106
Oxirida tanani hatarli harakatdan saqlovchi impuls qabul qilinadi. Shunga
o‘xshash harakatlar (ifodali plastika bilan ma’lum darajada niqoblangan,
yashirilgan) boshqa muvozanat turlarida ham qo‘llaniladi.
Muvozanatni bajarish gimnastikachi mushak apparatining koordinatsiya
faoliyati, shu bilan birga balanslashtirishni malakasiga bog‘liq.
Badiiy gimnastikada ko‘pgina muvozanatlar uchun harakterli bo‘lgan oyoq
uchida turish bir nechta bo‘g‘imlarni bir paytda harakatlanishi hisobiga sodir
bo‘ladi.
Oyoq uchida turishni ushlab turishda oyoq kaftini mustahkamlab uning
ortiqcha harakatlanishini oldini oladigan yon mushaklar katta rol o‘ynaydi.
Gimnastikachi oyoq kafti retseptorlari orqali keladigan sezgi juda muhimdir.
Dostları ilə paylaş: