Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o


 Badiiy gimnastikaga xos muvozanatlar texnikasi



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   153
fayl 1633 20210826

4.5.3. Badiiy gimnastikaga xos muvozanatlar texnikasi. 
        
Oldinga muvozanat 
– muvozanatning eng oddiy turidir. 21,25,26 rasmlarda 
faqat  ifodali  qismlari  bilan  farq  qiladigan  bir  necha  variantlari  ko‘rsatilgan. 
Hamma holatlarda gimnastikachi oyoq uchida turibdi, tayanmagan oyoq gorizantal 
joylashgan,  tananing  barcha  mushaklari  taranglashib  yuqoriga  intilgan.  Bunday 
holatlarda  eng  ko‘p  yuklama  tayanch  oyoqning  kafti  va  sonning    bukuvchi 
mushaklariga  hamda  tayanmagan  oyoq  soni  va  orqaning  bo‘shashtiruvchi 
mushaklariga tushadi.  
        Muvozanatni  saqlab  turishda  mushak  guruhlarining  taranglashish  strukturasi 
assimmetrikdir  (bu  barcha  muvozanatlarga  tegishli).    27-rasmda  olingan  (a)  va 
orqaga (b) muvozanatni bajarayotgan gimnastikachi mushaklarining elektr faolligi 
harakteri ko‘rsatilgan. 
        Muvozanatni  bajarish  texnikasi  va  ifodali  harakterini  tahlil  qila  turib, 
muvozanatda  holatni  ma’lum  darajada  o‘zgarshi  texnik  talabga  bog‘liqligini 
nazarda  tutish  kerak.  26-rasmda  ko‘rsatilgan  ko‘p  holatni  25-rasmdagi    ko‘p 
holatlarga o‘tkazish uchun holatni bir oz o‘zgartirish talab qilinadi.         


107
 
 
        Mazkur  vaziyatda  qo‘llar  bilan  yuqoriga  haakatlanish  tayanch  maydoniga 
nisbatan tana og‘irligi joyini o‘zgartirib yuboradi va muvozanatni buzilishiga olib 
kelishi  mumkin.  Bunday  vaziyatni  vujudga  kelmasligi  uchun  gimnastikachi 
tayanchdan  boshqa  tomonda  joylashgan  tana  a’zolari  bilan  buni  oldini  oluvchi 
harakatni bajarishi kerak.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
27-rasm 
           Muhokama  qilinayotgan  holatda  bu  odatda  belning  ortiqcha  egilishi  va 
tayanmagan  oyoqning  ko‘proq  ko‘tarilishi.  Oxirgi  harakat  miqdori  ozgina,  lekin 


108
 
 
tayanmagan  oyoqning  og‘irligi  teskari  yo‘nalishda  harakatlanayotgan  ikkala  qo‘l 
og‘irligidan ko‘proq.  
          Ko‘rib  chiqilgan  oldinga  muvozanat  gavdani  turli  darajada  egish  bilan 
bajariladi.  26-rasmdagi  va  attitude    (21-rasmga  qarang)  25-rasmdagi  holat 
gorizontaldir.  Gavdani  oldinga,  oxirgi  nuqtagacha  egib,  tayanchsiz  vertikal 
muvozanat  o‘ziga  xosdir.    Bunday  elementlar  yaxshi  egiluvchanlikni  va 
bo‘g‘imlar harakatchangligini, shu bilan birga  

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə