Avtomobil va shahar yo’llaridagi ko’prik va quvurlar to’grisida asosiy tushiunchalar



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə5/9
tarix08.05.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#109131
1   2   3   4   5   6   7   8   9
SUN\'IY INSHOOTLAR TO\'G\'RISIDA TUSHUNCHA

oraliq qurilmaning eni Bo-oraliq qurilmaning ikki chekkasidagi bosh bo’laklarini o’qlari orasidagi masofa.

  • o’tish qismining eni b-xavfsizlik yo’lakchalarining ichki qirralari orasidagi masofa.

  • o’tish gabariti G-to’siqlar orasidagi masofa.

    Ko’prikning asosiy parametrlarini-uni loyixalash davrida uni vazifasi bo’yicha va ko’prikni o’tish joyiga bog’liq holda loyihalanadi.
    Quvurlar qismlari. Quvurning asosiy qismlari uni tanasi va kirish va chiqishdagi kallagi hisoblanadi. (8-rasm) Quvur tanasi- ko’tarma tuprog’ining ichida joylashgan, ko’ndalang kesimi va suv oqimi amlga oshiriladigan yopiq Shaklga ega bo’lgan, tashqi yuklarni qabul qilishga hizmat qiladigan quvurning kirish va chiqish kallaklari orasidagi asosiy qism. Suvning kirish kallagiko’tarmaning yuqori tomonidagi quvur kallagi, suv chiqish kallagi ko’tarmaning quyi tomonidagi quvur kallagi. Ular ko’tarmaning yon bag’irlarini ushlab turuvchi, suvli oqimning quvurga kirishi va undan chiqishi uchun zarur Sharoitni taminlovchi, quvur tanasini tuzilmaviy berkituvchi oxirgi element. Quvrning tanasi va kallaklari tagidagi poydevor yuqoridagi bosimni o’ziga qabul qilib uni zaminga uzatadi.
    3.Avtomobil va shahar yo’lidagi ko’prikli inshootlar va

    quvurning tasnifi.


    Ko’prikli inshootlar tasnifi. Ko’priklar quyidagi belgilari bo’yicha tasniflanadi. Qanday harakatni o’tkazishiga ko’ra, tayanchlar turiga ko’ra, oraliq qurilmalarni ishlatiladigan materiallar turlariga ko’ra, o’tish qismining butun oraliq qurilmaga nisbatan qaysi satxda joylanishiga ko’ra, bosh bo’lagining statik sxemasiga ko’ra, suv toshqinlari va muz oqimlarini bemalol o’tishiga ko’ra, o’tishg qismining kengligi va ko’prikning uzunligiga ko’ra.
    Qanday harakatni o’tkazishiga ko’ra:
    -avtomobil yo’li ko’priklari - bular avtomobil yo’lidan harakatlanuvchi barcha turdagi transport vositalari hamda piyodalarni o’tkazadi;
    -temir yo’l ko’priklari - temir yo’l transportini o’tkazadi;
    -Shahar ko’priklari - shaharda barcha harakat turlarini o’tkazadi;
    -piyodalar ko’priklari - faqat piyodalar uchun mo’ljallangan bo’ladi;
    -birlashgan ko’priklar - avtomobil va temir yo’l transportlarini o’tkazadigan inshootdir;
    -maxsus ko’priklar - daryo ustidan maxsus kuvurlarni elektr yoki aloqa simlar arkonlarini va hokazo Shularga o’xshagan narsalarni bir kirg’oqdan ikkinchi kirg’og’iga o’tkazish xizmatini bajaradi.

    Yüklə 0,79 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə