Amaliy mashg‘ulot №1 Mavzu: Tarmoq simulyatorlari bilan ishlash. Ishning maqsadi



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/20
tarix29.11.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#142900
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
1-5 amaliy mashg`ulot

Amaliy mashg‘ulot № 5
MAVZU: Cisco Packet Tracer dasturida WAN tarmoqlarini loyihalash.
 
1. Ishning maqsadi: 
Ushbu laboratoriya ishi quyidagilar uchun mo‘lallangan: 
- Ma’lumot uzatish tarmoqlarida WAN tarmoqlarni loyihalash
- Ma’lumot uzatish tarmoqlarida WAN tarmoqlarni qurish; 
- EIGRP masofa-vektor marshrutizatsiya protokolini sozlashni o‘rganish. 
2. Qisqa nazariy ma’lumotlar: 
Internet (
lotincha
: inter – aro va net – tarmoq) – standart 
internet protokoli
 (IP) orqali 
maʼlumot almashuvchi 
kompyuter tarmoqlarining
 butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. 


Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli 
TCP/IP
 dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar 
yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini 
minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet 
elektron 
pochta

chat
 hamda 
oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa 
Butunjahon oʻrgimchak 
toʻri
servislaridan tashkil topadi. 
Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi 
butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim 
kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil 
etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda 
isteʼmolchilarga ma'lumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum 
boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. 
koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi. 
Internet tizimi 20-asr. 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika mudofaa 
departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. Dastlab, 
bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib 
borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa departamenti 
urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga 
yangi qoʻshimcha kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi. 60-yillar oxiri va 
70-yillarda Internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn yillik xalqaro tarmoq
asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan cheklandi. 
Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning 
oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bogʻliq boʻldi. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə