Avtomobil va shahar yo’llaridagi ko’prik va quvurlar to’grisida asosiy tushiunchalar


Ko’prik bu avtomobil yo’lining suvli to’siq ustidan o’tuvchi muhandislik inshooti. Yo’l o’tkazgich



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə2/9
tarix08.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#109131
1   2   3   4   5   6   7   8   9
SUN\'IY INSHOOTLAR TO\'G\'RISIDA TUSHUNCHA

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Akveduk
Ko’prik bu avtomobil yo’lining suvli to’siq ustidan o’tuvchi muhandislik inshooti. Yo’l o’tkazgich-yo’llarni xar-xil satxlarda kesishuvida quriladigan ko’prikli inshoot. Viaduk - o’tish sathi to’siq tubidan baland joylashadigan chuqur jar, dara, quruq soy, jarlik ustidan o’tadigan ko’prik inshooti. Viadukning xarakterli tomoni tayanchlarning balandligida (10-100m). Akveduk-(nov) - suv o’tkazgich (kanal yoki quvur o’tkazgich) ning bir qismi hisoblanadigan daryo, quruq transport yo’li va boshqalar ustidan o’tadigan ko’prik inshooti Estakada- ko’tarma o’rnida, shuningdek estakada osti bo’shlig’ida turli maqsadlar uchun foydalanish zururiyati bo’lganda quriladigan, ko’p oraliqli ko’prik inshooti yoki uning bir bo’lagi. Shuningdek estakadalarni yo’lning ko’tarmasi o’rnida, daryo vodiylarga, botqoqliklarga, ko’priklarni va yo’l o’tkazgichlarni ulanish joylarga quriladi. Shaharlarda avtomagistral yo’llarni shahar qurilishlari ustidan olib o’tish, soxillarni kengaytirish va shahar sharoitlarida daryo qirg’oqlarida xarakatni tashkil etish uchun xam quriladi.
Tonnel- avtomobil yo’lini tog’ ichidan, (3-rasm) katta daryolar, ko’llar, tagidan dengiz ko’rfazlari, bo’g’ozlar tagidan o’tkazadigan sun’iy inshoot. Shaharlarda piyodalar va avtomobil yo’lini shahar qurilishi, ko’chalari va avtomagistrallarni tagidan o’tkazish uchun quriladi.
Tog’li yo’llarda viaduk va tonnellardan tashqari galereya (4-rasm), balkon (4b-rasm) va ximoya devorlari (4v-rasm) qo’llaniladi,
Ayvon yo’l(galereya) - tosh, qor, tog’ jinslari bosib qolishidan transport yo’lini himoyalovchi, tom, tirkaladigan ustun yoki devor ko’rinishida bajariladigan tog’ yo’lidagi muhandislik inshooti. Balkon- bir tomonidan tog’ yonbag’riga tutashuvchi va yo’lning zaruriy kengligini ta’minlash uchun xizmat qiluvchi tog’ yo’lidagi ko’prik inshooti kamaytirish, kerakli kenglikni ta’minlash uchun quriladi.


3rasm. Tog’ichidano’tgantonnel:
1-tog’o’ymasi; 2-tonnel



  1. 4.rasm. Tog’ yo’lidagi inshootlar:

a-ayvon yo’l; b-balkon; v-ximoya devori
Ximoya devorlari- tog’ jinslarini buzilmasligi yo’lga tushimasligi uchun xizmat qiladi. Shu jumladan tog’ devorlar yo’l qatlamining barqarorligini taminlash uchun quriladi.
Yuqorida ko’rib chiqilgan sunoiy inshootlar qimmatbaxo va xarakat xavsizligi uchun ma’sul yo’l elementlari xisoblanadi. Suniy inshootlar tog’ xududlarda va daryo bilan kesishgan joylarda yo’l tannarxining 30% tekisliklarda 10% tashkil etadi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə