109
Gimnastikachi o‘ng oyoqda turgan holatdan (1-kadr) orqa mushaklarini qattiq
taranglashtira turib bel qismini orqaga oxirgi nuqtagacha bukadi va chap oyoqni
ko‘tarib to‘piq qismidan ushlaydi (2-3-kadr) va uni tortib shpagatdagi oldinga
vertikal muvozanat holatiga o‘tadi (3-6 - kadrlar). Gimnastikachining boshi
holatini o‘zgarishi o‘ziga hosdir: oyoqni ushlash vaqtida harakatni aniq nazorat
qilish uchun bosh to‘g‘ri ushlanadi, keyin esa orqaga egiladi (5-8-kadrlar). Oxirida,
mashqlarning final qismida gimnastikachi oyoqlarini qo‘yib yuboradi, lekin uni
kuch bilan yuqoridan ushlab turishga harakat qiladi (7-kadr). Bu fazada boshni
orqaga egish bo‘yin reflekslari ishini, asosiy ishni bajaruvchi orqa yozuvchi
mushaklar faoliyatini faollashtiradi.
Holatni o‘zgartirish va tana a’zolarini
tayanchga
nisbatan
harakat-langandagi
joylashishi ham namu-nalidir. Tayanmagan
oyoq qanchalik yuqoriga ko‘tarilsa, gimnas-
tikachining ko‘krak qismi kerishish hisobiga
shuncha oldinga chiqadi (2-4-kadrlar). Bunday
bo‘lishi turgan gap, negaki tana doimo
tayanchga nisbatan bir xil og‘irlikda qolishi
kerak.
Dostları ilə paylaş: