Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   153
fayl 1633 20210826

35-rasm 
       Impulslar  bilan  bunday  almashinish  harakat  soni  vaqtini  saqlash  qonuni 
natijasi  hisoblanadi.  Ya’ni:  “Agar  gimnastikachining  tanasi  ajralgan  holda  va 
tashqi  kuch  vaqti  uning  o.m.o‘  (og‘irlik  markazi  o‘qi)  ga  nisbatan  nolga  teng 
bo‘lsa,  unda  butun  tananing  harakat  soni  vaqti  vaqt  o‘tishi  bilan  uning  asosiy 
markaziy o‘q inertsiyasiga nisbatan o‘zgarmaydi” 
        Keltirilgan  qonun  tayanib  burilishni  ijro  yetishda  aniq  ko‘rinishda 
bajarilmaydi,  chunki  tayanch  a’zolari  orqali  butun  sistemaga  ta’sir  etuvchi 
ishqalanish  kuchi  vaqti  burilishni  asta-sekin  “so‘ndiradi”.  Shunga  qaramasdan 
harakat  soni  vaqtini  saqlash  qonuni    yordamida  harakat  qiluvchi    “impulslarni 
almashinishi”  mexanizmi  shu  holatda  ham  o‘zini  ko‘rsatishga  ulguradi.    Buning 
eng yorqin shakli siltanuvchi a’zolar ishida kuzatiladi. Burilish yo‘nalishda qo‘llar 
bilan  siltanish  boshida  tezkorlik  bilan  o‘tadi,  keyin  esa  faol  tormozlanadi  shu 
tufayli  aralash  a’zolar  asosiy  yo‘nalish  bo‘yicha  tezlik  bilan  burilishni  boshlaydi.  
       Burilishni  ijro  eish  mobaynida  bunday  mexanizm  bir  necha  marta  ishlashi 
mumkin. Masalan, qo‘llar va oyoqlar bilan siltanish bajarishda oldin qo‘llar bilan 
siltaniladi,  keyin  esa  burilish  tezligini  oshiruvchi  xuddi  shunday  harakat  siklini 
siltanuvchi  oyoq  bajaradi.  Keyinchalik,  burilish  paytida  “impulslar  bilan 
almashinish”  ham  ishtirok  yetishi  mumkin  (masalan,  burilish  paytida  holat 
o‘zgarganida).  Lekin  u  odatda  harakatning  yugurib  kelish  bosqichidagi  kabi 
muhim rol o‘ynamaydi. 


118
 
 
       Gimnastikachi  tanasi  shaklining  burilish  tezligi    bilan  bog‘liqligi.  Burilish 
jadalligi kinetik vaqtda itarilishdan olingan itarilishi samarasiga bog‘liqdir. Kinetik 
vaqt  (K),  yoki  harakat  soni  vaqti,  berilgan  aylanish  o‘qi  va  tizimning  burchak 
tezligi  (
w
)  nisbatan  olingan  gimnastikachi  tanasi  inertsiyasi  vaqtining  (I) 
ko‘paytmasiga teng: K=I
w
 
       Gimnastikachi tanasining kinetik vaqti burilishda o‘zgarishsiz qolishga harakat 
qilganligi  sababli  (kinetik  vaqtni  saqlash  qonuniga  qarang),  tana  inertsiyasi  vaqti 
kattaligi    va  burchak  tezligi  orqaga  qaytish  majburiyati  bilan  bog‘liq  bo‘ladi: 
gimnastikachi  tanasi  inertsiyasi  vaqti  vertikal  o‘qqa  nisbatan  qancha  kam  (ko‘p) 
bo‘lsa,  tananing  aylanish  tezligi  shunchalik  ko‘p  (kam)  bo‘ladi.    Gimnastikachi 
tanasi  inertsiyasi  vaqti    burilish  bajarishda  uning  holati  va  tanasining  shakliga 
bog‘liq  bo‘lar  ekan,  u  burilish  paytida  tananing  aylannish  tezligiga  ataylab  yoki 
ongsiz  ravishda  ta’sir  ko‘rsatish  mumkin.  Gimastikachining  tana  og‘irligini 
aylanish  o‘qiga  yaqinlashishini  ta’minlovchi  va  shunday  qilib  tana  inertsiyasi 
vaqtini burilish o‘qiga nisbatan kamaytiruvchi harakati burilishni tezlashishiga olib 
keladi.  Aksincha,  tana  og‘irligini  aylanish  o‘qiga  nisbatan  uzoqlashishi  bilan 
bog‘liq holatni o‘zgartirish burilishni sekinlashtiradi.  
       Bu nuqtai nazardan burilish qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib butunlay to‘g‘rilangan 
holatda  bo‘lsa  juda  yaxshi  bo‘lgan  bo‘lar  edi.  Bu  holatdan  chetlashishning  har 
qanday (masalan, tayanmagan oyoqni ko‘tarish, qo‘l yoki qo‘llarni tushirish, tanani  
bukish  yoki  yozish)    bukilishni  darhol  sekinlashishga  olib  keladi.  Bu  sabab  bilan 
ayniqsa,  tana  gorizontal  holatda  joylashib  bir  oyoqda  muvozanat  saqlash  kabi 
holatlarda aylanib burilishlar sekinlashadi.  
       Burilishda  holatni  bir  necha    marta  o‘zgarishda  tananing  aylanish  tezligi 
shunga  muvofiq  o‘zgaradi,  lekin  badiiy  gimnastikada  bu  unchalik  yorqin 
ko‘rinmaydi, figurali uchishda muzga ishqalanish gimnastikachi oyog‘ining polga 
ishqalanishidan kamroq. 
 
 


119
 
 

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə