Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   153
fayl 1633 20210826

 
4.6.2. Texnika asoslari va tuzilishi 
         Texnik  nuqtai  nazardan  olib  qaraganda  burilishlarning  barcha  turlari 
tayanchdan depsinishga asoslanadi. Bunda burilish o‘qiga nisbatan  zarur aylanma 
harakatni chaqiruvchi tashqi kuch vaqti paydo bo‘ladi. Ko‘p hollarda buning uchun 
oyoq  bilan  yoki  tayanchdan  depsinish  qo‘llaniladi.  Lekin,  burilishlar  turlarida 
depsinishning  umumiy  mexanizmi  turlicha  amalga  oshiriladi.  Bu  yerda 
tayanchning  xarakteri,  tayanmagan  a’zolar  bilan  siltanish harakatlarini  mavjudligi 
va  jadalligi,  tanani  vertikal  o‘q  atrofida  tekis  burilishga  erishish  zarurati  va 
imkoniyati  va  boshqa  omillar  rol  o‘ynaydi.  Quyida  burilish  texnikasiga  taalluqli 
bo‘lgan ba’zi asosiy holatlar ko‘rib chiqiladi.  
          Burilishdagi  depsinish  mexanizmi  sakrashdagi  depsinishga  juda  o‘xshash 
(27-rasmga  qarang).  Farqi  shundaki,  burilishda  gimnastikachi  tanasini  harakatga 
keltiruvchi  tayanch  reaksiyasi  kuchi    yelkalarga  ta’sir  etadi  va  tanaga  ko‘chuvchi  
yoki  ulama  emas  (sakrashdagi  kabi),  balki  berilgan  o‘q  atrofida  aylanma  harakat 
to‘g‘risida xabar beradi. Gimnastikachi tanasiga tayanch reaksiyasi kuchi vaqtining 
ta’sir  jarayoni  34-rasmda  oddiyroq  qilib  ko‘rsatilgan.  Gimnastikachi  qo‘l  bilan 


115
 
 
chapga  aylanma  harakat  qila  turib  va  bir 
vaqtning o‘zida   gavdani    aylanishga   tortib,  
o‘ng  oyoqda  o‘ngga-orqadan  depsinadi.  Bunda 
oyoq  qandaydir,    kuch    (F)    bilan    tayanchga  
ta’sir    ko‘rsatadi,    tayanch  esa  unga  reaksiya 
(Ft)  bilan        “javob  beradi”.      Oxirgi  bo‘lg‘usi 
burilish  tomoniga    yo‘naltiriladi  va  tayanch 
a’zosiga 
qo‘llaniladi . 
Gimnastikachi  
bunday  depsinish  jarayonida  chap  oyoqda 
aylanish-ga tayyorlanib tana og‘irligini unga                   
                    
34-rasm
                            o‘tkazadi.  Shunday  qilib  tayanch  reaksiyasi  Ft 
vektori  yelkaga    R  ga  ta’sir  ko‘rsatadi  va  o‘q  O  atrofida  aylanishga  chaqiradigan 
tayanch reaksiyasi kuchi vaqtini  Ft∙R  hosil qiladi.  
        Shunday  burilishlar  borki,    na  u,  na  boshqa  oyoq  tana  aylanishda  o‘q  bilan 
to‘g‘ri  keladi.  Bularga  misol,  chalishtirilgan  holatdan  ikkala  oyoqda  burilish. 
Bunday holatda oyoq kafti orasida joylashgan o‘q atrofida aylanishga chaqiradigan  
qo‘shaloq kuch vaqti vujudga keladi.  
        Aylanma  depsinish  samarasi  kuch  vaqti  impulsiga  bog‘liq.  Kuch  vaqti  
impulsi  (S)  kuch  vaqtini  (M)  uning  harakat  qilish  vaqti  (t)  ko‘paytmasiga  teng:  
S=M∙t  
 
       Shunday  qilib,  gimnastikachi  oyog‘i  bilan  qancha  kuchli  va  uzoq  depsinsa, 
burilish ham shuncha faol bo‘ladi.  Ta’riflangan depsinish tuzilishiga ko‘ra ikkita 
harakat fazasiga bo‘lishi mumkin: ulardan biri – tayanmagan a’zolar bilan burilish 
tomonga siltash bilan bir vaqtda “aylanma harakat” beruvchi oyoq bilan depsinish. 
Ikkinchi fazada siltanuvchi a’zolar harakati tormozlanadi va harakat (harakat soni 
vaqtini  saqlash  qonuni  bo‘yicha)  unga  yaqin  a’zolarga  o‘tadi,  undan  keyin 
burilishga tayangan a’zolar jalb qilinadi.  
       Tayanmagan  a’zolarning  siltanish  harakatlari  burilishda  muhim  rol  o‘ynaydi. 
Tayanmagan  a’zolar  bilan  harakatlanish  tayangan  a’zolar  harakati  bilan  o‘zaro 


116
 
 
bog‘liq  holda  ko‘rilishi  kerak  va  siltanib  burilish  mexanizmining  ajralmas 
bo‘lagidir: siltanuvchi a’zolarning harakati (qo‘l, tayanmagan oyoq, shu bilan birga 
mazkur  holatga  safarbar  qilingan  tana  segmentlari)  burilishning  tanani  aylanishi 
boshqa,  tayanchga  yaqin  joylashadigan  a’zolarga  o‘tgandan  keyingi  birinchi  faol 
fazasi  hisoblanadi.  Siltanuvchi  a’zolar  ishga  tushgandagi  burilish  jadalligi  birdan 
o‘sadi.  Burilishdagi  siltanuvchi  harakatlar  samarasi  nafaqat  harakat  quvvatiga, 
balki  siltanish  harakatining  joylashish  harakteriga  ham  bog‘liqdir.  Aylanma 
siltanishda  tayanmagan  a’zolar  harakati  burilishni  bajarishga  qancha  ta’sir 
ko‘rsatsa,  siltanishda  a’zolar  harakati    tekisligi  burilish  tekisligiga  shuncha  mos 
keladi.  Gorizontal  tekislikda  aniq  bajariladigan  siltanishda  siltovchi  a’zolardan 
tayanch  a’zolarga  aylanma  harakatni  o‘tishi  maksimal  bo‘ladi.  Buni  amalga 
oshirish  uchun,  masalan  qo‘l  bilan  tezroq  siltanishni    (depsinishning  1  fazasiga 
qarang)  qo‘llar  yonda  bo‘lgan  holatdan  bajarish.  Xuddi  shunga  o‘xshab  oyoqni 
ham gorizontal  holatgacha ko‘tarib (oldinga, yonga) bajarish mumkin.  
      Bunday  holatlarda,  qachonki  siltash  vertikal  tekislikda  bajarilganda, 
tayanmagan  qo‘l  yoki  oyoq  harakatidan  burilish  uchun  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
foydalanib  bo‘lmaydi.  Bu  yerda  impulsning  o‘tishi  nolga  teng,  chunki  siltashda 
tayanmagan  a’zolarning  aylanishi  va  burilishda  tananing  aylanishi  bir-biriga 
nisbatan 90
0
 burchakda joylashgan o‘q atrofida amalga oshiriladi. 
      Real holatda vertikal o‘q atrofida burilishning faol qismi bilan bog‘liq qo‘l va 
oyoq  bilan  siltanish  harakatlari  hech  qachon  gorizontal  yoki  vertikal  tekislikda 
bajarilmaydi.  35-rasmda  siltanuvchi  chap  oyoq  burilishda  orliq  tekislikda 
harakatlanib  pastdan  yuqoriga  siltanib  ko‘tarilmoqda.  “Idealga  yaqin”  mazkur 
holatda  qo‘l  harakati  deyarli  har  doim  gorizontal  tekislikda  joylashadi.  Yakuniy 
xulosada  siltash  samarasi  gorizontal  tekislikdagi  siltanuvchi  a’zoning  aylanma 
harakati 
vektor-vaqti 
chizig‘i
 
bilan 
aniqlanadi. 
Burilishdagi 
aylanish 
impulslarining  “almashinish”    siltanib  burilishda  gimnastikachining  holati  faol 
holat  hisobiga  bir  necha  marta  o‘zgarishi  mumkin.  Bunday  holatlarda  tana 


117
 
 
a’zolarining aylanma harakati tezligi ham o‘zgaradi va “aylanish impulslari bilan 
almashadi”. 
 

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə