Akbar Zamonov



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə12/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60

D) xristian diniga o‘tkazishga

67. Ma’lumki, Buyuk Karlning maslahatchilarida uni qadimgi rimliklarga taqlid qilib, imperator deb e’lon qilish g‘oyasi tug‘iladi. Bunday imkoniyat qaysi voqea sabab vujudga keladi?

A) 476-yili G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi orqali

B) 800-yili Rim mahalliy zodagonlarining papa Lev III ga qarshi isyon ko‘tarishi orqali

C) Karlning 53 harbiy yurishga boshchilik qilib, yirik saltanat tuzishi orqali

D) 773-yili Langobardlar qiroli Dezideriy mag‘lub etilganidan so‘ng

68. Karlning muhrida qanday so‘zlar zarb qilinadi?

A) “Franklar imperiyasi”

B) “Buyuk Karl”

C) “Muqaddas Rim imperiya”

D) “Yangi Rim imperiyasi”

69. Buyuk Karl franklar imperiyasining mutlaq hukmdoriga aylanib, uning farmonlari faqat qayerda qabul qilingan?

A) yirik zodagonlar, yer egalarining yilda ikki marta chaqiriladigan yig‘inida

B) saroyda

C) ruhoniylar va zodagonlar yig‘inida

D) Rim papasi huzurida

70. Buyuk Karlning doimiy poytaxtini aniqlang?

A) Parij B) Reyms C) Orlean

D) Buyuk Karlning doimiy poytaxti bo‘lmagan

71. Buyuk Karl davrida franklarda an’anaviy xalq lashkari o‘rnida qanday qo‘shin vujudga keladi?

A) suvoriylar va piyoda qo‘shinlar

B) piyoda qo‘shinlar

C) otliq ritsarlar

D) to‘pchilar

72. Buyuk Karl davrida hukmdorlar ritsarlarga nima uchun feod in’om etgan?

A) ular qirol hokimiyatini dushmandan himoya qilganliklari uchun

B) aholidan o‘z vaqtida soliq yig‘ib olish uchun

C) ot, qurol-aslahasini tartibda saqlashi, urushlar paytida oilasini ta’minlashi uchun

D) harbiy o‘ljaning katta qismini qirol xonadoniga bergani uchun

73. Nemischadan qo‘rg‘on, mulk ma’nolarini anglatuvchi so‘zni aniqlang?

A) feod B) benefitsiy C) allod D)) marka

74. Ritsarlarga hukmdorlar tomonidan harbiy xizmat evaziga taqdim etilib, keyinchalik merosiy mulkka aylangan yer-mulk nima deb atalgan?

A) feod B) marka C) benefitsiy D) allod

75. Yirik feodallar viloyatlarga egalik qilsalar, mayda feodalga nima taqdim etilishi mumkin edi?

A) qo‘rg‘on

B) turar-joy, oziq-ovqat

C) ma’lum qishloq yoki uning bir qismi

D) ot, qurol-aslaha

76. Quyidagilardan qaysi birlari Franklar davlatidagi muhim lavozimlar bo‘lgan?

A) saroy xizmatkorlari

B) moliya, soliq, harbiy a’yonlari, dasturxonchi, otxona boshlig‘i

C) harbiy yo‘lboshchi

D) mayda feodal-vassallari bo‘lgan yer egasi

77. Nemischadan saylangan harbiy yo‘lboshchi, keyinchalik merosiy qabila boshlig‘i ma’nosini beruvchi so‘zni toping?

A) gersog B) graf C) senor D) tungin

78. Buyuk Karl davrida yirik bo‘lmagan hududlarni qaysi amaldor boshqarardi?

A) gersoglar B) graflar C) vazirlar D) senor

79. Qaysi so‘z nemischadan “qirol tayinlagan amaldor” ma’nosini beradi?

A) graf B) gersog C) konung D) tungin

80. Buyuk Karl davrida chegara viloyati hokimi ...

A) marktunginlar deb atalgan

B) marksenorlar deb atalgan

C) markgersog deb atalgan

D) markgraflar deb atalgan

81. Buyuk Karl davrida kimlar imperatorning joylardagi vakillari sifatida uning buyruqlarini bajargan?

A) franklarning yuzlik yig‘inlari

B) qaram dehqonlari va mayda feodal-vassallari bo‘lgan yer egasi

C) yepiskoplar, yirik monastirlar abbatlari

D) zodagonlar yo‘lboshchilari

82. Franklar davlatida qirol tomonidan graflarga qanday ishlarini boshqarishning topshirilishi ularning hokimiyatini kuchaytirdi?

A) aholidan soliq yig‘ish

B) aholiga soliq solish

C) sud


D) harbiy qo‘shinga boshchilik qilish

83. Qaysi arab xalifasi o‘z elchilаri оrqаli Kаrlgа qimmаtbаhо sоvg‘аlаr bilаn birgа Quddusdаgi Isо pаyg‘аmbаr qabri jоylаshgаn yеrni hаm tаqdim etgаn?

A) Ma’mun B) Hоrun аr-Rаshid C) Mu’tazid

D) Amin


84. Vеrdеn shаhridа 843-yil tuzilgаn shаrtnоmаgа binоаn vujudgа kеlgаn qirоlliklаr o‘rnidа, kеyinchаlik qaysi dаvlаtlаr tаshkil tоpаdi?

A) Vizantiya, Fransiya, Angliya

B) Fransuya, Angliya, Ispaniya

C) Italiya, Angliya, Gollandiya

D) Frаnsiya, Gеrmаniya vа Itаliya

85. Qay tаriqа Yevropadа fеоdаl tаrqоqlik dаvri bоshlаnаdi?

A) feodallar o‘z yerlarini meros tariqasida o‘g‘illariga qoldirishi natijasida

B) Franklar imperiyasi Verden shartnomasiga binoan bo‘linib ketishi natijasida

C) Buyuk Karlning vafot etishi natijasida

D) Xlodvig vorislari o‘rtasidagi o‘zaro urushlar natijasida

86. Qachon Yevropadа fеоdаl tаrqоqlik dаvri bоshlаnаdi?

A) X asrda B) VIII asrda C) IX asrda

D) XI asrda

87. Sharqiy Frank qirolligini 843-919-yillarda kimlar boshqargan?

A) Valualar oilasi

B) Buyuk Karl­ning avlodlari

C) vengerlar

D) saksoniyaliklar sulolasi

88. Qaysi yilda Yevropa xaritasida yangi davlat – Germaniya qirolligi vujudga keladi?

A) 919-yil B) 955-yil C) 962-yil D) 936-yil

89. Germaniya qiroli Gеnrix I vеngerlar bilan necha yilga tinchlik sulhi tuzadi?

A) 7 yilga B) 6 yilga C) 11 yilga D) 9 yilga

90. Qirol Gеnrix I mamlakat mudofaa qudratini yuklasal­tirish maqsadida qanday tadbirlarni amalga oshiradi?

1) faqat otliqlardan iborat bo‘lgan qo‘shin tuzadi; 2) qishloqda yashaydigan har 9 kishidan bittasini tanlab, uni burgga ko‘chiradi; 3) Italiyaga yurish qilib, mamlakatning janubiy chegaralarini xavfsizlantiradi; 4) barcha yig‘inlar, chеrkov soborlarini, bazm­larni burgda o‘tkazishni buyuradi; 5) aholining asosiy mulki qal’alarda bo‘lishini ta’minlash choralarini ko‘radi; 6) ritsarlar qo‘shinini tuzadi.

A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 4, 5 C) 3, 4, 6 D) 1, 2, 3, 5, 6

91. 936-973-yillarda Germaniyada kim hukmronlik qilgan?

A) Otton III B) Genrix I C) Otton I D) Otton II

92. Germaniyada kimning hukmronligi davrida kuchli nemis otliq qo‘shini vujudga keldi?

A) Otton III B) Genrix I C) Otton I D) Otton II

93. Nechanchi yilda Bavariyaning Lex daryosi bo‘yida bo‘lib o‘tgan og‘ir jang­da vengerlar mag‘lub etiladi?

A) 961-yil B) 955-yil C) 962-yil D) 936-yil

94. Qaysi voqea Otton I ga Buyuk Karl singari Rimda imperatorlik tojini kiyish hamda imperator unvonini olish istagini uyg‘otadi?

A) Otton I ning Germaniya taxtini egallashi

B) ritsarlar qo‘shinining tuzilishi

C) vengerlarning mag‘lub etilishi

D) G‘arbiy Frank davlatining zaiflashib qolishi

95. Nima sababdan Rimda imperatorlik tojini kiyish hamda imperator unvonini olish rejasini amalga oshirishida Ottonga hech kim qarshilik ko‘rsata olmaydi?

A) sababi, bu paytda Buyuk Karlning haqiqiy vorislari bo‘lgan G‘arbiy Frank davlati qirollari shu darajada zaiflashib qolgan edilarki, ularga hatto o‘z gersog va graflari ham bo‘ysunmagan

B) Italiyada markaziy hokimiyat nihoyatda kuchsiz bo‘lganligidan Ottonning Rimga kirib borishi qiyin bo‘lmagan

C) sababi, bu paytda Buyuk Karlning vorislari bo‘lgan Sharqiy Frank imperiyasi zavolga yuz tutayotgan edi

D) chunki, Otton I vengerlar bilan 9 yilga sulh tuzib, shimoliy chegaralarni mustahkamlagan edi

96. Qachon o‘z qo‘shini bilan Rimga kelgan Otton I ga papa Ioann XII imperatorlik tojini kiydiradi?

A) 955-yil B) 962-yil C) 961-yil D) 936-yil

97. Otton I vengerlarni mag‘lub etganidan qancha vaqt o‘tib Muqaddas Rim imperiyasi vujudga keladi?

A) 7 yil B) 9 yil C) 11 yil D) 4 yil

98. Muqaddas Rim imperiyasi qaysi yillarda hukm suradi?

A) 919-1970-yillar B) 962-1806-yillar

C) 962-1812-yillar D) 936-1809-yillar

99. Muqaddas Rim imperiyasi tarkibiga qaysi hududlar kirgan?

A) Fransiyaning sharqiy qismi va Ispaniya yerlari

B) Italiya va Sharqiy Ispaniya yerlari

C) Italiya, Fransiya, Germaniya hududlari

D) German yerlari, Italiyaning shimoliy hududlari

100. Muqaddas Rim imperiyasi tarkibiga kirgan qaysi hududlardagi shahar­lar german imperatorlariga hech qachon to‘liq bo‘ysunmagan?

A) Italiyaning markaziy hududidagi shaharlar

B) Italiyaning shimoliy hududlaridagi shaharlar

C) Germaniyaning shimoliy shaharlari

D) Germaniyaning sharqidagi shaharlar

101. Muqaddas Rim imperiyasining qaysi hukmdori Rimni ulkan davlatning poytaxtiga aylantirish orzusida bo‘lgan?

A) Otton I B) Genrix I C) Otton III

D) Otton II

102. Zamondoshlari kimni “dunyo mo‘jizasi” deb nomlagan?

A) Buyuk Karlni B) Otton I ni C) Otton III ni

D) Xelpirikni

103. Otton III Otton I ning ... bo‘lgan?

A) o‘g‘li B) nabirasi C) jiyani D) ukasi

104. O‘rta asrlarda kim butun xristian dunyosi Rim impera­tori hukmida birlashishi lozim deb hisoblagan?

A) Otton I B) Otton III C) Genrix I

D) Ioann XII

105. Otton I ning vengerlar bilan olib borgan kurashi natijasida ...

1) vengerlar bilan 9 yillik tinchlik sulhini tuzdi; 2) vengerlarni Germaniyaga bosqinlarini to‘xtatdi; 3) Otton I ga Rimda imperatorlik tojini kiyish hamda imperator unvonini olish imkoniyati paydo bo‘ldi; 4) Muqaddas Rim imperiyasi vujudga kelishiga zamin yaratildi; 5) Vengriya hududlari Rim imperiyasi tarkibiga kirdi; 6) Otton I ning vengerlar ustidan g‘alabasi.

A) 2, 3, 4, 6 B) 1, 3, 4, 6 C) 2, 3, 6 D) 1, 2, 6

106. Otton I va uning vorislari mamlakat boshqaruvida o‘ziga xos qanday usulni qo‘llaydilar?

1) xalq yig‘inlari asosida davlatni boshqaradilar; 2) Germaniyadagi yepiskop va abbatlarga yer-mulk, boyliklardan tashqari ko‘plab huquq va imtiyozlar beriladi; 3) imperatorning o‘zi esa kerakli odamni cherkov lavozimiga tayinlagan, zarur bo‘lsa yepiskoplarni va hatto Rim papalarini hech qiyinchiliksiz almashtirgan; 4) cherkov tashkilotlaridan o‘z maqsadlarida foydalanadi; 5) qirollikni gersoglik va grafliklarga bo‘lib yuboradilar; 6) davlat boshqaruvida franklarning an’anaviy odatlarini qo‘llay boshlaydilar.

A) 2, 3, 4 B) 1, 3, 5, 6 C) 2, 5, 6

D) 1, 2, 3, 4, 5

107. Nima sababdan cherkov zodagonlari o‘z imkoniyatlari, hokimyatlari jihatidan gersog va graflardan kam bo‘lmagan?

A) cherkov zodagonlari – yepiskoplarning abbatlarni o‘zlari lavozimiga tayinlaganliklari sababli

B) yepiskoplarga mahalliy hokimlari o‘zlari tayinlashi va jinoyati uchun jazolash huquqlarining berilishi natijasida

C) Rim papasining barcha hukmdorlar ustidan hukmronlikni o‘rnatishi natijasida

D) Otton I ning Germaniyadagi yepiskop va abbatlarga yer-mulk, boyliklardan tashqari ko‘plab huquq va imtiyozlar berishi natijasida

108. Yevropaning qaysi hukmdori o‘rta asrlarda Rimda ko‘plab yepiskoplar ishtirokida o‘zi yoqtirmagan papalardan birining ustidan sud jarayonini uyushtirib, uni tahqirli holatda vazifasidan chetlatgan?

A) Otton III B) Otton I C) Buyuk Alfred

D) Buyuk Karl

109. Silvester III qaysi yillarda Rim papaligiga saylangan?

A) 1066-1097-yillar B) 999–1003-yillar

C) 999-1008-yillar D) 888-903-yillar

110. Silvestr III nomi bilan Rim papasi taxtiga chiqqan Gerbert qaysi shaharlarda bilim olgan?

A) Milan va Rim B) Barselona va Marsel

C) Neapol va Florensiya D) Kordova va Sevilya

111. Arablar Ispaniyasiga bilim olishga borgan Gerbertning g‘animlari qanday gap tarqatganlar?

A) o‘zi islom diniga o‘tib, barcha yevropaliklarni shu dinga o‘tkazmoqchi deb

B) arablardan sehrgarlik sirlarini o‘rganishga borgan deb

C) Arab xalifaligiga Yevropani qo‘shib olishga pinhona kelishgan deb

D) Gerbertni Rim papasiga qarshi fitna uyushtirayapti deb

112. Otton I va uning vorislari davrida cherkov zodagonlari nimaning natijasida har qanday kishini monarx irodasiga bo‘ysundirishga qodir edilar?

A) yepiskoplar va xristian ruhoniylar imperatorning joylardagi vakillari ekanligi

B) yepiskoplarga mahalliy hukimlar ustidan nazorat o‘rnatish va jinoyati uchun jazolash huquqlarining berilishi

C) Rim papasining barcha hukmdorlar ustidan hukmronlikni o‘rnatishi

D) yepiskop va abbatlarning yer-mulk, boyliklardan tashqari ko‘plab huquq va imtiyozlarga egaligi

113. Rim legionlari qachon Britaniyani tashlab Italiyaga qaytadi?

A) 407-yil B) 600-yil C) 43-yil D) 476-yil

114. Muqaddas Rim imperiyasining qaysi imperatori o‘zining ustozi Gerbertni Silvester III nomi bilan saylanishiga Rim papaligiga erishgan?

A) Genrix I B) Otton I C) Otton III

D) Genrix III

115. Qaysi holat Gerbertga arxiyepiskoplikdan Rim papasi lavozimiga erishishiga yo‘l ochadi?

A) xristian dinini mukammal bilganligi

B) barcha diniy ta’limotlarni puxta bilganligi

C) imperator xonadoniga yaqinlik

D) Germaniya zodagonlari ichida obro‘sining balandligi

116. Britaniyaning qayeridan pikt va skott qabilalari hujumlari boshlanadi?

A) shimoldan B) janubdan C) g‘arbdan

D) sharqdan

117. Qaysi qabilalar Germaniyaning shimoli va Yutlandiya yarim orolida yashardi?

A) pikt, skott, allemann B) yut, angl va saks

C) got, frank, saks D) alleman, saks, vandal

118. Qachon yutlar Kent viloyatini bosib oladi?

A) VI asr boshlarida B) IV asr oxirlarida

C) V asr o‘rtalarida D) III asr oxirlarida

119. Anglo-sakslarning istilosi dahshatidan ko‘pgina keltlar Yevropaning qayeriga ko‘chib o‘tadi?

A) Akvitaniya viloyatiga B) Burgundiyaga

C) Armorika viloyatiga D) Galliyaga

120. Quyidagi tarixiy shaxslarni to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.

1) Artur; 2) Lanselot; 3) Jinevra; 4) Merlin.

a) qirol; b) ritsar; c) qirolicha; d) sehrgar

A) 1-c; 2-b; 3-c; 4-a B) 1-a; 2-c; 3-b; 4-d

C) 1-b; 2-c; 3-a; 4-d D) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d

121. Qаdimgi gеrmаnlаr tаriхi hаqidаgi bоy ma’lumоtlаrni ... uchrаtаmiz?

A) Yuliy Sеzаrning “Gаlliya urushi haqida xotiralar” Tаtsitning “Gеrmаniya” asarlarida

B) Eyngardning “Buyuk Karl tarixi” va Manandrning “Tarix” asarlarida

C) Klavdiy Ellianning “Buyuk tarix” va Pompey Trogning “Rim tarixi” asarlarida

D) Alkuining “Franklar tarixi” va Yustinianning “Tarix” asarlarida

122. Britaniyaga qaysi german qabilalari kelib o‘rnashadi?

A) gall, vandal, vestgot B) ostgot, got, vandal

C) yut, angl va saks D) allemann, saks, normann

123. Angliyada so‘nggi rimliklardan Amvrosiy Avrelian qaysi asrda brittlarni birlashtirib, germanlarga qarshilik ko‘rsata boshlaydi?

A) VI asr boshlarida B) V asr boshlarida

C) V asr o‘rtalarida D) IV asr oxirlarida

124. Fransiyaning shimoli-g‘arbidagi hududlar Bretan nomini olgunga qadar qaysi nomda atalar edi?

A) Akvitaniya viloyati B) Flandriya viloyati

C) Burgundiya viloyati D) Armorika viloyati

125. Amvrosiy Avrelian angl-sakslar tazyiqini deyarli necha asrga to‘xtatadi?

A) 20 yilga B) bir asrga C) yarim asrga

D) 15 yilga

126. Qaysi omil 600-yillarda angl-sakslar tomonidan Britaniya orolining katta qismi bosib olinishiga imkon yaratadi?

A) Amvrosiy Avreliandan so‘ng brittlarda munosib yo‘lboshchi bo‘lmasligi

B) britlarda yollanma drujinalarning bo‘lmaganligi

C) Rim legionlarining Britaniyani tashlab, Rimga qaytganligi

D) brittlarning Irlandiya va Shotlandiya bilan olib borgan urushlari natijasida kuchsizlanib qolishi

127. Germanlar istilosidan so‘ng bosqinga uchramagan kelt qabilalari qaysi hududlarda saqlanib qolgan?

A) faqat Irlandiyada

B) faqat Shotlandiyada

C) Britaniyaning sharqiy qismi va Galliyada

D) Irlandiya va Shotlandiyada, qisman Britaniyaning g‘arbiy chekkasida

128. German qabilalari Britaniya yerlarida nechta qirollik tuzgan?

A) o‘nta B) beshta C) to‘qqizta D) yettita

129. Sharqiy Angliya, Nortumbriya va Mersiya qirolliklarini qaysi german qabilalari tashkil etgan?

A) allemann B) yutlar C) sakslar D) angllar

130. Germanlar tomonidan Britaniya orolida barpo qilingan qirolliklarni to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni qayd eting.

1) Uesseks; 2) Sasseks; 3) Esseks

a) Janubiy-sakson; b) G‘arbiy-sakson; c) Sharqiy-sakson

A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-b, 2-a, 3-c C) 1-c, 2-b, 3-a

D) 1-b, 2-c, 3-a

131. Britaniya orolida german qabilalari tomonidan asos solingan qirolliklarni aniqlang.

a) angllar; b) sakslar; c) yutlar.

1) Nortumbriya; 2) Mersiya; 3) Sharqiy Angliya; 4) Uesseks; 5) Sasseks; 6) Esseks; 7) Kent.

A) a) 1, 2, 3; b) 4, 5, 6; c) 7

B) a) 7, 1, 3; b) 2, 4, 5; c) 6

C) a) 1, 3, 4; b) 2, 5, 6; c) 7

D) a) 3, 4; b) 1, 2, 5; c) 6, 7

132. Britaniya orolini istilo qilgan german qabilalari turli lahjalarda so‘zlashgan, lekin yillar o‘tib angllar so‘zlashgan qaysi sheva tobora keng qo‘llanila boshlaydi?

A) Kent shevasi B) Nortumbriya shevasi

C) Mersiya shevasi D) Uesseks-Sasseks shevasi

133. Rohiblari o‘z bilimlari bilan tanilgan, lotin va yunon tillarida asarlar bitgan, ajo­yib xattotlik san’ati markazlari bo‘lgan mashhur irland monastirlari kimlar tomonidan yondirilib, kuli ko‘kka sovurilgan?

A) piktlar B) skottlar C) normannlar

D) rimliklar

134. Normannlar tomonidan London bosib olinib, yondirib yuborilgan yilni aniqlang.

A) 842-yili B) 600-yil C) 879-yil D) 871-yil

135. London qachon barpo qilingan?

A) 842-yil B) 407-yil C) mil.avv. 43-yil

D) 43-yil

136. London shahri qayerda barpo etilgan?

A) Temza daryosining shimoliy qismida

B) Kent viloyatida

C) Temza daryosining janubiy qismida

D) Luara daryosining yuqori oqimida

137. London qancha vaqt davomida rimliklarning bosh shahri bo‘lgan?

A) ikki asr B) uch asr C) to‘rt asr D) olti asr

138. Qachon va nimaning oqibatida London qi­rollar qarorgohiga va Ang­liyaning rasmiy poytaxtiga aylanadi?

A) 842-yil normannlarning istilosi

B) 407-yil rim legionlarining janubga qaytishi

C) 1066-yilda normannlar istilosi

D) 879-yil Alfredning daniyaliklar bilan sulhi

139. Uesseksda Buyuk Alfred qaysi yillarda hukmronlik qilgan?

A) 789-82-yillar B) 897-902-yillar

C) 871-900-yillar D) 879-900-yillar

140. Angliya taxtiga kimning kelishiga qadar daniyaliklarni hech kim to‘xtatishga qodir bo‘lmagan?

A) Buyuk Alfred B) Amvrosiy Avrelian

C) Vilgelm I D) Genrix IV

141. Buyuk Alfredning daniyaliklar bilan tuzgan tinchlik sulhiga binoan qaysi hududlar Alfredga beriladi?

A) faqat markaziy hududlar

B) janubi-g‘arbiy hududlar

C) shimoli-sharqiy hududlar

D) shimoli-g‘arbiy hududlar

142. Buyuk Alfred daniyaliklar bilan tuzgan tinchlik sulhiga binoan bo‘lingan orolning chegarasi qaysi yo‘l bo‘ylab o‘tadi?

A) Denlo viloyati hududidagi qadimgi tosh yo‘l orqali

B) Bermingem va Plimut shaharlarini bog‘lovchi karvon yo‘li bo‘ylab

C) London va Chechter oralig‘idagi qadimgi rimliklar qurdirgan tosh yo‘l bo‘ylab

D) La-Mansh bo‘g‘ozidagi dengiz yo‘li bo‘ylab

143. Buyuk Alfredning daniyaliklar bilan tuzgan tinchlik sulhiga binoan skandinavlarda qoldirilgan yerlar qanday nomni oladi?

A) Normannlar viloyati yoki Normandiya

B) Skandinaviya qonunlari viloyati

C) Daniya qonunlari viloyati yoki inglizcha Denlo

D) Shimoli-sharqiy viloyat yoki inglizcha Vestham

144. Buyuk Alfred daniyaliklar bilan tuzgan tinchlik sulhidan nima maqsad yo‘lida foydalandi?

A) Skandinaviya mamalakatlari bilan savdo qilish

B) Daniyani bosib olish

C) janubiy yerlarni bosib olishda daniyaliklarni ittifoqdosh qilish

D) yangi kuchli qo‘shin tuzish

145. Qay tariqa son jihatidan qisqargan Buyuk Alferd qo‘shini sifati bo‘yicha avvalgiga qaraganda bir necha bor kuchaydi?

A) har beshta angl-saks oltinchini boqishi va qurollantirishi majburiy etib qo‘yilishi natijasida

B) qo‘shinning otlar bilan ta’minlanishi natijasida

C) har to‘qqizta angl-saks o‘ninchini boqishi va qurollantirishi majburiy etib qo‘yilishi natijasida

D) daniyaliklarda yollanma askarlarning taklif etilishi natijasida

146. Buyuk Alferd davrida yangi qo‘shini paydo bo‘lishi qanday afzalliklarga ega edi?

1) qishloqda yashaydigan har to‘qqiz kishidan bittasini tanlab, uni burgga ko‘chiradi; 2) aholi ro‘yxatga olinib, qo‘shin soni belgilab olinadi; 3) harbiy bo‘lmay uyda qolganlar yerni haydash, hosilni yig‘ish bilan shug‘ul­langan; 4) besh kishi oltinchisini: dubulg‘a, qilich va jang boltasi bilan ta’minlagan; 5) ol­tinchi kishi doimo mashq qilishi, jangga tayyorlanishi shart edi; 6) ol­tinchi kishi uchun qolgan beshta qo‘shnisining ishlashi oilasi haqida o‘ylamasligi uchun ham imkon beradi.

A) 3, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 4, 6 D) 1, 2, 5

147. Vikinglar kim edi?

A) xunnlar hujumi natijasida VII-VIII asrlarda G‘arbiy Yevropaga kirib borgan dengiz xalqlari

B) VIII asr oxiri — XI asr o‘rtalarida Yevropa mam­lakatlariga dengiz yo‘li orqali savdo-sotiq uchun borgan, qaroq­chilik va bosqinchilik yurishlari qilgan skandinavlar

C) VI asr oxiri — VII asr o‘rtalarida Yevropa mam­lakatlariga dengiz yo‘li orqali kirib borgan poloveslar

D) V-IX asrlarda G‘arbiy Yevropada qo‘l ostida qaram dehqonlari bo‘lgan yirik yer egalari

148. Rusda va G‘arbiy Yevropada vikinglarni nima deb atashgan?

A) Rusda varyaglar, G‘arbiy Yevropada normannlar

B) Rusda normannlar, G‘arbiy Yevropada varyaglar

C) Rusda poloveslar, G‘arbiy Yevropada kumonlar

D) Rusda normannlar, G‘arbiy Yevropada vikinglar

149. Qachon vikinglar Shimoli-Sharqiy Angliyani bosib olgan?

A) IX asr­da B) X asr o‘rtalarida C) VIII asrda D) XI asr boshida

150. Kimning davrida “Anglosakson solnomasi” tuzilib, unda yilma-yil muhim voqealar qayd etila boshlanadi?

A) Buyuk Alfred B) Vilgelm I C) Qirol Artur

D) Richard II

151. “Anglosakson solnomasi” necha yil davom ettirilgan?

A) 100 yil B) 80 yil C) 400 yil D) 250 yil

152. Qaysi davrga kelib Alfredning vorislari Daniya qonunlari viloyatini Angliya qirolligiga qo‘shib oladi?

A) XI asrning birinchi yarmida

B) X asrning so‘nggi choragida

C) X asrning birinchi choragida

D) IX asrning so‘nggi choragida

153. Buyuk Alfred davrida yangi qo‘shinning paydo bo‘lishi jamiyatda qanday muhim o‘zgarishlarga olib keladi?

A) jamiyatning barcha sohalari harbiylashtiriladi

B) jamiyatda muntazam qo‘shining soni va obro‘si ortadi

C) jamiyatda savdogarlar, hunarmandlar, dehqonlar va jangchilar qatlami shakllanadi

D) jamiyat professional jangchilar va dalada ishlovchi dehqonlarga bo‘linadi

154. Daniya qiroli ingliz sohiliga o‘z qo‘shinini tushirgan yilni aniqlang.

A) 1013-yil B) 879-yil C) 1066-yil

D) 1043-yil

155. Qirol Buyuk Alfred Angliya tarixida sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang.

1) daniyaliklarning bosqinlariga chek qo‘yildi; 2) daniyaliklar bilan tinchlik sulhi tuzildi; 3) yangi kuchli qo‘shin tuzildi; 4) mamlakat miqyosida aholi ro‘yxatga olindi; 5) mulklar chegaralarida ko‘plab qal’alar – burglar barpo ettirildi; 6) qirol kema yasaydigan ustalarni topib, harbiy kemalarni yasattirdi; 7) “Anglosakson solnomasi” tuzilib, unda yilma-yil muhim voqealar qayd etila boshlanadi; 8) Normandiya viloyatiga yurish qilingan;

A) 1, 2, 3, 5, 6, 7 B) 1, 3, 4, 7, 8 C) 3, 4, 5, 7

D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8

156. Sharqiy Rim impеriyasi pоytахti qaysi shahar bo‘lgan?

A) Rim B) Afina C) Kоnstаn­tinоpоl

D) Anqara

157. IV аsrdа Vizаntiya tаrkibigа qaysi hududlar kirgаn?

A) Bоlqоn yarim оrоli, Apinnin yarim oroli, Galliya, Suriya, Fаlаstin, Misr va Kiрr оrоllаri

B) Bоlqоn yarim оrоli, Kichik Оsiyo, Kаvkаz, Suriya, Fаlаstin, Misr, shuningdek, Krit va Kiрr оrоllаri

C) Pireney yarim оrоli, Old Оsiyo, Germaniya, Liviya, Misr, shuningdek, Krit, Korsika va Kiрr оrоllаri


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə