Avtomatika va texnologik jarayonlar



Yüklə 207,86 Kb.
səhifə2/11
tarix22.03.2024
ölçüsü207,86 Kb.
#183678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Berdigaffarova Aziza ATV

SATXNI О‘LCHASH
Satxni о‘lchashdan maqsad, idishdagi modda miqdorini aniqlash va texnologik jarayon ketishida, ishlab chiqarish qurilmalarida suyuqlik va sochiluvchan moddalar satxini nazorat qilish hisoblanadi. Ba’zi xollarda satxni yuqori aniqlikda о‘lchash talab qilinsa, boshqa xollarda, satxni taxminiy aniqlash talab qilinadi. Ushbu talablarni qanoatlantirish uchun keng aspektdagi о‘lchov asboblari mavjud.
Oddiy о‘lchash shchupli yoki qalqovuch tizimli qurilmalar nisbatan qimmat emas. Ular yordamida cheklangan aniqlikda о‘lchanishiga qaramay ular kо‘p xollarda keng qо‘llanilmoqda. Yuqori aniqlikda о‘lchash talab qilingan xollar uchun yuqori aniqlikda о‘lchovchi qurilmalar mavjud. Yaxshi aniqlikda о‘lchashni amalga oshiruvchi qurilmalar rо‘yxatiga bosimni о‘lchovchi qurilmalar, sig‘im qurilmalari, ultratovush asboblar, radiolokatsion (radar) va radioaktiv qurilmalar kiradi. Shuningdek, kam ishlatiladigan bir nechta qurilmalar mavjud. Bu qurilmalarning hammasi ushbu bо‘limda о‘rganiladi.
Shchuplar yordamida satxni о‘lchash
Idish yuvuvchi mashinalarda suyukliklar satxini taxminan о‘lchash uchun oddiy vositalar taklif qilinadi. Odatda shchup о‘lchagichlar qimmat bо‘lmagan qurilma hisoblanadi. U shkala gravirovkalangan metall sterjendan tashkil topgan. Shtanga suyuqlik solingan idishga ma’lum xolatda о‘rnatilgan bо‘ladi. Satxni о‘lchash uchun idish ichidan asbobni chiqarib olib, shkalani suyuqlik namlagan qismiga qarab satx hisoblanadi. Bu usulni satxi katta bо‘lmagan idishlarda qо‘llash mumkin.

Rasm 1.
Idishlar: (a) oddiy va (b) optik.
Shchupli optik о‘lchagich, alternativ forma hisoblanib, uning yordamida sterjenli shchupni idishdan chiqarib olmasdan ma’lumotlarni hisoblash imkonini beradi va shu bilan birga katta va chukur rezurvarlarda qо‘llash mumkin. Yorug‘lik manbaidan chiqayotgan nur kо‘zgudan qaytib, о‘lchash shchupining qiyshaygan tepa qismi orqali о‘tib yorug‘lik detektori qurilmasida qabul kilib olanadi. Suyuqlik satxi shchupning qiyshaygan tepa qismiga yetganda, nurning qaytish xususiyatlari о‘zgaradi va nur detektoriga yetib kelmaydi. Asbobni tepaga va pastka siljitish mexanik qurilmasidan foydalanib, suyuqlik satxini nazorat qilish mumkin.
Satxni о‘lchashdan maqsad, idishdagi modda miqdorini aniqlash va texnologik jarayon ketishida, ishlab chiqarish qurilmalarida suyuqlik va sochiluvchan moddalar satxini nazorat qilish hisoblanadi. Eng kо‘p tarqalgan satx о‘lchagichlardan bu kо‘rsatuvchi shishalar, qalqovuchli, gidrostatik, elektr, radioizotop va ultratovush satx о‘lchagichlardir.

Yüklə 207,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə