Akbar Zamonov



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə8/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   60

A) 1, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 3, 4, 6 D) 2, 5, 6

42. Arablar kelgunga qadar Movarounnahr aholisining asosiy dini …

A) buddaviylik B) moniylik C) otashparastlik

D) shamanlik

43. Arablarning Movarounnahrga ilk bor hujumi nechanchi yilda amalga oshirildi?

A) 651-yil B) 673-yil C) 667-yil D) 654-yil

44. Eronning bosh kohini Mazdak ibn Xamdodon nechanchi yillarda yashagan?

A) 426-470-yillar B) 470-529-yillar

C) 451-479-yillar D) 469-540-yillar

45. Ubaydulloh ibn Ziyodning Movarounnahrga yurishi jarayonida qaysi shaharlar bosib olindi?

A) So‘g‘d, Buxoro, Kesh

B) Poykand, Romiton, Termiz

C) Shosh, Buxoro, So‘g‘d

D) Naxshab, So‘g‘d, Poykand

46. Qutayba ibn Muslim So‘g‘d qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, Samarqand, Kesh va Naxshabga kimni hokim qilib tayinlaydi?

A) G‘urakni B) Tarxunni C) Tag‘shodani

D) Ashrosni

47. Ushr solig‘i nima maqsadlarda olingan.

A) Maqbara, masjidlarni ta’minlash

B) Sug‘orma inshootlarini ta’minlash va yangilarini qurish maqsadida

C) idora ishlari uchun

D) doimiy qo‘shinni ushlab turish uchun

48. 673-yilda arablar va Buxoro hukmdorlari o‘rtasida tuzilgan sulhga ko‘ra buxorxudot qanday majburiyat oldi?

A) arablar safiga 30 ming askar etkazib berish

B) masjid bino qilish

C) bir lak hajmida boj to‘lash

D) shaharda bironta ham askar saqlamaslik

49. Arablar tomonidan Xuroson deb nomlangan hudud to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

A) Afg‘oniston shimoli, Eronning shimoliy sharqi, Turkmaniston

B) Afg‘oniston, shimoliy Hindiston, janubiy va g‘arbiy Eron, janubiy O‘zbekiston

C) Surxondaryo vohasi, shimoliy Afg‘oniston, janubiy Tojikiston

D) shimoliy Eron, janubiy Tojikiston, shimoliy Turkmaniston, Afg‘oniston

50. Narshaxiyning ma’lumotida keltirilgan Buxorxudotlarning yirik qo‘rg‘on va shaharlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Karmana, Nur, Zarnuh, Isfijob, Vardonze, Romtin, Xatirchi, Binkat, Farob, Sharg‘, Narshax

B) Zandana, Vador, Damg‘on, Isfijob, Vobkent, Poykand, Romtin, Vardona, Narshax, Karmana, Nur, Guldara

C) Arqud, Karmana, Suzoq, Farob, Xartang, Barkad, Xinduvon, Novmiton, Peshku, Orifon, Nur, Som

D) Karmana, Nur, Arqud, Zandana, Afshona, Romtin, Rajfandun, Sharg‘, Vardona, Barkat, Iskijkat, Farob

51. Muzofot so‘zining ma’nosi nima?

A) istehkom, qo‘rg‘on

B) hudud, yer

C) qal’a atrofini o‘ragan ariq

D) qo‘shining oldingi safi

52. So‘g‘d hokimi G‘urak va Qutayba o‘rtasida tuzilgan sulh shartnomasiga ko‘ra, G‘urak qanday majburiyatlarni oldi?

1) arablarga 200 ming dirham tovon to‘lash; 2) to‘rt ming nafar odam berish; 3) arablarga bir yo‘la 2 ming dirham tovon to‘lash; 4) Samarqand, Kesh va Naxshabni arablarga bo‘shatib berish; 5) 30 ming nafar odam berish; 6) shahar tashqarisidagi barcha yerlarni arablarga bo‘shatib berish; 7) bir lak miqdorida tovon to‘lash; 8) shaharda bironta ham askar saqlamaslik; 9) shaharda masjid bino qilish; 10) ichki shaharni arablarga bo‘shatib berish.

A) 1, 3, 5, 8, 9, 10 B) 1, 2, 3, 4, 9

C) 1, 3, 5, 7, 9 D) 1, 2, 4, 7, 9, 10

53. Arablarga qarshi ko‘tarilgan qaysi qo‘zg‘olon natijasida shahar va qal’alar ichida qurshovda qolgan arab istilochilari katta o‘lpon va e’tiborli vakillarini qo‘zg‘olonchilarga garovga berish orqali jon saqlaydilar?

A) Muqanna qo‘zg‘oloni

B) 720-yilgi G‘urak va Divashtich qo‘g‘oloni

C) 750-yilgi Buxoro vohasi qo‘zg‘oloni

D) Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni

54. Abu Muslim umaviylarga qarshi targ‘ibot boshlagan paytlarda qullardan yig‘ilgan qo‘shin uchun nima sababdan alohida joy tashkil etadi?

A) avval qullarni moddiy jihatdan rag‘batlantirish zarur edi

B) qullar niyoyatda ko‘p bo‘lganligidan ularni boqish uchu alohida joy tashkil etilgan

C) qullar bilan bir safda turish boshqa tabaqa vakillari uchun or tuyilgan

D) qullarning boshqa yuqori tabaqa vakillaridan nafratlanishlari va o‘zaro ziddiyat kelib chiqishi sababli

55. Xuroson amirining xalifaga qarshi isyonida qatnashgan va keyinchalik o‘zi qo‘zg‘olon boshlig‘i bo‘lgan tarixiy shaxsni aniqlang.

A) Rofe ibn Lays B) Divashtich C) Abu Muslim

D) Muqanna

56. Ma’lumki, Abu Muslim qo‘zg‘olonida ishtirok etgan tabaqalarning maqsadlari har xil bo‘lgan. Quyidagi tabaqa vakillarining maqsadlari bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.

1) arab zodagonlari; 2) mahalliy mulkdorlar; 3) mehnatkash oddiy aholi; 4) qullar

a) og‘ir soliqlar va uzluksiz mehnat majburiyatlaridan xalos bo‘lish; b) siyosiy jihatdan arablar bilan tenglashish; c) hokimiyatni abbosiylarga olib berish va mamlakatda o‘z mavqeyini ko‘tarish; d) qaramlikdan qutulish va ozodlikka chiqish.

A) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b B) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d

C) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d D) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c

57. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang.

1) Abu Muslim xalifa askarlari tomonidan o‘dirildi; 2) Xalifa Muoviya taxtni egalladi; 3) Arablar tomonidan Marv shahri egallandi; 4) to‘rtinchi xalifa Alining hukmronligi tugadi; 5) Umaviylar sulolasi xalifalik taxtini egalladi; 6) arablar Maymurg‘ga hujum qildi.

A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 4, 5 C) 2, 3, 4 D) 3, 6

58. Arablar tomonidan 50 kunlik qamal natijasida egallangan shaharni aniqlang.

A) Buxoro B) So‘g‘d C) Poykand

D) Termiz

59. Qutayba qo‘shinlarining bir qismi Choch vohasiga yurish boshlaganidan 70 yil o‘tib ...

A) Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni boshlandi

B) “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloniga qarshi Jabroil ibn Yahyo qo‘shin bilan jo‘natildi

C) Abu Muslim xalifa askarlari tomonidan o‘ldirildi

D) arab askarlari tomonidan Som qal’asi egallandi

60. Qutayba boshliq arab askarlari Poykandni egallagach, ...

A) qurol ko‘tarishga qodir barcha erkaklarni qirib tashladi

B) shaharga bir lak miqdorida tovon soldi

C) shaharning ichki qismi arab askarlariga bo‘shatib berildi va 2 ming dirham tovon solindi

D) 4 ming odam asir qilindi va mahalliy aholi uylarining yarmi arablarga bo‘shatib berildi

61. Qayerda arab xalifaligining qo‘shini 4 oy davomida kurash olib borib, qo‘zg‘olonchilarni mag‘lubiyatga uchratgan?

A) Som qal’asida B) Narshax qal’asida

C) Naxshabda D) Maxuvon qarorgohida

62. Movarounnahr arablarga bo‘ysundirilganidan so‘ng xalifa Umar ibn Abdulaziz murakkab vaziyatni hisobga olib ...

A) bo‘ysundirilgan xalqlar bilan kelishish siyosatini amalga oshirishga majbur bo‘ldi

B) o‘z qarorgohini Movarounnahrga ko‘chirish haqida farmon chiqardi

C) barqaror pul siyosati yurgizib, oltin va kumush dirhamlar zarb ettirishni yo‘lga qo‘ydi

D) xalifalikning asosiy harbiy kuchlarini Bag‘doddan Movarounnahrga ko‘chirish haqida farmon berdi

63. VIII asrning ikkinchi yarmida Xuroson va Movarounnahrda abbosiylarga qarshi xalq harakatining avj olishiga qanday voqea bahona bo‘lgan?

A) soliq va o‘lponlarning nihoyatda oshib ketishi

B) Muqanna o‘zini payg‘ambar deb e’lon qilishi

C) Abu Muslimning o‘ldirilishi

D) Movarounnanr va Xurosonda hokimiyat uchun kurashlarning kuchayishi

64. 775-yil “Oq kiyimliklar” qo‘liga o‘tgan hududlarni aniqlang.

A) Naxshab va Chag‘oniyon vobalari

B) Narshax qal’asi va Kesh vodiysi

C) Xurosonning janubiy qismi

D) Fuzayl ko‘shki va G‘ijduvon

65. 769-783-yillarda Movarounnahrda bo‘lib o‘tgan “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘olonining yengilishidagi birinchi asosiy sababni aniqlang.

A) qo‘zg‘olonchilar oddiy xalqning qo‘llab-quvvatlashidan mahrum bo‘lishdi

B) qo‘zg‘olonchilar uyushqoqlik bilan harakat qila olmadilar

C) mahalliy mulkdorlar arablar tomoniga o‘tib ketishdi

D) uzoq davom etgan qo‘zg‘olon ishtirokchilarni holdan toydirdi

66. Qutayba ibn Muslimning harbiy yurishlari qayerni zabt etishdan boshlangan?

A) 705-yil Balx viloyati atroflarini

B) 651-yil Marvni

C) 707-yil Poykandni

D) 707-yil Buxoro atrofini

67. Talosdan Xitoy qo‘shinlarini quvib chiqargan Ziyod ibn Solih lashkarining asosini kimlar tashkil etar edi?

A) faqat sug‘dlar

B) turklar, forslar, xorazmliklar

C) faqat arablar

D) arablar, so‘g‘dlar va turklar

68. VIII asrning o‘rtalarida Abbosiylarning xalifalik taxtiga chiqishi ...

A) mehnatkash aholi turmush tarzini tubdan o‘zgartirib yubordi.

B) mehnatkash aholiga hech qanday yengillik keltirmadi.

C) Movarounnahr va Xurosonni mulk sifatida tugatib yubordi.

D) Movarounnahrdagi iqtisodiy va siyosiy vaziyatni anchagina yaxshilab, dehqonlarga yengillik berdi.

69. Xuroson noibi Ashros davrida amalga oshirilgan tadbirni aniqlang.

A) islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jiz’ya soliqlarini olish bekor qilindi

B) kumush tangalar zarb qilish va muomalaga kiritish joriy etildi

C) aholidan qo‘shimcha ushr solig‘ini yig‘ib olish joriy etildi

D) islomni yangi qabul qilgan kishilar faqat jiz’yadan ozod qilindi

70. Arab xalifaligi tomonidan istilo qilingan joylarning yillari bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan javob variantini aniqlang.

1) Maymurg‘; 2) Chag‘oniyon; 3) Pokand; 4) Marv.

a) 667-yil; b) 654-yil; c) 651-yil; d) 707-yil.

A) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d B) 1-b; 2-a; 3-d; 4-c

C) 1-b; 2-a; 3-c; 4-d D) l-d;2-b; 3-c; 4-a




III BOB


1. Ma’lumki, xalifa Ma’munga bergan yordami uchun Somonxudotning nabiralari ayrim shahar va viloyatlarga noib qilib tayinlanadi. Buning evaziga aka-uka somoniylar ...

A) Movarounnahrning har yilgi xirojidan juda katta mablag‘ni tohiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib turadilar

B) Tohiriylar davlatini mustaqil idora qila boshlaydilar

C) Bog‘dod bilan aloqani yanada mustahkamlaydilar

D) Xurosonni idora etishda Ma’munga ko‘maklashadilar

2. Qaysi xizmati uchun Nuh Sabukteginni Xurosonning noibi etib tayinlaydi?

A) Sabuktegin somoniylar sulolasining yorqin vakili bo‘lgani uchun

B) Sabuktegin qoraxoniylar noibi qo‘shinlarini tor-mor qilgani uchun

C) Sabuktegin G‘aznaviylar hukmdori bo‘lgani uchun

D) Sabuktegin Buxoroni egallagani uchun

3. Quyidagi berilgan hukmdorlarning hukmronlik yillari bilan to‘g‘ri berilgan qatorni toping.

1) Qutbiddin Muhammad 2) Otsiz 3) Elarslon 4) Takash 5) Muhammad

a) 1156-1172; b) 1172-1200; c) 1127-1156; d) 1097-1127; e) 1200-1220.

A) 1-d; 2-c; 3-a; 4-b; 5-e B) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d; 5-e

C) 1-d; 2-b; 3-c; 4-a; 5-e D) 1-e; 2-c; 3-b; 4-d; 5-a

4. Xorazmshohlar davlatining beqarorlik holatini yaqqol ko‘rsatgan omilni aniqlang.

A) ko‘chmanchilarning doimiy hujumi

B) iqto tizimi

C) viloyat hukmdorlarining isyonlari, xalqning ko‘pgina tabaqalari noroziligi, qo‘shin va saroyda fitnalarning avj olishi

D) ichki va tashqi savdoning kasodga uchrashi

5. Movarounnahr arablar tomonidan istilo qilingach, zabt etilgan o‘zga mamlakatlar qatorida, bu o‘lkada ham faqat islom dinigina emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Buning asosiy sababi nima edi?

A) chunki arab tili xalqaro muloqot tili edi

B) chunki arab tili xalifalikning ham davlat tili, ham fan tili edi

C) mahalliy aholining arab tilini joriy etilishiga moyilligi borligi sababli

D) ko‘plab arablarning Movarounnahrga ko‘chib kelganligi sababli

6. IX asrning ikkinchi yarmida nima sababdan Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv va Nishopur kabi shaharlar ilmiy va madaniy markaz sifatida taraqqiy qila boshladi?

A) xalifalik tugab, Somoniylar bashqaruvining qaror topishi bilan

B) xalifalik tugab, Qoraxoniylar bashqaruvining qaror topishi bilan

C) xalifalik tugab, Qarluqlar bashqaruvining qaror topishi bilan

D) xalifalik tugab, Tohiriylar bashqaruvining qaror topishi bilan

7. IX-XIII asr boshlarida qaysi shaharlarda ko‘plab saroy, masjid, madrasa, minora, maqbara, tim va karvonsaroylar quriladi?

A) Samarqand, Buxoro, Termiz, O‘zgan, Toshkent

B) Afrosiyob, Varaxsha, Buxoro va Poykand

C) Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, O‘zgan va Marv

D) Tashkent, Samarqand, Buxoro

8. Quyidagi qaysi shahar xarobalarida kavlab ochilgan turar joy qoldiqlaridan X-XI asrlarda ham paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligida asosiy o‘rinni egallaganligi ma’lum bo‘lgan?

A) Afrosiyob, Varaxsha, Buxoro va Poykand

B) Samarqand, Buxoro, Termiz, O‘zgan

C) Buxoro, Samarqand va Toshkent

D) Marv, Samarqand, Buxoro va Shosh

9. Quyidagi qaysi o‘rta asr davlati hududida Jol, Navkat, Karmankat, Yor kabi shaharlar mavjud bo‘lgan?

A) O‘g‘izlar davlati B) G‘aznaviylar davlati

C) Qorluqlar davlati D) Somoniylar davlati

10. Qachondan boshlab bir necha qorluq shaharlarida jome’ masjidlari bino qilindi?

A) X asr o‘rtalari B) XI asr boshlari

C) IX asr oxirlari D) X asr birinchi choragi

11. IX asr oxirlariga kelib ...

A) Movarounnahr xalqi Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos bo‘ldi

B) xalifalik tugab, Qoraxoniylar bashqaruvi qaror topdi

C) Qarluqlar davlati tashkil topdi

D) o‘g‘iz hukmdorlari islom dinini qabul qildi

12. O‘rta Osiyoda ilk madrasa qachon va qaysi shaharda bunyod etilgan?

A) VIII asrda Poykand shahrida

B) X asrda Buxoroning kavushdo‘zlar mahallasida

C) XIII asrda Buxoroning Farjak mahallasida

D) XI asrda Samarqand markazida

13. Ma’lumotlarga qaraganda, VII-IX asrlarda O‘rta Osiyo va Xitoy o‘rtasidagi savdoda bitta ot Xitoy bozorida qancha ipak matoga ayribosh qilingan?

A) 36 o‘ram B) 50 o‘ram C) 56 o‘ram

D) 27 o‘ram

14. VII-IX asrlarda Xitoy bozorida har bir O‘rta Osiyo oti qancha choyga ayribosh qilingan?

A) 56 kg. oliy navli choyga

B) 50 kg. qora choyga

C) 100 kg. ko‘k choyga

D) 36 kg. oliy navli choyga

15. O‘rta Osiyoda bunyod etilgan ilk madrasa qanday nomlangan?

A) Fiqhlar madrasasi B) Farjak madrasasi

C) Poykand madrasasi D) Kovushdo‘zlar madrasasi

16. O‘rta asrlarda Xitoyda choyni o‘lchash uchun ishlatilgan “jin” o‘lchov birligi qancha og‘irlikka teng bo‘lgan?

A) 550 g. B) 330 g. C) 600 g. D) 460 g.

17. 962-963-yillarda G‘azna viloyatini kim boshqargan?

A) Alptegin B) Mas’ud C) Sabuqtegin

D) Mahmud

18. Muqaddas Rim imperiyasi tashkil etilgan yili O‘rta Osiyoda ...

A) Buxoroda Ibrohim qo‘zg‘olon ko‘tardi

B) Mahmud G‘aznaviy hukmronligi boshlandi

C) Alptegin G‘azna viloyati hokimi bo‘ldi

D) Buxoro harbiy askarlarining qo‘zg‘oloni bo‘ldi

19. G‘aznaviylar davlati nechanchi yilda butunlay tugatilgan?

A) 1186-yil B) 1041-yil C) 1140-yil

D) 1176-yil

20. 977-997-yillarda hukmronlik qilgan davlat rahbarini aniqlang.

A) Nuh ibn Mansur B) Mahmud G‘aznaviy

C) Sobuqtegin D) Ismoil Somoniy

21. Kimning hukmronligi davrida g‘aznaviylarning siyosiy nufuzi oshib, somoniylar tomonidan e’tirof etilgan.

A) Alptegin B) Mahmud G‘aznaviy

C) Sobuqtegin D) Mas’ud G‘aznaviy

22. 997-1030-yillarda hukmronlik qilgan davlat rahbarini aniqlang.

A) Ibrohim Bo‘ritakin B) Mahmud G‘aznaviy

C) Sobuqtegin D) Mas’ud G‘aznaviy

23. G‘aznaviylar hukmronligi davrida viloyat hokimlari ...

A) amid deb atalgan B) qutvol deb atalgan

C) voliy deb atalgan D) dorug‘a deb atalgan

24. G‘aznaviylar hukmronligi davrida shahar hokimlari ...

A) amid deb atalgan B) qutvol deb atalgan

C) voliy deb atalgan D) rais deb atalgan

25. G‘aznaviylar hukmronligi davrida viloyatda boshqaruv ishlari ... shaharlarda esa ... tomonidan amalga oshirilgan.

A) amid, kutvol B) rais, voliy

C) dorug‘a, kutvol D) rais, a’lam

26. 1030-1041-yillarda hukmronlik qilgan G‘aznaviylar davlati rahbarini aniqlang.

A) Alptegin B) Mahmud G‘aznaviy

C) Sobuqtegin D) Mas’ud G‘aznaviy

27. G‘aznaviylar davlatidagi harbiy boshqaruvga ta’rif qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) qo‘shin bosh qo‘mondoni – sipohsolor, lashkarboshi – solor, harbiy qismlar – sarxang deb atalgan

B) qo‘shin bosh qo‘mondoni – dorug‘a, lashkarboshi – sarkarda, harbiy qismlar bo‘linma deb atalgan

C) bo‘shin bosh qo‘mondoni hukmdorning o‘zi, lashlarboshi – sipohsolor, harbiy qismlar – sipohiy deb atalgan

D) qo‘shin bosh qo‘mondoni – hukmdor, lashkarboshi – amid, harbiy qismlar – solor deb atalgan

28. “Qonuni Mas’udiy” asarining muallifl qaysi javobda to‘g ‘ri berilgan?

A) Bayhaqiy B) Narshaxiy

C) Abu Rayhon Beruniy D) Firdavsiy

29. “Tarixi Mas’udiy” asarining muallifl qaysi javobdato‘g ‘ri berilgan.

A) Bayhaqiy B) Narshaxiy

C) Abu Rayhon Beruniy D) Firdavsiy

30. G‘aznaviylar saroyida ijod qilgan allomalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.

A) Beruniy, Bayhaqiy, Narshaxiy, Ibn Sino

B) Firdavsiy, Beruniy, Nosir Xusrav, Juvayniy

C) Bayxaqiy, Gardiziy, Firdavsiy, Rashiduddin

D) Beruniy, Bayhaqiy, Gardiziy, Nosir Xusrav

31. Qoraxoniylar davlati dastavval qanday nom bilan yuritilgan?

A) O‘g‘izlar davlati B) Xoqoniya

C) Tabg‘ach D) Yag‘molar davlati

32. Quyidagi qaysi hukmdor turkiy, fors, arab, pahlaviy tillarini bilgan va she’rlar yozgan?

A) Ismoil Somoniy B) Mas’ud G‘aznaviy

C) Muhammad Takash D) Mahmud G‘aznaviy

33. G‘aznaviylar davlatida bosh vazirga bo‘ysunuvchi qanday devonlar (vazirliklar) bo‘lgan?

A) harbiy, elchilik, rasmiy tadbirlar, moliya, xabar-pochta

B) tashqi ishlar, ichki ishlar, davlat ishlari, harbiy, madaniyat

C) moliya, tashqi aloqalar, madaniy tadbirlar, soliq

D) elchilik, soliq, harbiy ishlar, ichki intizomiy ishlar, madaniyat

34. Qoraxoniylar davlati nechanchi yilda barham topdi?

A) 1141-yil B) 1040-yil C) 1186-yil D) 1156-yil

35. VIII asrda Xorazmshohlar davlati hududida mavjud bo‘lgan 3 ta shahar X asr oxirlariga kelib qanchaga yetdi?

A) 27 taga B) 32 taga C) 36 taga D) 15 taga

36. Qutayba tashabbusi bilan ikkiga ajratib yuborilgan Xorazm davlati qancha vaqtdan keyin yana birlashtirildi?

A) 260 yil B) 194 yil C) 284 yil D) 326 yil

37. Xoqoniya davlati kuchaygach, XI-XII asrlarda qanday nom olgan?

A) Qorluq-Qoraxoniylar

B) Tabg‘ach davlati

C) Ulug‘ qoraxon davlati

D) O‘g‘iz-Qoraxoniylar davlati

38. Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o‘rnini aniqlash, yangicha zij yaratish ishlariga kim rahbarlik qilgan?

A) Muso Xorazmiy B) Beruniy

C) Ahmad Farg‘oniy D) Mahmud Zamaxshariy

39. Ahmad Farg‘oniy rahbarligida "Miqyos an-Nil" nechanchi yil qayta tiklangan?

A) 833-yil B) 832-yil C) 857-yil D) 861-yil

40. 832-833-yillarda Farg‘oniy ...

A) Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o‘rnini aniqlash, yangicha zij yaratish ishlariga rahbarlik qildi

B) “Astronomiy asoslari” va “Zij” asarlarini yozib tugatdi

C) “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” asarini yozib tugatdi

D) Suriyaning shimolida Sinjor dashtida va ar-Raqqa oralig‘idagi yer meridiani bir darajasining uzunligini o‘lchashda qatnashdi

41. Hadis so‘zining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) ibrat, nasihat B) haqiqat, adolat

C) pand-nasihat D) rivoyat, naql

42. Respublikamizda "Xorazm Ma’mun akademiyasi"ning 1000 yilligi nechanchi yilda nishonlandi?

A) 2006-yil B) 2005-yil C) 2004-yil D) 2007-yil

43. Quyidagi qaysi alloma "Arab va g‘ayriarablar ustozi", "Xorazm faxri" kabi sharafli nomlar bilan mashhur bo‘lgan?

A) Burxonuddin Marg‘inoniy

B) Mahmud Zamaxshariy

C) Muso Xorazmiy

D) Imom al-Buxoriy

44. Quyidagi qaysi atama insonlarni halollikka, poklikka, tenglikka chorlovchi, boshqalarning kuchidan foydalanmaslikka da’vat etadi?

A) hadis B) kalom C) tasavvuf D) falsafa

45. Qarluqlar davlati dastlab qaysi hududda tashkil topdi?

A) Yettisuv B) Oltoy C) Janubiy Sibir

D) Sharqiy Turkiston

46. Qarluqlar davlatining poytaxti bo‘lgan Suyob shahri qayerda joylashgan edi?

A) Issiqko‘lning g‘arbida

B) Ili daryosi bo‘yida

C) Chu daryosi shimolida

D) Sirdaryoning yuqori oqimida

47. Tohir ibn Husayn xalifa nomini xutbadan chiqarib tashlaganidan 70 yil o‘tib bo‘lgan voqeani aniqlang?

A) Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni birlashtirdi

B) Xalifa Mu’tazid hukmronligi boshlandi

C) Safforiylar Xuroson poytaxti Nishopurni egalladilar

D) Butun Xuroson somoniylar qo‘l ostiga o‘tdi

48. Safforiylik bu – …

A) pul almashtirib berish bilan shug‘ullanish.

B) suv taqsimoti bilan shug‘ullanish.

C) misgarlik

D) matolarga rang berish.

49. Somoniylarning davlat boshqaruvi asosan o‘nta devon orqali idora etilishi haqida qaysi tarixchi yozib qoldirgan?

A) Abu Rayxon Beruniy B) Abul Fazl Bayhaqiy

C) Narshaxiy D) Gardiziy

50. Somoniylar davlatida davlat hujjatlari va elchilik aloqalari vazirligi nima deb atalgan?

A) Sohibi Shurat B) Devoni ariz

C) Mustovfiy devoni D) Amid ul-mulk

51. O‘rta asrlarda qaysi hududdan toshko‘mir va neft topilib ishlatilgan?

A) Farg‘ona B) Xorazm C) Shosh D) Eloq

52. O‘rta asrlarda qaysi hudud o‘zining ko‘nchilik mahsulotlari va charm mollari bilan mashhur bo‘lgan?

A) Farg‘ona B) Xorazm C) Shosh D) Eloq

53. Somoniylar davrida kumush tangalar qaysi shaharlarda zarb qilingan?

1) Marv 2) Kesh 3) Samarqand 4) Xorazm 5) Buxoro 6) Termiz 7) Shosh

A) 1,3,5,7 B) 1,2,4,6 C) 2,4,5,7 D) 4,5,6,7

54. Somoniylar og‘ir ahvoldan chiqib olish uchun nechanchi yil aholidan ikki marta soliq undirib oladi?

A) 942-yil B) 951-yil C) 960-yil D) 948-yil

55. Ma’lumki, Qoraxoniylar davlati qoraxitoylar tomonidan bosib olinadi. Qoraxitoylar qaysi xalqlarga mansub bo‘lgan?

A) turk B) qipchoq C) xunn D) mo‘g‘ul

56. Noto‘g‘ri berilgan javobni toping?

A) Alouddin Takash Mang‘ishloq yarimorolini Xorazmga qo‘shib oladi

B) Somoniylar davrida jamoa yerlari asosan lalmikor va tog‘oldi yerlardan iborat bo‘lgan.

C) Mustovfiy devoni – moliya vazirligi bo‘lgan

D) Alouddin Otsiz 1127-1156-yillarda hukmronlik qilgan

57. 1137-yil Xo‘jand shahri yaqinida qoraxitoylardan mag‘lubiyatga uchragan qoraxoniylar eloqxoni kim edi?

A) Nasr ibn Ali B) Mahmud C) Ibrohim

D) Xasan Bug‘roxon

58. Xorazmshoh Muhammad nechanchi yildan boshlab Movarounnahrni qoraxitoylardan ozod qilishga kirishadi?

A) 1210-yil B) 1212-yil C) 1206-yil

D) 1214- yil

59. Tohiriylar davlati asoschisi Tohir ibn Husayn … viloyatining zodagonlaridan bo‘lgan.

A) Marv B) Nishopur C) Hirot D) Qandahor

60. O‘zbekiston tarixida X asr birinchi choragida sodir bo‘lgan voqeani toping?

A) Qoraxoniylar davlati tashkil topdi

B) Somoniylar davlati inqirozga yuz tuta boshladi

C) Qorluqlar davlatida masjidlar qurilishi jadallashdi

D) O‘g‘uzlar davlati qipchoqlardan zarbaga uchrab, bo‘linib ketdi

61. 830-844-yillarda hukmronlik qilgan davlat arbobini aniqlang.

A) Abul Abbos Abdulloh B) Ma’mun

C) Mu’tazid D) Talxa

62. Xurosonda hukmronlik qilgan sulolalar ketma-ketlikda berilgan qatorni toping?

A) Somoniylar, Tohiriylar, Saljuqiylar, G‘aznaviylar

B) Tohiriylar, Somoniylar, Safforiylar, Saljuqiylar

C) Safforiylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘znaviylar

D) Tohiriylar, Safforiylar, Somoniylar, G‘aznaviylar


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə