Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari


vazifalar jamiyat rivojining ma’lum bir bosqichida uning oldida turgan umumbashariy maqsad va vazifalar



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə237/255
tarix09.05.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#109310
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   255
dokumen.tips matematika-va-informatika-oaqitish-blok-fanlarimatinf-kelgusi-faoliyatlarida

vazifalar jamiyat rivojining ma’lum bir bosqichida uning oldida turgan umumbashariy maqsad va vazifalar 
bilan aniqlanadi. 
6.Kimni matematikaga o’rgatish kerak? 
Bir tomondan bu savol yosh haqida bo’lib, qachondan boshlab bolalarni matematikaga 
o’rgatish maqsadga muvofiq va qachon barcha uchun majburiy dastur o’rnatishni tugatish 
zarurligini ifoda etadi. Ikkinchi tomondan, maktabdan keyingi matematik ta’limning uzviyligini 
ifodalaydi. 
7.O’
rganiladigan matematika mazmuni qanday bo’lishi kerak? Yoki nimani o’rgatish 
kerak? 
Bu savolga javob matematika o’kitish maqsadlari haqidagi savol bilan mustahkam 
bog’liq. Matematika fanidan uni o’qitish va o’rgatish uchun qanday hajmda va qanday 
ma’lumotlar olish masalasi bahsli masalalardan hisoblanadi. 
8.Matematikani qanday o’rgatish kerak? 
Bu savolga javob matematika o’qitish uslubiyatining muhim qismi bo’lib, eng 
harakatchan, eng ilg’or va eng qulay o’qitish usullari bilan birga ijodiy yondashishni talab 
etadigan usullar tizimini asoslash va targ’ib qilish talab etiladi. 
9.Matematika o’qitish uslubiyati fanining 
asosiy vazifalari
quyidagilar- matematikani 
o’rganishning maqsadlari va o’quv predmeti maz-munini aniqlash; qo’yilgan masalalarni amalga 
oshirish uchun eng qulay usullar va asosiy o’qitish shakllarini yaratish.
10.Matematika o’qitish uslubiyati bo’limlari-matematika o’qitish 
umumiy uslubiyati
(masalan, o’qitish usullari prinsiplari va hokazo masalalar kiradi); matematika o’qitish 
xususiy 
uslubiyati
(maktab matematika kursining ayrim bo’limlari yoki tushunchalari yo’nalishlarini 
o’rganish usul va yo’llari qaraladi); matematika o’qitish 
maxsus uslubiyati
(masalan, akademik 
lisey, kasb-hunar kollej va maxsus o’quv yurtlarida matematika o’qitishning xususiyatlari 
o’rganilishi mumkin). 
10.Maktabda matematika o’qitishning asosiy maqsadlari -
umumta’lim, tarbiyaviy va 
amaliy maqsadlar



260
11.Umumta’lim maqsadlar-
: o’quvchilarga ma’lum matematik bilim, ko’nikma va 
malakalar sistemasini berish; o’quvchilarga olamni o’rganishning matematik usullarini 
egallashlariga yordam berish; o’quvchilarni og’zaki va yozma matematik nutqqa o’rgatish; 
o’quvchilarning ta’lim jarayonida va o’z ustida ishlashlarida faol bilish faoliyatini oshirish uchun 
zarur bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollanishga hamda qo’llashlari uchun yetarli 
matematik ma’lumotlarni olishiga erishish. 
12.Tarbiyaviy maqsadlari-
matematika faniga bo’lgan turg’un qiziqishni tarbiyalash; 
o’quvchilarni axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy, estetik va ekologik tarbiyalash( masalan, 
mehnatga hurmat, burch hissi, go’zallik, ziyraklik, iroda va chidamlilik va h.k. xislatlarni 
tarbiyalash); o’quvchilarning matematik tafakkur va qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda 
matematik madaniyatni shakllantirishdan iborat. 
13.Amaliy maqsadlari-
olingan bilimlarni oddiy hayotiy masalalarni yechishga, boshqa 
o’quv fanlarni o’rganishda qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirish; matematik asboblar va 
jihozlardan foydalana olishga o’rgatish; bilimlarni mustaqil egallay olish ko’nikmalarini tarkib 
toptirish. 
14.Maktabda o’quvchilarga matematikani o’qitishdan ko’zda tutilgan maqsadlar: 
- o’quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, 
matematik tushuncha va munosabatlarni ular tomonidan ongli o’zlashtirilishida hamda hayotga 
tadbiq eta olishiga intilish; 
- o’quvchilarda izchil mantiqiy fikrlashni shakllantirib borish natijasida ularning aql-
zakovat rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning maqbul yo’llarini topa 
olishlariga ko’maklashish; 
- insoniyat kamoloti, hayotning rivoji, texnika va texnologiyaning takomillashib borishi 
asosida fanlarning o’qitilishiga bo’lgan talablarni hisobga olgan holda maktab matematika 
kursini ularning zamonaviy rivoji bilan uyg’unlashtirish; 
- vatanparvarlik, milliy g’ururni tarkib toptirish, rivojlantirish, matematika rivojiga 
komusiy olimlarimiz qo’shgan ulkan hissalaridan o’quvchilarni xabardor qilish; 
- jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini his qilgan holda umuminsoniy 
madaniyatning tarkibiy qismi sifatida matematika to’g’risidagi tasavvurlarni shakllantrish; 
- o’quv jarayonini demokratiyalashtirish, gumanitarlashtirishga eri-shish. 
15.Umumiy o’rta ta’lim maktablarida 
matematik ta’limning
vazifalari
-son haqidagi 
tasavvurlarni rivojlantirish va hisoblashning inson tajribasidagi o’rnini ko’rsatish; hisoblashning 
amaliy ko’nikmalarini va hisoblash madaniyatini shakllantirish; algebraik amallarni bajarish 
ko’nikmalarini shakllantirish va ularning matematika va boshka sohadagi masalalarni yechishda 
qo’llash; elementar funksiyalarning xossalari, grafiklarini o’rganish va ularni tabiatdagi mavjud 
munosabatlarni tahlil qilish hamda ularni bayon qilishda foydalanish; planimetriyaning usullari 
va asosiy ma’lumotlarini o’zlashtirish; o’rganilayotgan tushuncha va uslublar hayotda va 
tabiatda ro’y berayotgan hodisalarni matematik modellashtirish vositasi ekanligi to’g’risida 
tasavvurlarni shakllantirish; fazoviy jismlarning xossalarini o’rganishda bu xossalarning 
amaliyot masalalarini yechishga tadbiq qilish ko’nikmalarini shakllantirish. 
16. 
Davlat ta’lim standarti(DTS)-
matematikadan ta’lim mazmunining majburiy hajmini; 
o’quvchilarning yosh xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda tanlanadigan o’quv 
yuklamasining yuqori miqdoridagi hajmini; asosiy yo’nalishlar bo’yicha o’quvchilarning bilim, 
ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar va ularni baholash me’yorlarini belgilaydi. 
17.Matematik ta’limning 
asosiy yunalishlari-
son va hisoblashlar; ifodalarni ayniy shakl 
almashtirishlar; tenglamalar va tengsizliklar; funksiyalar va grafiklar; geometrik shakllar va 
kattaliklar. 
18.O’quvchilarning 
matematik tayyorgarligiga qo’yiladigan talablar-
:
a) matematik ta’lim jarayonida o’quvchilarga beriladigan imkoniyatlar bayon etiladi; 
v)o’quvchilarning matematikadan egallashlari majbur bo’lgan bilim va malakalar, masalalar 
yechish ko’nikmalari ko’rsatiladi. 


261
19

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   255




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə