Akbar Zamonov



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə11/60
tarix11.03.2018
ölçüsü4,8 Mb.
#31124
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60

D) Movarounnahrda Ulug‘bekka qarshi isyon boshlanishi

63. Abdullatifning otasini o‘ldirish haqidagi yashirin fatvo chiqarishiga qaysi qozi qarshilik ko‘rsatgan edi?

A) Shamsiddin Muhammad Miskin

B) Qozi Badruddin

C) Xoja Abdullo

D) Xoja Ubaydulloh Ahror

64. Abulqosim Bobur vafot etganidan keyin, Alisher Navoiy va Husayn Boyqarolar necha yil davomida boshqa-boshqa shaharlarda yashashadi?

A) 11 yil B) 12 yil C) 10 yil D) 15 yil

65. Mo‘g‘ullar davrida buzib tashlangan Murg‘ob daryosining bosh to‘g‘oni – Sultonband kim tomonidan qayta tiklanadi?
A) Abu Said B) Husayn Boyqaro

C) Shohrux D) Abulqosim Bobur

66. Ulug‘bek hukmronligi davrida Somonjuq dashtiga suv chiqarilib, yerlar obod qilinadi. Bu dasht qayerda edi?

A) Qashqadaryo vohasida B) Toshkent vohasida

C) Marv vohasida D) Buxoro vohasida

67. Alisher Navoiy tashabbusi bilan Tus viloyatining yuqori qismida Turuqband suv ombori quriladi. Suv ombordan … uzunlikda kanal qazilib Mashhadga suv olib kelinadi.

A) 18-20 km B) 6-7 farsax C) 8 farsax

D) 10 farsax

68. Kimning hukmronlik davrida Marvariddan yangi kanal chiqarilib, yangi yerlar o‘zlashtirildi?

A) Mirzo Ulug‘bek B) Sulton Husayn

C) Abu Said D) Shohrux

69. Temuriylar davrida dehqonchilik yerlarining eng katta qismi … mulki hisoblangan?

A) ruhoniylar B) davlat C) iqto‘dorlar D) vaqf

70. Noto‘g‘ri berilgan javobni toping?

A) 1428-yilda Ulug‘bek pul islohotini o‘tkazdi

B) 1421-yilda Tibetdan Buxoro va Samarqandga elchilar keldi

C) Ulug‘bek savdogarlarga imtiyoz tariqasida “tamg‘a” solig‘ini birmuncha kamaytirdi

D) Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasi ikki qavatli, ellik hujrali bo‘lgan

71. Samarqandda Ulug‘bek madrasasi ochilgan kuni darsda qancha tolibi ilm qatnashgan?

A) yuzta B) to‘qsonta C) ellikta D) saksonta

72. O‘rta asrlarda geometriya qanday nomlangan?

A) handasa B) riyoziyot C) kofiya D) ilmi hay’at

73. Ulug‘bek rasadxonasi qoshida zamonasining boy kutubxonasi bo‘lib, unda qancha kitob saqlangan?

A) 20 ming jild B) 50 ming jild C) 8 ming jild

D) 15 ming jild

74. Samarqand madrasasi ochilgan paytlarda ilmi hay’atdan darsni kim bergan?

A) G‘iyosiddin Jamshid B) Ali Qushchi

C) Qozizoda Rumiy D) Muhammad Havofiy

75. Sahhoflik nima?

A) pul almashlash bilan shug‘ullanish

B) kitoblarga muqova yasash

C) kitob sahifalarini rasmlar bilan bezash

D) Lavha yasash

76. “Tarix fani shoirlar, hukmdorlarning tarjimai holini emas, balki mamlakat tarixini o‘rganishi kerak”, ushbu fikrlar kimga tegishli?

A) Alisher Navoiy B) Mirzo Ulug‘bek

C) Lutfiy D) Binoiy

77. Lutfiy yashagan yillarni aniqlang?

A) 1330-1404-yillar B) 1325-1407-yillar

C) 1432-1520-yillar D) 1366-1465-yillar

78. Husayn Boyqaroning qabr toshidagi lavha kim tomonidan o‘yib yozilgan?

A) Alisher Navoiy B) Mirali Tabriziy

C) Sultonali Mashhadiy D) Abdurahmon Jomiy

79. 1425-yil Ulug‘bekning mo‘g‘ullar ustidan g‘alabasi qayerda bo‘lgan edi?

A) Ili daryosi bo‘yida B) Talos vodiysida

C) Issiqko‘l yaqinida D) Sirdaryo bo‘yida

80. 1420-yil Shohrux va Ulug‘bek Xitoyga elchi jo‘natgan edi. Elchilik karvoni necha kishidan iborat bo‘lgan?

A) 530 kishi B) 450 kishi C) 160 kishi

D) 500 kishi

81. Ulug‘bek yil hisobini tuzib chiqqan bo‘lib, u hozirgi hisob-kitobdan qancha farq qiladi?

A) bir daqiqa ikki soniya

B) ikki daqiqa o‘n soyiya

C) o‘n bir daqiqa ikki soniya

D) uch daqiqa yeti soniya

82. Alisher Navoiy … yirik badiiy asar yozgan.

A) yuzga yaqin B) o‘ttizdan ortiq

C) ellikga yaqin D) qirqdan ortiq

83. Alisher Navoiyning zamondoshi, ustozi va do‘sti berilgan javobni tiping.

A) Sultonali Mashhadiy B) Binoiy

C) Abdurahmon Jomiy D) Lutfiy

84. Ispaniya elchisi Klavixoning Samarqandga yuborilishidan 30 yil o‘tib …

A) Shohrux Hindistonga Abdurazzoq Samarqandiy boshchiligida elchi jo‘natadi

B) Samarqandda “Dorul ilm”ga asos solinadi

C) Li Do va Jong Fu Xitoydan Samarqandga elchi bo‘lib keladi

D) G‘ijduvonda Ulug‘bek madrasasi quriladi

85. O‘rta asrlarda yashab ijod qilgan shoir Atoiy qayerlik bo‘lgan?

A) hirotlik C) toshkentlik B) buxorolik

D) samarqandlik

86. Ulug‘bek rasadxonasininng balandligi necha metr bo‘lgan?

A) 29 m B) 33 m C) 31 m D) 37 m

87. “Aflotuni zamon” deb nom olgan mutafakkir ...

A) G‘iyosiddin Jamshid B) Ali Qushchi

C) Qozizoda Rumiy D) Muhammad Havofiy

88. Shohrux Mirzo qayerda vafot etgan?

A) Sherozda B) G‘azna viloyatida

C) Hirotda D) Ray viloyatida

89. Temuriylar saroyiga Li Do va Jong-Fu boshliq Xitoy elchilari kelganidan 10 yil o‘tib ...

1) Ulug‘bek tomonidan pul islohoti o‘tkazildi; 2) Ulug‘bek tomonidan Iloto‘tti darasida “Zafarnoma” yozdirildi; 3) Ulug‘bek rasadxonasi qurib bitkazildi; 4) Mirali Tabriziy tug‘ildi; 5) Boysung‘ur kutubxonasida Firdavsiyning “Shohnoma” dostoni ko‘chirtirildi; 6) Ulug‘bek Mo‘g‘uliston qo‘shinlari ustidan g‘alabaga erishdi.

A) 3, 5 B) 1, 2, 4 C) 2, 3, 6 D) 4, 5

90. Shohrux tomonidan Hindistonga yuborilgan elchilar boshlig‘i qaysi yo‘nalish bo‘yicha qilingan sayohat haqida yozib qoldirgan?

A) Kobul, G‘azna, Lohur

B) Kermon, Xurmuz, Fors qo‘ltig‘i

C) Qunduz, Marv, Balx, Hirot, G‘azna

D) Seiston, Mozandaron, Fors qo‘ltig‘i


VII – SINF JAHON TARIXI


I BOB

1. Milоdiy V аsr охiridаn – XI аsr o‘rtаlаrigа qаdаr yuz bergan voqealarni aniqlang.

1) yangi fеоdаl jаmiyatigа o‘tish; 2) Yer egаligining yangi turlаri shаkllаnishi; 3) G‘аrbiy Yevropadа yangi diniy ta’limоt – хristiаnlikning kеng tаrqаlishi; 4) Sharqdа islоm dinining vujudgа kеlishi va tarqalishi; 5) yirik feodal davlatlarning paydo bo‘lishi.

A) 1, 2, 3 B) 1, 5 C) 2, 4, 5

D) Barchasi to‘g‘ri

2. Jahon tarixida o‘rtа аsrlаr tаriхi nеchtа dаvrgа bo‘linаdi?

A) uch B) ikki C) to‘rt D) besh

3. Qachon yirik yer egаlаri – fеоdаllаr, qаrаm dеhqоnlаr tоifаlаri shakllandi?

A) Milodiy V asr oxiri – X asr boshi

B) milody VI asr oxiri – XII asr o‘rtalari

C) milоdiy V аsr охiri – XI аsr o‘rtаlаri

D) milodiy IX asr – XI asr oxirlari

4. Yer egaligi ishlаb chiqаrish munоsаbаtlаrining yuksalishi, o‘z-o‘zini ta’minlоvchi – nаturаl хo‘jаlikdаn, bоzоr uchun mаhsulоt yetishtiruvchi хo‘jаlikkа o‘tilishi qaysi davrda bo‘lib o‘tdi?

A) XI аsrning o‘rtаlаridаn – XV аsr охiri

B) V asrning o‘rtalari – XI asr boshi

C) X asrning o‘rtalaridan – XII asrgacha

D) IV asrning boshlari – IX asr oxirigacha

5. XI аsrning o‘rtаlаridаn – XV аsr охiriga qadar yuz bergan voqealarni aniqlang.

1) O‘rtа аsrlarda shaharlаrning vа hunаrmаndchilik sexlаrining tаrаqqiyoti; 2) G‘аrbiy Yevropadа yangi diniy ta’limоt – хristiаnlikning kеng tаrqаlishi; 3) Yevropa shaharlаrining sеnоrlаr hukmrоnligidаn оzоd bo‘lish uchun kurаshi; 4) erkin shaharlаr, shahar rеspublikаlаr vа yirik mаrkаzlаshgаn dаvlаtlаrning shakllanishi; 5) yangi fеоdаl jаmiyatigа o‘tish; 6) Yer egаligining yangi turlаri shаkllаnishi; 7) Sаvdоning yuksаlishi: xalqaro savdo, bozor, yarmarka va birjalarning paydo bo‘lishi; 8) Sharqdа islоm dinining vujudgа kеlishi va tarqalishi; 9) yirik feodal davlatlarning paydo bo‘lishi; 10) tоifаviy hokimiyat organlari (parlament, General shtatlar)ning shаkllаnishi.

A) 1, 2, 4, 7, 9 B) 1, 2, 3, 5, 6 C) 1, 3, 4, 7, 10

D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7

6. O‘rta asrlarda dastlab barcha hujjat va kitoblar kimlar tomonidan bitilgan?

A) senorlar B) hunarmandlar C) xattotlar

D) qirol kotiblari

7. Qachon Xitoyda kitob bosish dastgohi yaratildi?

A) IX asrda B) XII asr oxirida C) XI asrda

D) XV asr o‘rtalarida

8. XV asr o‘rtalarida Yevropada ...

A) qog‘oz ixtiro qilindi

B) kitob boshish dastgohi yaratildi

C) o‘rta asr maktablariga asos solindi

D) xattotlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi

9. “Xalqlarning buyuk ko‘chishlari” jarayoniga qanday sabablar turtki bo‘lgan?

1) yangi yerlarga bo‘lgan talabning oshishi; 2) mulkiy tabaqalanishning kuchayishi; 3) xunnlarning Sharqdan hujumlari ko‘plab varvar qabilalarini o‘z makonlaridan siljishga majbur etishi; 4) Yevropada iqlimning soviy boshlashi; 5) yangi feodal jamiyatiga o‘tilishi; 6) yer egaligi yangi turlarining shakllanishi; 7) G‘arbiy Yevropada yangi diniy ta’limot – xristianlikning keng tarqalishi.

A) 1,2,3,4 B) 1,2,3,4,5,6,7 C) 1,3,5,7 D) 2,4,6,7

10. Nimaning natijasida german qabilalarida yangi yerlarga bo‘lgan talabning oshishi va mulkiy tabaqalanishning kengayishiga olib keladi?

A) aholi sonining ko‘payib borishi

B) xunnlarning Sharqdan hujumlari

C) uqlimning soviy boshlashi

D) yangi feodal jamiyatiga o‘tilishi

11. Yevropada II asrdan iqlimning soviy boshlashi qachondan boshlab ekinzorlarni qo‘riqqa, suv havzalari va ularga yaqin yerlarni esa botqoqliklarga aylantiradi?

A) III asrda B) IV asrda C) V asrda D) VI asrda

12. Qaysi omillar milodiy IV-VI asrlarda xalqlarni yashash va xo‘jalik yuritish uchun yangi qulay hududlarni izlashiga turtki bo‘ladi?

1) yangi diniy ta’limot – xristianlikning keng tarqalishi; 2) yangi yerlarga bo‘lgan talabning oshishi; 3) mulkiy tabaqalanishning kuchayishi; 4) xunnlarning Sharqdan hujumlari ko‘plab varvar qabilalarini o‘z makonlaridan siljishga majbur etishi; 5) Yevropada iqlimning soviy boshlashi; 6) yangi feodal jamiyatiga o‘tilishi; 7) aholi sonining ko‘payib borishi; 8) yirik feodal davlatlarning paydo bo‘lishi.

A) 2, 4, 6, 8 B) 1, 3, 5, 7 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8

D) 2, 3, 4, 5, 7

13. II-IV asrlarda german qabilalari Rim imperiyasining qaysi chegaralari bo‘ylab joylashgan?

A) sharqiy B) g‘arbiy C) janubiy D) shimoliy

14. Quyidagi ko‘rsatilgan qabilalarda qaysi birlari qadimgi german qabilalariga mansub?

1) pikt; 2) vestgotlar; 3) ostgotlar; 4) vandallar; 5) burgundlar; 6) langobardlar; 7) fin; 8) ugor; 9) tyuring; 10) franklar

A) 2, 3, 4, 5, 6, 10 B) 1, 3, 5, 7, 9 C) 2, 4, 6, 8, 10

D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10

15. Germanlarda nimaning natijasida xo‘jalikda dehqonchilikning ahamiyati oshadi?

A) mulkiy tabaqalanishning kuchayishi

B) aholi sonining ko‘payishi

C) iqlimning soviy boshlashi

D) omochdan temir plugga o‘tilishi

16. Germanlar chorvadan tashqari qaysi mashg‘ulot bilan shug‘ullanganlar?

A) dehqonchilik

B) hunarmandchilik

C) temirchilik va ovchilik

D) parranda boqqanlar, ov va baliqchilik

17. Germanlarda yerga ishlov berish kimlarning yumushi sanalgan?

A) erkaklarning

B) urug‘ning

C) ayollar va qariyalarning

D) yirik oilalarning

18. Germanlarda jangdan bo‘sh paytlarda erkaklar ...

A) o‘rmondagi daraxtlarni kesib, yangi yerlar ochganlar

B) parranda boqqanlar

C) ov qilganlar

D) baliqchilik bilan shug‘ullanganlar

19. Germanlarda nimaning natijasida mehnat unumdorligi va olinadigan hosil oshgan?

A) omochdan temir plugga o‘tilishi

B) o‘rmondagi daraxtlarni kesib, yangi yerlar ochilishi

C) aholi sonining ko‘payishi

D) mulkiy tabaqalanishning kuchayishi

20. Germanlarda nima sababdan ekinzorlari kuchsizlanib 2-3 yildan so‘ng hosil keskin kamayishiga olib kelgan?

A) iqlimning soviy boshlashi

B) dehqonchilikda almashlab ekish qo‘llanila boshlanishi

C) erkaklarning yerga ishlov bermasligi

D) yerga oddiy yog‘och so‘qa bilan ishlov berilishi, yerni o‘g‘itlanmasligi

21. Germanlarda ichki savdoda eng muhim ashyo nima hisoblangan?

A) bug‘doy B) don va dukkakli ekinlar

C) temir buyumlar D) teri-ko‘nchilik

22. Germanlar hayotida milodning dastlabki asrlarida qanday tartiblar ustun bo‘lgan?

A) feodal B) urug‘ jamoasi C) harbiy demokratiya

D) quldorlik

23. Ma’lumki, germanlarda oila boshliqlari jamoaning erkin vakili hisoblangan. Ular qanday yumushlarni va vazifalarni bajarishar edi?

1) dehqonchilik va chorvachilik; 2) jangchi; 3) xalq yig‘ini a’zosi; 4) urug‘ qabila udumlari, an’analarini yosh avlodga yetkazish uchun ma’sul; 5) qabila harbiy qo‘shin boshliqlari; 6) jangchilarini ot, qurol-aslaha, turar-joy, oziq-ovqat bilan ta’minlash; 7) harbiy o‘ljani qo‘lga kiritish.

A) 1,2,3,4 B) 1,3,5,7 C) 2,4,6 D) 1,2,3,4,5,6,7

24. Normann qabilalarida harbiy yo‘lboshchi nima deb atalgan?

A) konung B) konsul C) diadoh D) tiran

25. Germanlar kimni saylangandan so‘ng qalqon ustiga ko‘tarib olqishlashgan?

A) qabila oqsoqoli B) konsul C) prokonsul

D) konung

26. Qaysi qabilalar germanlarning eng katta qabilalaridan bo‘lgan?

A) frank, vestgot, ostgotlar

B) vandal, burgund, langobarq

C) tyuring, ostgot, angl-sakslar

D) alemann, got, franklar

27. Germanlarning oliy organi hisoblangan xalq yig‘inlari sekin-asta o‘z ahamiyatini yo‘qota boshlagach asosan qanday vazifalarni bajargan?

A) har yili ekin maydonlarini urug‘ va yirik oilalarga taqsimlab bergan

B) urush va tinchlik, konunglarga saylash

C) urug‘ jamoalarning o‘rmondagi daraxtlarni kesib, yangi yerlar ochishini nazorat qilgan

D) urug‘ qabila udumlari, an’analarini yosh avlodga yetkazish uchun ma’sul edi

28. Nechanchi asrdan chegara hududlaridagi ayrim german qabila boshliqlari Rim noiblariga yollanma harbiy xizmatga o‘ta boshlaydilar?

A) milodiy II asrdan B) milodiy III asrdan

C) milodiy IV asrdan D) milodiy V asrdan

29. Nimaning natijasida germanlarning ijtimoiy taraqqiyoti yanada tezlashgan?

A) xristianlik dini tarqala boshlashi natijasida

B) urug‘chilik jamoasi qo‘shnichilik jamoasiga aylanishi natijasida

C) qabila ittifoqlariga birlasha boshlashi natijasida

D) yirik patriarxal oilalarning tashkil topishi natijasida

30. Nimaning natijasida o‘rta asrlarda yozma manbalar soni keskin ko‘payadi?

A) mol terisidan qog‘oz ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi

B) cherkovlar qoshida xattotlik maktablarining tashkil etilishi

C) aholining ko‘pchilik qismi savodli bo‘lishi

D) kitоb bоsish dаstgоhlаrining yarаtilishi

31. German qabilalari tuzgan o‘z davlatlari bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang?

1) vestgot; 2) vandallar; 3) ostgotlar; 4) franklar; 5) angl-sakslar

a) Pireneya yarim oroli va Galliyaning bir qismida; b) Shimoliy Afrikada; c) Italiyada; d) Galliyada; e) Britaniyada.

A) 1-c; 2-e; 3-a; 4-b; 5-d B) 1-c; 2-d; 3-e; 4-a; 5-b

C) 1-b; 2-c; 3-d; 4-e; 5-a D) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d; 5-e

32. German qabilalarining Rimga bosqini qanday oqibatlarga olib keldi?

A) mulkiy tabaqalanishning kuchayishiga

B) urug‘chilik jamoasi qo‘shnichilik jamoasiga aylanishiga

C) xristianlik dini tarqala boshlashiga

D) G‘arbiy Rim imperiyasining qulashiga

33. Franklarda qabila boshliqlari kimlardan saylab qo‘yilgan?

A) zodagonlardan

B) harbiy ishga alohida jasorat ko‘rsatgan kishilardan

C) qabilaning eng boy, obro‘-e’tiborli kishilaridan

D) oddiy jangchilardan

34. Ma’lumki, rim-gallar bilan yaqin qo‘shnichilik munosabatida bo‘lgan franklarning tashqi ko‘rinishi ham boshqa german qabilalaridan ancha farqlangan. Quyidagi ko‘rsatilgan holatlardan qay biri franklar tashqi ko‘rinishiga to‘g‘ri keladi.

A) franklar matodan kiyim-bosh kiyishgan va soch-soqollarini olib yurishgan

B) franklar hayvon terisidan kiyim-bosh kiyishgan va soch-soqollarini o‘stirib yurishgan

C) franklar matodan kiyim-bosh kiyishgan va soch-soqollarini o‘stirib yurishgan

D) franklar jundan kiyim-bosh kiyishgan va soch-soqollarini olib yurishgan

35. Franklar tuzgan davlat dastlab kimlar nomi bilan atalgan?

A) sulolalar B) qabilalar C) yirik oilalar

D) urug‘ jamoalari

36. Nechanchi asrdan Il de Frans davlat nomiga asos soladi va u Fransiya deb atala boshlandi?

A) VI asr oxiridan B) IV asrdan

C) V asr boshlaridan D) X asrdan

37. II de Frans viloyati Fransiyaning qayerida joylashgan?

A) Reyms atrofida B) Tuluza atrofida

C) Parij atrofida D) Anje atrofida

38. Kim tomonidan xristianlikni qabul qilinishi natijasida rimliklar “sizning yangi diningiz, bu bizning g‘alabamiz!” – deb yozgan edi?

A) Xlodvig B) Siagriy C) Egidiy D) Xilperik

39. Xlodvig Rim cherkovi ...

A) uning doimiy raqibi bo‘lishi mumkinligini anglagan

B) uning sodiq ittifoqchisi bo‘lishi mumkinligini anglagan

C) uning davlati markazida bo‘lishini xohlagan

D) unga bo‘ysundirilishiga harakat qilgan

40. Qaysi paytdan franklar va rimliklar asta-sekin yaqinlashib yagona xalqqa aylana boshlaydi?

A) qirollarning benefitsiylar taqdim etgan paytdan

B) Xlodvigning xristian dinini qabul qilgan paytdan

C) Galliyada rim noibi Egidiy mustaqil knyazlik tuzgan paytdan

D) Xlodvigning franklar davlatiga asos solgan paytdan

41. Qaysi hodisa frank qirolini kuchaytirib, o‘z qabiladoshlari orasida yangi cho‘qqilarga ko‘taradi?

A) xristianlikning qabul qilinishi

B) G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi

C) feodallar toifasining vujudga kelishi

D) Xlodvigning franklar davlatiga asos solishi

42. Franklar davlatida mahalliy aholining asosiy qismini kimlar tashkil qilgan?

A) rim-vestgotlar B) tyuringlar C) alemannlar

D) rim-gallar

43. Franklar davlatining Luara daryosi shimolida qaysi qabilalar yashagan?

A) slavyan qabilalari B) rimliklar C) brittlar

D) german qabilalari

44. Franklar mamlakatidagi son jihatidan german qabilalaridan ustun bo‘lgan gallar mamlakatning qaysi qismida yashagan?

A) shimolida B) janubida C) g‘arbida

D) sharqida

45. Senorning o‘z vassaliga harbiy xizmati evaziga in’om etgan yer-mulk nima deb nomlangan?

A) benefitsiy B) allod C) vassal D) feod

46. Qaysi tarixiy atamalar o‘zaro mos keladi?

A) allod – hokim B) feod – qabila ittifoqlari

C) tungin – konung D) benefitsiy – iqto‘

47. O‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropada ixtiyorida qaram dehqonlari va mayda feodal-vassallari bo‘lgan yer egasi qaysi nom bilan atalgan?

A) graf B) feodal C) senor D) tungin

48. Lotinchadan qaysi atama “katta” ma’nosini beradi?

A) senor B) graf C) feodal D) tungin

49. Qay tariqa franklarda yangi yirik yer egalari – feodallar toifasi vujudga keladi?

A) Xlodvigning xristianlikka o‘tishi tufayli

B) urug‘chilik jamoasi qo‘shnichilik jamoasiga aylanishi tufayli

C) mulkiy tengsizlik kuchayishi tufayli

D) qirollarning alohida xizmatlari evaziga jangchilar va yaqin hamkorlariga benefitsiylar taqdim etishi tufayli

50. Shimoliy Galliyada tashkil topgan frank qirolligi Xlodvigning vorislari davrida qayerlarni istilo qiladi?

A) Flandriya va Anjuni

B) Akvitaniya va Burgundiyani

C) Galliya va Normandiyani

D) Burgundiya va Provansni

51. Franklar germanlarning qaysi qabilalarini bo‘ysundirib, ularni har yili o‘lpon to‘lashga majbur etadilar?

A) vestgotlar, ostgotlar, vandallar

B) tyuring, alemann, bavar

C) burgundlar, langobardlar, ostgotlar

D) alemann, got, sakslar

52. Franklar davlatida graf qanday vazifalarni bajargan?

1) urug‘, qabila udumlari, an’analarini yosh avlodga yetkazish uchun ma’sul; 2) harbiy qo‘shinga boshchilik qilish; 3) sud qilish; 4) ekin maydonlarini urug‘ va yirik oilalarga taqsimlab bergan; 5) o‘z hududlarini qirol nomidan boshqarib, aholidan soliqlarni yig‘ib olish.

A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 3, 5 C) 2, 4 D) 2, 3, 5

53. Franklar davlatida urug‘ jamoachilik an’analari qayerda saqlanib qoladi?

A) franklar istilo qilgan hududlarda

B) har yili o‘tkaziladigan harbiy ko‘rik va mahalliy boshqaruvda

C) barcha frank qabilalarida

D) yirik patrialxal oilalar va xalq yig‘inlarida

54. Franklar davlatida tungin kim bo‘lgan?

A) qabila boshlig‘i, zodagonlarning oliy vakili

B) erkin franklarning yuzlik yig‘inlari boshlig‘i, yuzboshisi

C) ixtiyorida qaram dehqonlar va mayda feodal-vassallari bo‘lgan yer egalari

D) o‘z hududlarini qirol nomidan boshqarib, aholidan soliqlarni yig‘ib olish, harbiy qo‘shinga boshchilik qilgan oliy amaldor

55. G‘arbiy Yevropa feodal jamiyatida avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tadigan yer-mulk qanday nom bilan atalgan?

A) feod B) tungin C) allod D) benefitsiy

56. Qаdimgi gеrmаn qаbilаlаri qayerda joylashganlar?

A) Rеyn vа Elbа dаryolаri hаvzаsidа

B) Dnepr va Dnestr daryolari oralig‘ida

C) Ural daryosi havzasida

D) Boltiq dengizi bo‘ylarida

57. Franklar davlatida nimaning natijasida dehqonlar o‘z yerlaridan ajralishiga, so‘ng feodaldan ijaraga yer olib ishlashga majbur etadi?

A) xristianlikning qabul qilinishi

B) yangi jamiyatning asosiy toifalarining tashkil topishi

C) tabiiy ofatlar, qurg‘oqchilik, hosilsizlikning tez-tez takrorlanib turishi

D) germanlar jamoalarida boshlangan ijtimoiy va mulkiy tengsizlik

58. Yerni bir xo‘jayindan boshqa xo‘jayinga o‘tishida franklar guvohlar huzurida qanday udum – marosim o‘tkazganlar?

A) “sotuvchi”ning yeridagi daraxt shoxidan bir bo‘lagi “oluvchi” maydoniga berilgan

B) yog‘och va jundan yasalgan qarot qilib qo‘yilgan but va sanamlar orasidan o‘tayotib, ularga ta’zim qilib hurmat bajo keltirilgan

C) aravadagi buyumlardan ayrimlarini olib olovga – ilohlarga qurbonlik sifatida tashlaganlar

D) qo‘shnilar oldida to‘rtta oq arg‘umoq qo‘shilgan aravada boshiga lavr gulchambari qadab olgan “oluvchi” borar edi.

59. Buyuk Karl yashab o‘tgan yillarni aniqlang.

A) 752-804-yillar B) 742-814-yillar

C) 714-768-yillar D) 768-814-yillar

60. Franklar davlatining qaysi hukmdori 714-768-yillarda yashab o‘tgan?

A) Buyuk Karl B) Pipin C) Xlodvig

D) Xilperik

61. Karlning ismidan qanday unvon kelib chiqqan?

A) kogung B) korol C) gersog D) graf

62. Ilk o‘rta asrlarda Yevropada uzun soch nimaning ramzi bo‘lgan?

A) toj-u taxt egaligi B) kuch-qudrat C) boylik

D) saltanatni uzoq boshqarish

63. 778-yili Karl qayerga qarshi muvaffaqiyatsiz yurish qiladi?

A) Arab xalifaligi istilo qilgan Ispaniyaga

B) germanlarning langobard qabilasi Italiyada tuzgan davlatiga

C) Reyn daryosining o‘ng sohilida yashagan saks qabilalariga

D) germanlarning vestgotlarning Pireneya yarim oroli va Galliyaning bir qismida tuzgan davlatiga

64. Karlning keyingi yurishlar davomida Pireneya yarim orolining arablardan tortib olingan hududlarida tuzilgan Ispan markasi ...

A) grafliklarga bo‘linib, Frank qirolligiga qo‘shib olinadi

B) Saksoniya nomi bilan Buyuk Karl davlatiga qo‘shib olinadi

C) franklar davlatini oziq-ovqat bilan ta’minlaydigan o‘lkaga aylanadi

D) franklar davlatining chegara viloyatiga aylantiriladi

65. Buyuk Karlning saks qabilalari qarshi urushlari davrida saks qabilalari qayerlarda yashagan?

A) Dunay daryosining so‘l sohilida

B) Reyn va Elba daryolari havzasida

C) Reyn daryosining o‘ng sohilida

D) Reyn daryosining quyi oqimida

66. Buyuk Karl sakslarni bo‘ysundirish uchun nimaga intilgan?

A) yuzlab sakslar oilalarini mamlakatning boshqa hududlariga ko‘chirgan

B) minglab garovga olinganlarni qatl ettirgan

C) zodagonlarga ko‘plab yer-mulklar hadiya qilgan


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə