Avtomobil va shahar yo’llaridagi ko’prik va quvurlar to’grisida asosiy tushiunchalar


Bosh bo’lagining statik sxemasiga ko’ra



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə7/9
tarix08.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#109131
1   2   3   4   5   6   7   8   9
SUN\'IY INSHOOTLAR TO\'G\'RISIDA TUSHUNCHA

Bosh bo’lagining statik sxemasiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:

  • to’sin turkumidagi (11a.rasm). Bu xil turdagi ko’priklarda tushiadigan og’irliklardan tayanchlarda tik yo’nalishdagi aks ta’sirlar hosil bo’ladi;

  • rasporli sistemalar (arkasimon - 11b.rasm, ramali - 11v.rasmva osma - 11g.rasm). Tushiadigan og’irliklardan bularning tayanchlarida hosil bo’ladigan aks ta’sir qiya yo’nalishda bo’ladi, uning gorizontal tashkil etuvchisi konstruksiyaning kerilib turishiga sababchi buladi.

  • yig’indi turkumidagi ko’priklar - bular yuqorida qayd etilgan ikki guruh turkumlarini birlashtirish oqibatida hosil qilinadigan ko’priklar.


11.rasm. Ko’prikning asosiy sistemalari:
a-to’sinli; b-arkali; v-ramali; g-osma
Suv toshqinlarini, muz oqimlarini bemalol o’tkazish imkoniyatiga ko’ra ko’priklarni ikki guruxga ajratadi. Ular:

  • suvdan ancha baland quriladigan yoki suv toshqinlari bo’lganida, katta muzlar oqqanlarida oraliq qurilmaga tegmasdan, tagidan bemalol o’tib ketadigan ko’priklar;

  • past ko’priklar - bular esa cheklangan yoki kam muddatga xizmat qilishga mo’ljallangan bo’lib, balandligi past va uzunligi ancha kam qilib quriladi. Ko’p suv oqadigan paytlari va baxordagi toshqinlar bilan muzlar ko’Shilib oqsa, ularni cho’ktiradi.

  • Suv osti ko’priklari, oraliq qurilmalari suv tagida joylashgan bo’lib, avtomobillar xarakatlanganda suni kechib o’tadi. Suv osti ko’priklari tinchlik vaqtida verkitish va xarbiy xolatda yashovchanligini oshirish uchun quriladi.

Kesishadigan joyda joylashish holatiga ko’ra uch xil ko’rinishdagi ko’priklar bo’ladi. Ular to’g’ri yoki tik kesishadigan, qiya yoki egri o’qli ko’priklar yoki ko’priksimon inshootlardir.
Ko’priklarda o’tish qismining kengligi ikkala yunalishda xam farq qilishi mumkin. Xarakat tasmalari soni ikkitadan sakkiztagacha bo’lib avtomogistral yoki yo’l toifasiga qarab belgilanadi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə