Avtomatika va texnologik jarayonlar


Pnevmatik qalqovuchli (buyokli) satx о‘lchagich UB-P



Yüklə 207,86 Kb.
səhifə4/11
tarix22.03.2024
ölçüsü207,86 Kb.
#183678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Berdigaffarova Aziza ATV

Pnevmatik qalqovuchli (buyokli) satx о‘lchagich UB-P
Bu о‘lchov asboblarida (rasm 5) sezgir element bо‘lib, zichligi suyuqlik zichligidan katta bо‘lgan suyuqlikka butunlay chо‘kib turuvchi qalqovuch ishlatiladi. Ushbu о‘lchov asbobining ishlashi, suyuqlik satxi о‘zgarishi bilan qalqovuchga ta’sir etayotgan Arximed kо‘tarish kuchining о‘zgarishiga asoslangan.



5
-rasm.Qalqovuchli satx о‘lchagich UB-P

Satx о‘lchagich о‘lchash qurilmasidan va unifikatsiyalangan pnevmatik kuchni kompensatsiyalovchi signal о‘zgartirgichdan tashkil topgan. О‘lchash qurilmasining sezgir elementi pо‘latdan yasalgan silindr kо‘rinishidagi qalqovuch (buyok) 1bо‘lib, u satx о‘lchanayotgan qurilma ichiga о‘rnatiladi.
Satx о‘zgarishi bilan, qalqovuchga ta’sir etayotgan Arximed kо‘tarish kuchining о‘zgarishi richag 3 va о‘lchov asbobini satxi о‘lchanayotgan muxitdan ajratib turuvchi membrana orqali richaglar 4 tizimiga uzatilib, tо‘siq (zaslonka) 9 ni soplo 8 ga nisbatan siljitadi. Soplo 8 va tо‘siq 9 orasidagi masofaning о‘zgarishi bilan pnevmatik kuchaytirgich 7 chiqishidagi bosim va aks ta’sir silfonidagi bosim о‘zgaradi. Bu aks ta’sir silfonidagi bosimning о‘zgarishi richagga ta’sir etayotgan kuchlar muvozanatlanguncha davom etadi. Pnevmatik signal о‘zgartirgich chiqishidagi bosimning о‘zgarishi satxga proporsional о‘zgaradi. О‘lchov asbobi diapazoni siljuvchi tayanch 6 yordamida va boshlang‘ich qiymatni nolga sozlovchi prujina 5 yordamida sozlanadi. Shuningdek, qо‘shimcha yuk 11 yordamida tizim muvozanatlanadi.
О‘lchov asbobiga berilayotgan siqilgan xavo bosimi 0,14 Mpa,xavo sarfi 3 l/min, Chiqish signali 0,02-0,1 MPa. Chiqish signalini 300 m gacha masofaga uzatishi mumkin. О‘lchanayotgan muxit zichligi 0,45—2,5 g/sm3. О‘lchanayotgan satxning yuqori chegarasi 0,02—16 m. Aniqlik sinfi1,0; 1,5.
Elektr qalqovuchli (buyokli) satx о‘lchagich UB-E
Elektr qalqovuchli (buyokli) satx о‘lchagich UB-E, satxni о‘lchab tokli elektr signalga aylantirib masofaga uzatishga mо‘ljallangan. О‘lchov asbobi UB-P ga о‘xshab, о‘lchash qurilmasidan va kuchni kompensatsiyalashga asoslangan elektr signal о‘zgartirgichdan tashkil topgan. Ushbu signal о‘zgartirgich uzatish qurilmasidan va aks ta’sir etuvchi elektromagnit kuch mexanizmidan tashkil topgan. Satx о‘zgarishi bilan suyuqlikga chо‘kib turgan qalqovuch (buyok) siljiydi. Bunda, о‘lchash qurilmasida hosil bо‘layotgan kuch kuchni kompensatsiyalashga asoslangan elektr signal о‘zgartirgichga uzatiladi va u richaglar tizimini siljitib muvozanat indikatori plunjerini siljitadi. Bu signal signal kuchaytirgichi yordamida kuchaytirilib, о‘zgarmas tokli analogli signalga aylantiriladi va u masofada joylashgan ikkilamchi о‘lchov asbobiga uzatiladi.
О‘lchov asbobiga о‘zgaruvchan tok tizimidan 220 V kuchlanishli manbaa beriladi. Chiqish signali 0—5; 0-20; 4-20 mA. О‘lchanayotgan muxit zichligi 0,6—2,5 g/sm3. О‘lchanayotgan satxning yuqori chegarasi 0,02—16 m. Aniqlik sinfi 1,0; 1,5.

Yüklə 207,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə