Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta


 «Ovisto» - eng qadimgi yozma ma'rifiy yodgorlik



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə3/86
tarix29.11.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#142763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a-fayllar.org

3. «Ovisto» - eng qadimgi yozma ma'rifiy yodgorlik 
Eramizdan avvalgi minginchi yillarning o’rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz
tomonidan qahramonlik mavzusida juda ko’p afsona va rivoyatlar yaratilgan. Agar
bu afsonalar zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Ovisto» mundarijasidan o’rin
olmaganda edi, biz ular haqida hech qanday ma'lumotga ega bo’lolmagan bo’lardik.
Zardusht taxminan miloddan avvalgi 570 -yili tug’ilgan bo’lib, 77 yoshida,
ibodat qilayotgan paytida dushman qohinlaridan biri tomoni-dan o’ldirilgan.


9
Zardusht o’z davrida ikki xudolilik g’oyasini ko’tarib chiqadi. Asta-sekin o’zini


Axura Mazda, ya'ni Oliy Tangri elchisi deb e'lon qiladi. Zardusht dunyoni yaxshilik
va yomonlik dunyosi tarzida ikkiga bo’ladi. Bu ikki dunyo o’rtasida doimo kurash
ketadi.
Zardusht tomonidan asoslangan din uning hayotligidayoq ko’plab o’lkalarga
yoyiladi. Biroq Zardusht vafot etganidan so’ng zardushtiylik dinining g’oyalari
yanada keng yoyila boshlaydi.
«Ovisto» eramizdan avvalgi VI asrning oxiri IV asrning boshlarida yaratilgan
bo’lib, u uzoq davrlar mahsuli sanaladi, davrlar o’tishi bilan qayta-qayta ishlanadi.
Asarning to’liq kitob holida shakllanishi eramizdan avvalgi birinchi asrga to’g’ri
kelishi barcha manbalarda alohida qayd etilgan.
G’arb, rus va o’zbek olimlari mazkur asar mazmunini har tomonlama tahlil
etishga harakat qilganlar. Zero, «Ovisto» asarida inson shaxsining kamolotga
erishishiga oid fikrlar ifoda etilgandir. Mazkur asar g’oyalari orqali qadimgi
davrlarda mamlakatimiz hududida yashagan xalqlarning tabiiy, ilmiy, ma'rifiy
hamda ijtimoiy qarashlari borasida muhim malumotlarga ega bo’lamiz. «Ovisto»
diniy xarakterga ega bo’lish bilan birga, o’zida falsafiy, siyosiy, filologik, va
tarbiyaviy masalalarni ham qamrab olgan.
Abu Rayhon Beruniy o’zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida
zardushtiylik dini qadimgi Xuroson, Fors, Iroq va Balxdan Suriya erlarigacha
tarqalganligini aytadi.
Ozar olimi M. Rafiliy esa «Muxtasar Ozarboyjon adabiyoti tarixi» kitobida (1-
jild, Boku, 1943,2-3-betlar) «Ovisto»ni faqat Ozar xalqining ma'naviy merosi deydi.
Tarxichi olim V.M.Avdievning fikriga ko’ra, «Ovisto» nomli qadimgi diniy
to’plamning dastlabki qismlari aynan o’rta Osiyo hududida vujudga kelgan, deyish
uchun barcha asoslar etarli. Zero, asarda keltirilgan ayrim rivoyatlarbundan dalolat
beradi. Rivoyatlarda aytilishicha, zardushtiylik dinining birinchi «Muqaddas olovi»
Xorazmda yoqilgan. Asarda tasvirlangan «Ayriana Vayjo» mamlakati Xorazm
bo’lgan boiishi mumkin. Bu mamlakatda Axura Mazda Zardushtga ko’rinish bergan.
«Ayriana Vayjo» degan afsonaviy mamlakatning«Ovisto» asarida saqlanib qolgan
tasviri Xorazmning geografik sharoitlariga to’la muvofiq keladi. S.P. Tolstov ham
«Ovisto»ning eng qadimgi zamonga oid qismi Markaziy Osiyo (Xorazm)da eramizdan
awalgi birinchi mingyillikning birinchi yarmida yozilgan deb qayd etadi. «Ovisto»da
xudolar va qahramonlar to’g’risidagi xalq afsonalariga oid juda ko’p qimmatli
ma'lumotlar jamlangan. Asarda tasvirlangan xudo va qahramonlar o’rta Osiyo
mamlakatlari, ularga qo’shni bo’lgan Eron va Afg’oniston oikalarida ish ko’radilar.
«Ovisto»dagi madhiyalarda shunday bir o’lka tasvirlanadiki, unda: «Bir talay qo’shinga
qudratli yo’lboshchilar bosh bo’lgan, keng o’tloqlari va suvlari ko’p bo'1gan, baland
tog’lari chorvachilik uchun zarur hamma narsani etishtiradi, unda chuqur-chuqur va
sersuv ko’llar, kemalar yurib turadigan keng daryolar Iskat va Pourta, Mour
(Marv), Xarova (Hirot), Gou So’g’d va Xvoyrezm (Xorazm) tomoniga pishqirib
oqadilar (Yasht X, 14)». Bunda zikr etilgan joylarning ta'rifi va nomlari boshqa ko’p
jihatlari bilan birga qadimgi Zardusht dinining xuddi shu erda, Amudaryo havzasida
vujudga kelganiga shubha qoldirmaydi.
Zardusht eramizdan avalgi VI asrda yashagan. Xorazmda yashagan chorvadorlar



10
oilasi Spitama urug’idan bo’lgan. Otasi Paurushasp, onasi Dugdova ot va tuya


boqish bilan shug’ullanganlar. Zardusht ko’pxudolilikka sig’inish hamda ko’plab
qurbonliklar qilinishi natijasida mollar qirilib ketayotganligi, turli qabilalar
o’rtasida nizolar kelib chiqayotganligini ko’rib, uning oldini olish choralarini izlaydi
va ana shu maqsadda o’z ta'limotini targ’ib qila boshlaydi.
Zardushtning yangi talimotini qabila a'zolari orasida targ’ib qilishini istamagan
qabila boshliqlari uni ta'qib etadilar. Ana shu ta'qib tufayli u Ray(Eron)ga qochadi
va o’z dinini o’sha erda to’la shakllantirishga muvaffaq boladi. «Ovisto»ni shoh
Vishtasp(Gushtasp)ga taqdim etadi. Shoh Vishtasp uning homiysiga aylanadi.
Vishtaspning farmoniga binoan otashxona - ibodatxonalar qurdiriladi, zardushtiylik
dinining g’oyalari keng yoyila boshlaydi.
Zardusht shoh Vitasp vazirining qizi Havoviga uylangani, undan uch o’g’il –
Istavatra, Urvatatnara, Xvarachitra va uch qiz – Freni, Triti, Pourichistani
ko’rganligini qayd etadi.
«Ovisto»ning kitob holidagi matni eramizdan oldin o’n ikki ming oshlangan
mol terisiga oltin harflar bilan bitilgan. Bu nusxa Iskandar Maqduniy istilosiga
qadar Istahr shahrida saqlangan. Iskandar Istahrni bosib olgach, «Ovisto» kitobda
bayon etilgan tibbiyot, nujum, ilmi hikmat sohalariga oid g’oyalarni yunon tiliga
tarjima qilinib, qolgan fikrlar bitilgan sahifalar yoqib yuboriladi.
Zardushtning mazkur kitobi bizga qadar ikki nusxada etib kelgan.
Mazkur nusxalarning birinchisi - duolar to’plamidan iborat bo’lib, «Pok
Vendidat» deb ataladi. Ushbu kitobga «Yasna» va «Vispered» kiritilgan.
Ikkinchi kitobda ham birinchi kitobdagi kabi «Vendidat», «Yasna» va
«Vispered»lar o’rin olib, unda sharhlar ham beriladi. Izohli tarjima «Zand» (sharh
ma'nosida) deb ataladi. Shuning uchun ham asarning sharhli nusxasi «Ovisto va
Zand» yoki «Zand Ovisto» deb nomlangan.
Ikkinchi variantga binoan asar quyidagi qismlardan tashkil topgan:
1. «Vendidat». Mazkur qism 22 bobdan iborat. Asosan, Axura Mazda bilan
Zardusht o’rtasida kechgan savol-javob shaklida yozilgan. U yomon ruhlarni, devlarni
engish voqealari, gunohlardan pok bolish qoidalari hamda mifologik unsurlarni
o’z ichiga oladi. Xarakterli jiqati so’z yuritilayotgan qismda devlarga qarshi
yaratilgan qonun matni, ya'ni, qonunnoma mazmuni yoritilgan. Qonunnomada
aytilishicha, yomonlik timsoli bolgan devlarga nisbatan nafrat bilan qarash darkor.
Axura Mazda yurtda yaxshilik, xayrli ishlarni yuzaga keltirsa, Anhra Manu
(Axriman) o’z yurtida yomonlikni qaror toptiradi.
2. «Vispered». U 24 bobdan iborat. Ibodat qo’shiqlarini o’z ichiga oladi.
3. «Yasna»lar 72 bobdan iborat. Diniy ibodatlarni o’tkazish chog’ida, qurbonlik
qilish marosimida aytiladigan qo’shiqlar, xudolarga bag’ishlangan madhiyalar
yasnalarni tashkil etgan. Ushbu qismning 17 bobi Gotlar deb yuritiladi. Gotlar
«Ovisto»ning eng qadimgi qismlari sanaladi.
4. Yashtlar. Yashtlar zardushtiylik dinining xudolari va ma'budalari sharafiga
aytilgan 22 qo'shiq(gimn)ni o’z ichiga oladi.
5. «Kichik Ovisto» (Xurda Ovisto, Xvartak-apastak). Quyosh, Oy, Ardvisura,
Mitra, olov xudolari hamda ma'budalar sharafiga bag’ishlangan kichik ibodat
(gimn) matnlaridan iborat.



11
Zardushtiylik dinining g’oyalari xususida so’z borganda, ularning to’g’rilik


bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslanganligini alohida ta'kidlab o’tish lozim.
Inson va uning jamiyatda tutgan o’rniga nisbatan munosabat masalasi «Got»lar
o’z ifodasini topgan.
«Ovisto» tarbiyaviy manba sifatida katta ahamiyatga ega. Yuqorida aytib
o’tilganidek, Zardusht qadimgi qabilalar a'zolarining diniy e'tiqodlariga
aylangan qarashlar mazmunini isloh qilgan. Keyingi boblarda Yima haqidagi
afsona keltiriladi. Afsonada erni uch barobar ko’paytirish, o’simlik, hayvon va
odamlarni himoya qilish maqsadida chegara belgilanganligi hikoya qilinadi. Ushbu
afsonada, shuningdek, qadimgi Hind-Eron qabilalarining Erning suvdan paydo
bo’lganligi borasidagi dastlabki tasavurlari ham o’z ifodasini topgan. 3-19-boblarda
esa, gunoh va uning jazosi, poklikning mohiyati ta'riflanib olov, suv, er, chorva,
daraxt hamda o’simliklar ulug’lanadi, kohin, harbiy, dehqon va chorvadorlar
sharaflanadi. Hayvonlarga zulm o’tkazish eng katta gunoh sifatida qoralanadi.
Mazkur bo’limda shaxsiy gigienaga amal qilishga oid qoidalar–tirnoq va sochni
parvarishlash masalalari yuzasidan fikr bildiriladi.
XIX bobda odamlarning Axura Mazdaga bo’lgan e'tiqodlari darajasini ifodalash
maqsadida ular boqiy dunyoda qil ko’prikdan o’tadilar, ko’prikning o’rtasi qilich
kabi o’tkir bo’ladi, deyiladi. Kimki Axura Mazdani tan olmasa, unga ishonmasa, u «Qil
ko'prik»dan o’tolmay, jahannamga tushadi. Dindor va doimiy ravishda ibodat
qiluvchilar esa jannatga tushadilar. Axura Mazda yaratilgan vaqtdan boshlab oradan
o’n mingyi] o’tgach, Axrimanning kuchi tugab, Adolat o’lkasi qaror topadi. Shunda
barcha mayitlar (qazo qilgan kishilarning tanalari) bir joyga to’planadi, ularga jon ato
etilib, yaxshi kishilar bir tomonga, yomon kishilar ikkinchi tomonga ajratiladi. Shu
tariqa yaxshilar jannatga, yomonlar esa do’zaxga tushadi. Yaxshi odamlar uch kun
davomida otash irmog’ini kechib o’tgach, gunohlardan poklanib, Axura Mazda
yurti - Adolat o’lkasiga kiradilar. Bu o’lkada inson o’zining axloqi va yaxshi
amallari, xatti-harakatlari bilan yaxshilik tarafdori ekanligini isbotlashi kerak.
Inson o’z hayot yo’lini tanlar ekan, o’z zimmasiga olgan majburiyatnibajarishga
javobgar sanaladi. «Got»larda Axura Mazdaning erdagi yordamchisi hisoblangan
chorvadorlarning dunyoqarashlari ifodalangan. Yaxshi kishilar yuksak axloqiy
xislatlarga ega bolsalar, yovuz kishilar yomon xislatlarning egasidir.
Zardushtiylikda yaxshilik va yomonlik tushunchalari orqali er yuzida mavjud
bolgan yaxshilik va yomonlik dunyosining mohiyati ochib beriladi.
Taqvodor chorvador odil va oqil bo’lib, atrofdagilarning hurmatlariga sazovor
bo’lsa, katta podaning egasiga aylanadi. Chorvadorlarning nazarida,
ko’chmanchilar ularning dushmanlaridir. Chunki ular odamlarni talaydi, molini
haydab ketadi. Asarda ko’chmanchilar axloqsiz maxluqlarga qiyoslanadilar. Ular
azob-uqubatlarga loyiq, zero, serhosil yaylovlarni yakson etadilar, yaxshilik
homiylariga hujum qiladilar.
Bildirilayotgan fikrlardan anglashiniladiki, zardushtiylik dinining g’oyalariga
ko’ra, shaxsning axloqiy xislatlarga ega bo’lishi Adolat oikasini qaror toptirishda
tayanch omil bo’lib xizmat qiladi. Zardushtning asosiy yo’riqlaridan biri ham Axura
Mazdaning ko’makchisi sanalgan inson sa-hovatli bo’lishi kerak, degan aqidadir.
Garchi, zardushtiylikda diniy rasm-rusumlarga rioya etish, Zardusht tomonidan ilgari



12
surilgan barcha axloqiy yo’l-yo’riqlarni bajarish har bir kishining muqaddas burchi


ekanligi e'tirof etilishi bilan birga, dunyoviy ishlar va ularning mohiyati ham ochib
beriladi.
Zardusht Axura Mazdadan dunyoda shodlik va baxt makoni, eng sevimli joy
qaerda ekanini so’raganda, u shunday javob beradi: baxt makoni shunday joyki, kishilar
u erda uy-joy quradilar, otashkada(ibodatxona)lar barpo etadilar, dehqonchilik va
chorvachilik bilan shug’ullanib, bola-chaqali bo’ladilar; men har ikkala qoli bilan
mehnat qiluvchi kishini qo’llayman, uning ishiga baror, hosiliga baraka
bag’ishlayman, deydi. Bunda mehnat, dehqonchilik yovuz kuchlarga qarshi kurash,
yaxshilik manbai, tayanchi, deb ko’rsatiladi.
Zero, zardushtiylikda axloqiylikning asosi, sahovatlilik belgisi -mehnat, deb
ko’rsatilsa, ishyoqmaslik barcha nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi sabab ekanligi
ta'kidlanadi. Ayniqsa, dehqonchilik sohasida qilinayotgan mehnat yaxshilikni yuzaga
chiqaruvchi asosiy omil deya ta'kidlanadi. Dehqonchilikbilan shug’ullanish, mo'1-ko’l
hosil etishtirishga qaratilgan harakat Axura Mazda qonuniga bo’ysunish sanalgan. Don
ekkan kishi taqvodorlik urug’ini ekishi, Mazdaga ixlosmandlik e'tiqodini ilgari surishi,
imonni oziqlantirib turishi o’n ming marta ibodat qilish bilan barobar, yuzlab
qurbonlik qilishga teng deyiladi. «G'alla erdan unib chiqqanda, devlar larzaga
keladi, g’alla o’rib olinayotganda devlar nola-faryod chekadi, g’alla yanchib, un
qilinayotganda ular qocha boshlaydi, xamir qilinganda esa devlar mahv bo’ladi.
G’allaning mo'1-ko'l bolishi devlarning labiga qizitilgan temir bosilgandek ularni tum-
taraqay qiladi».
Ushbu misollarda «Ovisto»da inson mehnati tufayli barcha yomon xislat, yomonlik
hamda yovuzliklardan qutilishi mumkin, degan g’oya ilgari suriladi.
Samoviy dunyoda ham uchlik hukmronlik qiladi: Axura Mazda - Oliy tangri, ya'ni
«Qodir iloh» - o’t, alanga ruhiga, Asha (Arta) - Vazishta -«Eng yaxshi tartibot»ga
(kohinlik va katta kohinning samoviy obrazi), chorva ruhi- Voxu Mana, ya'ni
«Sahovatli fikr»ga (o’troq chorvadorlar va ularningboshliqlari jamoasining samoviy
obrazi) tayanadi. Ana shu uchlik fikr, so’z va ish birligidan iborat axloqiy uchlikni
ham o’zaro bo’lishib olishgan.
O’sha davrda jamiyatda bosh hokim (lashkar boshlig’i) katta kohin (kohinlar
ijtimoiy guruhining boshlig’i) yoki urug’ oqsoqollariga, o’troq chorvador va
dehqonlarning jamoalari hamda xonadonlariga tayangan. «Ovisto» asarining hajmaii
eng katta qismi - «Yasna»larda inson kamolotini belgilovchi axloq-odob mezoni uchlik
- Humata (manbalarda Gumata, Humata) - yaxshi fikr, Hukta (manbalarda Gukta,
Hukta) - yaxshi so’z va Hvarsha (manbalarda Gvarsha, Hvarsha) - yaxshi ishlar
birligida ifodalanadi. «Men yaxshi fikr, yaxshi so’z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh
etaman. Men yaxshilikdan iborat Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman»
(«Yasna», 14-bob), deyiladi asarda.
«Ovisto»da inson fikri, so’zlari va ishlariga ikki qarama-qarshi kuch: Voxu Mana
(Ezgu fikr) va Ako Mana (yovuz fikr) ta'sir ko’rsatadi, deydi. Barcha fikr, so’z va
ishlar asosida aslida ezgulik va yovuzlik mavjud («Yasna», 30-bob). Asta-sekin
axloqiy tushunchalar shaxsiy mazmun kasb eta boshlaydi. Masalan, «Yaxshi so'zlar»
deganda ahdida turish va beril-gan va'dani bajarish kabilar nazarda tutilsa, «Yaxshi
amallap> deganda esa, savdo-sotiq ishlarida halol bo’lish, qarzni vaqtida to’lash,



13
o’g’rilik va talonchilik qilmaslik, o’zgalarning moliga ko’z olaytirmaslik, buzuqlik-


lardan o’zini tiyish, atrofdagilarga ziyon etkazadigan har qanday harakatni sodir
etmaslik va hokazolar tushunilgan.
Zardusht yovuzlik kuchlariga ko’maklashgan kishilarga nisbatan ayovsiz
munosabatda, chorvachilik rivojiga xalal beruvchi yolg’on ixlosmandlariga qarshi
kurashda esa shafqatsiz boladi. «Kimki menga sodiq bo’lsa, eng yaxshi narsaga
musharraf bo’ladi, kimki sodiq bo’lma-sa, unga eng yomon narsa nasib etadi...
Kimki meni - Zardushtni quvvatlasa, buning evaziga istagan barcha narsalari bilan
birgalikda bir juft sog’in sigir ham oladi»(«Yasna», 46-bob), deyiladi asarda.
«Yaxshi fikr» iborasining mazmuni o’zida ilohiy qonun ruhidagi g’oyalarga
ega bo’lish, yaqin kishisiga nisbatan mehribonlik ko’rsatish, muhtojlarga
ko’maklashish, yovuzlikka qarshi kurashga doimo tayyor turish, kishilarning baxt-
saodati yo’lida harakat qilish, ahillik, qabiladoshlar bilan birga do’stlik va totuvlikda
yashashga intilish ruhidagi niyat va fikrlar musaffoligini aks ettiradi. Inson fikran
ham boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg’azab bo’lmaydi,
jaholatlarga berilmaydi. Zero, bunday ruhiy holatda inson yaxshilik haqida o’ylamaydi,
burch va adolat haqida unutadi va nojo’ya harakatlar qiladi.
«Ovisto»dagi uchlikning haqiqiy manbalariga yondashiladigan bo'1sa, ular
qadimgi zamon kishilarining axloqiy tasawurlariga batamom muvofiq bo’lib
tushadi. Fikr, so’z va ishning birligi ibtidoiy insonning ham ajralmas xislati edi.
Uning ong, axloq va boshqalar xususidagi tasawurlari o’zi mansub bo’lgan jamoa
bilan uzviy bog’langan, Jamoaning fikri uning ham fikri, jamoaning so’zlari uning
ham so’zlari, jamoaning ishlari uning ham ishlari bo’lgan. Ijtimoiy va shaxsiy
manfaatlarning uyg’unligi-urug’chilik jamiyatining muhim belgisidir. Jamoaning
har qanday topshirig’ini bajarish uning a'zolari uchun mu-qaddas qonun edi.
Zardushtiylik ilohining etmish ikki nomi borligi ma'lum. Yuqorida
ta'kidlanganidek, Zardusht butun hayoti davomida ezgu fikr, ezgu kalom, ezgu
amaldan iborat uchlik g’oyasini ilgari suradi va ushbu g’oyaga awalo uning o’zi amal
qiladi. Inson o’limidan so’ng marhumning faoliya-ti ustidan o’tkazilgan hisob-kitob
vaqtida Haqiqat ilohi u tomonidan sodir etilgan ezgu va yovuz amallarni maxsus
tarozida o’lchaydi.
Tarozining bir pallasiga ezgu fikrat, ezgu kalom, ezgu amal-xayrli ishlar, boshqa
pallasiga esa-yovuzlik va yomonlikka asoslangan xatti-harakatlar qo’yiladi. Ezgu
amallar salmog’i og’irlik qilsa, marhum ruhi yuqoriga uchadi va jannatga tushadi,
yovuz va yomon harakatlar qo’-yilgan palla og’irlik qilsa, chohga tushadi.
Axura Mazda-Oliy tangri elchisi sifatida «Xurmuzd yasht»da shunday ta’riflanadi:

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə