Akbar Zamonov



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə9/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60

63. Somoniylar davlatida Sohibi shurat devoni … bo‘lgan?

A) Harbiy ishlar vazirligi

B) Moliya vazirligi

C) Davlat hujjatlari va elchilik aloqalari vazirligi

D) Suv xo‘jaligi vazirligi

64. Somoniylar davrida yer egaligining besh turi mavjud bo‘lib, shulardan qaysi biri oliy martabali ruhoniylar va sayyidlar qo‘l ostida bo‘lgan?

A) “mulki xos” B) “iqto” yerlari

C) “jamoa yerlari” D) “vaqf yerlari”

65. Abu Ali Chag‘oniy Chag‘oniyonga hokim qilib tayinlanganidan 40 yil o‘tib …

A) Buxoroda harbiy askarlarning g‘alayoni ko‘tarildi

B) Buxoro Nasr Eloqxon tomonidan bosib olindi

C) Horun Bug‘roxon boshliq qoraxoniylar Movarounnahrga yurish boshladi

D) Qoraxoniylar Xuroson ustiga ikkinchi marta qo‘shin tortadilar

66. Ma’lumki, 992-yil qoraxoniylar Buxoroga bostirib kirishdi. Nuh ibn Mansur ularga qarshi kurashish uchun G‘aznadagi noibi Sabuqteginni yordamga chaqiradi. Sabuqtegin qancha qo‘shin bilan Movarounnahrga yetib kelgan edi?

A) 40 ming B) 30 ming C) 25 ming

D) 20 ming

67. Xorazmshohlar davlatining poydevorini barpo etgan hukmdorni aniqlang?

A) Anushtegin B) Qutbiddin Muhammad

C) Otsiz D) Takash

68. 1153-yil Sulton Sanjarga qarshi kimlar qo‘zg‘olon ko‘tardi?

A) safforiylar B) qipchoqlar C) o‘g‘uzlar

D) turkmanlar

69. Xorazmshoh Otsiz dastavval qaysi qabilalarni Xorazmga bo‘ysundiradi?

A) turkman va qipchoqlar

B) qang‘li va mang‘itlar

C) o‘g‘uz va qorluqlar

D) qipchoq va mang‘itlar

70. 1210-yil Xorazmshoh Muhammad qoraxitoylarni mag‘lubiyatga uchratdi.

A) Chu daryosi bo‘yida B) Talos vodiysida

C) O‘tror yaqinida D) Issiqko‘l yonida

71. 1137-yil qoraxitoylar Xo‘jand shahri yaqinida qoraxoniylarning eloqxoniga qaqshatqich zarba beradi. Natijada …

A) Qoraxoniylar davlati tugatiladi

B) Qoraxoniylar o‘z yaylovlarini qoraxitoylarga bo‘shatib beradi

C) Sulh tuzilib, qoraxoniylardan katta tovon olinadi

D) Sulhga ko‘ra Sirdaryodan shimoldagi yerlar qoraxitoylar qo‘liga o‘tadi

72. O‘rta asrlarda O‘rta Osiyoning qaysi xududida qayiqsozlik taraqqiy qilgan edi?

A) Eloqda B) Farg‘onada C) Shoshda

D) Xorazmda

73. Nuh ibn Nasrga qarshi amakisi Ibrohim qachon isyon ko‘taradi?

A) 942-yil B) 943-yil C) 947-yil D) 952-yil

74. Ichki bozorlarda qo‘llanilgan mis chaqa qanday nomlangan.

A) Ismoiliy B) dinor C) fals D) dirham

75. Muso al-Xorazmiyning bizgacha qancha asari etib kelgan?

A) 10 ta B) 20 ta C) 30 ta D) 43 ta

76. Muso al-Xorazmiy yozgan asarlarning qaysi biri tarixga oid hisoblanadi?

A) “Usturlab bilan ishlash haqida”

B) “Hind hisobi haqida”

C) “Yahudiylarning bayramlarini aniqlash haqida risola”

D) “Zij”

77. “Astronomiya asoslari” asarining muallifi kim?

A) Al-Farg‘oniy B) Al-Farobiy

C) Al-Xorazmiy D) Beruniy

78. 1998-yil oktabrda tavallud yubleyi nishonlangan allomalarni aniqlang.

A) Termiziy, Moturidiy B) Farg‘oniy, Buxoriy

C) Farobiy, Marg‘inoniy D) Buxoriy, Moturidiy

79. Imom al-Buxoriy islom ta’limotiga oid nechta asar yozgan?

A) 50 ga yaqin B) 10 dan ortiq

C) 20 dan ortiq D) 70 ga yaqin

80. Ma’mun Akademiyasida faoliyat ko‘rsatgan Abu Sahl Masihiy yashagan yillarni aniqlang?

A) 991-1048-yillar B) 989-1034-yillar

C) 970-1011-yillar D) 987-1065-yillar

81. Imom al-Buxoriyning “Jome as-sahih” asari nechta jilddan iborat?

A) 5 B) 4 C) 6 D) 3

82. “Ta’vilot ahl as-sunna” asarining muallifi kim?

A) al-Buxoriy B) Moturidiy C) Termiziy

D) Burxonuddin Marg‘inoniy

83. Quyidagi allomalarning qaysi biri turli soha ilmlariga oid 50 dan ortiq asar yozib qoldirgan?

A) Abu Bakr Roziy B) Al-Farg‘oniy

C) Mahmud Zamaxshariy D) Beruniy

84. Quyidagi javoblarning qaysi birida Ibn Sinoning qancha asar yozganligi va qanchasi tibga oidligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) 450 dan ortiq asardan 43 tasi tibga oid

B) 154 ta asardan 70 dan ortig‘i tibga oid

C) 160 dan ortiq asardan 20 tasi tibga oid

D) 350 ga yaqin asardan 50 tasi tibga oid

85. Sezgilar vositasida anglab olish mumkin bo‘lmagan obyektlarni (sifat, mazmun, mohiyat, hodisa) tadqiq etuvchi fan berilgan javobni toping?

A) Kalom B) Falsafa C) Fiqh

D) Metafizika

86. Burxonuddin al-Marg‘inoniy qayerda tavallud topgan?

A) Qo‘qonda B) Rishtonda C) Andijonda

D) Axsida

87. Arxeologlar tadqiqodidan ma’lum bo‘lishicha, X-XI asrlarda shahar me’morchiligida qaysi xomashyolar asosiy o‘rinni egallagan?

A) pishgan g‘ist, yog‘och

B) guvala, paxsa, yog‘och

C) paxsa, xom g‘isht

D) sinchkori, pishgan g‘isht

88. Qaysi sulola hukmronlik qilgan davrda o‘zbek xalqining shakllanishida yakunlovchi bosqich bo‘ldi?

A) afrig‘iylar B) qoraxoniylar C) mo‘g‘ullar D) temuriylar

89. O‘zbeklarning umum elat tili qaysi sulola davrida qaror topdi?

A) shayboniylar B) temuriylar C) somoniylar D) qoraxoniylar

90. “Shariatsiz tariqat, tariqatsiz ma’rifat, ma’rifatsiz haqiqat bo‘la olmaydi”, ushbu fikrlar kimga tegishli?

A) Ahmad Yasaviy B) Najmiddin Kubro

C) Naqshbandiy D) Marg‘inoniy

91. Abu Rayhon Beruniy qaysi shaharda tug‘ilgan?

A) Xiva B) Urganch C) G‘azna D) Kat

92. Ibn Sino ustozi Abu Abdullohdan qaysi ilmlarni o‘rgangan?

A) tarix, musiqa, agabiyot, she’riyat

B) mantiq, falsafa, riyoziyot, fiqh

C) matematika, handasa, astronomiya

D) falsafa, metofizika, geodiziya, geografiya

93. “Baxt-saodatga erishish haqida”, “Tirik mavjudot a’zolari haqida” asarlarining muallifi kim?

A) Beruniy B) Farg‘oniy C) Ibn Sino

D) Farobiy

94. Ma’mun Akademiyasi …yil shakillandi.

A) 1006 B) 1008 C) 1004 D) 1017

95. Abu Nasr Farobiy umrining oxirlarida qaysi shaharlarda yashagan?

A) Bag‘dod, Marv B) Xalab, Damashq

C) O‘tror, Xo‘jand D) Ray, Isfahon

96. 797-865-yillarda yashagan allomani toping.

A) Farg‘oniy B) Roziy C) Moturidiy

D) Farobiy

97. Al-Azxar diniy dorulfununi qaysi shaharda joylashgan?

A) Bag‘dodda B) Damashqda C) Sherozda

D) Qohirada

98. Toshkent Davlat Texnika Universitetiga qaysi allomaning nomi berilgan?

A) Ahmad Farg‘oniy B) Abu Nasr Farobiy

C) Abu Rayhon Beruniy D) Muso Xorazmiy

99. Quyidagi sharafli nomlarning qaysi biri Mahmud Zamahshariyga nisbatan aytilgan?

A) Xorazm faxri B) Shayx ur-rais

C) Avisenna D) Olimlar podshohi

100. Marg‘inoniyning “Hidoya” asari … jilddan iborat.

A) 3 B) 4 C) 5 D) 6

101. XII asrda …

A) Buxoroda Farjak madrasasi ochildi

B) Buxoroda Fiqhlar madrasasi ochildi

C) Iroqda tasavvuf tariqati paydo bo‘ldi

D) Yusuf Xos Hojib yashadi

102. Farg‘oniyning nechta asari bizgacha etib kelgan?

A) 10 ta B) 20 ta C) 8 ta D) 16 ta

103. Imom al-Buxoriyning zamondoshi bo‘lgan allomani toping.

A) Iso Termiziy B) Moturidiy C) Marg‘inoniy D) Ibn Sino

104. Burxonuddin Marg‘inoniy nechanchi yil tug‘ilgan?

A) 1130-yil B) 1074-yil C) 1156-yil

D) 1123-yil

105. “Shayx ur-rais” faxriy nomining ma’nosi nima?

A) donishmandlar sardori B) birinchi muallim

C) ulug‘ shayx D) dunyo donishmandi

106. Allomalarning asarlari bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping?

1) Zamaxshariy; 2) Ahmad Yugnakiy; 3) Ahmad Yassaviy; 4) Forobiy

a) ”Hibat ul-haqoyiq” b) ”Musiqa kitobi” c) ”al-Kashshof” d) ”Hikmat”

A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b

C) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d D) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d

107. Buxoro nechanchi asrdan boshlab “Islom dinining gumbazi” nomi bilan shuhrat topadi?

A) IX asr B) X asr C) XI asr D) XII asr

108. Muso Xorazmiyning “Al-jabr” asari XII asrda qayerda lotin tiliga tarjima qilingan.

A) Italiyada B) Vizantiyada C) Ispaniyada D) Fransiyada

109. “Dorul hikmat va maorif”ning asosini quyidagi qaysi olimlar tashkil etgan?

1) Al-Xorazmiy; 2) Ahmad al-Marvaziy; 3) Abu Rayhon Beruniy; 4) Abu Nasr ibn Iroq; 5) Yahyo ibn Abu Mansur; 6) Abu Sahl Masihiy; 7) Abulxayr ibn Hammor; 8) Ali Abbos Javhariy.

A) 1, 2, 4, 7 B) 1, 3, 5, 8 C) 3, 4, 6, 7

D) 2, 3, 4, 5, 8

110. 1997-yil 11-noyabrda quyidagi qaysi voqea yuz berdi?

A) Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘ida “Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui” barpo etildi

B) Ahmad al-Farg‘oniy haykalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

C) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni chiqdi

D) Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori chiqdi

111. Quyidagi qaysi alloma “Arab va g‘ayriarablar ustozi” degan sharafli nom bilan ulug‘langan?

A) Burxonuddin al-Marg‘inoniy

B) Imom al-Buxoriy

C) Mahmud Zamaxshariy

D) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy

112. 2000-yilda quyidagi qaysi allomaning 910 yilligi nishonlandi?

A) Burxonuddin al-Marg‘inoniy

B) Abu Rayhon Beruniy

C) Mahmud Zamaxshariy

D) Muso al-Xorazmiy

113. Nechanchi asrdan boshlab binokorlikda sinchkori imoratlar keng tarqaladi?

A) XII B) XVIII C) X D) XIII

114. Qur’oni Karimning sharhlari qanday nomlanadi?

A) Kalom B) Tafsir C) Haftiyak D) Hadis

115. Nechanchi asrdan boshlab o‘lkamiz “Turkiston” nomi bilan atala boshlagan?

A) V asrdan C) VII asrdan B) VI asrdan

D) VIII asrdan

116. “Hayotnoma” va “Dalil al-oshiqin” nomli asarlarning muallifi kim?

A) Ahmad Yassaviy B) Najmiddin Kubro

C) Bahouddin Naqshband D) Imom A’zam

117. Tasavvuf dastlab qachon va qayerda vujudga kelgan?

A) VIII asr oxirida Iroqda

B) VIII asr o‘rtalarida Suriyada

C) VIII asr oxirlarida Eronda

D) IX asr boshlarida Misrda

118. Quyidagi qaysi shaharlarda o‘rta asrlar davriga oid minoralar o‘sha davr me’morchiligining namunasi hisoblanadi?

A) Buxoro, Termiz B) Samarqand, Kesh

C) O‘zgan, Marv D) Vobkent, Jarqo‘rg‘on

119. X asrda qurilgan Xonbandi nomli suv ombori quyidagi qaysi tizmalardagi past tog‘ darasi to‘silisi natijasida barpo etilgan?

A) Boysun B) Qurama C) Oloy D) Nurota

120. VII-IX asrlarda Xitoy bilan bo‘lgan savdoda asosiy o‘rinda turgan?

A) choy, ipak mato, tuz, ot

B) qo‘y, shoyi, shamlar, cho‘qqi qalpoqlar

C) mo‘yna, temir, qo‘rg‘oshin, ipak

D) qora mol, teri mahsulotlari, guruch, bug‘doy

121. VII-IX asrlarda bir necha “jin” choyga ...

A) bir ot almashtirilgan

B) bir bosh qora mol ayribosh qilingan

C) 10 tup mato ayribosh qilingan

D) bir bosh qo‘y almashtirilgan

122. Choy qaysi o‘lka orqali Turkiston diyoriga, so‘ngra esa boshqa mamlakatlarga keng tarqalgan?

A) Toxariston B) Sharqiy Turkiston

C) Janubiy Sibir D) Hindiston

123. Quyidagi qaysi davlatlarda hukmdorlar “yabg‘u” deb ham yuritilgan?

A) Somoniylar, Qoraxoniylar

B) Qarluqlar, Qoraxoniylar

C) O‘g‘uzlar, G‘aznaviylar

D) Safforiylar, Qarluqlar

124. Qarluq savdogarlari chetga asosan qanday mahsulotlarni chiqarar edi?

A) chorva mollari

B) temir va qo‘rg‘oshin mahsulotlari

C) jun mahsulotlari

D) dehqonchilik mahsulotlari

125. Qaysi tarixiy jarayondan so‘ng o‘g‘uzlar Sirdaryo havzasi va Orol dengizi bo‘ylariga muqim o‘rnashib oldilar?

A) Turk xoqonligi yemirilgandan so‘ng

B) xunnlar hujumiga uchragandan so‘ng

C) Arab xalifaligida inqiroz boshlanganidan keyin

D) Sharqiy turk xoqonligi o‘g‘uzlar yerlarini egallaganidan keyin

126. Ma’mun xalifalik taxtiga o‘tirganidan keyin Somonxudot nabiralarining qaysi hududlarga noib qilib tayinlanganini to‘g‘ri ko‘rsating.

1) Ilyos; 2) Yahyo; 3) Ahmad; 4) Nuh. a) Samarqand; b) Farg‘ona; c) Shosh va Ustrushona; d) Hirot.

A) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a B) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a

C) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d D) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c

127. Quyidagi qaysi davlatning poytaxti Yangikent shahri bo‘lgan?

A) Qorluqlar davlati B) O‘g‘uzlar davlati

C) Qoraxoniylar davlati D) Qoraxitoylar davlati

128. Ma’mun o‘z ukasi Aminni taxtdan ag‘darib, xalifalik tojini qo‘lga kiritganidan 60 yil o‘tib …

1) Somoniylar davlatida Nasr hukmronligi boshlandi; 2) aka-uka Ya’qub va Amr ibn Lays boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar Hishopurni egalladi; 3) Xurosonda tohiriylar hukmronligi tugatildi; 4) Ismoil Somoniy tomonidan Taroz bosib olindi; 5) Xurosonda Safforiylar davlati tashkil topdi; 6) Nasr va Ismoil o‘rtasida kurash boshlandi.

A) 1, 4, 6 B) 2, 3, 4, 5 C) 3, 4, 5, 6 D) 2, 3, 5

129. Qaysi hukmdor davrida Buxoroning Registonida devonlar uchun saroy qurilib, boshqaruv mahkamalari shu yerga ko‘chirilgan?

A) Ahmad B) Ismoil Somoniy C) Nasr II

D) Nuh

130. 961-yil Buxoroda ko‘tarilgan qo‘zg‘olonning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari kimlar edi?



A) dehqonlar va hunarmandlar

B) savdogarlar va kosiblar

C) yirik mulkdorlar va zodagonlar

D) harbiy askarlar

131. IX-X asrlarda O‘rta Osiyo aholisi qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini olib borishganligi ma’lum. O‘rta Osiyoga qimmatbaho mo‘ynalar, shamlar, cho‘qqi qalpoqlar qayerdan keltirilgan?

A) Bulg‘or va Xazardan

B) Kichik Osiyodan

C) Iroq va Ozarbayjondan

D) Mo‘g‘uliston va Xitoydan

132. Somoniylar davlatida mahkama xizmatchilari kimlardan tanlab olingan?

A) turkiy xalqlarga mansub, harbiy san’at va siyosatni yaxshi o‘zlashtirgan harbiylardan

B) arab, fors tillari va Qur’on hamda shariat qoidalarini yaxshi bilgan, turli fanlardan oz bo‘lsa-da xabardor bo‘lgan savodli aslzodalardan

C) aniq va tabiiy fanlardan xabardor bo‘lgan, ilgari savdo yoki boshqa yumushlar bilan bir qancha mamlakatlarda bo‘lgan kishilardan

D) madrasa mudarrisi bo‘lib xizmat qilgan, fors tilini yaxshi biladigan hukmdor xonadoniga mansub kishilardan

133. Somoniylar davrida asosan lalmikor va tog‘oldi yerlaridan iborat mulklar nima deb atalgan?

A) “mulki sultoniy” B) “jamoa yerlari”

C) “mulki xos” C) “mulk yerlari”

134. O‘rta Osiyoda qachondan boshlab “iqto” va “muqto” atamasi paydo bo‘ldi?

A) X asr B) IX asr C) VIII asr D) XII asr

135. 961-962-yillarda Samarqandda qaysi somoniy hukmdori tomonidan tanga zarb qildirilgan?

A) Nasr ibn Ahmad B) Nuh II

C) Abdumalik ibn Nuh D) Nuh ibn Mansur

136. IX asrning oxirgi choragida sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang.

1) Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o‘tdi; 2) Xalifa Mu’tazid vafot etdi; 3) Nasr butun Movarounnahr hukmdoriga aylandi; 4) Safforiylar davlati tashkil topdi; 5) Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni o‘z qo‘l ostiga birlashtirdi; 6) Ahmad vafot etib, Nasr taxtni egalladi; 7) Ismoil Somoniy Taroz shahrini bosib oldi; 8) Somoniylar hukmdori Nasr tomonidan kumush

dirham zarb etildi

A) 1, 4, 5, 6 B) 1, 3, 5, 7, 8 C) 2, 3, 5, 6, 7

D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7

137. Arab xalifasining Ismoil Somoniyga hukmdorlik yorlig‘ini yuborishga majbur qilgan omilni aniqlang.

A) Ismoil Somoniyning Xurosonni egallab olishi

B) Ismoil Somoniy tomonidan Taroz shahrining egallanishi

C) Ismoil Somoniy tomonidan butun Movarounnahrning birlashtirilishi

D) xalifa Mu’tazid qo‘shinlarining somoniylardan yengilishi

138. Somoniylar davlatining markaziy boshqaruvi dastlab ... dan iborat edi.

A) vazir devoni va 10 ta mahkama

B) amir dargohi va devonlar

C) amir va noiblar

D) saroy a’yonlari va harbiy boshliqlar

139. Ma’lumki, 996-yil qoraxoniylar noibi va Sobuqtegin o‘rtasida shartnoma tuziladi. Unga ko‘ra qoraxoniylar ...

A) Amudaryogacha bo‘lgan yerlarni egallaydi

B) Somoniylardan katta miqdorda o‘lpon olib, o‘z yurtlariga qaytib ketadi

C) Sirdaryo havzasiga ega bo‘lib oladi

D) Movarounnahrning markaziy o‘lkalariga ega bo‘lib oladi

140. Quyidagi qaysi sulola hukmronligi davrida Movarounnahrda ruhoniylarning, ya’ni imomlar, sayyidlar, shayxlar va sadrlarning e’tibori kuchayib, obro‘yi har qachongidan ham ko‘tarilib ketadi?

A) Somoniylar B) Tohiriylar C) Umaviylar

D) Qoraxoniylar


IV BOB


1. Chingizxon bosqini davrida O‘tror hokimi kim edi?

A) Elat Humalak B) Qutlug‘xon

C) G‘oirxon D) Hasanhoji

2. Xo‘jandliklar mo‘g‘ullar bilan qayerda so‘nggi jangga kiradilar?

A) Jand, Yangikent yaqinida

B) Yangikent, Barchinlig‘kent yaqinida

C) Binokat, O‘zgan yaqinida

D) Barchinlig‘kent va Jand yaqinida

3. Chingizxon Urganchga yurish boshlaganda nega Jaloliddin Manguberdi Temur Malik bilan Xurosonga jo‘nashga majbur bo‘ladi?

A) asosiy kuchlarni bir joyga to‘plash uchun

B) Chingizxon kuchlarini bo‘lib yuborish uchun

C) Qutlug‘xon boshliq qipchoq lashkarboshilari tomonidan uyushtirilgan suiqasd tufayli

D) Urganchni vayronagarchilikdan saqlab qolish maqsadida

4. XI asrda mo‘g‘ullarda …

A) urug‘-aymoqchilik kuchli edi

B) qabilalar birlasha boshladi

C) markazlashgan davlat paydo bo‘ldi

D) madaniylashish boshlanib, shaharlar paydo bo‘ldi

5. Temuchin nechanchi yillarda yashagan?

A) 1166-1227-y B) 1167-1225-y C) 1155-1227-y

D) 1154-1224-y

6. Shimoliy Xitoyda mo‘gullar qaysi sulolani taxtdan qulatgan edi?

A) Sin B) Szin C) Min D)Yuan

7. Mo‘g‘ullar tomonidan Samarqand shahri qamalning … kuni bosib olinadi.

A) uchinchi B) sakkizinchi C) o‘n birinchi

D) beshinchi

8. 1220-yilning aprel oyida mo‘g‘ullar qaysi shaharni egallaydilar?

A) Buxoro B) Jand C) Naxshab D) Termiz

9. Mo‘g‘ullar qaysi shaharni 11 kunlik qamaldan keyin bosib olishgan?

A) Termiz B) Binokat C) Yangikent D) Xo‘jand

10. Muhammad Xorazmshoh mo‘g‘ullar ta’qibidan qochib, qaysi orolda vafot etgan?

A) Mang‘ishloq B) Arron C) Mug‘on D) Ashura

11. Mog‘ullar davrida shaharlarning ichki hayoti, ayniqsa tovar va pul munosabatlarining tiklanishida ...

A) Mas’udbek tomonidan 1271-yilda o‘tkazilgan pul islohoti muhim ahamiyatga ega bo‘ladi

B) mo‘g‘ullarning o‘troq hayotga o‘tishi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi

C) mo‘g‘ullar tomonidan yagona ichki bozorni yaratilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi

D) Munkexon tomonidan o‘tkazilgan davlat boshqaruvi islohoti muhim ahamiyatga ega bo‘ldi

12. Mo‘g‘ullar Movarounnahrning qaysi shahrida eng ko‘p qurbon beradi?

A) O‘tror B) Samarqand C) Urganch D) Buxoro

13. Jaloliddin va Shiki Xutuxu no‘yon o‘rtasidagi jang qaysi shahar yaqinida bo‘lgan edi?

A) Qobul B) Marv C) Niso D) G‘azna

14. Noto‘g‘ri berilgan javobni toping?

A) Tarbag‘atoy Chingizxonning uchinchi o‘g‘li O‘qtoyga berilgan edi

B) Chig‘atoyning ulusni boshqargan o‘rdasi Ili daryosi bo‘yida edi

C) mo‘g‘ullarda “targ‘u” oziq-ovqat solig‘i bo‘lgan

D) hunarmandlar va savdogarlardan daromadning 1/30 qismi undirilgan

15. Qanday g‘oyalar “Guliston” va “Bo‘ston” nomli asarlarda bayon etilgan?

A) insonlarni halol va pok bo‘lishga, o‘z mehnati bilan kun kechirishga, muhtojlarga xayr-ehson berishga, sofdil va kamtar bo‘lishga

B) mehnatsevarlik, odillik va bilimdonlik

C) ona yerga bo‘lgan muhabbat va insonparvarlik

D) inson faoliyati va uning kamoloti

16. Quyidagi qaysi xorazmshoh hukmronligining so‘nggida “Davlat kengashi”ni (6 kishidan iborat) ta’sis etadi

A) El Arslon B) Takash C) Otsiz

D) Sulton Muhammad

17. Jo‘ji tomonidan egallangan Banokat yana qanday nom bilan ataladi?

A) Shohruxiya B) Eloq C) Chirchiq D) Tunkat

18. Parvon yaqinidagi jangda Jaloliddin Manguberdi qaysi mo‘g‘ul sarkardasi ustidan g‘alaba qozongan?

A) Subutoyning 25 minglik qo‘shini

B) Shiki Xutuxuning 45 minglik qoshini

C) Aloqno‘yonning 5 minglik qo‘shini

D) Sukatu Cho‘rbiyning 45 minglik qo‘shini

19. Ma’lumki, Chingizxon o‘g‘illariga imperiyani ulus sifatida bo‘lib bergan edi. Shundan Qirg‘izlar yerlari kimga tekkan?

A) Jo‘ji B) Chig‘atoy C) O‘qtoy D) Tulu

20. Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida “targ‘u” solig‘i kimlardan olingan?

A) hunarmandlar va savdogarlardan

B) ziroatkor dehqonlardan

C) chorvadorlardan

D) yangi yerlarga ko‘chib o‘tganlardan

21. Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida Movarounnahrning qaysi shaharlari qayta tiklanadi?

A) Termiz va Qarshi B) Samarqand va Toshkent

C) Urganch va Buxoro D) O‘tror va Xo‘jand

22. Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida O‘rta Osiyoda yer egaligining necha xil shakli mavjud bo‘lgan?

A) 5 xil B) 4 xil C) 3 xil D) 7 xil

23. 1348-yil Mo‘g‘uliston xoni qilib ko‘tarilgan To‘g‘luq Temur kimning naslidan bo‘lgan?

A) Chig‘atoy B) Jo‘ji C) O‘qtoy D) Tulu

24. XIII asrda bunyod etilgan 62 metrlik ulug‘vor minora qaysi shaharda joylashgan edi?

A) Ko‘hna Urganch B) Samarqand

C) Buxoro D) Qarshi

25. Sa’diy Sheroziy nechanchi yillarda yashagan?

A) 1207-1273 yillar B) 1197-1259 yillar

C) 1223-1294 yillar D) 1219-1293 yillar

26. Quyidagi asarlarning muallifi bilan to‘g‘ri berilgan javobni toping?

1.Xusrav Dehlaviy 2.Juzjoniy 3.Juvayniy 4.Rashiduddin; a)”Jome at-tavorix”; b)”Tarixi jahonkushoy”; c)”Taboqoti Nosiriy”; d)”Zafarlar kaliti”

A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a

C) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a D) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b

27. XII asrga oid Bayonqulixon maqbarasi qaysi shaharda joylashgan?

A) Ko‘hna Urganchda B) Samarqandda

C) Keshda D) Buxoroda

28. Ma’lumki, Kebekxon pul islohotini o‘tkazgan edi. Uning tangalari qaysi davlat tangalari namunasida zarb qilingan?

A) Arab xalifaligi B) Mo‘g‘uliston

C) Eron va Oltin O‘rda D) Xorazm va Xuroson

29. Mo‘g‘ullarga qarshi qo‘zg‘olon rahbari Mahmud Torobiy …

A) qalqon yasovchi hunarmand bo‘lgan

B) g‘alvir yasovchi hunarmand bolgan

C) misgar bo‘lgan

D) kudungarlik bilan shug‘ullangan

30. Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida aholini ro‘yxatdan o‘tkazish kimlarning vazifasi bo‘lgan?

A) bosqoqlarning B) yasovullarning

C) sarhanglarning

D) dorug‘achi va tamg‘achlarning

31. Parvon dashtidagi jangdan so‘ng Jaloliddin Manguberdidan qaysi lashkarboshilar ajralib ketadi?

A) Sharafiddin O‘zdara va Husomiddin

B) G‘iyosiddin Malik va To‘g‘rul Malik

C) Sayfiddin Ag‘roq va A’zam Malik

D) Ziyo al-Mulk va To‘lan Cherbi

32. Mo‘g‘ullar Urganchda qancha hunarmandni asirga olishadi?

A) 30 ming B) 100 ming C) 50 ming D) 20 ming

33. Mo‘g‘ullar tomonidan shaharlarning bosib olinish ketma-ketligi to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang?

A) Binokat, Buxoro, Samarqand, Xo‘jand

B) Samarqand, Buxoro, Binokat, Sig‘noq

C) Sig‘noq, Binokat, Naxshab, Termiz

D) Termiz, Xo‘jand, Urganch, G‘azna

34. Mo‘g‘ullar quyidagi qaysi shaharni 4 kunlik qamaldan keyin bosib olgan?

A) Sig‘noq B) Naxshab C) Yangikent D) Binokat

35. Chingizxon 1219-yilning … Xorazmshohlarga qarshi yurish boshladi?

A) kuzida B) yozida C) qishida D) bahorida

36. Signoq, O‘zgan, Jand shaharlarini bosib olishni Chingizxon kimga topshirgan edi?

A) O‘qtoy va Chig‘atoyga


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə