Avtomobil va shahar yo’llaridagi ko’prik va quvurlar to’grisida asosiy tushiunchalar


Ko’priklarning uzunliklariga ko’ra quyidagi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə8/9
tarix08.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#109131
1   2   3   4   5   6   7   8   9
SUN\'IY INSHOOTLAR TO\'G\'RISIDA TUSHUNCHA

Ko’priklarning uzunliklariga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratgan:

  • kichkina ko’priklar, umumiy uzunligi 25 m gacha, bo’lganda;

  • o’rtacha ko’priklar; 25 m dan100 m gacha bo’lganda;

  • katta ko’priklar, 100m dan ortiq yoki 100m gacha bitta oraliq qurilma uzunligi 60m.dan katta bo’lgan ko’priklar bo’lib, uchta guruhni tashkil qiladi.

Suv o’tkazuvchi quvurlarning tasniflanishi. Quriladigan joy sharoitiga qarab quvurlar 2 turga bo’linadi: tekis yo’llarga quriladigan va qiyaliklarga quriladigan quvurlar.
Quvurlarni ishlab chiqarishda ishlatiladigan xomashyo turi bo’yicha: tosh, beton, temir beton, metall, yog’och va polimer quiurlar. Avtomobil yo’llarida ko’proq temir-beton quvurlar qo’llaniladi, ular umumiy ulushning 90%ini tashkil etadi. Toifasi past yo’llarda beton quvurlar ishlatilishi mumkin. Tosh quvurlar tog’li xududlarda qo’llanilishi mumkin. Keyingi yillarda yo’l qurilishida qovurg’ali metall quvurlar va xar xil polimer ashyolardan tayyorlangan (Shisha tolasi, elim yog’ochli) quvurlardan foydalanish yo’lga qo’yilmoqda. Yog’och quvurlarlar vaqtinchalik inshoot sifatida o’rmonli xududlarda qo’llaniladi.
Quvurlar ko’ndalang kesimining shakliga ko’ra, aylana, to’g’ri to’rtburchak, oval shaklidagi yig’ma quvurlar (12 rasm). Ko’proq tarqalgan turi aylana va uchburchak Shaklidagi quvurlar. Kengroq xajmdagi suvlarni aylana va turtburchak shaklida trubalarni 2, 3 va 4 ko’zli qilib quriladi.
Quvur orqali oqib o’tayotgan suvning miqdoriga va quvurning ko’zda tutilgan gidravlik ish tartibi bog’liq holda suv o’tkazuvchi quvurlar bosimsiz, yarim bosimli va bosimli bo’lishi mumkin. Ko’p tarqalgani bosimsiz, yarim bosimda ishlaydigan quvurlar.
a b v

g
12. rasm. Quvurning ko’ndalang kesim turlari:
a-aylana; b-to’rtburchak; v-oval; g-yig’ma
O’zini o’rab turgan tuproq bilan statik ish tasnifi bo’yicha bikr. qattiq va egiluvchan quvurlarga bo’linadi. Qattiq quvurlarga solingan tuproq ularga xarakatlanuvchi yuk sifatida ta’sir etadi. Egiluvchan va yumhoq quvurlarga tuproq quvur bilan birgalikdagi Yuklarning ta’sirini qabul qiladi.
Quvur tuynigining diametiriga qarab kichkina (0.5 – 1.5m), o’rtacha (2 -3m) va katta (4.5m) juda katta (6m) quvurlarga bo’linadi.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə