Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o


 Badiiy gimnastikaga xos burilishlar texnikasi



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   153
fayl 1633 20210826

4.6.3. Badiiy gimnastikaga xos burilishlar texnikasi 
        
Turli xil burilish texnikasi va tuzilishining eng harakterli elementlarini ko‘rib 
chiqamiz.  Badiiy  gimnastikada  asosiy  diqqat  siltanish  harakatlaridan  foydalanib 
bajariladigan burilishlarga qaratiladi. 
          Spiral  burilishlar  –  koordinatsiyasi  murakkab  burilish  turlaridan  biri  bo‘lib, 
texnikasi  va  tuzilishiga  ko‘ra  to‘lqinga  yaqindir  (14-rasmga  qarang).  Spiral 
burilishlar  texnikasida  bir  –  birini  o‘ziga  xos  tarzda  to‘ldiruvchi  har  xil 
mexanizmlar  nafis  bo‘lib  uyg‘unlashadi.  7-rasmda  320

ga  spiral  burilish 
ko‘rsatilgan. Harakatning tayyorgarlik bosqichida gimnastikachi tizza va tos – son 
bo‘g‘imini  bukib  yarim  cho‘qqayishni  bajarmoqda.  Keyinchalik  bu  burilishni 
ta’minlaydigan harakatni bajarishga yordam beradi.  
       Harakatning  asosiy  bosqichini  gimnastikachi  oyoq  uchiga  ko‘tarilib  tizzasini 
buriladigan  tomonga  harakatlantirish  bilan  boshlaydi  (2-3),  bunda  uning  yelka 
kamari  va  qo‘llari  harakatsiz  bo‘ladi.  Tayanch  bilan  bog‘liqligi  va  to‘g‘risini 
aytganda, oddiy burilishlar bilan o‘xshashligi sabab bunday harakat qilishi imkoni 
bo‘ladi.  
        Keyinchalik, qachonki gimnastikachi asta-sekin tos-son va tizza bo‘g‘imlarini 
(3-5)  yozib,  keyin  bukilganda  (5-7),  burilish  to‘lqinsimon,  “spiralsimon”  harakat 
bilan  bajariladi.  Mashqning  bu  qismi  shunisi  bilan  qiziqki,  u  sport  gimnastikasi, 
batutda  sakrash,  suvga  sakrashda  keng  qo‘llaniladigan  tayanchsiz  inertsiyasiz 
burilish texnikasi elementlaridan foydalanib bajariladi
2
 
        Spiral  burilishning  oxirgi  qismi  (7-10)  juftlashtirib  burilishni  o‘zida  aks 
ettiradi.  To‘g‘ri siltash bilan burilishlar qatoriga kirib, tayanmagan oyoqni qo‘llar 
bilan birga bir tekislikda siltash harakati bilan bajariladi. Bunday 
harakat 
burilishni,  masalan,  oldinga  tashlanish  holatidan  bajarishda  (36-rasm)  uchraydi: 
tananing og‘irligini butunlay oldindagi bukilgan oyoqqa o‘tkazib, keyin unga turib, 
gimnastikachi  boshqa  oyog‘i  va  qo‘li  bilan  oldinga  siltash  harakatini  bajaradi. 
                                                           
2
 
Bunday  burilish  mexanizmi  jismonan  murakkab  va  alohida  ta’rif  talab  qiladi.  Bu  to’g’risida  Yu.Gaverdovskiy  va 
V.Smoyavskiyning tahriri ostidagi “Спортивная гимнастика” darsligida ( М.1979). batafsil yoritilgan.
 


120
 
 
Siltanuvchi  oyoqni  oldinda  qoldirib,  gimnastikachi  tayanch  oyog‘i  ustiga 
ko‘tariladi  va  aylanib  burilib,  ko‘pincha  bir  oyoqda  muvozanat    saqlash  holatiga 
keladi.  
       Bunday murakkab bo‘lmagan harakatni qisqa tahlil qilamiz.  
       Bunday  burilishning  tayyorgarlik  harakati  nisbatan  kam  ifoda  etilgan.  Ular 
harakteri  bo‘yicha  uncha  murakkab  bo‘lmagan  joyidan  sakrashning  tayyorgarlik 
harakatiga  juda  yaqin  va  odatda  qo‘lni  orqaga  juda  keskin  bo‘lmagan  siltash 
harakati  bilan    ifodalanadi  (oldinga  siltab  burilishda).  Oldindan  bo‘shagan 
siltanuvchi  oyoqdagi  (masalan,  bir  oyoqda  tik  turib,  boshqasi  orqadagi  holatdan 
burilishda) orqaga siltashda tayyorgarlik siltanuvchi oyoqdagidek bo‘lishi mumkin.  
       Burilishdagi  asosiy  harakat  siltash  hamda  burilish  bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Bu 
bosqichni bir nechta namunali fazalarga bo‘lish mumkin.  
        1-faza  –  “burilish  boshlanganda  siltanuvchi  oyoqni  siltash”.  Gimnastikachi 
oyoqni  siltab,  shu  bilan  birga  qo‘lni  ham,  bir  vaqtning  o‘zida  tayanch  oyoqda 
muvozanat saqlab yelkalarini orqaga og‘diradi. Siltash bu fazada tezkor harakterga 
ega.  Gimnastikachi  oyog‘ini  ko‘tara  turib  uni  tayanch  oyoq  tomoniga  burishni 
boshlaydi. 
        2-faza – “siltanishni tormozlanish va asosiy burilish”. Oyoqni yuqoriga siltash 
oxirida  yozuvchi  mushaklar  keskin  tormozlaydi.  Odatda  bu  ba’zi  tos-son 
bo‘g‘imlarini  bukish  holatida  sodir  bo‘ladi.  Bundan  foydalanib,  gimnastikachi 
to‘g‘rilanib tezda orqaga buriladi (bu yerda o‘ngga) va tayanch oyoqni harakatga 
jalb qilib burilishni to‘liq 180
0
 gacha olib boradi. 
 
 
 
 
 

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə