Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta


 Hadis ilmining paydo bo’lishi. Imom al-Buxoriy va Imom at-



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə7/86
tarix29.11.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#142763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   86
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a-fayllar.org

3. Hadis ilmining paydo bo’lishi. Imom al-Buxoriy va Imom at-
Termiziyning hadis ilmi rivojidagi xizmatlari
Islom dini ta'limoti asoslarini yorituvchi Qur'oni Karimdan keyingi asosiy manba
hadis hisoblanadi. Hadislarni to’plash va ularga muayyan tartib berish asosan VIII
asrning ikkinchi yarmidan boshlanib, uni eng bilimdon, turli fan asoslarini
mukammal o’rgangan, katta hayotiy tajribaga ega bo’lgan kishi (muhaddis)lar
tartib bergan. VIII-XI asrlarda to’rt yuzdan ortiq muhaddis hadis ilmi bilan
shug’ullangan. Mazkur bilimlarni o’rganishning o’ziga xos yo’nalishi bo’lib, «hadis
ilmi» nomi bilan yuritilgan. Keyingi yillarda Muharamad alayhis-salomning hayoti,
faoliyati hamda uning diniy-axloqiy ko’rsatmalarini o’z ichiga olgan hadislar,
Imom Ismoil al-Buxoriyning «Al-jome' as-sahih» («Ishonarli to'plam»), «Al-adab
al-mufrad» («Adab durdonalari»), Imom Iso Muhammad ibn Iso at-
Termiziyning«Ash-shamoil an-nabaviya» asarlari nashr etildi. «Hadis» yoki
«Sunna» so’zlari bir ma'noni anglatib, Rasulullohning hayoti va faoliyati hamda
diniy va axloqiy ko’rsatmalari haqidagi rivoyatlardan iborat.



32
Muhammad alayhis-salomning ibratli ishlari, e'tiqod, poklik va insonga xos


ma'naviy-axloqiy xislatlarni ifodalovchi so’zlari, pand-nasihatlari uning nomi bilan
bog’liq hadislarda mujassamlangan.
Hadislar dastlab yozib borilmagan. Payg’ambar Muhammad alayhis-salom arab
bo’lmagan kishilarning hadislarni Qur'oni Karim oyatlari bilan adashtirib
yuborishlaridan cho’chib, hadislarning yozib borilishiga ruxsat etmaganlar. Biroq
payg’ambar Muhammad alayhis-salom huzurida sahobalar bo’lib, ular Rasuli
akramdan eshitgan hadislarini yodlab borganlar. Jumladan, hazrati Abu
Hurayra ana shunday mo’tabar kishilardan biri bo’lib, hadislarni mukammal
yodlab borgan. Abu Hu-rayra tomonidan qayd etilgan hadislar to’g’ri, ishonarli
(sahih) hadislar hisoblangan.
Lekin hadislarni yod olgan kishilar sonining tobora kamayib borishi natijasida
ularning asta-sekin unutilib ketishi borasidagi xavf yuzaga keladi. Ana shu
xavfning oldini olish maqsadida xalifalar ishonarli hadislarni to’plashga farmon
berganlar. Hadislarni to’plash xususidagi farmon xalifa Umar tomonidan berilgan.
Hadislarni yozib borish bilan mashg’ul bolgan ilk muhaddislar sifati-da Rabee bin
Sabeh, Said ibn Abi Aruba, Molik bin Anas, Abdumalik bin Jurayj Makkiy,
Abdurahmon al-Avzoiy Shoshiy, So’fyon Savriy Kufiy va boshqalardir.
VIII-IX asrlar hadis ilmining rivojlanishida «oltin davr» hisoblanadi. Bu davrga
kelib, Islom ulamolari tomonidan hadislarning qay darajada to’g’riligi, ularning
qanday manbalarga tayanilib to’planganligi jiddiy tadqiq etila boshlandi. Chunki
ba'zi soxta, ishonchsiz hadislar ham paydo bo’la boshlagan, ularni tekshirib, asl
hadislarni tiklash va yozma ravishda qayd etish zamon talabi bo’lib qolgan edi. Shuning
uchun ham birinchidan, hadislarni yoddan biluvchi haqiqiy, bilimdon, o’tkir
mulohazali kishilar-ning asta-sekin kamayib ketayotganligi ikkinchidan, hadislarning
haqiqiy, ishonarli, ya'ni sahihlarini saqlab qolish maqsadida ular tekshirilib, asl
holiga keltirib, yozib yig’ila boshlangan. Ana shu tarzda hadis ilmi rivojlangan.
Islom olamida oltita ishonchli to’plam (as-sahih as-sitta) eng nufuzli manbalar
sifatida e'tirof etilgan. Ushbu manbalarning mualliflari IX asrda yashab ijod qilgan
quyidagi muhaddislar bo’lganlar: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy
194 (810) - 256 (870), Imom Muslim ibn al-Hajjoj 206 (819) - 261 (874), Imom Iso
Muhammad ibn Iso at-Termiziy 209 (824) - 279(892), Imom Abu Dovud Sulaymon
Sijistoniy 202 (817) - 275(880), Imom Ahmad an-Nasoiy (215 (830) - 303 (915) va
Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn Mojja 209 (824) - 273(886).
Muhaddislar tomonidan yaratilgan va ishonarli manbalar deya e'tirof etilgan «Al-
kutub as-sitta» («Olti kitob») quyidagilardan iborat:
1. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy tomonidan to’plangan «Al-
jome' as-sahih» asari.
2. Imom Muslim an-Nishopuriy (Imom Muslim ibn al-Hajjoj) tomonidan
to’plangan «As-sahih» asari,
3. Imom ibn Mojja tomonidan to’plangan «Sunan».
4. Iraom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy tomonidan to’plangan «Sunan» asari.
5. Imom Muhammad ibn Iso at-Termiziy tomonidan to’plangan «Aj-jami al-kabir»
asari.
6. Ahmad an-Nasoiy tomonidan to’plangan «Sunan».



33
Movarounnahrda birinchi bo’lib hadis to’plagan muhaddis Imom Abdulloh ibn


Muborak al-Marvaziy sanaladi. Allomaning safdoshlari sifatida Imom Ahmad ibn
Hanbal al-Marvaziy, Ishoq ibn Rahovayh al-Marvaziy, Imom al-Haysam ibn Qulayb
ash-Shoshiy, Hofiz al-Xorazmiy, Imom Abdulhasan Ahmad ibn Muhammad as-
Samarqandiy kabi vatandoshlarimizning nomlari ham mashhurdir.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə