Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   153
fayl 1633 20210826

 
36-rasm 


121
 
 
       Burilishning  ta’riflangan  qismini  bajarish  siltash  fazasida  siltanuvchi  oyoqni 
orqaga  burilishini  (dastlabki)  yengillashtiradi.  Siltanuvchi  oyoq  va  gavda  bilan 
kinematik  bog‘liq  bo‘lgan  tayanch  a’zolarning  burilishi  ham  mazkur  fazadagi 
ancha  pasayish  hisobiga  yengillashadi:  siltanuvchi  oyoqning  harakatdan 
tormozlanishida  gimnastikachining  tanasi  bir  oz  ko‘tariladi,  tayanchga  bosim 
kamayadi  (hatto  irg‘ib  turish  ham  mumkin);  sportchi  oyoq  uchiga  turadi 
(tayanchga ishqalanishni kamaytiradi) va holatda burilishni bajaradi.  
        Yakuniy    harakat  siltashdan  keyingi  holatni  ushlab  turish  (masalan, 
muvozanat  saqlash)    yoki    keyingi    keladigan    bog‘lovchi  harakatlarni  bajarish 
bilan yakunlanadi.  
       Ta’riflangan  burilish  turlari  (tasniflashga  qarang)  oyoqni  siltash  orqali  har 
qanday  mumkin  bo‘lgan  yo‘nalishda  bajariladi.  O‘ziga  hosligi  shundaki,  orqaga 
siltashda  burilish  har  tomonlama  emas,  balki  bir  tomonlama,  gimnastikachining 
soni burilishning asosiy bosqichida “ochilmaydi” aksincha, “yopiladi”. Va nihoyat 
yonga  siltash  bilan  burilish  ikki  yuqorida  keltirilganlarga  solishtirilganda  texnik 
tomondan oraliq harakat varianti hisoblanadi.  
       Aylanib  siltanish  va  depsinish  bilan  burilishlar  mazkur  guruhning  eng 
murakkab  harakati  bo‘lib,  bunda  burilish  tanani  vertikal  o‘qi  atrofida  aylanib, 
burilish vaqtida tananing burchak yo‘li 720
0
 va undan ortiq bo‘lishi mumkin.  
       Bunday  xil  burilishlarning    tizimini  umumiy,  ya’ni  sakrashdagi  depsinish 
sxemasiga yaqin bo‘lgan sxemaga bo‘ysunadi. Bu mashqlarni 4 harakat bosqichiga 
ajratish mumkin.  
       Tayyorgarlik bosqichi qo‘llarni bir vaqtda yoki ketma-ket orqaga siltash bilan 
depsinish  uchun  eng  qulay  (va  ifodali)  holatni  egallash  bilan  bog‘liq.  Bunday 
dastlabki  holatlar,    masalan,  II,  IV  holatlar  (katta  burilishlarda,  41-rasm  1,2-
kadrlar)  va  h.k.  qo‘llari  siltashga  tayyorlanayotganda  yonga,  siltashga  teskari 
tomonga harakatlantiriladi.  
       Asosiy bosqich tanani vertikal o‘q atrofida burilishga chaqiradigan harakatdan 
iborat.  Bunday  qo‘llar  bilan  hamda  tayanmagan  oyoq  bilan  siltanish  harakati 


122
 
 
tezligini  oshirish kerak. Siltanish harakati bilan birga tayangan oyoqda (oyoqlarda) 
itarilish bajariladi, natijada tayanch reaksiyasining “buralma” vaqti kuchini keltirib 
chiqaradi.  Keltirilgan  harakatlar  tuzilishi  bo‘yicha    har  doim  ham  bir  hil 
bo‘lavermaydi.  Tuzilishi  va  texnikasi  bo‘yicha  turlicha  bo‘lgan  burilishda  ular 
xuddi bir nechta harakat davrlarini o‘z ichiga olishi mumkin.  
       Amalga  oshirish  bosqichi  bir  yoki  kam  hollarda  ikki  oyoqda  burilishni  o‘z 
ichiga  oladi.  Mashqning  bu  qismida  gimnastikachining  tanasi  inertsiya  bo‘ylab 
harakatlanadi.  Bunda  uning  holati  oldinga  qo‘yilgan  sport  va  badiiy  vazifa 
bo‘ysungan  holda    o‘zgarishi  mumkin.  Tashqi  ishqalanish  kuchi  vaqti  harakati 
ostida  tananing  kinetik  vaqti  so‘zsiz  kamaysada,  burilish  tezligi  shunga  muvofiq 
kamayadi yoki ko‘payadi.  
        Mazkur  turdagi  burilishlarning  yakuniy  bosqichi  burilishni  to‘xtatish  va 
biriktiruvchi  harkatlarni  bajarish  bilan  bog‘liq.  Odatda  bunday  ikki  oyoqda  tik 
turish  holatiga  tana  tezlik  bilan  aylanishdan  to‘xtab  ishqalanish  kuchi  vaqti  sodir 
bo‘lganda  kelinadi.  Yakuniy  bosqich  boshqacha  harakat  shaklida  ham  bo‘lishi 
mumkin,  ya’ni,  ishqalanish  kuchi  tezlik  bilan  emas,  balki  asta  sekin  burilishni 
to‘xtatadi.  Bunday  “so‘nib  boruvchi”  burilishni  muvozanat  holatida,  baland  oyoq 
uchida tik turib va h.k.larda inertsiya bo‘yicha sekin aylanib bajarish mumkin. 
       Mazkur guruhga taalluqli, eng o‘ziga xos burilish texnikasini qisqacha ko‘rib 
chiqamiz (tavsifga qarang).  
       Kichik  burilishlar  tayanmagan  oyoq  tizza  yoki  boldir  panja  bo‘g‘imidan 
bukilgan  holatda  bajariladi  (38  a,b  rasm).  Ular  bir  tomonlama  (tayanch  oyoq 
tomonga  burilish,  a)  yoki  turli  tomonlama  (b)  bo‘lishi  mumkin.  Burilish  tayanch 
oyoqning  baland  oyoq  uchlarida  bajariladi.  Bu  ishqalanishni  maksimal  darajada 
kamaytiradi,  aylanish  tezligini  oshiradi,  harakat  suratini  ancha  aniq,  nafis  qiladi. 
Odatda  tayanch  oyoq  burilish  oxirida  yarim  cho‘qqayish  holatiga  keladi  (tovon 
polga  tekkanidan  keyin),  tayanmagan  oyoq  esa  bukilgan  holatidan  II  (III,IV) 
holatga oyoq uchidan butunlay oyoq kaftiga qo‘yiladi. Burilish paytida qat’i qad-
qomat  ushlab  turiladi,  gavda  “tortilgan”  yig‘ilgan,  yelkalar  tushirilgan,  orqa 


123
 
 
mushaklar taranglashgan. Bunday burilishlardagi o‘ziga xos elementlar bosh bilan 
harakatlanish  hisoblanadi.  Gavdani  burilishi  muttasil,  uzluksiz  harakterga    ega 
bo‘lganda,  bosh  bilan  tez-tez  “irg‘ishsimon”  harakatlanish,  keyin  holatni 
o‘zgartirish  ko‘rinishiga  ega  bo‘ladi:  tayyorgarlik  bosqichida  bosh  to‘g‘ri 
ushlanadi,  gorizontal  yo‘nalishga  nazar  tashlanadi  va  siltanish  tormozlanish 
boshlangunicha  shu  holatni  ushlab  turadi.    Amalga  oshirish  bosqichida  tana 
butunlay  burilishni  boshlaganida,  bosh  darhol  tezkor  ilgarilash  harakati  bilan 
burilishning mo‘ljal qilingan yakuniy holatiga buriladi (yoki burilish 320
0
 dan ko‘p 
bo‘lsa,  uning  birinchi  sikliga).  Bu  vaqtda  burilishning  yakuniy  holatiga  nuqtaga 
qaraladi (yoki uning birinchi sikliga). 
       Katta burilishlar vertikal, oldinga, yonga va orqaga muvozanat saqlash asosida 
bajariladi.  Bunday  holatlarda  aylanish  720

va  undan  ortiq  bo‘lishi  mumkin.  Ular 
ham  kichik  burilishlar  kabi  bir  tomonlama  yoki  har  tomonlama  bo‘lishi  mumkin. 
Burilish  paytida  holatni  o‘zgartirib,  katta  burilishni  kichigiga  aylantirish  va 
teskarisini, shu bilan birga amalga oshirish bosqichida muvozanat holatini umuman 
o‘zgartirib yuborish mumkin. 
       37-rasmda  attitude  holatida  va  bir  oyoq  oldinda  turib  bajarilayotgan  720
0
  ga 
(chapga)  bir  tomonlama  burilish  ko‘rsatilgan.  Burilish  quyidagi  harakatlarni  o‘z 
ichiga oladi.  
       Tayyorgarlik  bosqichi.  1-faza  –  “orqaga  siltash”  (1-2-kadrlar).  Tashlanish 
holatida  turib  o‘ng  oyoq  oldinda,  gimnastikachi  o‘ng  qo‘lini  yelka  balandligida 
qoldirib bukadi. Bir vaqtning o‘zida chap qo‘l ham bir oz orqaga harakatlanadi.  
       Asosiy  bosqich.  2-faza  –  “qo‘llar  bilan  aylanma  siltanish”.  Orqaga  siltash 
holatida (2-kadr)  gimnastikachi gavdani ham shu tomonga aylantirgan holda o‘ng 
qo‘lini  tezkorlik  bilan  “otadi”.  Mazkur  faza  paytida  chap  oyoq  qo‘llarni  siltash 
bilan  sinxron  bo‘lib  itarilishni  bajaradi.  Itarilish  shunday  bo‘lishi  kerakki,  u  bir 
tomondan  tana  og‘irligini  o‘ng  tomonga  o‘tishini  (burilish  bajariladigan  tomon 
atrofida) va ikkinchi tomondan zaruriy aylanma impulsini ta’minlasin. 


124
 
 
        3-faza  –  “qo‘l  bilan  siltashning  tormozlanishi  va  chap  oyoqni  qo‘yib 
yuborish”.  Gimnastikachi  gorizontal  holatdagi  qo‘l  harakatini  yelka  kamari 
mushaklari  kuchi  bilan  tormozlantirib    aylanma  impulsni  butun  tanaga  o‘tkazadi 
(3-4-kadrlar).  Bu  fazada  burilish  tayanch  oyoq  hisobiga  qimirlamaydigan  oyoq   
kaftida  bajariladi.   Shuni  ta’kidlash  mumkinki, burilishning asosiy harakatlarini 
keltirilgan harakatlar bilan ham chegaralash mumkin edi. Lekin tayanmagan oyoq 
bilan  siltanishsiz  burilish  bo‘lar  edi.  U  holda  chap  oyoq  qo‘yib  yuborilgandan 
keyin tana inertsiya bo‘yicha berilgan holatning oxirigacha harakatlanishi mumkin. 
         4-faza – “tayanmagan oyoq bilan aylanma siltanish”. Gimnastikachi qo‘llarni 
siltab,  ularni  yonga  ko‘tarilgan  holda  qoldirib  (4-kadr)  va  shu  zahoti  tayanmagan 
oyoqda  siltanishni  boshlaydi.  Gorizontalga  yaqin  holatda  ko‘tarib,  chap  oyoq 
orqadagi holatdan tezkor ilgarilash harakati bilan yonga (5-kadr) va keyin oldinga 
ko‘tarilgan  holatga  o‘tkazadi.  Mazkur  fazada  shunisi  o‘ziga  hoski,  tayanch  oyoq 
kafti     tayanchga  tirkalishni  ta’minlab,   qimirlamay  turadi.  Faqatgina  
shunday holatda oyoqni siltash gimnastikachi tanasiga burilishni  
tezlashtiruvchi qo‘shimcha aylanma impuls to‘g‘risida xabar berishi mumkin. 
          5-faza  –  “siltanuvchi  oyoqning  tormozlanishi  va  burilishning  inertsiya 
boshlanishi”.  Oyoq  harakatini  tos  kamari  mushaklari  kuchlanishi  bilan  to‘xtata 
turib,  gimnastikachi  “chap  oyoq  oldinda”  holatini  saqlab  turadi  (5-6-kadrlar). 
Bunda  oyoq  bilan  aylanma  siltanish  hisobiga  olin-gan  aylanma  impuls  burilish 
tezligini ko‘tarib (yoki qo‘llab quvvatlab) oldingisiga qo‘shi-ladi. Bu fazada (shu 
bilan                                                     birga yuqoridagi fazalarda)   gimnastikachi 
harakatining boshqa natijasi oyoq uchiga o‘tish hisoblanadi (6-kadr).  O‘ng oyoqda 
siltanish qat’i gorizontal   bo‘lmaganligi   va pastdan yuqoriga yo‘naltirilganligi 
sababli  (3-6-kadrlar)  shu  siltanishni  tormozlantirish  fazasida.  Gimnastikachi 
tayanch  oyoqni  yana  ko‘taradi,  tayanchga  bo‘lgan  bosim  kamayadi  va  sust 
(inertsion) burilishga to‘sqinlik qiladigan tashqi ishqalanish kuchi vaqti kamayadi.  
       Amalga  oshirish  bosqichi.  6-faza  –  “chap  oyoq  oldinda  holatida  aylanish”. 
Harakat inertsiya bo‘yicha sodir bo‘ladi. Gimnastikachining tanasi to‘g‘ri va 


125
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə