Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o


-rasm                                    31-rasm



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   153
fayl 1633 20210826

                      30-rasm                                    31-rasm 
        Bu esa tana og‘irligini tayanchga nisbatan kerakli tarzda joylashishiga yordam 
beradi.  32-rasmda  ko‘rsatilgan  orqaga  vertikal  muvozanat  holati  murakkabligi 
bilan o‘ziga hosdir. Gimnastikachi oyoqlarni vertikal holatda tezlashmasdan ushlab 
turadi, lekin gavda orqaga  egilgan;  sportchi  boshini ko‘krak   qismida   ushlab,  
belni  bukmagan  holatda   turadi. Muvozanatning  holatiga ham bo‘ksani oldinga 
chiqishi  va  shunga  muvofiq  tayanch  oyoqni  oldinga  egilishi  hisobiga  erishish 
mumkin.  Gimnastikachi  bunday  mashqlarni  ijro  yetishda  qanday  harakatlar 


111
 
 
qilishini  kuzatish  qiziq.    33-rasmda  orqaga  muvozanat  bajarishdagi  harakatlar 
ketma-ketligi ko‘rsatilgan. Gimnastikachi tashlanish holatidan o‘ng oyoqda itarilib 
(1-2-kadrlar) o‘ng oyoqni bukib yopiq holatga o‘tadi. Keyin “ocha turib” qo‘llarni 
pastga  tushiradi,    o‘ng  oyoqni  yuqoriga      ko‘tarib      orqaga  egilmasdan        orqa 
vertikal
 
muvozanatga  yaqin  holatga  o‘tadi  (2-4-kadrlar).  Oyoqni      eng      yuqori   
darajasiga      ko‘tarib    orqaga  vertikal  muvozanat  holatiga  o‘tadi  (va  bo‘ksani 
oldinga 
chiqarib) 
(4-7-kadrlar). 
Keyin 
gimnastikachi  orqaga  vertikal  muvozanatning 
yana bir turini namoyish qiladi – orqaga egilib 
qo‘llarini polga tekkazadi (8-kadr). Bu final va 
eng  ifodali  yakunlangan  mashq  fazasi. 
Ta’kidlash kerakki, muvozanatning final qismi 
jismoniy jihat-dan ancha qulay: orqaga egilish 
hisobiga  gimnas-tikachi  t.o.m.  ancha  pastda 
joylashadi,  turg‘unlik  bur-chagi  kattalashadi 
va muvozanat buzilishi ehtimoli kamayadi.  
       
Orqaga  muvozanatni  bajarishda  tananing 
yirik  mushak  guruhlaridagi  zo‘ri-qish  ancha 
yuqori bo‘ladi. Bunda tayanmagan oyoq                 
                  
32-rasm
                                  sonning  bukuvchi  mushaklari,      orqa  mushaklar, 
tayanch  oyoqning to‘piq bo‘g‘imi mushaklari ancha faol harakatlanadi. 
       Harakatda muvozanatni bajarish mazkur tur mashqlarida anchagina tarqalgan. 
Oldinga  va  orqaga  muvozanat  misollarida  keltirilganidek,  muvozanat  holatini 
mustahkamlash badiiy gimnastika uchun unchalik o‘ziga xos emas. 
   
       Muvozanat  holatida  to‘xtashlar  juda  qisqa,  ko‘pincha  bir-biri  bilan  o‘rnini 
almashadigan  har  xil  muvozanat  turlicha  joy  bo‘shatib,  umuman  bo‘lmaydi. 
Buning hammasi gimnastikachidan muvozanat holatida tana turg‘unligini epchillik 
bilan aniq boshqara olish malakasini talab qiladi.  

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə