Akbar Zamonov



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə4/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60

A) 1, 2, 5, 6, 8 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8

C) 1, 2, 3, 4, 6 D) 2, 4, 5, 6, 8

14. Aleksandr Makedonskiy Hindistonga yurishidan oldin O‘rta Osiyoga yurish qildi. Bundan maqsad nima edi?

A) Ustozi Arastuning maslahati

B) Bessning So‘g‘diyonaga taklif qilganligi

C) Qo‘shin orqasini xavfsizlantirish maqsadi

D) So‘g‘diyonada qo‘zg‘olon ko‘tarilishi

15. Makedoniyalik Aleksandrning O‘rta Osiyo yerlaridan bosib olgan hududlarini aniqlang.

1) Maroqanda; 2) So‘g‘diyona; 3) Farg‘ona; 4) Tashkent vohasi; 5) hozirgi Bekabod; 6) Baqtriya; 7) Xo‘jand; 8) Marg‘iyona; 9) Xorazm.

A) 1, 2, 5, 6, 7, 8 B) 1, 3, 5, 8, 9

C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 3, 5, 7, 9

16. Makedonlar va yunonlar o‘rtasida bo‘lgan Xeroniya jangidan 10 yil o‘tib ...

A) Makedoniyalik Aleksandr Hindistonga yurish boshladi

B) Spitamenning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangi bo‘lib o‘tdi

C) Makedoniyalik Aleksandr siyraklashib qolgan qo‘shini safini sug‘diy va baqtriyalik jangchilar bilan to‘ldirdi

D) Makedoniyalik Aleksandrning Sharqqa qilgan yurishi nihoyasiga yetdi

17. Spitamenning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangidan 4 yil o‘tib ...

A) Makedoniyalik Aleksandr Hindistonga yurish boshladi

B) Makedoniyalik Aleksandr siyraklashib qolgan qo‘shini safini sug‘diy va baqtriyalik jangchilar bilan to‘ldirdi

C) Makedoniyalik Aleksandrning Sharqqa qilgan yurishi nihoyasiga yetdi

D) Makedoniyalik Aleksandr vafot etdi

18. Mil. avv. 328-yilda Spitamen Aleksandr bilan hal qiluvchi jangda yengilib, cho‘lga chekinadi va bu yerda Spitamen ...

A) massagetlar bilan ittifoq tuzadi

B) sak va massaget qabilalari boshliqlari tomonidan Aleksandrga tutib beriladi

C) kasallikka chalinib vafot etadi

D) ko‘chmanchi qabilalar boshliqlari tomonidan xoinlarcha o‘ldiriladi

19. Makedoniyalik Aleksandrga O‘rta Osiyoda bo‘ysunmagan hududlarni ko‘rsating?

A) Toshkent va Farg‘ona

B) Bekobod va Xorazm

C) Xo‘jand va Farg‘ona

D) Xorazm va Marg‘iyona

20. Antiox nechanchi yilda Sharqiy viloyatlar – Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya, So‘g‘diyona noibi etib tayinlandi?

A) mil.avv. 280 yil B) mil.avv. 293 yil

C) mil.avv. 312 yil D) mil.avv. 260 yil

21. Makedoniyalik Aleksandr qo‘shinlarining bosqinchilik yurishlari qanday oqibatga olib keldi?

A) hunarmandchilikning yangicha tarmoqlari vujudga keldi, aholi yunonlar bilan aralashilib ketdi, yangi qishloqlar paydo bo‘ldi

B) aholining katta qismi qirilib ketdi, eng quyi boshqaruvda yunonlar rahbarlik qiladigan bo‘ldi, bir necha o‘nlab yunon shaharlari vujudga keldi

C) O‘rta Osiyo yerlari xarobazorga aylandi, aholining katta qismi qirilib ketdi, ko‘plab shaharlar vayron etildi

D) o‘nlab yunon shaharlari vujudga keldi, hunarmandchilikning yangicha tarmoqlari vujudga kelda, aholi yunonlar bilan aralashilib ketdi

22. Salavkaning Bobil davlati hukmdori bo‘lishidan 32 yil o‘tgach …

A) Salavka vafot etadi va Antiox ulkan davlat hukmdoriga aylanadi

B) Antiox sharqiy viloyatlar hokimi deb e’lon qilindi

C) Yunon-Baqtriya davlati vujudga keldi

D) So‘g‘diyona va Marg‘iyona singari yirik shaharlarda yangi manzilgohlar qurilishi boshlanadi

23. Yunon-makedon qo‘shinlarining yurushi O‘rta Osiyo uchun qanday ijobiy oqibatlarga olib keldi?

A) G‘arb va Sharq o‘rtasida madaniy munosabatlar va almashinuv kengayishiga

B) O‘rta Osiyo aholisining yangi harbiy texnika bilan tanishuviga

C) O‘rta Osiyo va Yunoniston o‘rtasida savdoning rivojlanishiga

D) O‘rta Osiyoda ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotning rivojlanishiga

24. Qaysi voqeadan so‘ng Yunon-Baqtriya davlati tarixi boshlanadi?

A) Antioxning vafot etishidan so‘ng

B) Diodot o‘zini podsho deb e’lon qilganidan keyin

C) Salavkiylar davlati parchalanib ketganidan keyin

D) Salavkiylardan Parfiyaning ajralib chiqishidan so‘ng

25. Yunon-Baqtriya davlati tarixida sezilarli iz qoldirmagan hukmdorni aniqlang?

A) Deodot B) Demetriy C) Yevtidem

D) Yevkradit

26. Kimning hukmronlik davrida Hindistonning bir qismi Yunon-Baqtriyaga qo‘shib olindi?

A) Deodot B) Demetriy C) Yevkradit

D) Yevtidem

27. Salavka I bunyod etgan Salavkiya shahri qayerda joylashgan edi?

A) Eronning janubida

B) Sharqiy Suriyada

C) Frot daryosi bo‘yida

D) Dajla daryosi bo‘yida

28. Yunon-Baqtriya davlatining ko‘chmanchi yuechji qabilalari tomonidan bosib olinishiga zamin yaratgan omilni aniqlang.

A) yuechjilarning ko‘chmanchi xunnlar tazyiqidan janubga siljishi

B) Yunon-Baqtriya davlati tinimsiz urushlar olib borganligi natijasida zaiflashib qolishi

C) yuechjilarning Parfiya davlati yordamida Yunon-Baqtriyaga hujumi

D) Yunon-Baqtriya hududiga asta-sekin kirib kelgan yuechjilar mahalliy sharoitni tushunib olib, davlat dushmanlarining yordamida hujumga o‘tganliklari

29. Demetriy hukmronlik qilgan yillarni aniqlang.

A) mil.avv. 140-87- yillar

B) mil.avv. 199-167- yillar

C) mil.avv. 185-166- yillar

D) mil.avv. 206-197- yillar

30. Qanday voqeadan so‘ng Yunon-Baqtriya davlatida jahondagi ko‘pgina davlatlar bilan xalqaro savdo-sotiq va madaniy aloqalar jonlangan?

A) Salavkiyadan Baqtriyagacha bo‘lgan karvon yo‘li qurib bitkazilgach

B) mamlakat taxtini Demetriy egallashi bilan

C) Parfiya bilan tinchlik kelishuvi imzolanishi bilan

D) Parfiya Yunon-Baqtriyaga bo‘ysundirilganidan keyin

31. Xorazmda shaharsozlikning boshlanishi nechanchi asrga borib taqaladi?

A) mil.avv.VI asr B) mil.avv.V asr

C) mil.avv.VII asr D) mil.avv.IV asr

32. Mil. avv. III-II asrlarda O‘rta Osiyodagi qaysi davlat Yunon-Baqtriya davlati tarkibiga kirmagan?

A) Baqtriya B) So‘g‘diyona C) Naxshab

D) Xorazm

33. Xorazmning qadimiy shaharlari berilgan qatorni aniqlang.

l) Qiziltepa; 2) Ko‘zaliqir; 3) Sarazm; 4) Jonbosqal’a; 5) Qo‘yqirilganqal’a; 6) Oqqo‘rg‘on; 7) Tuproqqal’a: 8) Oqtepa.

A) 1, 3, 4, 8 B) 2, 4, 5, 7 C) 2, 5, 6, 7

D) 3, 4, 6, 8

34. Ko‘chmanchi yuechji qabilalarining Yunon-Baqtriya davlati hududiga bostirib kirishi natijasida Yunon-Baqtriya davlati ...

A) imperiya tarkibiga qo‘shib olindi

B) Parfiya va yuechjilar o‘rtasida bo‘lib olindi

C) butunlay parchalanib ketdi

D) yuechjilarga qaram davlatga aylandi

35. Kanishka davrida qaysi hududlar Kushon podsholigi tarkibiga kirgan edi?

1) Janubiy Xitoy; 2) janubiy-sharqiy Eron; 3) Hindiston; 4) O‘zbekistonning janubiy viloyatlari; 5) Xo‘tan; 6) Afg‘oniston; 7) Toshkent vohasi; 8) Farg‘ona vodiysi

A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 4, 5, 6 C) 3, 4, 5, 6

D) 1, 2, 4, 6

36. Qazishmalar natijasida qaysi manzilgoh zallaridan birida devor bo‘ylab baland taglikka 20 dan ko‘proq haykallar o‘rnatilganligi aniqlangan?

A) Tuproqqal’a B) Qal’aliqir C) Ko‘zaliqir

D) Ayritom

37. Qang‘ davlatiga kimlar asos solgan?

A) dovonliklar B) yuechjilar C) saklar

D) so‘g‘dlar

38. Olimlarning aniqlashicha, Farg‘ona davlati yirik shaharlari bo‘lgan. Ular qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

A) Shi, Bityan, Ershi

B) Sho‘rabashat, Uchqo‘rg‘on, Ershi

C) An’si, To‘raqo‘rg‘on, Bityan

D) Sho‘rabashat, To‘raqo‘rg‘on, Ershi

39. Kushon podsholigining arxeologik yodgorliklari to‘g‘ri keltirilgan javobni aniqlang.

l) Qal’aliqir; 2) Xolchayon; 3) Dalvarzintepa; 4) Qiziltepa; 5) Ayritom; 6) Zartepa; 7) Surxko‘tal; 8) Qoratepa; 9) Qiziltepa, 10) Anqaqal’a

A) 1, 3, 4, 6, 8 B) 1, 2, 3, 4, 5

C) 2, 3, 5, 6, 7, 8 D) 2, 3, 4, 5, 8, 10

40. O‘rta Osiyda qadimiy oromiy yozuvining keng tarqalishiga nima sabab bo‘lgan?

A) qo‘shni davlatlar bilan yozishmalar shu yozuvda olib borilganligi tufayli

B) yozuvning o‘zlashtirilishi juda oson bo‘lganligi sababli

C) bu paytda O‘rta Osiyoda boshqa mukammal yozuvning bo‘lmaganligi sababli

D) Kushon davlatida yashagan xalqlarning o‘zaro madaniy va savdo-sotiq aloqalari tufayli

41. Kushon mamlakatidagi yozuvlardan kushon shakilli yozuvining shakli qanday bo‘lgan?

A) burchakli, to‘rtburchakli va aylana shaklda

B) ko‘pburchak, aylana, o‘rtasi to‘rtburchak teshik shaklida

C) uzunchoq, yalpoq toshsimin shaklda

D) aylana va o‘rtasi to‘rtburchak teshik shaklida

42. Ma’lumki, Xitoy bilan Qang‘ davlati o‘rtasida urushlar bo‘lgan. Qang‘ davlatiga yurishlardan birida jo‘natilgan 60000 xitoylik jangchidan … ga yaqini Xitoyga qaytib kelgan.

A) 12000 B) 20000 C) 8000 D) 10000

43. Qadimgi oromiy yozuvi … paydo bo‘ldi.

A) Sharqiy Osiyoda B) G‘arbiy Osiyoda

C) O‘rta Osiyoda D) Sharqiy Yevropada

44. Quyidagi qaysi yodgorliklardan Kushon podsholigi davriga oid buddaviylik ibodatxonalari topilgan?

1) Eski Termiz; 2) Uzunqir; 3) Ko‘zaliqir; 4) Jonbozqal’a; 5) Ayritom; 6) Qo‘yqirilganqal’a; 7) Dalvarzintepa; 8) Yerqo‘rg‘on.

A) 2, 4, 7 B) 1, 5, 7 C) 1, 3, 5, 6

D) 1, 2, 3, 5

45. Kushon podsholigi davrida O‘zbekiston hududida binokorlik va me’morchilik yuksak darajada taraqqiy etgan bo‘lib, asosiy e’tibor qanday binolarni qurilishga qaratilgan edi?

A) saroylar va ibodatxonalar

B) mudojaa devorlari va tomoshaxonalar

C) karvosaroylar va yo‘llar

D) ibodatxonalar, bozorlar, maydonlar

46. Qadimda O‘zbekiston hududida shakllangan davlatlarning ketma-ketligini aniqlang.

1) Salavkiylar davlati; 2) Qadimgi Baqtriya; 3) Ahamoniylar davlati; 4) Yunon-Baqtriya podsholigi; 5) Kushon; 6) Dovon;

A) 2, 3, 1, 4, 6, 5 B) 1, 2, 3, 4, 6, 5

C) 2, 1, 4, 3, 5, 6 D) 2, 1, 4, 5, 6, 3

47. Forscha “xshatra” so‘zi qanday ma’noni anglatadi?

A) viloyat B) boshqaruv C) xazina

D) o‘n ming

48. Makedoniya podshosi Filipp II qachon o‘ldirilgan?

A) mil.avv. 338- yil B) mil.avv. 337- yil

C) mil.avv. 336- yil D) mil.avv. 334- yil

49. Yunon – makedon askarlarining siyraklashgan saflari qachondan Makedoniya tartibida qurollantirilgan Baqtriya va So‘g‘diyona yoshlari hosobiga to‘ldiriladi?

A) mil.avv. 323- yil B) mil.avv. 327- yil

C) mil.avv. 326- yil D) mil.avv. 324- yil

50. O‘rta Osiyo xalqlari orasida xanjar nima deb nomlangan.

A) sagaris B) bargustvon C) tabarzin

D) aqinak

51. Quyidagi qaysi manzilgohlar mil. avv. V-IV asrlarga oid hisoblanadi?

1) Oybo‘yirqal’a, 2) Tuproqqal’a, 3) Fayoztepa, 4) Ayritom, 5) Qal’aliqir, 6) Qo‘qirilganqal’a.

A) 1, 3 B) 1, 2, 6 C) 1, 5 D) 1, 4, 5

52. O‘rta Osiyodagi qaysi qadimgi davlatlar mil. avv. III asrda vujudga kelgan?

A) Xorazm, Kushon, Salavkiylar davlati

B) Qang‘, Dovon, Yunon-Baqtriya, Parfiya

C) Dovon, Kushon, Salavkiylar davlati

D) Qang‘, Kushon, Xorazm, Dovon

53. ”Buyuk Ipak yo‘li” 1877- yilga qadar qanday nomlangan edi?

A) Buyuk meridianal yo‘l

B) Kumush yo‘l C) La’l yo‘li D) Oltin yo‘l

54. Mil.avv. 521- yil sodir bo‘lgan voqeani toping?

A) Doro I taxtga o‘tirdi

B) Frada boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi

C) Doro I saklar ustiga yurish boshladi

D) Frada qatl etildi

55. Mil.avv. III-II ming yillikda vujudga kelgan “La’l yo‘li” qayerdan boshlangan?

A) Sariq dengiz sohilidan B) Badaxshondan

C) Pomir tog‘laridan D) Tog‘li Oltoydan

56. Quyidagi javoblardan qaysi biri xato berilgan.

A) Rivoyatlarga ko‘ra, Kurushkat shahriga fors shohi Kir II asos solgan

B) Dovon davlati to milodiy II asrgacha mavjud bo‘ldi

C) Buddaviylik dini O‘rta Osiyoda VII asrgacha mavjud bo‘lgan

D) Badaxshon la’li ishlatilgan buyumlar Misr fir’avnlari maqbalaridan topilgan

57. Quyidagi qaysi savdo yo‘li mil. avv. III – II mingyilikda vujudga kelgan.

A) Shoh yo‘li B) La’l yo‘li C) Oltin yo‘l

D) Kumush yo‘l

58. Qadimgi La’l yo‘lining yo‘nalishi ketma-ketligi ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

1) Falastin; 2) Pomir tog‘lari; 3) Xitoy; 4) Eron; 5) Hindiston; 6) Old Osiyo; 7) Misr.

A) 2, 4, 6, 7 B) 1, 2, 3 C) 2, 3, 6, 4

D) 6, 7, 5, 3, 2

59. Quyidagi qaysi qadimgi karvon yo‘li O‘rtayer dengizi bo‘yidagi Efes, Sard shaharlarini Suza bilan bog‘lab turgan?

B) Kumush yo‘l C) La’l yo‘li D) Oltin yo‘l

D) Shoh yo‘li

60. Buyuk Ipak yo‘li kesib o‘tgan hududlar ketma-ketligini aniqlang.

l) Sharqiy Turkiston; 2) Pomir; 3) Sariq dengiz; 4) Misr; 5) Eron; 6) Efes; 7) Mesopotamiya; 8) O‘rtayer dengizi sohiligacha; 9) O‘rta Osiyo.

A) 1, 2, 3, 4, 5, 7 B) 3, 1, 5, 7, 8, 9 C) 3, 2, 4, 1, 7

D) 1, 3, 2, 5, 4, 8

61. Buyuk Ipak yo‘li orqali Xitoyga la’l toshi qayerdan olib borilgan?

A) Badaxshon B) Xorazm C) Eron

D) So‘g‘diyona

62. Qadimda Buyuk Ipak yo‘li orqali O‘rta Osiyoga Xitoydan nima keltirilar edi?

A) guruch B) atlas C) zotdor otlar

D) qimmatbaho toshlar

63. Qadimda Buyuk Ipak yo‘li orqali O‘rta Osiyoga ip-gazlama matolar va paxta chigiti ortilgan karvonlar kelgan. Bu buyumlar qaysi mamlakatdan keltirilgan?

A) Xitoy B) Eron C) Misr D) Hindiston

64. Buyuk Ipak yo‘li Markaziy Osiyo xalqlari hayotiga qanday ahamiyat kasb etdi?

A) hunarmandchlik, dehqonchilik, chorvachilik va savdo-sotiqning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi

B) qadimgi shahar-davlatlar bir-birlari bilan o‘zaro urushlarga chek qo‘yib, tinchlik aloqalarini kuchaytirdi

C) Sharq va G‘arb mamlakatlari iqtisodiyoti va madaniyati yutug‘laridan bahramand bo‘ldi

D) Sharq va G‘arb mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti bir-biridan keskin farq qilarli darajada o‘zgarib bordi

65. “… Bu jang barcha janglardan ham dahshatlirog‘i edi. Avval har ikki tomon jangovar safga tizilishib, bir-birlariga kamondan o‘q yog‘dirishdi”. Qadimgi yunon tarixchisining ushbu fikrlari nechanchi yilgi voqea haqida hikoya qiladi?

A) mil.avv. 338-yil B) mil.avv. 330-yil

C) mil.avv 490-yil D) mil.avv. 530-yil

66. Yunon-makedon qo‘shinlari bosqini davrida Qashqadaryo vohasining sharqiy qismi nima deb atalgan?

A) Nautaka B) Kurushkat C) Naxshab

D) Nasaf

67. Qadimda Politimet – bu …

A) hozirda Chirchiq daryosi

B) hozirda Buxoro vohasi

C) hozirda Surxondaryo vohasi

D) hozirda Zarafshon daryosi

68. Xorien – bu …

A) yunon-makedon qo‘shinlari bosqini davrida Hisor tog‘idagi qal’alardan birining hukmdori

B) Doro I hukmronligi davrida saklarning forslarga qarshi kurashi haqida yozib qoldirgan tarixchi

C) Kir II ga qarshi kurashgan marg‘iyona sarkardasi

D) Aleksandr Makedonskiyning Maroqandada qoldirgan garnizoni qo‘mondoni

69. Makedoniyalik Aleksandrning O‘rta Osiyoga qarshi yurishga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rish kerakligi haqidagi maslahat kimga tegishli?

A) Aristobul B) Krater C) Aristotel

D) Bess


70. Mil.avv. 545-540-yillar oralig‘ida forslar qo‘shini qaysi hududlarni bosib oldi?

A) Xorazm, So‘g‘diyona, Marg‘iyona

B) Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya

C) Midiya, Bobil, Suriya

D) Suriya, Falastin, Parfiya

71. Fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari O‘zbekistonning qaysi manzilgohidan topilgan?

A) Tuproqqal’a B) Ayritom C) Xolchayon

D) Dalvarzintepa

72. Qadimgi Xitoy sayyohi Chjan Syanning yozishicha, dovon xalqi qanday harbiy qurollar bilan qurollangan?

A) qilich va qalqon B) sovut va oybolta

C) o‘q-yoy va nayza D) oybolta va xanjar

73. Qadimgi Qang‘ davlati hududi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javob variantini aniqlang.

A) Toshkent vohasi, Chimkent viloyati, Sirdaryo havzasi

B) Farg‘ona vodiysi, Sirdaryo viloyati, Toshkent vohasi

C) Sirdaryoning yuqori va quyi oqimi, Turkiston viloyati

D) Toshkent vohasi, Farg‘ona vodiysi, Janubiy Qozog‘iston

74. Qang‘ davlatining asosiy shaharlari ...

A) Chirchiq daryosi sohillari bo‘ylab joylashgan edi

B) Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan edi

C) Toshkent shahri hududida joylashgan edi

D) Sirdaryo sohillari bo‘ylab joylashgan edi

75. Salavkiylar davlatida joriy qilingan strateg lavosimiga kimlar tayinlanar edi?

A) hukmdorninng akasi yoki ukasi

B) mahalliy aholidan yetishib chiqqan harbiylar

C) sobiq lashkarboshilar

D) mahalliy xalqning tilini tushunadigan sarkardalar

76. Makedoniyalik Aleksandr yurishlarida ishtirok etib, ular haqida mufassal ma’lumotlar qoldirgan tarixchini aniqlang?

A) Arrian B) Aristobul C) Aristotel

D) Ptolomey

77. Salavkiylar davlatida mudofaa va qo‘shinlarni tashkil etish bilan qaysi lavozim egasi shug‘ullangan?

A) dorug‘a B) satrap C) mingboshi

D) strateg

78. Dovon poytaxti Ershini egallab olgan Xitoy qo‘shinlari nima sababdan shaharni tashlab chiqib ketadi?

A) “Samoviy otlar” ni qo‘lga kiritgach, bu yerda qolish zarur emas edi

B) aholining bosqinchilarga o‘tkazgan tazyiqi tufayi

C) qish kirib qolganligi sababli

D) shaharga Xitoy qo‘shinlarining sig‘maganligi sababli

79. Xitoy solnomalarida yozilishicha, Dovon davlati janubda qaysi yerlar bilan chegaradosh bo‘lgan?

A) Qang‘ davlati yerlari

B) Shi mulklari

C) yuechjilar davlati yerlari

D) so‘g‘diylar yerlari

80. Bir yilda sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang.

A) “Buyuk meridianal yo‘l” ga “Ipak yo‘li” degan nom berildi, Amudaryo xazinasi topildi

B) Frada qatl etildi, Doro I ning saklar ustiga yurishi boshlandi

C) So‘g‘dda Spitamen boshchiligida qo‘zg‘olon boshlandi, Aleksandr So‘g‘diyonaning 120 ming tinch aholisini qirib yubordi

D) Yunon-Baqtriya yuechjilar tomonidan bosib olindi, Demetriy hukmronligi tugadi

81. Mil.avv II asr oxirida ...

A) Dovon davlati tashkil topdi

B) Qang‘dez shahriga asos solindi

C) Qang‘ davlati o‘zining eng qudratli cho‘qqisiga erishdi

D) Yunon-Baqtriyada Demetriy hukmronlik qildi

82. Qadimgi Xitoyning qaysi imperatori saroy atrofiga beda ektirish haqida buyruq bergan?

A) Lyu Ban B) U Di C) Chjan Xe

D) Sin Shi Xuandi

83. Kserks boshchiligida yunonlar ustiga yurish qilgan O‘rta Osiyolik jangchilar qurol-yarog‘larini Geradot mufassal tasvirlagan. Unga ko‘ra, xorazmiylar va so‘g‘diylar nima bilan qurollangan?

A) kamon va nayza

B) xanjar va oybolta

C) sovut, dubulg‘a, xanjar

D) oybolta va o‘q-yoy

84. Gerodot Kserks boshchiligida yunonlar ustiga yurish qilgan O‘rta Osiyolik jangchilar qurol-yarog‘larini tasvirlagan. Unga ko‘ra saklar qanday qurollar bilan qurollangan?

A) kamon va nayza

B) oybolta va xanjar

C) qilich va gurzi

D) kamon, nayza, gurzi

85. Aleksandr Makedonskiyga qarshi Spitamen boshliq qo‘zg‘olon yengilishining asosiy sababi nima edi?

A) kuchlarning teng emasligi

B) mahalliy qabila boshliqlarining yunonlarga sotilishi

C) Iskandarning jangda “falanga”uslubini qo‘llashi

D) Spitamen qo‘shinlari bir qismining jangdan bosh tortishi

86. Xorazmda shaharsozlikning boshlanishi nechanchi asrga borib taqaladi?

A) mil.avv. VI asr B) mil.avv. V asr

C) mil.avv. VII asr D) mil.avv. IV asr

87. Quyidagi qaysi manzilgoh xarobalari ostidan aylana shaklda qurilgan ibodatxona qoldiqlari topilgan?

A) Jonbosqal’a B) Qal’aliqir

C) Tuproqqal’a D) Qo‘yqirilganqal’a

88. Kushon davlati iqtisodiyotining asosini nima tashkil qilgan?

A) chorvachilik va ziroatchilik

B) sug‘orma dehqonchilik, savdo va hunarmandchilik

C) chorvachilik, lalmi dehqonchilik va savdo

D) konchilik, to‘qimachilik va kulolchilik

89. Quyidagi qaysi tarixchilar mil. avv. II asrda yashaganlar.

A) Ksenofont B) Poliyen C) Ktesiy

D) Arrian

90. Salamin jangidan 200 yil o‘tib O‘rta Osiyo tarixida qanday voqea sodir bo‘ldi?

A) Aleksandr Makedonskiy vafot etdi

B) Salavkiylar davlatiga asos solindi

C) Kanishka hukmronligi boshlandi

D) Salavka vafot etdi

91. Salavkiylar davlati hukmdori Antiox tomonidan qurilgan Marg‘iyona Antioxiyasi qaysi shaharda bo‘lgan?

A) Baqtrada B) So‘g‘dda C) Xorazmda

D) Marvda

92. Yunon-makedan istilolaridan keyin O‘rta Osiyoga ellinistik madaniyat kirib kelgan bo‘lib, ayni paytda yunonlar ham mahalliy aholidan ayrim madaniyat an’analarini o‘zlashtirgan. Xususan, Baqtriyadan nima o‘zlashtirilgan?

A) binosozlik va hunarmandchilik an’analari

B) zotdor qo‘ylarni ko‘paytirish, yilqichilik

C) tanga zarb qilish, uzunlik va og‘irlik o‘lchov birliklari

D) harbiy san’at, savdo-sotiq, yilqichilik an’analari

93. Ahamoniylar sulolasidan bo‘lgan Baqtriyaning so‘nggi satrapini aniqlang.

A) Dodarshish B) Krater C) Mardoniy

D) Bess


94. Baqtra shahrining ikkinchi nomi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

A) Marg‘iyona B) Zariasp C) Baqtriya

D) Marv

95. Kir II ning massaget qabilalaridan mag‘lubiyatga uchraganidan qancha vaqt o‘tib Doro III qo‘shinlari yunon-makedonlar tomonidan tor-mor etildi?



A) 200 yil B) 150 yil C) 120 yil D) 190 yil

96. 120 yil yashagan davlatni aniqlang.

A) Salavkiylar B) Parfiya C) Dovon

D) Yunon-Baqtriya

97. Quyidagi hukmdorlardan eng kam hukmronlik qilganini aniqlang.

A) Kir II B) Kserks C) Kanishka

D) Makedoniyalik Aleksandr

98. Xan sulolasi elchisi Chjan Syan Dovon davlatidan Xitoyga nima olib borgan edi?

A) samoviy otlardan bittasi va beda urug‘i

B) hunarmandchilik mahsulotlari, ip-gazlamalar, ikki dona Farg‘ona oti

C) paxta chigiti, beda urug‘i, dehqonchilik mahsulotlari

D) qimmatbaho la’l toshi, beda urug‘i, to‘rtta ot

99. Xitoy imperatori U Di elchi Chjan Syanni O‘rta Osiyoga jo‘natgan paytlarda …

A) Demetriy hukmronligi tugadi

B) Kushon imperiyasida Kanishka hukmronligi boshlandi

C) Yunon-Baqtrya ko‘chmanchi yuechji qabilalari hujumiga uchradi

D) Kushon podsholigi tashkil topdi

100. Makedoniyalik Aleksandrning O‘rta Osiyoga yurishini eslang! U mil.avv. 329-328-yil qishini qaysi shaharda o‘tkazgan edi?

A) Baqtrada B) So‘g‘diyonada C) Termizda

D) Aleksandriya Esxatada


V BOB (87 tasi yangi)



1. Qadimgi Rimdagi Merkuriy yunonlarning qaysi xudosi bilan qiyoslanadi?

A) Ares B) Germes C) Gefest D) Geleos

2. Italiya so‘zi qaysi tildan olingan?

A) lotin B) yunon C) etrusk D) fors

3. Apennin yarim orolida dastlabgi davlatga asos solgan etrusklar qayerdan ko‘chib kelgan edi?

A) Yunonistondan B) Kichik Osiyodan

C) Shimoliy Afrikadan D) Periney yarim orolidan

4. Etrusklarning yunon koloniyalariga qarshi kurashiga ittifoqchi bo‘lgan davlatni aniqlang.

A) Karfagen B) Misr C) Sparta

D) Finikiya

5. Mil. avv. VI asrda sodir bo‘lgan voqealarni aniqlang.

1) Rim respublika deb atala boshlandi; 2) Rim shahri aholisi ko‘p shaharga aylandi; 3) Etrusklarning yunon koloniyalariga qarshi kurashi boshlandi; 4) Kapitoliy tepaligida dushmanlardan himoyalanish uchun qal’a bunyod etildi; 5) Italiyaga etrusklar ko‘chib kelib joylashishdi

A) 1, 3 B) 1, 5 C) 1, 2, 4 D) 3, 4, 5

6. Qadimda rimliklar o‘z hukmdorlarini saylashar edi. Ayni paytda hukmdorlar ...

A) davlatning bosh ruhoniysi, sudya bo‘lgan

B) eng quyi boshqaruvni ham bevosita o‘zi boshqargan

C) xalq xohishiga bo‘ysungan

D) harbiy boshliq, sudya va kohin bo‘lgan

7. Etrusklar nima maqsadda yunon koloniyalariga qarshi kurash olib bordilar?


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə