Avtomatika va texnologik jarayonlar


Elektr satx о‘lchagichlar



Yüklə 207,86 Kb.
səhifə6/11
tarix22.03.2024
ölçüsü207,86 Kb.
#183678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Berdigaffarova Aziza ATV

Elektr satx о‘lchagichlar
Satxni о‘lchashda eng kо‘p tarqalgan elektr usullardan sig‘imli satx о‘lchagichlar hisoblanadi. Bundan tashqari elektr о‘tkazuvchan muxitlar uchun omik usullar ham qо‘llaniladi.
Sig‘imli satx о‘lchagichlarda nazorat qilinayotgan muxitning dielektrik xususiyatidan, omik satx о‘lchagichlarda esa nazorat qilinayotgan muxitning elektr о‘tkazish xususiyatidan foydalaniladi.
Ultratovush satx о‘lchagichlari
Ultratovush satx о‘lchagichlari kontaktsiz о‘lchash mumkin bо‘lgan usullardan biri hisoblanadi. Ushbu asboblar asosan, qovushqoqligi yuqori bо‘lgan suyuqliklarni yoki qattiq poroshok yoki granula kо‘rinishidagi materiallarning satxini о‘lchashda qо‘llaniladi. Ultratovush satx о‘lchagichlarning ishlashi, material tepasidan unga yо‘naltirilgan ultratovush manbai energiyasi, material yuzasidan qaytib, ultratovush energiyasi detektoriga 11 - rasmda kо‘rsatilganidek yuboriladi. Uchish vaqtini о‘lchash, material yuzasi satxini aniqlash imkonini beradi. Alternativ xolatlarda, (faqat suyuqliklar uchun) ultratovush manbai suyuqlik bor idishning tubiga о‘rnatiladi va ultratovush nurlarning suyuqlik yuzasiga borib, suyuqlik tubiga qaytish vaqtini о‘lchab aniqlanadi.

Rasm 11. Ultratovush satx о‘lchagich


Ultratovush usullar, bitta idishdagi ikki bir-biri bilan aralashmaydigan suyuqliklar chegarasini yoki suyuqlik bilan tо‘ldirilgan idish tubidagi loyka yoki chо‘kma satxini о‘lchashda ayniqsa foydalidir. Xar ikki xolatda ham ultratovush uzatkich va qabul qilgich tepadagi suyuqlikning ma’lum balandligiga 12. rasmda kо‘rsatilganidek о‘rnatiladi. Bu suyukliklar orasidagi yoki suyuqlik bilan loyqa orasidagi absolyut satx darajasini о‘rnatadi.
Ultratovush asboblardan foydalanganda, ishchi temperaturani, agar u kolibrovkalovchi temperaturadan farq qilsa, kompensatsiyalashni ta’minlash muxim hisoblanadi, chunki xavo orqali ultratovush tezligi temperatura о‘zgarishi bilan о‘zgaradi. Ultratovush tezligi shuningdek, namlikga, atmosfera bosimi va karbonat angidrid gazining konsentratsiyasi о‘zgarishiga nisbatan yuqori bо‘lmagan sezgirlikga ega, ammo bu faktorlar ta’siri katta emas. Temperatura kompensatsiyasi ikki usulda amalga oshirilishi mumkin. Birinchidan, ishchi temperaturani о‘lchab, munosib ravishda korreksiyalanadi. Ikkinchidan, solishtirish usulidan foydalanish afzal hisoblanib, bunda, xar gal ikki belgilangan nuqtalar orasidan ultratovush energiyasi о‘tish vaqtini о‘lchash yо‘li bilan tizim kolibrovkalanadi. Ushbu ikkinchi usul namlik, atmosfera bosimi va karbonat angidrid gazining konsentratsiyasi о‘zgarishini va shuningdek, temperatura kompensatsiyasini ta’minlaydi. О‘lchashdagi xatolik 1%gacha pasayishi mumkin.
.


  1. Hisob bo‘limi.

Fotodatchikni yoritilganlik Yen=210lk qiymatida ishlash uchun doimiy kuchlanish Ug qiymatini aniqlash talab etiladi. Fotodatchik Fs-K1 fotorezistordan va RPN tipidagi fotoreledan tashkil topgan. Pasport kо‘rsatkichlari bо‘yicha fotorelening chо‘lg‘amlari qarshiligi – rp=5.5 kOm, ishlab ketish toki – Ii.k.=4 mA, fotorezistorning sezgirligi – K0=4mA/dm*V, darcha yuzasi - S=28,8mm2, maksimal quvvat tarqalishi - Pmax=0,7 Vt.
Fotoreleni ishga tushish paytidagi kuchlanish:

Yüklə 207,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə