Avtomatika va texnologik jarayonlar



Yüklə 207,86 Kb.
səhifə3/11
tarix22.03.2024
ölçüsü207,86 Kb.
#183678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Berdigaffarova Aziza ATV

Kо‘rsatuvchi shishalar
Suyuqliklar satxini kо‘rsatuvchi shishalarning (rasm 1) ishlashi tutash idishlar prinsipiga asoslangan. Ular obyektning, ochiq idishlarda tubiga va bosimda ishlaydigan idishlarda esa, tub qismiga va tepasiga ulanadi. Bu shishalar, ularni tizimdan uzish uchun va havo xaydab tozalash uchun, qо‘shimcha kranlar bilan ta’minlanadilar. Satxni kо‘rsatuvchi shishalar 3,0 MPa gacha bosimda va 3000S gacha temperaturada ishlatilishi mumkin.

Rasm 2.
Qalqovuchli satx о‘lchagichlar


Qalqovuchli satx о‘lchagichlarda satx о‘zgarishi bilan qalqovuch satxning ketidan siljiydi va uning bu siljishi о‘lchash qurilmasiga uzatiladi yoki kuchni yoki siljishni kompensatsiyalovchi signal о‘zgartirgichda chiqish signaliga aylantiriladi. Ikki xil qalqovuchli satx о‘lchagichlar mavjud. Birinchisida (rasm 82), aks ta’sir kuchi qalqovuchni kо‘tarish kuchiga teng bо‘lib, u qalqovuchning og‘irlik kuchiga G teng, ya’ni G=F=const; (Arximed qonuniga muvofiq F= sxg, bu yerda, - suyuqlik zichligi; s- qalqovuchning kо‘ndalang kesim yuzasi; x – chо‘kish balandligi; g- erkin tushish tezlanishi).
Qalqovuchning chо‘kish darajasi,
X=
ya’ni, qalqovuch suyuqlik satxining о‘zgarishini qaytaradi.






Rasm 3.
Ikkinchi xolatda (rasm 3), aks ta’sir etuvchi kuch prujina yordamida hosil qilinib, uning qiymati satx о‘zgarishi bilan о‘zgaradi.

Rasm 4.
Bir xil chо‘kib turuvchi qalqovuchli satx о‘lchagichning eng sodda chizmasi egiluvchan trosga osib qо‘yilgan va roliklar (2 va 3) yordamida qalqovuchga (1) ulangan kо‘rinishi ...rasmda keltirilgan. Trosning ikkinchi uchiga trosni tarang ushlab turish uchun yuk 4 va satxni shkala 5 da kо‘rsatib turish uchun strelka о‘rnatilgan. Ushbu satx о‘lchagichning kamchiligi unda shkalaning teskariligidir, ya’ni, shkalaning noli tepada, maksimumi pastdaligi. Bu satx о‘lchagichlarning masofaga uzatish tizimida selsinli signal о‘zgartirgichlardan foydalaniladi.
Silindrik qalqovuchli (buyokli) satx о‘lchagichlarda satx о‘zgarishi bilan qalqovuchning chо‘kish darajasi о‘zgaradi va bunda qalqovuchga ta’sir etayotgan kuchlar muvozanati quyidagi tenglamalar yordamida yozilishi mumkin: birinchi xolat uchun (4-rasmning I xolati uchun),
Slρg = LZ
Z – prujinaning qattiqligi (bikirligi).
Ikkinchi xolatda esa (83-rasmning II xolati uchun), ,
Slρg - (H - x) sρ1g = (L-x) Z
Birinchi xolat tenglamasidan ikkinchini ayirib olamiz:
(H-x) sρ1g = LZ - (L-x) Z
Bu tenglamani X ga nisbatan yechib, topamiz
x=
Ushbu tenglamadan kо‘rinib turibdiki, qalqovuchning siljishi satx о‘zgarishiga proporsional ravishda bо‘ladi. Prujina bikirligining oshishi bilan qalqovuchning nisbiy siljishi kamayadi.

Yüklə 207,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə