Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   153
fayl 1633 20210826

                                 38-rasm
 
       7-faza  –  “aylanib  burilib  attitude  holatiga  kelish”.  Bu  fazaga  kirish  mashqga 
murakkab va original harakter beradi. Bu yerda tos-son bo‘g‘imi bukilishi hisobiga 
bajariladigan  qo‘shimcha  burilish  (9-11-kadrlar)  sust  burilishga  “qo‘yiladi”. 
Mexanizmi  bo‘yicha  bu  burilish  to‘g‘ri  siltab  burilish  bilan  bog‘liq  keltirilgan 
harakatlarga tegishlidir (tayanchsiz burilish texnikasi to‘g‘risida 56-betga qarang). 
Gimnastikachi  o‘ng  oyoqni  tos-son  bo‘g‘imidan  bukib,  tayanmagan  oyog‘ini 
orqada  “qoldiradi”  va  yelkalari  bilan  chapga  burilib  hamda  kerishib  attitude 
holatiga o‘tadi. Mazkur burilish butun tananing inertsion harakatini yig‘ib mashqni 
yaxlit  ijro  yetishni  tezlashtiradi,  shu  tufayli  inertsiya  harakati  orqali  burilishning 
bilinarli 720
0
 ga qaraganda kamayishi ko‘rinadi. 
        8-faza  –  “attitude  holatida  aylanish”.  Bu  fazada  asosiysi  yana  tananing 
inertsion harakati hisoblanadi. Gimnastikachi attitude holatini saqlagan holda (yoki 
muvozanat  holatida)  burilishni  davom  ettiradi  (11-12-kadrlar).  Bunda  qo‘l  holati 
bir  oz  o‘zgaradi  va  tayanmagan  oyoq  bukiladi;  bu  harakatlar  texnik  tomondan 


127
 
 
muhim  emas  va  harakatning  ifodali  tomoni  bilan  bog‘liqdir.  Faza  oxirida  jami 
burilish 720
0
 ga yetadi.  
       Yakuniy  bosqich.  Keltirilgan  burilish  finali  turlicha  bo‘lishi  mumkin  (37-
rasmda  u  ko‘rsatilmagan).  Gimnastikachi  butunlay  oyoq  kaftiga  tushib  chap 
oyoqda muvozanat saqlab tugatishi mumkin; o‘ng oyoqni tushirib qadam bosishga 
o‘tishi ham mumkin va boshqalar. 
       Keltirilgan  burilish  texnikasi  va  tuzilishini  tahlil  qilish  bunday  turdagi 
burilishlarni,  bundanda  oddiy  yoki  murakkab  burilishlarning  mohiyatini 
tushunishga yordam beradi. Ular orasida faqat qo‘llarni aylanma siltash yoki faqat 
oyoqlarni  aylanma  siltash  bilan  bajariladigan  burilishlar,  oyoqni  orqaga  yoki 
oldinga  siltash  bilan  burilish,  turli  holatlarda  burilish,  katta  va  kichik  burilish 
elementlarini  birlashtiruvchi  kombinatsiyalashtirilgan  burilishlar,  to‘g‘ri  siltanish 
bilan burilish va boshqalar.        
 

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə