Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə9/86
tarix29.11.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#142763
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   86
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a-fayllar.org

Muhammad ibn Iso at-Termiziy
Mashhur muhaddislardan yana biri vatandoshimiz Muhammad ibn Iso at-
Termiziy bo’lib, u 824 -yili Termiz yaqinidagi Bug’ qishlog’i (hozir- gi Surxondaryo
viloyatining Sherobod tumani)da tug’ilgan. Uning oilasi va ota-onasi haqida
ma'lumotlar yo’q. Ba'zi tadqiqotchilar uning otasi asli marvlik bo’lgan deb qayd
etadilar.
Muhamad ibn Iso at-Termiziy bolaligidan ilm o’rganishga qiziqqan, ayniqsa hadis
ilmini chuqur egallagan.
Muhamad ibn Iso at-Termiziy 850 -yildan ko’p mamlakatlarga safar qiladi. Hijoz
shahrida bo’lib, Makka va Madina shaharlarini ziyorat qiladi. Iroq hamda Xurosonda
hadis, fiqh, qiroat, bayon, tarix va boshqa ilmlarni o’rganadi. Mazkur safarda
Muhamad ibn Iso at-Termiziy ustozi Imom Ismoil al-Buxoriy bilan uchrashadi.
Alloma ustoziga nisbatan alohida hurmatda bolib, uning yordamida hadis ilmidan
to’la xabardor bo’ladi. Manbalarda e'tirof etilishicha, Imom Muhammad ibn Iso at-
Termiziy ustozining vafoti tufayli ko’p yig’laganidan ko’zi ko’r bo’lib qolgan.
Muhammad ibn Iso at-Termiziy zehnining o’tkirligi, xotirasi, va yod olish
qobiliyatining kuchliligi tufayli Imom Ismoil al-Buxoriy uni faqatgina shogird sifatida
emas, balki hamkor, hamfikr va do’st sifatida ham hurmat qilgan.
Muhammad ibn Iso at-Termiziy uzoq safarda manbalardan o’qigan yoki
muhaddislardan eshitgan hadislarni to’plab, kitoblar tashkil qilishga kirishadi. U 863
-yili o’z vataniga qaytadi va o’zi ham shogirdlarga talim beradi, ayni vaqtda kitoblar
ham yozadi.
Alloma tomonidan o’ndan ortiq asar yaratilganligi malum. Bular qatoridan «Al-
jome'
as-sahih»
(«Ishonchli
to'plam»),
«Ash-shamoil
an-nabaviya»
(«Payg’ambarning alohida fazilatlari»), «Al-ilal fi-l-hadiys» («Hadislardagi illatlar va
og’ishlar haqida») kabi asarlari o’rin olgan bo’lib, ular juda mashhurdir.
Muhammad ibn Iso at-Termiziy tomonidan yozib qoldirilgan asarlarda o’z
ifodasini topgan hadislar ham Imom Ismoil al-Buxoriy tomonidan bayon etilgan
hadislar kabi insonni halollik, adolat, e'tiqod, diyonat, poklik, mehnatsevarlik,
muruvvatlilik, mehr-shavqat, yoshi kattalar, ota-ona va qarindoshlarga hurmat
g’oyalarini ilgari surish xususiyatiga ko’ra shaxs ta'limi va tarbiyasini tashkil
etishda katta ahamiyatga ega.



36



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə