Avtomobil va shahar yo’llaridagi ko’prik va quvurlar to’grisida asosiy tushiunchalar


Ko’prik va quvurlar, ko’prikli o’tish qismlari



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə3/9
tarix08.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#109131
1   2   3   4   5   6   7   8   9
SUN\'IY INSHOOTLAR TO\'G\'RISIDA TUSHUNCHA

2. Ko’prik va quvurlar, ko’prikli o’tish qismlari.
Ko’prikli o’tish joyi(5rasm)-bu murakkab muxandislik inshootlari bo’lib u avtomobil yo’llarini suvli to’siqlariga quriladi. Uning tarkibiga ko’prik ko’tarmasi, suvni izga soluvchi inshootlar, qirg’oqni mustaxkamlovchi inshootlar va muz kesuvchi moslamalar kiradi. Ko’prik o’zining konstruksiyalari bilan oqimni va daryoning bir chekka qismini yopadi. (5a-rasm) Ko’prikka bardosh yo’li ko’prikni yo’l bilan birlashtiradi. Ko’prikka bardosh yo’li uchun yo’l ko’tarmasi yoki estakadalar quriladi. Suvni izga soluvchi inshootlarga oqimga yo’naltiruvchi to’g’onlar va ko’tarma g’ov(travers), daryo qirg’oqlarini suv yuvib ketishidan ximoya qiladigan qirg’oqni mustaxkamlovchi moslamalar kiradi. Oqimga yo’naltiruvchi to’g’onlar chekka tayanchlarga rejada ko’ndalang qirqimi trapetsiya shaklida ko’tarma bo’lib, daryo oqimining yuqori qismini bir maromda ko’prikning suv o’tkazish qismiga suvni yo’naltirishga xizmat qiladi. (5b-rasm). Ko’prikli o’tishning yuqori tomoniga bazi bir xollarda qisqa ko’rinishdagi to’g’onlarga o’xshagan ko’tarma g’ov(travers)lar qo’llaniladi, ular daryo oqimiga perpendikulyar yoki qirg’oqqa burchak ostida ko’prikka ulangan ko’tarmalar yoniga quriladi. Traverslar qayirdagi suvlarning bo’ylama oqimining tezligini pasaytiradi ko’tarmani faol himoya qiladi va suvni ko’prik tomonga yo’naltiradi. Muz kesar-o’rta tayanchlar uchun xavfli bo’lgan muz oqimlaridan ximoya qilish uchun oqim tomonga o’rnatiladi. Muz kesar-harakatlanayotgan muzlarni sindirish yo’li bilan tayanchlarni himoyalashga mo’ljallangan, qoziq oyoqlar yoki
ryajlardan iborat tayanch oldidagi mustaqil tuzilma. Massiv tayanchli ko’prikning (toshli, betonli, temirbetonli). tayanchining o’zidan yuqori qismining o’tkirlashgan qiya qirrasi.
Ko’prik qismlari. Ko’priklar oraliq qurilma va tayanchlardan tashkil topgan. Oraliq qurilmada ko’priklarni quyidagi asosiy qismlarga ajratiladi, yurish qismi, ko’tarish qismi, aloqa sistemasi va tayanch qismidan iborat.
Oraliq qurilma yurish qismining osti (boshlanishida va bu tushiunchaning kengroq ma’nosi) tarnsport vositalari va yo’lovchi o’tganda ko’prikka tushiadigan yuklarni o’ziga qabul qilib ularning ko’prikning ko’tarib turuvchi qismiga uzatadi. yurish qismi ko’tarib turuvchi elementlar va ko’prikning ustki elementlardan iborat. (6 rasm). Yurish qismining ko’tarib turuvchi elementlari avtomobil’ va piyodalar o’tishidan hosil bo’lgan yuklarni oarliq qurilmaning asosiy yuk ko’taruvchi qismiga uzatadi. yurish qismining ko’tarib turuvchi elementlari 3turga bo’linadi:

  • To’sinlar panjarasi- bo’ylama va ko’ndalang to’sinlar jamlamasi;

  • Yupqa yoki qovurg’ali temirbeton yoki yog’och tahtali plita;

  • Ortotrop metall plita- bo’ylama va ko’ndalang qovurg’ali metall qismlarni yupqa metall bilan payvantlab birlashtirilgan konstruksiya.



5-rasm. Ko’prikli o’tishning fasadi (a) va rejasi (b): 1-ko’prikka ulanish ko’tarmasi; 2-oqimga yo’naltiruvchi to’g’on; 3-ko’prik; 4-suvli maydon chegarasi; 5-Qirg’oqni mustahkamlovchi inshootlar; 6- ko’tarma g’ov(travers)



6-rasm. Ko’prik ko’tarmasi qismlari:
I-piyodalar yo’lagi; II-xavsizlik tasmasi; III-Yurish qismi; IV-Yurish yo’lkasi; 1-chetgi to’sgich; 2- piyodalar yo’lagi qoplamasi; 3- to’siq; 4- yoritish chiroqlari; 5- suv chiqaruvchi moslama; 6- Yurish qismi qoplamasi; 7- Yurish qismining ko’taruvchi elementlari; 8- oraliq qurilmaning ko’taruvchi elementlari.
Ko’prik ko’tarmasi - transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatiga yaxshi sharoitni ta’minlash, shuningdek, ko’prik qoplamasidan va unga yondosh tutashmadagi suvlarni chetlatish uchun ko’zda tutilgan barcha elementlar to’plami. (6-rasm) U yurish tasmasi, yo’lak, g’ovli qurilmalar, suvni ketkazish, isitish va yoritish qurilmalarini, deformatsiya choklari va ko’prikning unga yondosh tutashmalarini o’z ichiga oladi.
Oraliq qurilmalariga qatnov qmsmi tushiunchasi xozirgi vaqtda boshqacharoq ataladi, qisqacha aytganda, ko’prik ko’tarmasidagi transport vositalari xarakatlanadigan tasma.
Bu tasmaning kengligi ko’prik uchun mo’ljallangan xarakat tasmalarining yig’indisiga teng. Bu qismga muxofaza tasmalari (xavsizlik tasmasi) yondashadi. Muxofaza tasmasi (xavfsizlik tasmasi) - qatnov qism qirg’og’i va qatnov qism tomoniga qaragan g’ov qirrasi orasida joy-lashgan, ko’prikdagi yurish tasmasining bir qismi tezlikni kamaytirmasdan harakatlanishni (baland g’ovning haydovchiga ruhiy ta’siridan), Shuningdek harakat uchun xavfli vaziyat yuzaga kelganda unga avtomobillarning tushiib o’tishini ta’minlash uchun ko’zda tutilgan.
Oraliq qurilmaning ko’tarish qismi oraliq qurilmaning o’zagidan va transport vositalaridan tushiadigan vaqtinchalik yuklarni o’ziga qabul qilib, ularni tayanchlarga uzatadi. Oddiy kichik oraliqli balkali ko’priklarda ko’tarish qismi metall va yog’och sarroplardan va temirbeton plita va to’sinlardan tashkil topgan bo’ladi, katta va o’rta oraliqlarda ko’tarish qismlari kuchliroq to’sin, fermalar, ramalar va arkalar qo’llaniladi. Oraliq qurilmani ko’tarib turuvchi qismlarini (to’sinlar, fermalar, arkalar) fazoda bir-butun tik va tekkis yo’nalishdagi yuklarni qabul qilishi uchun bir-biri bilan bog’lanadi. Butun sistemadagi bog’lanish tekislikdagi (tepa va pastdan) va tik (tayanch va oraliq) bog’lanishlarni qamrab oladi. Bu bog’lanishlarni yog’och va metall ko’priklarda ko’rib chiqamiz.
Tayanch qismi oraliq qurilmaning maxsus elementi bo’lib, ularning yordamida ko’tarish konstruksiyalariтш aniq qo’yilgan joydagi tayanch ta’sirini tayanchga uzatiladi, bu oraliq qurilma qismlarini bir tekisda ishlashini taminlaydi. Bundan tashqari oraliq qurilmadan tushiadigan tayanch bosimini, issiqlik o’zgarishidan oraliq qurilmada paydo bo’ladigan bosimlarni tayanchga uzatib beradi, oraliq qurilmani burchakli va chiziqli yoki faqat burchakli surilishini taminlaydi.
Maqul konstruksiya yaratishning eng afzal metodi bu konstruksiya qismlarini bajaradigan xar-xil vazifalarini birlashtirish, zamonaviy ko’priklarning oraliq qurilma konstruksiyalarini yaratishda bu usul keng qo’llanilmoqda. Plita (yoki yurish qismining ko’ndalang to’sini) vaqtinchalik yuklarni o’z joyiga tasir qilishiga ishlaydi va oraliq qurilmani maxalliy yuklarni qabul qilishida birgalikdagi vazifasini bajaradi. Bundan tashqari bu qismlar oraliq qurilma tarkibida bo’ylama va ko’ndalang bog’lash vazifalarini ham bajaradi.
Ko’prik tayanchlari-oraliq qurilmadagi Yuklarni qabul qilib ularni zaminga, poydevorlarga va suvga (suvda qalqib turuvchi tayanchlarda) uzatadi. Tayanchlar ikki hil oraliq va chekka (qirg’oq) tayanchlarga bo’linadi. Oraliq tayanchlar oraliq qurilma og’irligi va vaqtinchalik Yuklarni, kema qatnovida Yuzaga keladiganto’lqin tasirini, muzlar va Shamolning tasirini, o’ziga qabul qiladi. Chekka (qirg’oq) tayanchlari, ko’prik tirgagi, undan tashqari, tirgak devor kabi vazifani bajarib, ko’prikka bardosh yo’lidan keladigan bosimni qabul qiladi. Ko’prik konstruksiyasini tuzish uning kengligiga, chuqurligiga, suvning tezligiga daryo va qayir tuprog’ining turiga, muz ko’chkilarining shartiga, daryoning kema o’tkazish talablariga bog’liq bo’ladi. Bunda quyidagi daryoning hisobiy suv sathilari muhim tasir ko’rsatadi. -suvning eng baland sathi. (SEBS)- ko’prikli o’tish joyidagi har-hil darajadagi ko’p yillik gidrometrik kuzatuvlar natijasida agiqlanadigan suvning eng yuqori sathi bo’lib har-hil toifali yo’llardagi ko’priklar uchun o’ziga hos hususiyatga ega.
-hisobiy kema qatnovi sathi (KQS)- daryodagi kema qatnovi davridagi suvning eng Yuqori sathi, u odatda SEBSdan ozgina pastda bo’ladi.
-suvning eng past sathi(SEPS)- daryo suvining yoz chillasidagi sathi Ushbu fanining asosiy qismini muvofaqqiyatli o’rganish uchun quyidagi ko’prik tasviri va chizmasidagi asosiy tarif va belgilarni o’zlashtirish lozim.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə