Avtomatika va texnologik jarayonlar



Yüklə 207,86 Kb.
səhifə7/11
tarix22.03.2024
ölçüsü207,86 Kb.
#183678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Berdigaffarova Aziza ATV

Up=Ii.k.* rp=4*5.5=22V
Fotorezistordagi kuchlanish:

Bu yerda: S=28,8mm2=28,8*10-6m2, α=0,81.
Doimiy kuchlanish qiymati:
Ug=Uf+Up=45+22=67 V
Hisoblangan quvvat tarqalishi:
Phis=Ug* Ii.k.=67*4*10-3=0,268 Vt
Talab etiladigan shart, ya’ni Phis< Pmax, 0,268 <0,2 Vt tо‘la bajariladi.



  1. Mantikiy elementlarni sxemalarini tuzish va urganish

Mantiqiy funksiyalar
Mantiq algebrasi fikrlar orasidagi turli mantiqiy bog‘lanishlarni о‘rganadi va faqat ikkita qiymat haqiqiy «1» va soxta «0» bilan ish kо‘riladi.
Mantiq algebrasida uchta asosiy mantiqiy funksiya bor.
1. Mantiqiy kо‘paytiruv, ya’ni konyunksiya «VA».
2. Mantiqiy qо‘shuv, ya’ni dizyunksiya «YOKI».
3. Mantiqiy inkor «YО‘Q».
Asosiy mantiqiy funksiyalar mohiyatini kо‘rib chiqamiz.
Mantiqiy kо‘paytiruv «VA». Bu operatsiyani ikkita va undan ortiq fikrlar ustida bajarish mumkin. F= ab funksiyaning matematik ifodasi. Faqat va faqat argument a hamda argument b 1 ga teng bо‘lganda funksiya «1» qiymatni oladi, ya’ni ikkala qiymat ham haqiqiy. a va b qiymatlarning har qanday boshqa kombinatsiyasida 0 ni olamiz. Masalan: a = 0, b = 1, F = 0 · 1 = 0; a = 1, b = 0, F = 1 · 0 = 0.
Elektrik sxemada mantiqiy operatsiya «VA» ni amalga oshiruvchi element о‘zining ishlashi jihatidan ketma-ket ulangan rele kontaktlaridan tuzilgan zanjirga о‘xshaydi (1-jadval). Zanjir barcha kontaktlar qо‘shilganda yopiladi.
Mantiqiy qо‘shuv «YOKI». Bu operatsiya murakkab fikrdan iborat bо‘lib, fikrlarning tashkil etuvchilaridan hech bо‘lmaganda bittasi haqiqiy bо‘lganda fikr haqiqiy bо‘ladi, agar barcha fikrlar notо‘g‘ri bо‘lsa, murakkab fikr ham soxta bо‘ladi. Fikrning tashkil etuvchilari ikkita va undan ortiq bо‘lishi mumkin. Struktura formulasi quyidagicha: F= a + b. Faqat va faqat ikkala argument qiymati 0 bо‘lganda funksiya 0 qiymatga ega bо‘ladi va kirish a yoki kirish b yoxud ikkalasi birgalikda 1 qiymatga ega bо‘lganda funksiya 1 qiymatni oladi.
Elektrik sxemada «YOKI» funksiyasiga kontaktlarning parallel qо‘shilishi mos keladi.
Mantiqiy inkor «YО‘Q». Bu operatsiya haqiqiy fikrni notо‘g‘riga va notо‘g‘ri fikrni haqiqiyga о‘zgartiradi.
Struktura formulasi: F= a. Chiqish kirishga doimo qarama – qarshi bо‘ladi. Elektrik zanjirda mantqiy inkor ajratuvchi kontaktli relega о‘xshaydi, relega kuchlanish berilganda uning kontaktlari ajraladi.
Kо‘rib chiqilgan mantiqiy funksiyalardan tashqari, ulardan olingan hosilalar yanada murakkabroq mantiqiy bog‘lanishlar bilan ishlatiladi. Bularga quyidagilar kiradi: Pirs strelkasi deb ataladigan «YOKI-YО‘Q» funksiyasi, Shiffer shtrixi deb ataladigan «VA-YО‘Q» funksiyasi, «BIR QIYMATLILIK» (ekvivalentlilik) funksiyasi, «TENGMAS QIYMATLILIK» (noekvivalentlilik) funksiyasi, «IMPLIKATSIYA» funksiyasi, «MAN ETISH» funksiyasi va boshqalar.&

1- jadval

Funksiya

Shartli belgilar

«VA» konyunksiyasi






«YOKI» dizyunksiyasi








Inkor «YО‘Q»







Pirs strelkasi «YOKI-YО‘Q»







Shiffer shtrixi «VA-YО‘Q»







Bir qiymatlilik





Tengmas qiymatlilik







Implikatsiya






Man etish






Pirs strelkasi «YOKI-YО‘Q» (yig‘indi inversiyasi). Struktura formulasi quyidagicha yoziladi: . Faqat va faqat ikkala argument 0 ga teng bо‘lganda funksiya 1 qiymatni oladi, ya’ni funksiyaga kiruvchi ikkala fikr soxta bо‘lganda bu funksiya haqiqiy bо‘ladi.


Elektrik sxemada Pirs strelkasi о‘zining ishlashi jihatidan ikkata va bundan kо‘p ajratuvchi kontaktlarni ketma-ket ulashga о‘xshaydi. Agar birorta ham relega signal berilmasa, zanjir berk bо‘ladi.
Shiffer shtrixi «VA-YО‘Q» (kо‘paytma inversiyasi). Struktura formulasi quyidagicha: . Faqat va faqat ikkala argument 1 qiymatga ega bо‘lganda funksiya 0 qiymatni oladi, ya’ni faqat funksiyaga kiruvchi ikkala fikr haqiqiy bо‘lganda funksiya soxta bо‘ladi.
Elektrik sxemada Shiffer shtrixi ikkita yoki undan ortiq ajratuvchi kontaktlarning parallel ulanganga о‘xshaydi. Ikkala relega signal berilganda zanjir ochiq bо‘ladi.
Bir qiymatlilik. Struktura formulasi: . Faqat va faqat ikkala argument ayni vaqtda bir xil qiymatga ega bо‘lganda, funksiyaning qiymati 1 bо‘ladi; argumentlar turli qiymatlarga ega bо‘lganda finksiyaning qiymati 0 bо‘ladi, ya’ni ikkala fikr ayni vaqtda haqiqiy yoki soxta bо‘lganda murakkab fikr haqiqiy bо‘ladi.
Tengmas qiymatlilik. Struktura formulasi quyidagicha yoziladi: . Faqat va faqat yo argument a, yohud argument b, lekin baravariga emas, 1 ga teng bо‘lganda funksiyaning qiymati 1 bо‘ladi, ya’ni faqat fikrlardan biri haqiqiy, boshqasi esa soxta bо‘lganda murakkab fikr haqiqiy bо‘ladi. Tengmas qiymatlilik shunday elektrik sxemaga о‘xshaydiki, bunda kirish signali kirishlarning faqat bittasiga berilganda chiqishda signal paydo bо‘ladi; kirishga ayni vaqtda ikkita signal berilganda sxemaning chiqishida signal bо‘lmaydi.
ImplikatsiY. Struktura formulasi quyidagicha yoziladi: . Faqat va faqat argument a ning qiymati 1, argument b ning qiymati esa 0 bо‘lganda, funksiya 0 qiymatga erishadi, ya’ni birinchi fikr haqiqiy, ikkinchisi soxta bо‘lganda murakkab fikr soxta bо‘ladi.
Man etish. Struktura formulasi quyidagicha: . Agar kirish a har qanday bо‘lganda ham kirish b 1 ga teng bо‘lsa, funksiya 0 qiymatni oladi.
Kо‘rib chiqilgan barcha mantiqiy funksiyalarning shartli belgilari va ularning rele ekvivalantlari 4.1 – jadvalda keltirilgan.
Kо‘rilgan mantiqiy funksiyalarning istalgan biri faqat rele sistemalaridagina emas, balki kontaktsiz mantiqiy elementlarda ham ishlatilishi mumkin.


Yüklə 207,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə