillarda Fransiyada hukmronlik qilgan?

A) 1137-1180-yillari B) 1226-1270-yillari

C) 1108-1137-yillari D) 1180-1223-yillari

54. Lyudovik IX davrida Fransiyada qanday tadbirlar amalga oshiriladi?

1) qirol mulklariga mamlakat janubidagi Tuluza grafligi qaytariladi; 2) qirol zarb ettirgan oltin va kumush tangalar Fransiyaning barcha viloyatlarida o‘tishi huquqi belgilanadi; 3) mamlakatda gersog va graflar zarb etadigan 40 xil pul asta-sekin surib qo‘yiladi; 4) Angliya qiroli Ioann bilan inglizlarning Normandiyadagi mulklari uchun kurash boshlanadi; 5) qirol yerlaridagi feodal urushlar taqiqlanadi.

A) 2, 3, 5 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 5

55. Filipp IV o‘z qirolligining boshlarida qayerlarni qirol domeniga qo‘shib oladi?

A) Normandiya va Tuluza grafligi

B) Shampan grafligi, Lion viloyati va shahrini

C) Flandriya grafligi, Lion viloyati va shahrini

D) Bretan, Akvitaniya grafligi, Burj va Sans shaharlarini

56. Fransiya qiroli Filipp IV mablag‘larni topish uchun qanday tadbirlarni qo‘llar edi?

A) o‘zboshimcha baronlar qal’alarini buzib ularni bo‘ysundiradi va ozod qilish evaziga pul talab qiladi

B) umumdavlat boshqaruv tashkilotlari orqali yangi soliqlar joriy etar edi

C) shaharlardan qarz olib ularni qaytarmas, yahudiylarni mamlakatdan chiqarib yuborib, so‘ng ularni katta to‘lovlar evaziga qaytarar, tanga puldagi kumush miqdorini pasaytirib, uni buzar, qirolllikdagi dehqonlarni erkinlikka chiqishi uchun katta to‘lov talab qilardi

D) yirik diniy va dunyoviy feodallarning imtiyozlarini bekor qilib, so‘ng ularni katta to‘lovlar evaziga qaytarar, savdogarlar va hunarmandlarga katta soliq solardi

57. Rim papasi Bonifatsiy VIII qaysi yillarda papalik qilgan?

A) 1285-1314-yillarda B) 1108-1123-yillarda

C) 1294-1303-yillarda D) 1137-1180-yillarda

58. Kim Filipp IV dan Flandriyaga qarshi urushni to‘xtatishni talab qiladi?

A) Rim papasi Bonifatsiy VIII

B) Angliya qiroli Ioann

C) Sen-Deni monastiri abbati Sugeriy

D) Vizantiya imperatori Mixail VII Paleolog

59. Filipp IV ning Papa xohish-irodasiga bo‘ysunmaganligiga javoban Bonifatsiy VIII …

A) General shtatlarni chaqirishga qaror qiladi

B) Fransiyaga qarshi salib yurishni e’lon qilish uchun tayyorgarlikka kirishadi

C) uni cherkovdan xoliligini e’lon qilish uchun tayyorgarlikka kirishadi

D) ruhoniylarga Fransiya qiroliga soliq to‘lashni man etadi

60. Flandriya Fransiyaning qayerida joylashgan edi?

A) shimoliy-sharqida B) janubiy-g‘arbida

C) shimoliy-g‘arbida D) janubiy-sharqida

61. Anafema nima?

A) cherkov tomonidan e’lon qilinadigan la’nat

B) katolik ruhoniylarining chin e’tiqodi

C) dahriylarni jazolovchi e’tiqod yoki din ishi

D) qidiruv, tekshiruv

62. Qaysi shaharda joylashgan papa saroyiga Filippning bir guruh askarlari bostirib kirib, papani haqoratlagan edi?

A) Ravenna B) Anani C) Avibon D) Avinon

63. General shtatlar qanday ma’noni bildiradi?

A) “davlat amaldorlari” B) “oliy zodagonlar”

C) “oliy toifalar” D) “yalpi toifalar”

64. General shtatlar nima va u qanday maqsadda chaqiriladi?

A) Fransiyadagi o‘rta va oliy vakillik muassasasi bo‘lib, yirik mulk egalarining yangi yerlarni istilo qilishini qo‘llab-quvvatlash zarur bo‘lib qolganda General shtatlar chaqirilardi.

B) Fransiyadagi davlatning bosh muassasasi bo‘lib, oliy tabaqalar ichidagi ziddiyatlarni bartaraf etish zarur bo‘lib qolganda General shtatlar chaqirilardi.

C) Fransiyadagi oliy tabaqaviy-vakillik muassasasi bo‘lib, qirollar uni qachonki yangi soliq kiritishni istaganlarida chaqirib turishgan

D) Fransiyadagi qirol huzuridagi muassasa bo‘lib, cherkovga soliqqa tortish zarur bo‘lganda General shtatlar chaqirilardi.

65. General shtatlar qaysi yillarda faoliyat ko‘rsatgan?

A) 1302-1796-yillarda B) 1302-1792-yillarda

C) 1302-1794-yillarda D) 1302-1789-yillarda

66. Toifaviy monarxiya nima?

A) qirolning oliy toifaga mansubligi

B) oliy toifa vakillarining qirolni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashi

C) davlat boshqaruvida qirolning tabaqa vakillari majlisiga tayanishi

D) yirik mulk egalarining qirol bilan birgalikda davlatni boshqarishi

67. Kardinallar Fransiya arxiyepiskopini papalikka saylashganda u Avinon shahriga ko‘chib o‘tishga qaror qiladi. Avinon shahri qayerda joylashgan edi.

A) Italiyaning shimolida B) Germaniyaning g‘arbida

C) Ispaniyaning sharqida D) Fransiyaning janubida

68. Fransiyada Buyuk magistrning o‘limidan bir oy o‘tib …, o‘n oydan so‘ng … vafot etadilar?

A) Filipp IV, papa B) papa, Filipp IV

C) Filipp II, papa D) Lyudovik VII, qirol vorisi

69. Filipp IV ning o‘limidan ko‘p o‘tmay taxtga qaysi sulola vakillari keladi?

A) Burbonlar oilasi B) Saksonlar oilasi

C) Valualar oilasi D) Kapetinglar oilasi

70. Inglizlar qiroli Eduard III ning talabini rad etrish uchun fransus huquqshunoslari qanday qaror chiqaradilar?

A) Fransiyada toifaviy shakllanganligi bois qirol bunday qarorga kelishi mumkin emasligi haqida

B) fransuz qonunlariga muvofiq vorislik haqidagi bahs qirol yordamida yechilishi mumkinligi haqida

C) General shtatlar qaroriga ko‘ra boshqa davlatning hukmdori Fransiya taxtiga o‘tirish huquqini berishi mumkin emasligi haqida

D) Eduard III ning onasi Filipp IV ning qizi bo‘lib, “Sali haqiqati”ga ko‘ra ayol kishi o‘g‘liga Fransiya taxtiga o‘tirish huquqini berishi mumkin emasligi haqida

71. Yuz yillik urush davrida Fransiyani qaysi davlatlar qo‘llab-quvvatlaydi?

A) Germaniya va Ispaniya

B) Shotlandiya va Kastiliya

C) Portugaliya va Italiya

D) Daniya va Irlandiya

72. Yuz yillik urushning dastlabki davrida qaysi omillar Angliya ustunligini ta’minlaydi?

1) har bir ritsar alohida jasorat ko‘rsatgan; 2) puxta tayyorgarligi; 3) erkin dehqonlardan tuzilgan komonchilar bo‘linmasining mavjudligi; 4) inglizlar qo‘shini qiroldan maosh olgan harbiy boshliqlar buyrug‘ini so‘zsiz bajargan; 5) alohida ritsarlik bo‘linmalaridan tashkil topgan; 6) ingliz qo‘shinlarining intizomi, son jihatidan ustun bo‘lishi.

A) 2, 3, 4, 6 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6 C) 1, 3, 5

D) 2, 4, 6

73. Fransiya qo‘shinlarining Yuz yillik urushning birinchi bosqichidagi mag‘lubiyati sabablari nimada edi?

A) erkin dehqonlardan tuzilgan komonchilar bo‘linmasi mustaqil harakat qilgan, piyoda qo‘shinning yagona boshqaruv va harbiy intizomi bo‘lmagan

B) fransuzlar birikmay harakat qilishi, qo‘shinning deyarli barchasi piyodalardan iborat bo‘lganligi

C) qo‘shin alohida ritsarlik bo‘linmalaridan tashkil topgan bo‘lib, har bir ritsar mustaqil harakat qilgan, qo‘shinda yagona boshqaruv va harbiy intizom bo‘lmagan.

D) harbiy flotga ega emasligi, piyoda qo‘shinning birikmasligi va erkin dehqonlardan tuzilgan komonchilar bo‘linmasi mustaqil harakat qilgan.

74. Kale portini olgan ingliz qo‘shinlari 1347-yili Fransiyaning qayeriga yurish boshlaydi?

A) Flandriyaga B) Burgundiyaga C) Akvitaniyaga

D) Normandiyaga

75. Ta’qibga uchragan va chorasiz qolgan ingliz shahzodasi Eduard fransuzlar uni o‘tkazib yuborishi hisobiga qanday takliflarni beradi?

A) Fransiya taxtiga da’vosidan voz kechish

B) Fransiyaga tovon to‘lash

C) barcha o‘lja va asirlarni, qo‘lga kiritgan hamma qal’a va qasrlarini berish

D) Fransiya bilan umrbod tinglik sulhini tuzish

76. Yuz yillik urush davrida Fransiya qiroli chorasiz qolgan ingliz shahzodasi Eduarddan nimani talab qiladi?

A) Fransiyaga tovon to‘lashni

B) Fransiya bilan darhol tinglik sulhini tuzishni

C) barcha o‘lja va asirlarni, qo‘lga kiritgan hamma qal’a va qasrlarini berishni

D) shahzodani o‘z ayonlari bilan asirlikka tushib qamoqqa olinishiga rozi bo‘lishini

77. Yuz yillik urush davrida ro‘y bergan qaysi jangdan so‘ng inglizlarga ularning Fransiyadagi ko‘plab yer-mulklari qaytariladi?

A) Kresi yaqinidagi jangdan so‘ng

B) Kale yaqinidagi jangdan so‘ng

C) Puate yaqinidagi jangdan so‘ng

D) Azenkur jangidan so‘ng

78. Nega Jakeriya qo‘zg‘olonining bayroqlariga qirol gerbidagi oq nilufar tasviri tushirilgan edi?

A) chunki dehqonlar kuchli qirolga ishongan

B) chunki dehqonlar ma’rifatparvar qirolga ishongan

C) chunki dehqonlar odil qirolga ishongan

D) chunki dehqonlar qirol ularning ahvolini o‘zgartirishiga ishonishgan

79. Yuz yillik urush davrida qaysi Fransiya qiroli fransuzlar qo‘shinida yagona qo‘mondonlik joriy ettirib, uning vakolatlarini kengaytiradi?

A) Karl V B) Karl VI C) Karl VII D) Karl VIII

80. Yuz yillik urush davrida qaysi qo‘mondon yirik janglarga kirmasdan kichik janglar orqali deyarli barcha hududlarini inglizlardan ozod qiladi?

A) Eduard B) Sugeriy C) Dyugeklan

D) Karl Jasur

81. Yuz yillik urush davrida qaysi jang oqibatida Fransiyaning yarmi Angliya qo‘liga o‘tib, cherkov va ruhoniylar ingliz qirolini tan olishadi?

A) Azenkur jangi B) Puate jangi C) Kale jangi

D) Kresi jangi

82. Yuz yillik urush davrida Fransiyaning qaysi gersogi inglizlar tomoniga o‘tib, uning ko‘magida inglizlar Parijni egallaydi?

A) Flandriya B) Akvitaniyaga C) Burgundiyaga

D) Normandiyaga

83. Yuz yillik urush davrida Orlean shahri himoyachilari inglizlarga qarshi necha kunlik qamalda taslim bo‘lishmaydi?

A) 100 B) 50 C) 200 D) 120

84. Fransiyadа agаr mоjаrо bittа sеnоrning vаssаllаri оrаsidа bo‘lsа uni … ko‘rib chiqqаn.

A) qirol sudi B) tоifа sudi C) viloyat sudi

D) umummillat sudi

85. O‘rta asrlarda Fransiyada qirоl hоkimiyatining kuchayishining tarafdorlarini qayd eting.


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə